Научная статья на тему 'DIDAKTIK TADQIQOTLARDA KASBIY KOMPETENTLIK VA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI'

DIDAKTIK TADQIQOTLARDA KASBIY KOMPETENTLIK VA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

21
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
didaktika / Zamonaviy didaktika / didaktik konsepsiyalar / didaktik paradigmalar / texnokratik.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — S. A. Boltaboyev, A. B. Turayev, U. M. Ernazarova

Ushbu maqolada didaktik tadqiqotlarda kasbiy kompetentlik va kompetensiyalarni shakllantirish muammosining pedagogik-psixologik jihatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматриваются педагогико-психологические аспекты проблемы формирования профессиональной компетентности и компетенций в дидактических исследованиях.

Текст научной работы на тему «DIDAKTIK TADQIQOTLARDA KASBIY KOMPETENTLIK VA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI»

gogi

gogi

DIDAKTIK TADQIQOTLARDA KASBIY KOMPETENTLIK VA KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSINING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

S. A. Boltaboyev

TDPU "Texnologiya ta'limi metodikasi" kafedrasi mudiri., pedagogik fanlari

nomzodi.

A. B. Turayev

TDPU "Texnologiya ta'limi metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi.

U. M. Ernazarova Toshkent shahar Olmazor tumani 242-maktab texnologiya fani o'qituvchisi

Ushbu maqolada didaktik tadqiqotlarda kasbiy kompetentlik va kompetensiyalarni shakllantirish muammosining pedagogik-psixologik jihatlari yoritilgan.

Tayanch tushunchalar: didaktika, Zamonaviy didaktika, didaktik konsepsiyalar, didaktik paradigmalar, texnokratik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются педагогико-психологические аспекты проблемы формирования профессиональной компетентности и компетенций в дидактических исследованиях.

This article discusses the pedagogical and psychological aspects of the problem of the formation of professional competence and competencies in didactic research.

Ta'lim tizimini isloh qilish va shu asosda tom ma'nodagi samaraga erishishda muhim pedagogik muammolardan biri o'qituvchining ilmiy, madaniy, siyosiy va ma'naviy-axloqiy saviyasi masalasidir.

Pedagogika fani irsiyat va muhitni hisobga olgan holda ta'lim-tarbiya tizimida shaxs kamolotini boshqarish haqidagi nazariyani yaratar ekan, uning asosida didaktika (ta'lim-tarbiya nazariyasi) yotadi. Shu nuqtai nazardan, bola shaxsining shakllanishi uning tabiiy iqtidori va iste'dodini hisobga olgan holda ta'lim

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

214

Qo'qon davlat pedagogika instituti Pedagogik tadqiqotlar: dolzarb muammo va yechimlar

Kokand^tatePedagogicalInstitut^^^^^^^^^^^^^^^^agOgjCai^B

mazmunini aniqlash, ta'lim jarayoni qonuniyatlari va uning samarali metodikasi (texnologiyalari) asosida tashkil etilishi va amalga oshirilishi kerak.

Didaktika (yun. didaktikos - o'rgatuvchi, ta'lim beruvchi) pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil tarmog'i bo'lib, ta'lim jarayoni, ya'ni o'qitish va o'qishning umumiy qonuniyatlarini ochib beradi, ta'lim mazmunining hajmi va tashkiliy tuzilmasini belgilaydi. Didaktika - ta'lim jarayoni, uning mazmuni, qonuniyatlari, prinsiplari, tashkiliy shakllari, metodlari va vositalarini ilmiy asoslovchi ta'lim nazariyasidir.

Zamonaviy didaktika - ta'lim nazariyasi va texnologiyalari haqidagi fan bo'lib, xususiy didaktika, ya'ni ta'lim metodikasi sifatida namoyon bo'lmoqda. Chunki har bir o'quv fani o'z maqsadi, vazifalari, mazmuni va texnologiyasiga (metodlari, shakllari va vositalariga) egaligi bilan bir-biridan farqlanadigan o'ziga xos ta'lim metodikalari bilan ajralib turadi.

