Научная статья на тему 'Deviant xulqli bolalarda ijtimoiy-pedagogik muammolar bartaraf etish yo’llari'

Deviant xulqli bolalarda ijtimoiy-pedagogik muammolar bartaraf etish yo’llari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
365
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Bu maqolada xulqida og’ish kuzatilgan bolalar va ularda uchraydigan muammolar bilan kurashish haqida ma’lumotlar berilgan.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxtasar Shavkatjonova, Zebo Saidaliyeva, S.Xaydarov

Bu maqolada xulqida og’ish kuzatilgan bolalar va ularda uchraydigan muammolar bilan kurashish haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Deviant xulqli bolalarda ijtimoiy-pedagogik muammolar bartaraf etish yo’llari»

Deviant xulqli bolalarda ijtimoiy-pedagogik muammolar

bartaraf etish yo'llari

Muxtasar Shavkatjonova Zebo Saidaliyeva Ilmiy rahbar: S.Xaydarov TMC instituti

Annotatsiya: Bu maqolada xulqida og'ish kuzatilgan bolalar va ularda uchraydigan muammolar bilan kurashish haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: deviant xulq-atvor, jamoa, og'ish, o'smir, tarbiya, ko'rsatmalar

Ways to eliminate socio-pedagogical problems in children with

deviant behavior

Mukhtasar Shavkatjonova Zebo Saidaliyeva Scientific supervisor: S.Khaidarov

TMC Institute

Abstract: This article provides information about children with behavioral disorders and how to deal with their problems.

Keywords: deviant behavior, community, deviance, adolescent, upbringing, instructions

Har birimiz ijtimoiy nomaqbul xatti-harakatlarning turli ko'rinishlari -tajovuzkorlik, yomon odatlar, noqonuniy xatti-harakatlarga duch kelamiz... Bunday muammolar bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar ko'p yillardan buyon bir qator savollarga javob izlashdi. Bunday xatti-harakatlarning sabablari nimada? Insonning o'ziga va boshqalarga qayta-qayta zarar etkazishiga nima majbur qiladi? Bundan qanday qochish kerak? Bunday xulqli bolalarda uchraydigan ijtimoiy-pedagogik muammolarga qanday yechim topsa bo'ladi?

Muayyan jamiyatda qabul qilingan me'yorlarga to'g'ri kelmaydigan xatti-harakatlar odatda ilmiy adabiyotlarda deviant deb ataladi. Bu xatti-harakatlar faylasuflar, sotsiologlar, psixologlar va o'qituvchilar orasida doimo qiziqish uyg'otgan. Zamonaviy sharoitda "og'ish" va "deviant xatti-harakatlar" hodisalari nostandart, ko'p qirrali va turli darajadagi va murakkablikdagi og'ishlar ko'lami bilan tavsiflanadi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, og'ishlar ko'pincha o'smirlik davrida

