Научная статья на тему 'DINIY MATNLARNI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR'

DINIY MATNLARNI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
639
141
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O`zbek diniy matnlari / uar tarkibida faol uchraydigan toponimlar / polisonimlar / oykonimlar / gidronimlar / xromonimlar / zoonimlar / ekzotik lug`at. / Uzbek religious texts / active toponyms / polysonyms / oikonyms / hydronyms / chromonyms / zoonyms / exotic dictionary.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Salohiddinova, Nilufar Tursunpo‘latovna

Maqolada o`zbek diniy matnlar tarkibida faol uchraydigan toponimlar, polisonimlar, oykonimlar, gidronimlar, xromonimlar, zoonimlar tahlil qilinganligi ham ekzotik lug`atning qo’llanish ko’lami va chastotasi haqida muayyan tassavur paydo bo’lishi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEANS FOR FORMING RELIGIOUS TEXTS

The article analyzes the toponyms, polysonyms, oikonyms, hydronyms, chromonyms, zoonyms, which are actively found in Uzbek religious texts, and gives an idea of the scope and frequency of use of the exotic dictionary.

Текст научной работы на тему «DINIY MATNLARNI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 6

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

DINIY MATNLARNI SHAKLLANTIRUVCHI VOSITALAR

Nilufar Tursunpo'latovna Salohiddinova

Termiz davlat universiteti lingvistika: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi

magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada o^zbek diniy matnlar tarkibida faol uchraydigan toponimlar, polisonimlar, oykonimlar, gidronimlar, xromonimlar, zoonimlar tahlil qilinganligi ham ekzotik lug^atning qo'llanish ko'lami va chastotasi haqida muayyan tassavur paydo bo 'lishi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: O^zbek diniy matnlari,uar tarkibida faol uchraydigan toponimlar, polisonimlar, oykonimlar, gidronimlar, xromonimlar, zoonimlar, ekzotik lug^at.

СРЕДСТВА ДЛЯ ФОРМИРОВАНИЯ РЕЛИГИОЗНЫХ ТЕКСТОВ

АННОТАЦИЯ

В статье анализируются топонимы, полисонимы, ойконимы, гидронимы, хромонимы, зоонимы, которые активно встречаются в узбекских религиозных текстах, и дается представление о масштабах и частоте использования экзотического словаря.

Ключевые слова: узбекские религиозные тексты, активные топонимы, полисонимы, ойконимы, гидронимы, хромонимы, зоонимы, экзотический словарь.

MEANS FOR FORMING RELIGIOUS TEXTS ABSTRACT

The article analyzes the toponyms, polysonyms, oikonyms, hydronyms, chromonyms, zoonyms, which are actively found in Uzbek religious texts, and gives an idea of the scope andfrequency of use of the exotic dictionary.

Keywords: Uzbek religious texts, active toponyms, polysonyms, oikonyms, hydronyms, chromonyms, zoonyms, exotic dictionary.

KIRISH

Maqolada o'zbek diniy matnlar tarkibida faol uchraydigan toponimlar, polisonimlar, oykonimlar, gidronimlar, xromonimlar, zoonimlar tahlil qilinganligi ham ekzotik lug'atning qo'llanish ko'lami va chastotasi haqida muayyan tassavur paydo bo'lishiga ko'maklashadi. Lingvistik material diniy matnlar bo'lib hisoblanadi.

