Научная статья на тему 'DEMOKRATIK DAVLATDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING TA’MINLANISHI'

DEMOKRATIK DAVLATDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING TA’MINLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
10
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bozor iqtisodiyoti / jamiyat / mulk / demokratik / xuquq / qonun / xokimiyat / jamiyat

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Burxonjon Jakbarovich Shamsiddinov, Xusnida Jumanazar Qizi Yuldasheva

Mazkur maqolada demokratik davlatda inson huquq va erkinliklarining ta’minlanishi to‘g‘risida ma’lumot keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DEMOKRATIK DAVLATDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING TA’MINLANISHI»

DEMOKRATIK DAVLATDA INSON HUQUQ VA ERKINLIKLARINING

TA'MINLANISHI

Burxonjon Jakbarovich Shamsiddinov Xusnida Jumanazar qizi Yuldasheva

QDPI

Annotatsiya: Mazkur maqolada demokratik davlatda inson huquq va erkinliklarining ta'minlanishi to'g'risida ma'lumot keltirilgan.

Kalit so'zlar: bozor iqtisodiyoti, jamiyat, mulk, demokratik, xuquq, qonun, xokimiyat, jamiyat

PROVISION OF HUMAN RIGHTS AND FREEDOMS IN A DEMOCRATIC

STATE

Burkhanjon Jakbarovich Shamsiddinov Husnida Jumanazar kizi Yuldasheva

KSPI

Abstract: This article provides information on the provision of human rights and freedoms in a democratic state.

Keywords: market economy, society, property, democratic, law, law, power, society

O'zbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyotiga o'tishi va kuchli davlatni shakllantirishi aslida uning fuqarolik jamiyatining ideal modelini real voqelikka aylantirishidir. Demak, kuchli davlatsiz fuqarolik jamiyati ham, demokratik huquqiy davlat ham qurish mumkin emas.

"Istiqlol yo'li: muammolar va rejalar" asarida birinchi Prezident Islom Karimov mustaqillik yillari tajribasi va milliy demokratik taraqqiyotga to'siq bo'layotgan omillar haqida to'xtalib, bunday degan: "Sho'rolar davri, naqt 74 yil izsiz yo'qoldi, deb o'ylaganlar xato qiladi. Bu davrda shakllangan muayyan qadriyatlar bor. Kishilar ongiga ijtimoiy tenglik tushunchasi, yaxshi ishlasam ham, yomon ishlasam ham davlat baribir boqadi, degan mafkura kirib qolgan. Bunday yondashish kishilardagi tashabbusni bo'g'ib qo'ydi. Hamma narsa - davlat mulki, degan aqida odamlarning miyasiga singdirilib, kishi-lar mulkdorlik, egalik tuyg'usidan begona bo'lib qolgan. O'z mulki va moliga ega bo'lmagan odamning ish deb jon kuydirishi juda qiyin. Bunday holat ishchilarning mehnatga intilishiga, shaxsiy rag'batiga, ish natijasi uchun

mashuliyatini oshirishga salbiy tahsir etishini hayotimizdagi ko'p misollarda ko'rayapmiz".