paydo bo'ladi va mustahkamlanadi. Natijada, deviantlik an'anaviy ravishda hayotining turli sohalarida (o'qish, xatti-harakatlar, muloqot va h.k.) muammo va qiyinchiliklarga duch kelgan o'smirning shaxsiyatining eng muhim xususiyati sifatida qabul qilinadi. Ko'plab o'qituvchilar va psixologlarning ishlarida o'spirinlar muammolari ko'rib chiqiladi. Voyaga etmaganlarning tajovuzkorligining rivojlanishiga uning temperamentining tabiiy xususiyatlari ham ta'sir qiladi, masalan, qo'zg'aluvchanlik va his-tuyg'ularning kuchliligi, bu fe'l-atvor, asabiylashish va o'zini tuta olmaslik kabi xususiyatlarning shakllanishiga yordam beradi. Deviant xulqli bolani profilaktikasida avvalambor bolani individual xususiyatlarini, yoshini va qiziqishlarini inobatga olgan holatda unga individual yondashuv ishlab chiqib, qo'llash kerak. O'smirning axloqsiz fazilatlarni egallashi, axloqiy pozitsiyaning xususiyatlari va uning xatti-harakatlarida namoyon bo'lishi ularning ijtimoiy muhitiga ta'sir qiladi. Deviant xulqli bolalarni turli o'ziga xos qiziqishlarini o'rgangan holda mashg'ulotlar bilan band qilish mumkin. Ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishga harakat qilish kerak. Ko'pgina tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan deviant xatti-harakatlar zamonaviy jamiyatning dolzarb pedagogik muammosi bo'lib qolmoqda. Deviant o'smirlar bilan ishlashga imkon beradigan uslubiy ishlanmalar unchalik ijobiy natijalar bermaydi. O'smirlarning bir-biriga va katta avlodga nisbatan deviant xulq-atvorining namoyon bo'lishi tobora ko'proq namoyon bo'lmoqda. Deviant xulq-atvorning sabablari bo'yicha ko'plab tadqiqotlar, nazariyalar mavjud. Bu haqida batafsil A.S.Makarenko shunday degan edi: "BoMaming jinoyatchi bo'lib ketishiga nafaqat atrof-muhit, balki birinchi navbatda yomon ota-onalar va yomon o'qituvchilar ham aybdor. Jinoyatchilar nafaqat kam ta'minlangan va kambag'al oilalarda, balki badavlat oilalarda ham yetishib chiqadi. Badavlat oilalardan bo'lganlar ham jinoyat sodir etishadi. Barcha jinoyatchilar, xoh voyaga yetmaganlar, ham kattalar, hammasi oilada tarbiyalangan va o'sib, maktabda o'qigan. Bu shuni anglatadiki, gap nafaqat ob'ektiv og'ir turmush sharoitida, balki, birinchi navbatda, sub'ektiv sharoitlarda - bolalarni noto'g'ri tarbiyalashda. Yomon tashkil etilgan jamoadagi eng yaxshi o'g'il bolalar, yomon o'qituvchilar tomonidan noto'g'ri ta'limning salbiy ta'siri ostida juda tez yovvoyi hayvonlarga aylanadi. Haqiqatan ham shunday. Eng zo'r bolalarni yig'ing, yoniga yomon o'qituvchilarni qo'ying, bir oy ichida ular koloniyani, bolalar uyini, maktabni va bu o'qituvchilarni o'zlarini ham vayron qiladilar". Makarenko tomonidan yana bir samarali natija berib, qo'llanilgan uslub mavjud. U shunday qilish kerakligini ta'kidlaydiki, pedagog yoki muassasa rahbari deviant xulq-atvordagi bolalar bilan to'g'ri yondashuv qilmoqchi bo'lsa, ularni kuzatishi va ushbu kuzatuvlar natijasi unga ular orasidagi lider bolani aniqlab berishi kerak. Shundan so'ng, tarbiyachi aynan o'sha lider bolani guruh sardori sifatida bolalarga taqdim etishi kerak. Bu vaziyatda xulqida og'ish bo'lgan bolalarga nisbatan ularning aksariyati bo'ysunadigan bir shaxs orqali yondashinuv