Scientific Journal Impact Factor

Ammo yondashuvlarimiz semantik-stilistik va leksikografik-statistik tahlil metodlaridan foydalanishimizga ko'ra farq qiladi. Unda o'zbekcha diniy matnlarga xos bo'lgan funktsional-stilistik jihatlarga ahamiyat berildi. Ushbu turdagi matnlarning orfoepik, leksik-grammatik o'ziga xosliklarini aniqlashga, yaxlit holda esa, bu matnlarni o'zbek tilining alohida uslubi sifatida qabul qilish kerakmi yoki mavjud uslublarning biri tarkibida qarash ma'qulmi, degan masalalarga e'tibor qaratildi. Quyida biz diniy matnning lingvistik mohiyatini anglashga harakat qilib otamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Maqolada 500 dan ortiq ekzotik lug'at ekzotik lug'at elementlari tahlil qilingani haqida ma'lumot berilgan va ular ekzotik so'zlar, ekzotik atoqli otlar va ekzotik frazeologiya tarzida mavzuiy guruhlarga ajratilgan. Bu kabi guruhlarga ajratib amalga oshirilgan tahlil ushbu leksik qatlamning leksik-semantik, o'rni bilan stilistik xususiyatlarini tahlil qilishga yo'l ochadi. Biz ham diniy matnlar tahlilida bu tasnifdan foydalandik. Adabiyot sifatida diniy matnning lingvistik mohiyati bilan bog'liq bo'lgan ilmiy adabiyot, monografiya va dissertatsiyalar tahlilga tortilgan.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

Ozbek diniy matnlar mavzuiy guruhlari tarkibida qaralgan teonimlar haqida ham atroflicha ma'lumotlar berilganligi bilan alohida e'tiborga molik. Muallif teonimlar doirasida atroflicha bilim to'plash barobarida, o'z qarashlarini ham bayon etib, «O'zbek diniy matnlarda uchraydigan diniy tushuncha va tasavvurlar, muqaddas hisoblanuvchi diniy dargohlar, ilohiylashtirilgan prediniy matnet va buyum, diniy rasm-rusum, marosim, odat hamda Alloh, payg'ambar hamda farishtayu avliyolarga, diniy adabiyotlarga berilgan maxsus nomlar - atoqli otlarni shartli ravishda teonimlar guruhida tahlil qildik», deb yozadi va o'zbek diniy matnlarda uchraydigan ekzotizmlarning 30-35 foizini teonimlar tashkil qilishligini aytadi va teonimlarni quyidagicha guruhlaydi:

1. Allohning nomlari.

2. Payg'ambarlarning nom va laqablari.

3. Farishtalar nomlari.

4. Diniy adabiyotlar, oyat va suralarning atoqli otlari.

5. Kecha va kunduzning diniy tushuncha bilan bog'liq nomlari.

6. Islomda muqaddas sanaluvchi joy, narsalarning atoqli otlari.

A.O'rozboevning «Ogahiyning "Riyoz ud-davla" asarida ijtimoiy-siyosiy

leksika» mavzusidagi nomzodlik va «Ogahiyning tarixiy asarlari leksikasi» deb

Scientific Journal Impact Factor

nomlangan doktorlik dissertatsiyalarida diniy matnlarga oid kuzatishlar mavjud. Xususan, nomzodlik dissertatsiyasining «Asardagi ijtimoiy-siyosiy leksikaning mavzuiy-semantik guruhlari» deb nomlangan I bobida diniy-siyosiy rutba va mansablarni ifodalovchi alohida so'zlar guruhi, jumladan qozi (musulmon jamoasidagi sudtya), shayxêP- (1. Ilohiyot olimi. 2. Tariqat piri. 3. Qadamjo mutasaddisi), mujovir-jj^ (qadamjolarda diniy ilmlar bilan shug'ullanuvchi shaxs, mutasaddi), shayx ul-islom- ¿P ^-^'(oliy ruhoniy unvoni), mufti-^-« (diniy va dunyoviy ishlarni fiqhiy (islom huquq me'yorlari) jihatdan o'rganuvchi, fatvo beruvchi), oxund/oxun-^l (ilohiyot olimi, muallim), eshon-ùl^^1 (eshon, pir so'zining ma'nodoshi), xalifa-HA^ (l.Payg'ambar alayhissalomdan keyin islom davlatini boshqargan shaxslar. 2. Tariqat pirlari, diniy maktab muallimlarining yaqin, ishongan kishisi, yetuk shogirdlari), mullo-^-« (ilohiyot ilmlari bilimdoni, diniy maktab o'qituvchisi, savodli, olim kishi), murid-^j« (ixtiyoriy ravishda shayx, pir, murshidga qo'l bergan kishi), so'fi-^j^> (l.Ishi faqat Xudo bilan bo'lgan, Vujudi mutlaqning mavjudligini tan oluvchi va u bilan bog'liqlikni yuksak darajaga yetkazishni maqsad qilgan kishilar. 2.Masjidda azon aytuvchi - muazzin), muazzin-LP> (azon aytuvchi kishi) ekzotik lug'atementlari tahlil qilingan.

