Научная статья на тему 'DIN PSIXOLOGIYASI BO‘YICHA MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING AHAMIYATI'

DIN PSIXOLOGIYASI BO‘YICHA MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

603
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DIN PSIXOLOGIYASI BO‘YICHA MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING AHAMIYATI»

DIN PSIXOLOGIYASI BO'YICHA MUTAXASSIS KADRLARNI TAYYORLASHDA FANLARARO INTEGRATSIYANING AHAMIYATI

Zebo Xamidovna Kasimova

O'zXIA "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi mudiri, p.f.n., professor

Zebo-1972@mail.ru

Ilm-fan rivojlanib borgan sari, differensiatsiya jarayoni kuchayib, yangidan yangi fan sohalari vujudga kela boshlaydi. Shu bilan birga ilm-fanning rivojlanib borishi barobarida, paradoksga o'xshash jarayon - fanlararo integratsiya ham kuchayib boradi. Masalan, ikki va undan ortiq fanlar hamkorlikda o'rganadigan "qo'shaloq" fanlar, ya'ni ikki fanning ob'ekti sifatida - sotsial psixologiya, pedagogik psixologiya, psixofiziologiya, neyropsixologiya, etnopsixologiya, muhandislik psixologiyasi, tibbiyot psixologiyasi, sport psixologiyasi kabi yangi fan sohalari vujudga keldi. Din psixologiyasi ham shu jarayonning mahsuli hisoblanib, dinshunoslik va psixologik bilimlar zaminida vujudga kelgan bo'lsa-da, o'zining mustaqil maqsad va vazifalari, ob'ekt va predmetiga ega fan sifatida shakllanib, rivojlanib bormoqda.

Din psixologiyasi fanining hozirgi bosqichida fanlararo integratsiya jarayonining shakllanishi, rivojlanish qonuniyatlarini o'rganish dolzarb masalalardan bo'lib, ular qo'yidagi yo'nalishlarda olib borilishi zarur:

-birinchidan, din psixologiyasining ob'ekti umumnazariy masalalarini o'rganish bo'lib, u diniy ta'limotlar, diniy e'tiqodning mazmun-mohiyati, xususiyatlari, dinning shaxs va jamiyat ma'naviy hayotidagi sotsial-psixologik vazifalarini qamrab oladigan yo'nalishda;

-ikkinchidan, differensial yondashuv, ya'ni diniy e'tiqod va dindorlar ruhiyati ma'lum ijtimoiy muhit va tarixiy davrlarni hisobga olgan holda tadqiq etiladi. Ko'pincha buni hisobga olmaslik natijasida, turli guruhlar o'rtasida bahsli holat va nizolar vujudga kelib qoladi. Ma'lumki, tabiiy ofatlar, qirg'in - barot urushlar, ijtimoiy notinchlik, iqtisodiy tanazzular davrida diniy hissiyotlar va e'tiqodlar nisbatan kuchayib ketadi;

-uchinchidan, diniy marosimlar psixologiyasi bo'lib, diniy marosim va amallar, urf-odat va udumlarni bajarishning inson ruhiyati va e'tiqodiga ta'siri o'rganiladi;

-to'rtinchidan, keyingi yillarda xalqaro muammoga aylanib borayotgan ekstremal vaziyat va asotsial xulq-atvor

May 21

35

psixologik mexanizmlarini tadqiq etish. Terrorizm va ekstremizm, fundamentalizm va radikalizm, fanatizm va jangarilik kabi illatlarning oldini olish va zararlantirish kabi masalalarni hal etish;

-beshinchidan, diniy e'tiqod shakllanish bosqichlari va e'tiqodning o'zgarishi, diniy sekulyarizm masalalari;