Ta'lim metodikalarining turli-tuman bo'lishiga didaktik konsepsiyalar (lot. conceptio - majmua, tizim) - didaktik qarashlar va prinsiplar tizimi, uni amalga oshirish bo'yicha harakatlar stretegiyasi) va didaktik paradigmalar (yun. paradeigma - strandart, namuna yoki model sifatida tan olingan nazariy-metodologik yo'l-yo'riqlar majmui) bevosita o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Ta'lim jarayonida ma'lum bir falsafiy nazariyalarga asoslangan rasmiy, norasmiy va informai asosiy pedagogik (didaktik) konsepsiyalar bilan farqlanadi (1-rasm).

1-rasm. Asosiy pedagogik (didaktik) konsepsiyalar

Yuqorida keltirilgan asosiy pedagogik (didaktik) konsepsiyalarda pedagog kadrlarning u yoki bu darajadagi kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirish bilan bog'liq pedagogik jarayon va uning natijasi sifatida e'tirof etish mumkin.

Ta'lim jarayonida qo'llaniladigan metodikalarning xilma-xil bo'lishiga ta'limda keng tarqalgan quyidagi pedagogik (didaktik) paradigmalar ham o'z ta'sirini ko'rsatgan (2-rasm).

215

Jgogjj

/

¿4

T3

T3 F

&

o

c

-O

Ph

V J

An'anaviy-konservativ (bilimga asoslangan) paradigma

Fenomenologik (insonparvarlik) paradigma

Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma

Texnokratik (ilmiy-texnik) paradigma

Evtagogik ("Ochiq") paradigma

1-rasm. Asosiy pedagogik (didaktik) paradigmalar

1) an'anaviy-konservativ (bilimga asoslangan) paradigma - uning bosh maqsadi: istalgancha bilim, bilim va yana bilim; o'quv dasturlari mazmunini bilimlami ijodiy o'zlashtirishga yo'naltirish;

2) fenomenologik (insonparvarlik g'oyasiga asoslangan) paradigma - uning bosh maqsadi: ta'limni ijtimoiylashtirish asosida umuminsoniy va milliy madaniyatni shakllantirish, bolani aqliy, axloqiy, jismoniy hamda estetik jihatdan ijodiy rivojlantirish;

3) ratsionalistik (bixevioristik) paradigma - uning bosh maqsadi: yashash muhitiga eng yaxshi moslashish uchun insonda «xulq-atvor majmui»ni ijodiy shakllantirish;

4) texnokratik (ilmiy-texnik) paradigma - uning bosh maqsadi: il-miy-texnik bilimlar tizimi va ularni ijodiy o'zlashtirish;

5) Evtagogik ("Ochiq") paradigma - uning bosh maqsadi: Ochiq (erkin) ta'lim muhitida "Hayot davomida ta'lim olish" imkoniyatini ta'minlaydi.

Ma'lumki, takror davom ettirish jarayoni o'tmishdagi ijtimoiy pedagogik voqelikdan nusxa ko'chirishgina emas, balki u takror davom ettirish jarayoni har doim mavjud voqelik shart-sharoitdan kelib chiqqan holda yangiliklarni o'zida aks ettirishi bilan uzluksiz taraqqiy etish sharti hisoblanib, eng muhim vazifasi o'z xalqining madaniyati muhitida bo'lgan barcha ijobiy va o'ziga xos xususiyatlarini saqlash hamda takomillashtirishga yo'naltirilgan bo'lishi zarur.