Shuningdek, doktorlik dissertatsiyasining «Ogahiy tarixiy asarlari leksikasining mavzuiy-semantik guruhlari» deb nomlangan birinchi bobida diniy leksikaga oid ekzotik lug'atementlar tahlil qilingan va u asosan nomzodlik dissertatsiyasida amalga oshirilgan natijasidir. Ayni paytda, ushbu bobning «Diniy terminlar» qismida kuzatishlar ko'lami fors tilidan o'zlashgan diniy terminlar tahlili hisobiga kengaytirilgan va ular: a) mutlaq iloh tushunchasini ifodalovchi so'zlar; b) payg'ambar tushunchasini ifodalovchi so'zlar; v) farishta tushunchasini ifodalovchi so'zlar; g) jannat va do'zax tushunchasini ifodalovchi so'zlar; d) ibodatga aloqador tushunchalarni ifodalovchi so'zlar; j) turli mazmundagi diniy terminlar kabi kichik mavzu guruhlariga bo'lingan.

A.O'razboevning ikki so'z - yazdon va payg'ambar ekzotik lug'at elementlariga oid tahlillari e'tiborga molikdir. Chunki, tahlil jarayonida iloh ma'nosidagi yazdon ning «Avesto» da yazatanam, pahlaviy tilida yaztân, yazdân shakllarida ishlatilgan bo'lib, aslida avestoviy «iloh» ma'nosidagi yazata so'zining ko'pligidir, degan fikrni aytadi. Bu esa teologik tushunchalarning xalqimiz orasida islomdan avval ham mavjud bo'lganligini yana bir bor tasdiqlaydi. Muallif payg'ambar tushunchasini anglatuvchi so'zlardan biri payg'ambar yoki payombar ning turkiy ifodasi savchi, yalavach so'zlari ekanligini aytadi. Bu so'zlar keyingi davrlarda passiv qatlamga o'tgan va deyarli qo'llanilmaydigan bo'lgan.

Scientific Journal Impact Factor

Ozbek diniy matn tadqiqi haqida gap ketar ekan, prof. J.Omonturdievning bu boradagi xizmatlarini alohida ta'kidlash joiz. Olimning «Ma'rifatnoma» asari nafaqat uzoq yillar davomida katta ilm va tajriba to'plagan kishining, balki qalbi islom nuri bilan ma'rifatlangan bir donishmand insonning qalb bitiklaridir. SHu bois kitobda diniy tilga oid juda ko'plab so'z va iboralarga duch kekzotik lugatamiz.

Olimning e'tiqodicha, bugun o'zini o'qituvchi va ustoz deb hisoblaydigan har bir murabbiy dunyoviy bilimlar bilan birgalikda diniy bilimlardan ham xabardor bo'lishi hamda til madaniyatini puxta egallashi zarur. Aytaylik, «...diniy mavzuda gapirilganda, voiz odatda, «bismillo» bilan boshlab, Allohga hamdu sano, Payg'ambarga na't, durud aytish, sahobalarga xayriyat (yaxshilik) tilash bilan boshlab, «As-salomu alaykum va rahmatullohu va barakotuhu» iborasi bilan tugatadi. O'rni bilan, nutq madaniyati talabiga ko'ra, nutqiy kamtarlik uchun Allohga shukr, Allohga shukrlar bo'lsin, Alhamdulilloh, Allohga hamdu sanolar bo'lsin, To'g'rirog'ini Alloh biladi (Vallahu a'lam bissavab), inshoolloh, Xudo xohlasa, Xudo saqlasin, nauzi Billah (Alloh saqlasin), Allohning marhamati, Allohning irodasi kabi iboralar qo'llaniladi. Alloh nomi aytilganda, Subhonahu va taolo (Pok va oliy Zot), taborak va taolo (barakotli va oliy), olamlar tarbiyakunandasi (rabbisi), Parvardigor (tarbiyakunanda), Parvardigori olam, Yaratgan, Yaratgan egam yoki uning 99 ismi sifati (Al-Asma ul-husno - Go'zal ismlar); Payg'ambar nomiga Mustafo (Tanlangan), Janob, Hazrat, Faxri koinot, ikki olam sarvari, Rasuli Akram, Rasulilloh sallallohu alayhi va sallam; Sahobai kiromlar nomlariga roziyollohu anhu (Alloh undan rozi bo'lsin) kabi yuksak hurmat ifodalovchi so'z va iboralar qo'shib aytiladi».