-oltinchidan, islom olamida mashhur bo'lgan, G'arbda "Ruh ilmi" sifatida tadqiq etilgan tasavvuf ilmining buyuk ulamolari hayoti va faoliyati, xususan, yurtimizdan yetishib chiqqan va o'z tariqatlarini yaratgan G'ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahovuddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy kabi salaflarimiz boy merosiga murojaat qilish. Ular bitiruv malakaviy ishlar va magistrlik dissertatsiyalari tadqiqot ob'ektiga aylanishi, ular bo'yicha chuqur ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, zamonaviy psixologiya fani doirasida izoxlash va talqin etishga harakat qilish zarur;

yettinchidan, ijtimoiy hodisa sifatida dinning kommunikativ, regulyativ, interaktiv, psixoterapevtik va gnoseologik funksiyalarining psixologik mexanizmlarini o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Diniy bilimlarning qanday yo'nalishda ko'proq anglanishi turli xil omillarga -odamning yoshi, dunyoqarashi, qiziqishlari va ideallari, hayotning ma'nosi haqidagi tasavvurlariga bog'liq bo'lishini taxmin qilish qiyin emas. Ayni vaqtda ushbu omillar orasida o'ziga xos individual-psixologik o'zgaruvchi sifatida shaxs ustanovkalari, jumladan, irratsional ustanovkalar darajasi ham muayyan ahamiyatga ega bo'lishini taxmin qilish mumkin.

Ilmiy adabiyotlarda din psixologiyasi fanini o'qitishda ko'pincha regulyativ, interaktiv, psixoterapevtik (kompensatsiyalovchi), kommunikativ funksiyalar tilga olinadi. Darhaqiqat, din jamiyat va alohida insonning hayotida ushbu muhim vazifalarni bajarishini tasdiqlovchi misollar ko'plab topiladi. Ammo, ayni vaqtda, shuni e'tirof etish kerakki, mazkur vazifalarning mazmunidan biz ko'proq din instituti jamiyatga nima beradi, degan savolga javob topamiz - din odamlarning ijtimoiy xulq-atvorining nazoratiga yordam beradi, din odamlarni uyushtiradi, din jamiyat a'zolarining ruhiy muvozanatini tiklab, ijtimoiy muhitni sog'lomlashtiradi, din odamlar o'rtasida o'zaro muloqot va munosabat asosi bo'lib gavdalanadi. Ushbu vazifalarning jamiyat hayoti uchun naqadar muhimligini shubha ostiga olmay, shu bilan birga ular baribir diniy bilim olish har bir insonga shaxsan nima berishi, nega kerakligini ochib bermaydi.

Din psixologiyasi turkum fanlarini o'qitish maqsadlarining o'ziga xosligi quyidagilarda namoyon bo'ladi:

May 21

36

1. Pedagogik faoliyatning maqsadi jamiyat tomonidan belgilanadi, ya'ni pedagog faoliyatining natijasi jamiyat manfaatlari bilan bog'liqdir. Uning mehnati yoshlar shaxsini har tomonlama kamol toptirishga yo'naltirilgan. Pedagogik faoliyat avlodning ijtimoiy uzviyligi (ketma-ketligi)ni ta'minlaydi. Bir avlod tajribasini, ikkinchi avlodga o'tkazadi, ijtimoiy tajriba orttirish uchun insondagi tabiiy imkoniyatlarni ro'yobga chiqaradi.

2. Pedagog faoliyati doimo shaxs faoliyatini boshqarish bilan bog'liq. Bunda pedagogik maqsad talaba maqsadiga aylanishi muhimdir. Pedagog o'z faoliyati maqsadini va unga erishish yo'llarini aniq tasavvur qilishi va bu maqsadga erishish talabalar uchun ham ahamiyatli ekanligini ularga anglata olishi zarur. Gyote ta'kidlaganidek: «Ishonch bilan gapir, ana shunda so'z ham, talabalarni mahliyo qilish ham o'z-o'zidan kelaveradi»1.

3. Pedagogik (ta'lim-tarbiya) jarayonda talaba faoliyatini boshqarish shuning uchun ham murakkabki, pedagog maqsadi doimo talaba kelajagi tomon yo'naltirilgan bo'ladi. Buni anglagan holda, mohir pedagoglar o'z faoliyatini mantiqan talabalar ehtiyojlariga muvofiq holda loyihalaydilar. Hamkorlik pedagogikasining tub mohiyati ham ana shundan iborat.