yuzaga keladi, hamda ularni boshqarish va yo'naltirish doimiy ravishdagidan osonroq kechishni boshlaydi. Aynan tanlangan bolaga nisbatan uning guruh muhitini yaxshilashga qaratilgan harakatlariga javoban rag'batlantirish ham bo'lishi kerak. Unga muntazam ravishda tushuntirish ishlari olib boriladi. Shu yo'sinda bu uslub bir bola orqali butun jamoaga ta'sir o'tqiza oladi. Shunday qilib, huquqbuzarlarni tarbiyalash yoki qayta tarbiyalash muammosi emas, balki to'g'ri tarbiya tizimini yaratish va tashkil etish muammosi mavjud. Makarenkoning ta'kidlashicha, bolalar ajoyib va tirik hayotdir, shuning uchun siz ularni o'rtoqlar va fuqarolar sifatida ko'rishingiz, ularning huquq va majburiyatlarini, shu jumladan mas'uliyat, burchini hurmat qilishingiz kerak. Makarenko o'zining pedagogik faoliyatida "Insonga imkon qadar ko'proq talablar va imkon qadar ko'proq hurmat qilish" tamoyili asosida ishladi. Makarenkoning ta'lim usuli har bir bolada mavjud bo'lgan to'rtta ehtiyojga asoslanadi: muloqotga bo'lgan ehtiyoj, ta'lim va tarbiyaga bo'lgan ehtiyoj, mehnatga bo'lgan ehtiyoj va o'zini o'zi tasdiqlash va mustaqillikka bo'lgan ehtiyoj va bu ehtiyojlar ishonchli tarzda rivojlanishi kerak. Bolaning shaxsiyati buzuvchi tomonidan emas, balki tuzatuvchi tomonidan shakllantiriladi. Makarenkoning pedagogik faoliyati deyarli har doim deviant xulq-atvori bo'lgan bolalar va o'smirlar bilan bog'liq bo'lib, bu ish bilan muvaffaqiyatli shug'ullangan. Makarenkoning ta'kidlashicha: "Bola yomon tarbiyalangan bo'lsa, buning uchun faqat ota-onalar yoki o'qituvchilar aybdor, agar bola oilada emas, balki, masalan, bolalar uyida yashasa va tarbiyalansa. Agar bolalarni tarbiyalash ishonib topshirilgan odamlarning o'zlari axloqsiz va insofsiz, eng muhimi, bolalarga mutlaqo befarq bo'lib chiqsa, bundan ham achinarlisi - bunday odamlarning o'zlari buzuq xulqli bo'lsalar, qanday qilib to'g'ri tarbiyalashlari va bolalarga yaxshi narsalarni o'rgatishlari mumkin? Har kuni o'z o'quvchilariga yomon o'rnak bo'lishlari, ularning takabburligi, qo'polligi, adolatsizligi va bolalarga ham, ularning ishlariga ham befarqligi bolalar xulq-atvorida salbiy oqibat aks ettiradi." A.S.Makarenko deviant xulq-atvori bo'lgan o'smirlarning ijtimoiy moslashuvi muammosini muvaffaqiyatli hal qildi. Makarenko "Birlashgan Millatlar Tashkiloti" ning "Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha" tashkiloti tomonidan XX asrning pedagogik tafakkur yo'lini belgilab bergan to'rtta o'qituvchidan biri sifatida tan olingan. Makarenkoning qiyin o'smirlarni tarbiyalashdagi tajribasi turli mamlakatlar o'qituvchilari orasida tasdiq javobini topdi va hozirda dolzarb bo'lib qolmoqda. Ishlab chiqilgan ushbu "Makarena" uslublari turli jamoalarda, yopiq muassasalarda, bolalar uylari va bolalar koloniyalarida qo'llanilsa samarali natija bera oladi. Bu kiritilgan yondashuv deviant xulq-atvorli bolalarda yuzaga keladigan dolzarb muammolarga qarshi kurashishga qaratilgan yechimlardan biri sifatida tan olinadi. Deviant xulq-atvor omillarini tahlil qilib, deviant xulq-atvor pedagogik sabablarga asoslanadi, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Bularga oilaviy munosabatlar madaniyatining pastligi kiradi. Oilaviy

tarbiyadagi xatolar ta'lim jarayonidagi bo'shliqlar va o'qituvchilaming e'tiborsizligi, maktabda bolaning manfaatlariga befarqligi bilan to'ldiriladi. Yosh avlodning ijtimoiy og'ishi ob'ektiv ravishda ijtimoiy barqarorlikka, turmush darajasini yaxshilashga to'sqinlik qiladi, o'smirlar uchun esa kelajakda deviant xatti-harakatlar orqali salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishga yo'l ochib beradi, bu esa xavfli guruhlarga va jinoiy tuzilmalarga qo'shilib ketish bilan yakun topib, jamiyatga juda katta tahdid soladi. Deviant xulqli bolani tarbiyalashda: ota-ona, sinf rahbari, psixolog, ichki ishlar xodimlari hamkorlikda bo'lib, birga bolani ustida tarbiyaviy ishlarni olib borishsa samarali natijalarga erishish mumkin. Bolani har xil ogishlardan asrash yo'llari:

1. Bolani istiqomat qilayotgan hududi, ya'ni mahallasida (diskoteka, playsteyshin) va shunga o'xshash tarbiyaga ta'sir qiluvchi omillardan asrash kerak.

