Научная статья на тему 'DIN VA HUQUQ'

DIN VA HUQUQ Текст научной статьи по специальности «Право»

80
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DIN VA HUQUQ»

Tashkent State Transport University Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022

The Constitution of the Republic of Uzbekistan O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -

is the Glorification of Human Dignity, the inson qadrini ulug'lash, erkin va

DIN VA HUQUQ F.A.Ibrohimov

Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar uchun bosh huquqiy asos bo'lib O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hizmat qiladi. "Mamlakatimizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab vijdon erkinligini ta'minlash masalasiga ustuvor ahamiyat berildi. Jumladan, muqaddas dinimiz, milliy qadriyatlarimizni, buyuk aziz-avliyolarimizning xotirasi, merosini tiklash, qadamjolarini obod qilish bo'yicha juda ko'p ish qilindi va qilinmoqda"

Mustaqillik ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, jumladan, ma'naviy hayotdagi yangilanish jarayonini, tub o'zgarishlar davrini boshlab berdi. Dinga bo'lgan munosabat tubdan o'zgardi: Sobiq Sovet tizimining dinga ateistik hujumkorlik siyosatiga barham berilib, Konstitutsiyamizning 31-moddasida vijdon erkinligi konstitutsiyaviy huquq darajasiga ko'tarildi. Bu sohaga davlat siyosati darajasida ustuvor e'tibor berilganligining amaliy ifodasi sifatida 1991 yil 14 iyunda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonun qabul qilinganligini keltirishimiz mumkin. Mazkur normativ hujjat vijdon erkinligi va e'tiqod hurligini kafolatlovchi konstitutsiyaviy qoidalarni amalda ta'minlash maqsadini kozlaydi va insonlarning mazkur huquqlarini ro'yobga chiqarish mexanizmini mustahkamlash vazifasini o'tamoqda. Bu sohadaga e'tibor 2017-2021-yillarda "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi" asosida yanada kuchaydi. Mazkur hujjatning beshinchi yo'nalishi aynan shu masalalarga bag'ishlangan. negaki, "...shu masalalar bizning bugungi va ertangi kunimizni, farzandlarimiz, nabiralarimiz taqdiri va kelajagini, bir so'z bilan aytganda, hayot-mamotimizni hal qilishi hech kimga sir emas" Bugungi dunyo manzarasida yangicha mafkuraviy qarashlar paydo bo'lmoqdaki, ular ta'sirida yoshlarning ongini egallashga, ajdodlari ko'p yillardan beri e'tiqod qilib kelgan dinni "yomon ko'rsatishga" urinishlar avj olmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oz nutqida: "Biz dinimizni zo'ravonlik va qon to'kish bilan bir qatorga qo'yadiganlarni qat'iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da'vat etadi" deya ta'kidlagan edilar.

Har bir yo'nalishga o'z sohasining yetuk mutaxassisi kerak bo'lgani kabi diniy soha ham malakali yetuk kadrlarga ehtiyoj sezadi. Aholining diniy savodxonligini oshirish yurtimizda faoliyat yuritayotgan diniy tashkilotlarga ko'p jihatdan bog'liq. Shu boisdan bir qator diniy tashkilotlar va ta'lim muassasalari tashkil etildi. Jumladan, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 10-11 mart kunlari Buxoro viloyatiga tashrifi chog'ida Mir Arab oliy madrasasini tashkil qilish bo'yicha

December 1

814

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

ko'rsatmalar berilgan edi. 2017 yil 7 iyun kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan Mir Arab Oliy madrasasi tashkil qilindi. Qolaversa, Respublikada faoliyat olib borayotgan oliy va o'rta-maxsus diniy ta'lim muassasalarini yuqori malakali ilmiy kadrlar bilan ta'minlash, ularning ilmiy va kasbiy salohiyatini oshirish, qur'onshunoslik, tafsir va fiqh, hadisshunoslik, kalom ilmi yo'nalishlari bo'yicha magistrlarni, yetuk ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlashni yo'lga qo'yish maqsadida 2017 yil 15 dekabrdagi "O'zbekiston Xalqaro Islom akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Prezident qaroriga asosan Toshkent Islom universiteti negizida O'zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi va qayta nomlandi. Ushbu ta'lim muassasasining tashkil qilinishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida"gi Qonunda belgilangan fuqarolarning diniy ta'lim olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirishlari uchun yana bir imkoniyat bo'ldi.