Shunday qilib, pedagogik faoliyat maqsadining o'ziga xosligi o'qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:

- jamiyatning ijtimoiy vazifalarini to'la anglab, o'z shaxsiga qabul qilishi. Jamiyat maqsadlarining «o'sib» pedagogik nuqtai nazarga aylanishi;

- muayyan harakat va vazifalarga ijodiy yondashishi;

- talabalar qiziqishlarini e'tiborga olish, ularni pedagogik faoliyatning belgilangan maqsadlariga aylantirish;

Talaba shaxsiga doimo ijobiy-axloqiy ta'sir ko'rsata oladigan kishigina haqiqiy tarbiyachidir. Bunga erishish uchun pedagog o'zining axloqiy sifatlarini doimo takomillashtirib borishi zarur.

Talabalarni mehnat, muloqot, o'yin, o'qish kabi faoliyat turlarida ishtirok etishlari tarbiyaning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir mohir pedagog o'zining individual pedagogik tizimiga ega bo'lishi kerak.

Ta'lim jarayonida fanlararo bog'lanishni tug'ri yo'lga qo'yish va undan mohirlik bilan foydalanish talabalarning bilish ehtiyojini orttiradi, o'quv faoliyatini faollashtiradi, diniy dunyoqarashini kengaytiradi.

Q

1 Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. - Tosh bet.

181 b. 14

©

;1 '

May 211 ©

©

37

DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-35-38

REFERENCES

1. Abdurahmonov F.R., Abdurahmonova Z. (2011). Din psixologiyasi. -T.: Falsafa va huquq instuti noshirlik bo'limi, 35-40.

2. Anorbayevna, G. N. (2016). Influence of the sibling statuse's of teenagers on interpersonal relations. European journal of education and applied psychology, (2).

3. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. (2008). Ta'limda innovatsion texnologiyalar. - Toshkent, 146-147.

4. Kasimova Z.X. (2020). Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma, T.: Lesson Press, 13-14.

5. Mirqosimova M. INTERNATIONAL JOURNAL OF PHILOSOPHICAL STUDIES AND SOCIAL SCIENCES Vol 1, Issue 4 , 2021.

6. Rasulova Miss, F. (2020). PSYCHOCORRECIONAL WORK OF A PRACTICAL PSYCHOLOGIST WITH AGGRESSIVE BEHAVIOR OF CHILDREN AND TEENAGER. The Light of Islam, 2020(1), 145-152.

7. Абдуганиева, Д. А. К (2021). КОПИНГ-СТРАТЕГИЯЛАРНИ АМАЛГА ОШИРИШДА ДИН ОМИЛИНИНГ НАМОЁН БУЛИШ ХУСУСИЯТЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(Special Issue 2), 150-156.

8. Акрамов М. Р. Психолого-педагогические особенности экологического образования //The Way of Science. - 2014. - С. 78.

9. Аскарова, Н. А. (2022). ОСОБЕННОСТИ ЭМОЦИНАЛЬНО-ВОЛЕВОЙ СФЕРЫ ДЕТЕЙ С СИНДРОМОМ ДЕФИЦИТА ВНИМАНИЯ И ГИПЕРАКТИВНОСТИ. Gospodarka i Innowacje., 22, 266-271.

10. Дусмухамедова, Ш. А. (1987). Психологические особенности педагогической оценки в обучении детей шестилетнего возраста. Педагогическая и возрастная психология". М.

11. Расулева, Н. Т. (2018). ПСИХОЛОГИЯ ИСЛАМСКОЙ ЛИЧНОСТИ. In XLIII INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION" (pp. 123-124).

12. Расулов, А. И. (2018). УКИТУВЧИ ШАХСИНИ ПСИХОЛОГИК ТАШХИС ЭТИШ. Современное образование (Узбекистан), (10).

13. Угринович Д.М. Психология религии. -Киев: Ника-центр, 2002.

Щ_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.