2. Bolani bo'sh vaqtini bolaning qiziqishlaridan kelib chiqqan holatda har xil to'garaklarga berish kerak.

3. "Ko'chatni qanday sug'orsang yoki qanday o'g'it bersang, shunday meva olasan."-deganlaridek, ota-ona farzandiga xushmuomila bo'lishi kerak, uni eshitishi, tushunishi kerak. Unga bu narsani qilma deb tanbeh berib kifoyalanish kerak emas, balki nega qilish mumkin emasligini, oqibatida nima bolishini asta sekinlik bilan tushuntirishi lozim.

4. Bolani rivojlanishida uni kiydirib, boqishning o'zi yetmaydi. Ota-onalar bolani rejalariga, qizishlariga e'tibor berib, samimiyat bildirishlari lozim. Shunda asta sekinlik bilan bolani ichki dunyosiga kirish mumkin.

Deviant xulq-atvori bo'lgan bolalar bilan ishlash bo'yicha ko'rsatmalar:

1. Identifikatsiya.

Kuzatishlar asosida o'quvchining o'quv, ijtimoiy va mehnat faoliyatini, uning sinfdoshlari, do'stlari, o'qituvchilari, ota-onalari bilan munosabatlarini o'rganish, shuningdek suhbatlar va o'quvchi atrofidagilar tomonidan berilgan mustaqil xususiyatlarni to'plash, sharoitlarni tahlil qilish. uning oiladagi tarbiyasi va maktabdan tashqari muloqot muhiti, deviant xulqli bolalarni aniqlashga yordam beradi. O'smirning ijtimoiy rivojlanishining ko'rsatkichlari o'quvchining o'zi va uning ijtimoiy muhitini tashkil etuvchi har bir kishi bilan suhbat jarayonida aniqlanadi. Maktab ijtimoiy pedagogi, psixologi, sinf o'qituvchilari, fan o'qituvchilari bilan yaqin aloqa va hamkorlik yo'lga qo'yilishi maqsadga muvofiqdir.

2. Hamrohlik.

Qo'llaniladigan ish shakllari va usullari: o'smir va uning oilasi, uning yaqin atrofi bilan ishlash, shaxsiy uchrashuvlar, profilaktik suhbatlar, maslahatlar, muhokamalar, juftliklarda ishlash, guruhlarda ishlash, interfaol o'yinlar, mulohaza yuritish, hozirgi taraqqiyotni kuzatish, darsga qatnashish, turli to'garaklarga jalb qilish, psixodiagnostika o'tkazish, keyingi ta'lim yo'nalishini tanlashda yordam

berish, ziddiyatli vaziyatlarni tahlil qilish kerak. o'quvchining ijtimoiy rivojlanishidagi deviatsiya sabablarini aniqlab, bolalarni turli xil faoliyat turlariga jalb qilish, o'quv va darsdan tashqari ishlarda shaxsning imkoniyatlarini ochib berib, har bir o'quvchiga rivojlanish imkoniyatini yaratib, o'z-o'zini anglash va o'z-o'zini kashf qila olishiga yordam berish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Egamberdieva N.M. Ijtimoiy predagogika. Darslik.T.2009

2. Mavlonova R. Ijtimoiy pedagogika. O'quv qo'llanma. T. Istiqlol, 2009

3.Vohidova N.X., Mirzayeva F.O. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. Sano-standard, 2022 y.

4. Sulaymon Amirqulovich Xaydarov. (2024). O'quvchilarni tarbiyashda ijtimoiy fanlarni o'qitishni didaktik imkoniyatlari. SCIENCE AND EDUCATION SCIENTIFIC JOURNAL. 5.1.B.271-275.

5. Khaydarov S,A. (2023). Using technologies in teaching social sciences. GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ), (pp. 305-309). 11(9).

6. Хайдаров, С. (2023). Pedagogik faoliyatda o'qituvchi o'zida kompetentlik sifatlarini shakillantirishi. Цифровизация современного образования: проблема и решение, 1(1), 64-67. https://inlibrary.uz/index.php/digitalization-modern-education/article/view/24652

7. Гайдаров, С. А. (2023). ТАРИХ ДАРСЛАРИДА САНЪАТ АСАРЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ УСУЛЛАРИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1/2), 92-96.

8. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.