Muallifning tasdiqlashiga ko'ra, ma'ruzachi matn diniymi, dunyoviymi, ma'rifiymi, bundan qat'iy nazar, g'oyani - mohiyatni egasiga - tinglovchiga yetkaza olishi zarur. U mavzuga doir o'z qarashlarini ham nazariy, ham amaliy jihatdan dalillash jarayonida diniy-tasavvufiy ta'limotga oid so'zlarni tahlil qiladiki, ularning barchasi hozirgi ma'naviy-ma'rifiy hayotimizda faol qo'llanilayotganidan dalolat beradi. Yana shu holat diqqatga sazovorki, bu tahlillarda har bir til birligining talaffuzi va imlosiga ham e'tibor berilgan: alloh/allah, mayit, marhum (rahm qilingan), rahmatli; murdaxona, ta'ziyaxona, azaxona; azador, ta'ziyador, ta'ziyachi, fotihachi singari ekzotik lug'atementlar o'zbek xalqi mentaliteti va nutqi odobi nuqtai nazaridan tahlil qilingan; sayid, xo'ja, eshon, pir, to'ra, xon, bek kabi atamalarning asl mohiyatini sharhlangan. Mana shu tarzda sho'roviy mafkura tufayli zavol topgan ona tilimiz va mumtoz nutqimiz haqida qimmatli fikrlar bayon etilgan.

Scientific Journal Impact Factor

Tadqiqotchining hammualliflikda tuzgan «Ma'rifiy-irfoniy istilohlar izohli lug'ati»ni esa bugungi o'zbek dinshunosligi va lug'atshunosligida katta voqea deb aytish mumkin. Lug'atda hozirgi o'zbek tilida qo'llanilib kekzotik lug'atinayotgan 1500 dan ortiq diniy, diniy-ma'rifiy, diniy-falsafiy, diniy-dunyoviy istiloh va iboralarning izohi berilgan.

Mualliflarning yutug'i shundaki, barcha musulmon millatlarining ibodat tili arab tili ekanligidan, diniy istilohlar arab, fors, o'zbek va boshqa tillardan bo'lishidan qat'iy nazar, ularni o'zbek tilining professional so'z qatlami deb hisoblashadi hamda masalaga «namoz, ro'za, zakot, azon, haj, nikoh, janoza, taroveh, juma, hayit namozlari yoki umuman, va'zxonlik, qiroatxonlik kabi ibodatlar, diniy anjumanlar arabiy matn, oyat va duolar asosida ijro etiladi. Bu jarayonlar, avvalo, diniy istilohlarni bilish va ularni to'g'ri qo'llashni taqozo etadi» degan nuqtai nazardan yondashadi. Biz ishimizda lug'at maqolalaridan unumli foydalandik va ular o'zbek diniy matnlarda uchraydigan atamalarga funktsionallik nuqtai nazaridan yondashishimizda ko'maklashdi.

Sh.Maxmaraimovaning «O'zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha kontseptual lug'ati» da tadqiqotimiz mavzusiga doir fikrlar bildirilgan. SHu ma'noda uning «Mifologik mantiqqa asosan ibtidoiy odam o'zini tabiat hamda jamiyatning ajralmas bo'lagi deb tasavvur qilgan. ...Piravord natijada esa butun tabiatni insonga xos shakl-shamoyillarda qabul qilish, tabiiy, ijtimoiy, madaniy ob'ektlarni metaforik qiyoslash yuzaga kekzotik lug'atib, umumiy personifikatsiya jarayoni kechgan», degan qarashlari qimmatlidir.