Shuningdek, mazkur voqea Harakatlar strategiyasida nazarda tutilgan diniy bag'rikenglikni ta'minlash borasidagi amaliy harakatlarning yorqin ifodasidir. Hozirgi kunda O'zbekiston musulmonlar idorasi tasarrufida faoliyat yuritib kelayotgan diniy ta'lim muassasalari 13 ta bo'lib, ular quyidagilardir:

1. O'zbekiston Xalqaro Islom akademiyasi (Toshkent shahri);

2. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom insituti (Toshkent shahri);

3. Mir Arab oliy madrasasi (Buxoro viloyati);

4. O'zbekiston hadis ilmi maktabi(Samarqand);

5. "Ko'kaldosh" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Toshkent shahri);

6. "Xadichai Kubro "ayol-qizlar o'rta-maxsus islom bilim yurti (Toshkent shahri);

7. "Xoja Buxoriy" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Qashqadaryo viloyati Kitob shahri);

8. "Muhammad al-Beruniy" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Nukus shahri)7;

9. "Jo'ybori Kalom" ayol-qizlar o'rta-maxsus islom bilim yurti (Buxoro shahri);

10. "Sayyid Muhiddin maxdum" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Andijon shahri);

11. "Hidoya" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Namangan viloyati, Namangan shahri);

12. "Faxriddin ar-Roziy" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Xorazm viloyati, Urganch shahri);

13. "Mir Arab" o'rta-maxsus islom bilim yurti (Buxoro viloyati, Buxoro shahri

);

Shulardan 4 tasi oliy va qolgan 9 tasi o'rta maxsus bilim yurti hisoblanadi.

Shuningdek, yurtimizda o'rta-maxsus bilimga ega bo'lib ko'p yillardan buyon o'z faolyatini imom-xatib va dinga aloqador boshqa sohalarda faoliyat ko'rsatib kelayotgan insonlarga oliy

December 1

815

Tashkent State Transport University The Constitution of the Republic of Uzbekistan is the Glorification of Human Dignity, the Guarantee of Our Free and Prosperous Life

Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022 O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va _farovon hayotimiz kafolati

ma'lumotga ega bo'lishlari uchun oliy madrasalarda maxsus sirtqi bo'limlar ham tashkil etildi.

Bu islohotlar natijasi o'laroq kelgusida mamlakatimizdan hech shubhasiz, Imom Buxoriy, Burhoniddin Marg'inoniy, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Mahmud Zamaxshariy, Qaffol Shoshiy, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy kabi buyuk allomalarning munosib izdoshlari yetishib chiqadi desak adashmagan bo'lamiz.

1. Rasulev, K. G., & Atamuradov, S. (1986). Internationalizatsiia Natsional'nykh Kultur. Tashkent: Uzbekistan.

2. Otamuratov, S. (2008). Globalization and nation (political and philosophical analysis). T.:" New Generation, 39.

3. Отамуратов, С. (2004). Национальное самосознание-критерий духовной ценности. Национальная идеология и духовные ценности.

4. Отамуротов, С. (2006). Глобаллашув жараёнининг миллий маънавиятга таъсири/Глобаллашув жараёнида жамиятни демократлаштиришнинг сиёсий, фалсафий-хукукий масалалари мавзуидаги Республика илмий-назарий анжуман. Тошкент: Фалсафаваууцуц.

5. Отамуратов, С. С. (2000). Национальное самосознание социально активной части молодежи и его функционирование в условиях независимости Узбекистана (социологический анализ).

6. Отамуратов, С. (2022). ЯНГИЛАНАЁТГАН УЗБЕКИСТОНДА ТИББИЁТ ОЛИЙГОХ,ЛАРИ ТАЛАБА ЁШЛАРИДА МИЛЛИЙ ГУРУР ВА ИФТЩОРНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ. Academic research in educational sciences, (Conference), 156-160.

7. Otamurotov, S., Mamashokirov, S., Kholbekov, A., & Lafasov, M. (2001). Central Asia: Ideological Processes and Ideological Threats. Tashkent: Ijod dunyosi.

8. Отамуратов, С. (2015). ЕШЛАР СИЕСИИ МАДАНИЯТИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ОМИЛЛАРИ.

REFERENCES

December 1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.