Ta'lim shakllarining qaysi biridan foydalanishdan qat'iy nazar, eng muhimi tinglovchilarni bu axborotlarni qabul qilishga tayyorlash yoki idrok etishlari uchun shart-sharoit yaratish va diqqat-e'tiborlarini o'quv materialga tortish zarur bo'ladi. Buni akademik M.I.Maxmutov o'zining zamonaviy dars nomli asarida

216

gogi

gogi

dolzarblashtirish bosqichi deb atagan. Bunda professor-o'qituvchining kasbiy kompetentligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Psixologik-pedagogik adabiyotlarda, ko'pgina pedagog olimlarning ilmiy ishlarida "kompetentlik", "kompetensiya" kabi tushunchalar keyingi paytlarda keng qo'llanilmoqda. Mutaxassisning kasbiy-pedagogik kompetentligini rivojlantirish masalalari tadqiqot obekti sifatida maktab o'qituvchisini yoki oliy ta'lim tashkiloti professor-o'qituvchisini tayyorlash va ularni malakasini oshirish doirasida qaraladi. Jumladan, o'qituvchining didaktik (M.Ochilov), psixologik-pedagogik (E.G'oziev), umumpedagogik (N.N.Azizxodjaeva, O.A.Abdullina), innovatsion (R.A.Mavlonova, V.A.Slastenin), ijodiy-kreativ (V.A.Kan-Kalik) tayyorlashning ahamiyati va vazifalari o'rganilgan bo'lsa, N.V.Kuzmina, A.K.Markova, E.F.Zeer, V.A.Slastenin, T.F.Loshakova o'qituvchining «kasbiy kompetentlik» haqida ko'plab ishlarni amalga oshirganlar.

Rivojlangan xorijiy mamlakatlar ta'lim tizimi tahlili shuni ko'rsatadi-ki, ularda shakllangan an'anaga muvofiq mutaxassisning kasbiy malakasi uning kompetentlik, ta'lim tizimi esa - bilim, ko'nikma va malakalar darajasi bilan o'lchanadi.

Kompetensiya o'z bilimlarini uzluksiz boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o'z amaliy faoliyatida qo'llashni talab qiladi.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi.

Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo'ladi:

- murakkab jarayonlarda;

- noaniq vazifalarni bajarishda;

- bir-biriga zid ma'lumotlardan foydalanishda;

- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo'la olishda.

Pedagogikada kompetentli yondashuv mutlaqo yangi hodisa emas, balki uning irmoqlari uzluksiz rivojlanib boruvchi ta'lim jarayonlarida mavjud bo'lib, ular bosqichma-bosqich shakllangan. "Mahorat", "malaka", "salohiyat" masalalari, faoliyat, shu bilan birgalikda, bir qator faoliyatlarning integratsiyasi M.N.Skatkin, I.Ya.Lerner, V.V.Kraevskiy, G.P.^edrovidskiy, V.V.Davidov va boshqa pedagogika sohasining olimlari ilmiy asarlari asosini tashkil etgan. D.L.Tompson, D.Pristinlar: «Kasbiy kompetentlik - ishda kerak bo'lgan bilimlarning va barcha axloqiy qoidalarning yig'indisidir», - deb ta'kidlaydilar. I.V.Grishina kasbiy kompetensiya

217

gogj

gogi

shaxsning o'z professional faoliyatini qanchalik darajada egallaganligi, deb baho beradi va quyidagicha ta'riflaydi:

- ushbu faoliyatga bo'lgan munosabati, unga zarurat va qiziqishi, intilishlari, qadriyatlari, faoliyatdan maqsadi, o'zining ijtimoiy o'rnini tasavvur qilishi;

- o'zining shaxsiy o'ziga xosligi va mutaxassis sifatidagi mavqeiga, kasbiy bilim, mahorat va ko'nikmalari, kasbiga xos boshqa xususiyatlariga baho berish;

- shu asosda o'zini kasbiy jihatdan shakllanishini va o'sishini boshqara bilishi.

A.P.Akimova kasbiy kompetentlikni shunday ta'riflaydi: «O'z faoliyatida

kerak bo'lgan yangiliklarning, bilimlarning, qobiliyatlarning yig'indisi va atrof muhit bilan o'zaro to'g'ri kelishi».

