Научная статья на тему 'PEDAGOGIK TA`LIM INNOVATSION KLASTERI DOIRASIDA TALABALA SHAXSINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI'

PEDAGOGIK TA`LIM INNOVATSION KLASTERI DOIRASIDA TALABALA SHAXSINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

150
76
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
klaster / ideal / glaballashuv / fiziologiya / psixologiya. / кластер / идеал / глобализация / физиология / психология.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S. X. Gayupova

Ushbu maqolada pedagogik ta`lim innovatsion klasteri doirasida talabalarni shaxs sifatida shakllantirishning psixologik masalalari ilmiynazariy jihatdan yoritilishiga e`tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ФОРМИРОВАНИЕ ЛИЧНОСТИ УЧАЩЕГОСЯ В РАМКАХ ИННОВАЦИОННОГО КЛАСТЕРА ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ

Статья посвящена научно-теоретическому освещению психологических проблем становления студентов как личности в инновационном кластере педагогического образования.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK TA`LIM INNOVATSION KLASTERI DOIRASIDA TALABALA SHAXSINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI»

PEDAGOGIK TA'LIM INNOVATSION KLASTERI DOIRASIDA TALABALA SHAXSINI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLOGIK MASALALARI

S. X. Gayupova

TVCHDPI psixologi

Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagogik ta'lim innovatsion klasteri doirasida talabalarni shaxs sifatida shakllantirishning psixologik masalalari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilishiga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: klaster, ideal, glaballashuv, fiziologiya, psixologiya.

ФОРМИРОВАНИЕ ЛИЧНОСТИ УЧАЩЕГОСЯ В РАМКАХ ИННОВАЦИОННОГО КЛАСТЕРА ПЕДАГОГИЧЕСКОГО ОБРАЗОВАНИЯ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ПРОБЛЕМЫ

Аннотация: Статья посвящена научно-теоретическому освещению психологических проблем становления студентов как личности в инновационном кластере педагогического образования.

Ключевые слова: кластер, идеал, глобализация, физиология, психология.

FORMATION OF STUDENT PERSONALITY WITHIN THE INNOVATIVE CLUSTER OF PEDAGOGICAL EDUCATION PSYCHOLOGICAL ISSUES

Abstract: This article focuses on the scientific and theoretical coverage of psychological issues of formation of students as individuals in the innovative cluster of pedagogical education.

Keywords: cluster, ideal, globalization, physiology, psychology

Bugungi kun globallashuv jarayonida barcha sohalar kabi ta'lim sohasi ham jadal rivojlanib bormoqda. Ta'lim tizimiga yangi innovatsiyalarni kirib kelayotgani, o'qitish uslublarini takomillashayotganligi, yangi ta'lim turlarini tizimga joriy etilayotganligi hozirgi zamon pedagogikasi oldida turgan muommolarni tizimli ravishda hal qilinib borilayotganligidan dalolat bermoqda.Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Pedagogik ta'lim

sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2020-yil 27-fevraldagi PQ-4623-son qarori ijrosini ta'minlash, shuningdek, pedagogik ta'lim sohasi uchun raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ta'lim sifatini oshirish, sohaga ilg'or ta'lim texnologiyalarini joriy qilish, zamonaviy bilim va pedagogik texnologiyalarni qo'llash ko'nikmalariga ega bo'lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yo'lga qo'yish maqsadida Vazirlar Mahkamasining "Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2021-yil 14-apreldagi 213-sonli qarori asosida pedagogik ta'lim innovatsion klasteri doirasida pedagogika sohasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Pedagogik ta'limning jamiyat barqaror rivojlanishidagi yuqori ijtimoiy ahamiyati bilan bog'liq zamonaviy talablar, tizimdagi muommolar va ularni hal qilishda ta'lim, fan va ishlab chiqarish bo'g'inlari o'rtasidagi o'zaro yakdillikning yetishmasligi bugungi kunda uzluksiz pedagogik ta'limni klaster rivojlanish modeliga o'tkazish zaruriyatini taqozo etmoqda. Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri muayyan geografik hududning raqobatbardosh pedagog kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida bir-biri bilan uzviy aloqadagi teng huquqli alohida ta'lim subyektlarining, texnologiyalarning va inson resurslarining integratsiyalashuvini kuchaytiruvchi mexanizm bo'lib, u innovatsiya va integratsiya jarayonlari bilan bog'liq.

A.A.Verblskiy, V.A.Tokyarevalar oliy ta'lim mussasalarida tahsil olish talabalar uchun juda qiyin kechadi, chunki, bu davrda shaxsning murakkab fazilatlari, xislatlari, sifatlari takomillashish bosqichida bo'ladi. Mazkur yosh davridagi ijtimoiy psixologik o'sishning xususiyatlaridan biri o'qish faoliyatining ongli motivlari kuchayishidir. Talabalarda axloqiy jarayonlarning o'sishi sust amalga oshsa-da, lekin xulqining eng muhim sifatlari - mustaqillik, tashabbuskorlik, topqirlik, farosatlilik va hakozolar takomillashib boradi. Shuningdek, ularda ijtimoiy holatlarga, voqelikka, axloqiy qoidalarga qiziqish, ularni amalga oshirishga intilish toboro kuchayadi.