Darhaqiqat, tabiat va jamiyat mahsuli sifatida odamzod bir umr qiyoslashlar va o'xshatishlar asosida o'zligini va narsa-hodisalarning mohiyatini anglashga urinadi. Shu boisdan totemizm, fetishizm, animizm, shomonizm kabi diniy e'tiqodlar ham olamni anglashning o'ziga xos yo'llari sanalgan. Bu e'tiqodlar zamiridagi bog'lanishlar esa inson va borliq o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri emas, balki metaforik xarakterda, tasavvurlar asosida bo'lgan.

Faqat insongagina xos bo'lgan metaforik tafakkur tabiat va jamiyatdagi jamiki mavjudotlar, narsa va hodisalarning nomlanishlarni yuzaga kekzotik lug'attiruvchi eng qulay usul bo'lishi barobarida, bu atamalarning o'z jarayonida ifodalilik ko'lamining kengayib borishiga ham turtki bo'lgan. O'zbek tilidagi bir qism diniy atamalar semantik-stilistik ma'nolari turli-tumanligining sabablaridan biri ham shu.

Sh.Maxmaraimova ushbu lug'atida ajina, Azozil, Azroil-ü^ljj^, alvasti, anqo-<^3Í, arsh-JL^, a'rof-^>lj^, behisht, Dajjol-JWA, Duldul, do'zax, Jabroil-djlj^, jin-ó^, iblis- ^¿W, Isrofil üáálj^J-, Malak-^, Munkar-j£i« , Nakir-jp, Odam-^l Ato-*^,

Scientific Journal Impact Factor

farishta- Xiz^j^^, chilton, shayton- U^P, Havvo-elj^ kabi 24 ta teonimga atraflicha izoh be^an.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bizning kuzatishlarimizda ham lingvistik material diniy matnlar bo'lib hisoblanadi. Ammo yondashuvlarimiz semantik-stilistik va leksikografik-statistik tahlil metodlaridan foydalanishimizga ko'ra farq qiladi. Unda o'zbekcha diniy matnlarga xos bo'lgan funktsional-stilistik jihatlarga ahamiyat berildi. Ushbu turdagi matnlarning orfoepik, leksik-grammatik o'ziga xosliklarini aniqlashga, yaxlit holda esa, bu matnlarni o'zbek tilining alohida uslubi sifatida qabul qilish kerakmi yoki mavjud uslublarning biri tarkibida qarash ma'qulmi, degan masalalarga e'tibor qaratildi.

REFERENCES

1. Karimov S. O'zbek tilining diniy uslubi haqida ba'zi mulohazalar // Istiqlol yillari: milliy-diniy qadriyatlarning xalqqa qaytishi. O'zbekiston Respublikasi Imom al-Buxoriy xalqaro jamg'armasining O'zR. Mustaqilligining 10 yilligiga bag'ishlangan ilmiy-amaliy anjuman materiallari. - Toshkent, 2001.

2. Karimov S., Mamatov X., Bo'riev I. Yuristning nutq madaniyati. - Toshkent: «Zarqalam», 2004.-158 b.

3. Кожина М.Н., Дускаева Л.Р., Салимовский В.А. Стилистика русского языка. Электронный ресурс. Усх,ебник, 4-е изд. - Москва: Флинта: Наука, 2008.

4. Кожина М.Н. Стилистика русского языка. - Москва: 1983, - 223 с.

5. Кунгуров Р. Стилистика имени существительного в узбекском языке. -Ташкент, 1983. 161 с.

6. Maxmaraimova SH. O'zbek tili teomorfik metaforalarining qisqacha kontseptual lug'ati. - Toshkent: CHo'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2018, -100 b.

7. Milliy istiqlol g'oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. - Toshkent: O'zbekiston, 2000, -80 b.

8. Mirtojiev M. O'zbek tili fonetikasi - Toshkent: «Fan», 2013, -421 b.

9. Месхковская Н.Б. Пособие для студентов гуманитарных вузов. - Москва: Агенцтво «ФАИР», 1998. -352 с. ИСБН 5-88641-097-Х.

10. Mukarramov M. Hozirgi o'zbek adabiy tilining ilmiy stili. - Toshkent: «Fan», 1984, -160 b.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.