Pedagogik kompetentlik pedagogik mahorat tushunchasiga bog'liqligini N.V.Kuxarev shunday ta'riflaydi: «Psixologik-pedagogik tayyorgarligidan kelib chiqadigan o'qituvchi shaxsining aniq sifatlarini va pedagogik masalalarini eng samarali usulda yechadigan fazilatlar to'plami».

A.K.Markova o'qituvchini kasbiy kompetentlikka ega bo'lgan o'qituvchi deb aytadi, qachonki pedagogik faoliyatini, pedagogik muomalani yetarlicha yuqori darajada oshirsa, yoshlarni o'qitishda va tarbiyalashda yuqori natijalarga erishsa. Kompetentli o'qituvchi o'zining kasbiy bilimlarini, psixologik fazilatlarini o'z mehnatida qo'llashni bilishi kerak.

A.K.Markova o'qituvchi mehnatining kasbiy kompetentligi asoslari bo'yicha eng ko'p ilmiy izlanishlar olib borgan pedagog olim. A.K.Markova fikri bo'yicha o'qituvchining mehnati kompetentlikka aylanadi qachon-ki, o'qituvchi o'z faoliyatini yetarlicha va talabalarni o'qitish hamda tarbiyalashni yuqori darajada amalga oshirsa. Ushbu asoslar bilan birga o'qituvchining kasbiy kompetentligini to'rtga bo'lib o'rganadi:

Maxsus yoki faoliyatli kasbiy kompetentlik - bu faoliyatni yuqori kasbiy darajada olib borishi. Maxsus kasbiy kompetentlik nafaqat maxsus bilimlardan, balki bu bilimlarni amalga oshirishdan iborat;

Ijtimoiy kompetentlik - bu qo'shimcha faoliyatni olib borish yo'llarini bilish, hamkorlikda bajarish yo'llarini bilish;

Shaxsiy kompetentlik - o'zini rivojlantirish va o'zini ko'rsatish yo'llarini bilish (mutaxassis o'zining faoliyatini rejalashtirish, mustaqil qaror qilish, ma'lumotlar bilan va o'z ustida ishlash).

Individual kompetentlik - bu o'zini boshqarish yo'llarini bilish, kasbiy rivojlanishga tayyorgarlik va kasbiy yangiliklar yaratish. Shu bilan birga o'qituvchining bilimlari yangiliklar bilan boyigan bo'lishi, psixologik va pedago gik fazilatlar yuqori darajada bo'lishi. Shunday qilib, A.K. Makarova kasbiy

218

gogi

a

p

kompetensiya tushunchasi mazmunini yanada kengaytiradi, uning tarkibiga mutaxassisning sub'ektiv xususiyatlarin ham kiritadi.

Respublikamizning yetuk olimlari, jumladan professor N.Muslimov va uning ilmiy maktabi vakillari (O.Qo'ysinov, M.O'razova, H.Qodirov, Sh.Qulieva va boshqalar) tomonidan bo'lajak texnologiya va kasb ta'limi o'qituvchisining kasbiy kompetentligini shakllantirish, rivojlantirish hamda takomillashtirish masalasi turli darajadagi rakurslarda ilmiy-pedagogik muammo sifatida tadqiq etilgan. Chunonchi, N.Muslimovning tadqiqot ishida bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy kompetentligini shakllantirishning yakuniy maqsadi sifatida quyidagilarga e'tibor qaratiladi:

- bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy-pedagogik kompetentligini shakllantirishda asosiy e'tibor o'quv fani vositalari, pedagogik faoliyat mazmuni va talabaning shaxsiy imkoniyatlari asosida shakllantirishga;

- kasbiy-pedagogik faoliyatning mazmuni, vazifalari, ushbu jarayonda hal etiluvchi muammolar va yuzaga kelish ehtimoli bo'lgan qiyinchiliklar xususida yaxlit tasavvurga ega bo'lgan holda shaxsiy faollikka erisha olishiga;

- bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchisini psixopedagogik nuqtai nazardan tayyorlash aniq maqsad, ya'ni pedagogik va psixologik bilimlarning ta'lim muassasasida tashkil etiluvchi kasbiy ta'limning o'ziga xosligi bilan belgilanadigan tuzilmasi va mazmuniga yo'naltirilgan;

- bo'lajak kasb ta'limi o'qituvchisining kasbiy-pedagogik faoliyatidan kutiladigan va erishish mumkin bo'lgan natijalar talaba shaxsi, uning yo'nalganligi (talablari, qiziqishi, qadriyatli yo'nalishi, ishi, ongi, sabablari); ma'lumot darajasi (bilim, malaka, ko'nikmalari, bilimlarini doimiy ravishda boyitishga intilishi va mahorati); tarbiyalanganlik holati (ma'naviy, estetik, jismoniy, mehnat va hokazo jihatdan); ijtimoiylashuvi (faol kasbiy va ijtimoiy faoliyatni tashkil etishga tayyorligi, bilim olishni davom ettirishi, ijtimoiy va qadriyatli qoidalarni qabul qilishi); madaniyatliligi (ijtimoiy- madaniy qadriyatlarini qabul qila olishi, intellektual, iqtisodiy, ekologik, madaniyat, aqliy va jismoniy mehnat madaniyati, munosabatlari mazmuni va hulq) kabi holat bilan belgilanishi ifodalangan.

Yuqorida nomlari keltirilgan xorijiy va respublikamiz olimlarining tadqiqot ishlarini tahlilidan kelib chiqqan holda quyidagicha xulasalar chiqarishga asos bo'ldi.

1. Kompetentlik kategoriyasi bu muayyan sohadagi kasbiy faoliyat natijasi bo'lib, u bir nechta kompetensiyalar yig'indisidan iboratdir. Biz tadqiqot ishimizda kasbiy faoliyat natijasi deganda mutaxassisning standart yoki nostandart vaziyatlarda u tomonidan o'zlashtirilgan bilimlar, shakllangan ko'nikma va malakalariga asoslanib

219

gogj

gogi

p

kasbiy faoliyatini loyihalay olishi, rejalashtirishi, tashkil eta olishi, nazorat qilib baholay olishi hamda qarorlar qabul qilishini tushunamiz.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. Kompetensiya kategoriyasi esa kasbiy faoliyat jarayoni mahsuli hisoblanadi. Kasbiy faoliyat jarayoni mahsuli deganda mutaxassisning shaxsiy sifatlari (motivatsion, intellektual, hissiy, irodaviy, amaliy-faoliyatli va refleksiv (o'z-o'zini boshqarish), qadriyatlar, xulq-atvor (tanqidiy fikrlash, ijodiy yondashish, jamoada ishlash, muloqotchanlik))ni takomillashtirish jarayonini tushunamiz.

REFERENCES

1. Муслимов Н.А. Булажак касб таълими укитувчиларини касбий шакллантириш. Монография. -Т.: Фан, 2004. - 128 б.

2. Муслимов Н.А. Булажак касб таълими укитувчиларини касбий шакллантиришнинг назарий-методик асослари. Пед.фан.докт. ... дисс. - Т., 2007. - 315 б.

3. Шувалова М.А. Формирование профессиональных компетенций техников высокотехнологичной отрасли в дуальном образовании. Дисс. ... канд. пед. наук. - Красноярск.: 2016. - 195 с.

4. Бобина О.С. Совершенствование профессиональной компетентности педагогов в образовательной организatsiи. Дисс. ... канд. пед. наук. - Томск.: 2015. - 259 с.

ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПОДГОТОВКИ ЛИЧНОГО СОСТАВА

May 15, 2024

https:/kspi.uz/ International Scientific and Practical Conference

220

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.