Mamlakatimiz psixologlarining tadqiqotlari shaxs hayot tajribasini egallashda unda o'zligini anglash vujudga kelishini ko'rsatadi. Shaxsning o'z hayot mazmunini anglashi, aniq kundalik turmush rejalarini tuzishi, kelajak hayot yo'lini belgilash shular jumlasidandir. Talaba o'zining o'quv faoliyati davomida mikroguruhlarning notanish sharoitlariga ko'nikib boradi, o'zining haq - huquqlari va majburiyatlarini bila boshlaydi, shaxslararo munosabatlarning yangicha ko'rinishini o'rnatadi, turmushdagi ijtimoiy rollarni amalda shaxsan sinab ko'rishga intiladi. Ulardagi romantik his - tuyg'ular voqelikka muayyan

yondoshishga birmuncha halaqit beradi. Chunki ular turmushdagi yutuqlar va muvaffaqiyatlarning ijtimoiy psixologik ildizlari nimadan ekanligi to'g'risida aniq tasavvurga ega bo'lmaydilar.

Yosh fizologiyasi va psixologiyasi fanlarida to'plangan materiallar taxlilidan ko'rinadiki, talaba 17-19 yoshda ham o'z xulqi va bilim qobiliyatini ongli boshqarish imkoniyatiga ega bo'lmaydi va shunga ko'ra xulq motivlarining asoslanmagani, uzoqni ko'ra olmaslik, ehtiyotsizlik kabi hollar ro'y beradi.

Talabalik yillarida yoshlarning hayoti va faoliyatida o'zini o'zi kamolotga yetkazish jarayoni muhim rol o'ynaydi, lekin o'zini boshqarishning tarkibiy qismlari (o'zini o'zi tahlil qilish, nazorat etish, boholash, tekshirish va boshqalar) ham alohida ahamiyat kasb etadi. Ideal (yuksak, barqaror, barkamol) "Men" ni real (aniq voqea) "Men" bilan taqqoslash orqali o'zini o'zi boshqarishning tarkibiy qismlari amaliy ifodaga ega bo'adi. Talabaning nuqtai nazaricha, ideal "Men" ham muayyan mezon asosida yetarli darajada tekshirib ko'rilmagan, shuning uchun ular goho tasodifiy, g'ayritabiiy his etishni muqarar, binobarin, real "Men" ham shaxsining takamillashuvida bunday obyektiv qarama - qarshiliklar o'z shaxsiyatiga nisbatan ichki ishonchsizlikni, o'qishga nisbatan salbiy munosabatni vujudga keltiradi. Jumladan, o'quv yili boshida talabada ko'tarinki kayfiyat, oliy o'quv yurtiga kirganidan zavq - shavq to'yg'usi kuzatilsa, ta'limning shart -sharoiti, mazmuni, mohiyati, kun tartibi, muayyan qonun va qoidalar bilan yaqindan tanishish natijasida uning ruhiyatida keskin tushkunlik ro'y beradi. Yuqorida aytilgan ichki va tashki vositalar, omillar ta'siri oqibatida uning ruhiy dunyosida umudsizlik, ruhiy parokandalik kayfiyati, ya'ni istiqbolga ishonchsizlik, ikkinchisi hadiksirash kabi salbiy his tuyg'ular namoyon bo'ladi. Oliy maktabda tarbiya ishlarini rejalashtirishda, ta'lim jarayonida talabaga o'ziga xos munosabatda bo'lish mazkur davrning muhim sharoitlaridan biridir.

Yuqorida aytilganlardan qat'iy nazar, yigit va qizlar oliy o'quv yurtiga qabul qilish ularda o'z kuchlari, qobiliyatlari, aql zakovatlari, ichki imkoniyatlari va irodalariga qat'iy ishonch bildiradi. Ana shu ishonch o'z navbatida to'laqonli hayot va faoliyatni uyushtirishga umid his - tuyg'usini vujudga keltiradi.Bunda esa klaster tizimi orqali oila-oliy o'quv yurti-umumta'lim maktabi hamkorligini joriy etish muhimligini, dolzarbligini ko'rsatadi.

Pedagogik innovatsion klaster tizimi orqali talaba shaxsini shakllantirish orqali biz nimaga erishamiz?-degan savolga quyidagicha javob berib umumiy xulosaga kelamiz.

- Oila hamda ta'lim muassasasi o'rtasida hamkorlik o'rnatiladi

- Talabaning shaxs sifatida shakllanishning tizimli mexanizmi yaratiladi

- Talabaning kelajakda oz sohasidagi yetuk mutaxassis bo'lib yetishishiga zamin yaratiladi

- Talaba maktabdagi faoliyatiga adaptatsiya hosil qiladi

REFERENCES

1. Davletshin M.G., Jalilova S.X. "Oliy maktabda ta'lim jarayonini samaradorligining psixologik tomonlari". - T., 2001. - 10 b.

2. Davletshin M.G. va boshqalar. "Yosh davrlar va pedagogik psixologiya" T.TDPU. 2009.

3. Nishonova Z.T., Ergashev P.S. "Oliy maktab psixologiyasi". - T., 2012. - 67 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.