Shuning uchun mamlakatimiz rahbari yangi jamiyatning siyosiy tuzumi va davlat tizimini yaratishni boshlab berdi. U O'zbekistonda milliy demokratik taraqqiyotni tahminlash uchun barcha fuqarolarning haq-huquqlarini muhofaza qilish, milliy davlatchilik qurilmasida qonun, ijro va sud hokimiyatlarini shakllantirish zarurligini ko'rsatib berdi. "Ayni zamonda, - deb davom etadi Islom Karimov, - agar kuchli ijro hokimiyati bo'lmas ekan, eng odil va eng oqil qonunlar va qarorlar ham bajarilmay, shunchaki qog'ozda qolib ketishi mumkin. Bu hol qonunlarni joriy etishga, fuqarolar huquqlarini va erkinliklarini muhofaza qi-lishga, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni o'tkazishga qodir prezidentlik hokimiyatini kuchaytirishni taqozo etadi". Demak, kuchli davlat eng avvalo kuchli ijro hokimiyatidir. Kuchli prezidentlik hokimiyati esa butun ijro hokimiyati to'laqonli va samarali ishlashining asosiy sharti bo'ladi. Bu o'rinda jahondagi prezidentlik institutlarini maxsus tadqiq qilgan M.Mirhamidovning "Prezidentlikning zamonaviy modellari" asaridagi quyidagi xulosani keltirish mumkin: "O'zbek jamiyatining siyosiy-huquqiy anhanalari, uning siyosiy-huquqiy madaniyati va ruhiyati hokimiyat institutlarining o'ziga xosligini aks ettiradi. O'zbek jamiyatiga siyosatni shaxs nomi bilan bog'lash, xalk, yetakchisini tanlash xos. Bu o'zbek xalqining mentaliteti, bozor iqtisodiyotiga o'tishda iqtisodiy, siyosiy vaziyatni barqaror qilishga qodir bo'lgan harakatchan va kuchli hokimiyatning zarurligi bilan bog'likdir. Prezident boshqarayotgan ijro hokimiyati O'zbekiston Respublikasida fuqarolik jamiyatini barpo etish jarayonini qo'llab-quvvatlashi bilan kuchlidir. Biroq juda ko'p narsa Prezidentning demokratik qadriyatlarni qo'llab-quvvatlovchi shaxsiy fazilatlariga bog'liqdir. Bu borada O'zbekiston Respublikasining omadi bor, uni boshqarayotgan Prezidentning butun faoliyati demokratik qadriyatlarni joriy etish, bizning jamiyatimiz joni va qoniga ularni singdirishga qaratilgandir" .1

Bosh qonunimizga muvofiq O'zbekiston Respublikasining Prezidenti:

1) fuqarolarning huquq va erkinliklariga, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishining kafilidir;

2) O'zbekiston Respublikasining suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza etish, milliy davlat tuzilishi masalalariga doir qarorlarni amalga oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'radi;

3) Oliy Majlisga har yili mamlakat ichki va tashqi siyo satining eng muhim masalalari yuzasidan mahruzalar takdim etadi;

4) ijro etuvchi hokimiyat devonini tuzadi va unga rahbarlik qiladi; oliy hokimiyat va boshqaruv organlarining bahamjihat ishlashini tahminlaydi; vazirliklar, davlat qo'mitalari hamda davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tutatadi, shu

1 M.Mirhamidov "Prezidentlikning zamonaviy modellari" "Adolat", Tohkent: 1996

62

masalalarga doir farmonlarni keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari tasdig'iga kiritadi; Senat Raisi, Bosh vazir, Konstitutsiyaviy sud raisi va sudg'yalari, Oliy sud raisi va sudg'yalari, Oliy xo'jalik sudi raisi va sudg'yalari, Markaziy bank boshqaruvi raisi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi raisi lavozimlariga nomzodlarni takdim etadi;

5) viloyat, tumanlararo, tuman, shahar, harbiy va xo'jalik sudlarining sudg'yalarini tayinlaydi va lavozimlaridan ozod etadi;

6) viloyat hokimlarini hamda Toshkent shahar hokimini tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;

7) O'zbekiston Respublikasining qonunlarini imzolaydi va ehlon qiladi;

8) Mamlakatimizning barcha hududlarida majburiy kuchga ega farmonlar, qarorlar va farmoyishlar chiqaradi;

9) Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senatini, ular fao-liyatida barqarorlikka tahdid yoki g'ayriqonuniy hollar yuzaga kelganida tarqatib yuborishi mumkin. Demak, Prezident hukumatning real boshlig'idir. Hukumat ichki tizimini anikdashgacha bo'lgan ichki siyosat sohasidagi jiddiy qarorlar Prezident tomonidan qabul qilinadi va ular uchun faqat Prezident va u boshqarayotgan hukumat javobgardir. Aynan Prezident bugun O'zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik o'zgarishlarning tashabbuskori bo'lib chiqmoqda va u hokimiyat bo'g'inlarining o'zaro kelishib, samarali faoliyat ko'rsatishiga katta ehtibor qaratmoqda. Shu bilan birga, M.Mirhamidov yozganidek, nazariy jihatdan bo'lsada, kelgusida Parlament bilan Prezident o'rtasida, xuddi Rossiya, Belarus, Ukrainada bo'lganidek, kelishmovchilik pay do bo'lishi mumkin. Bu o'rinda oxirgi so'zni kim aytadi - Oliy Majlisni tarqatib yuborish huquqiga ega Prezidentmi yoki Prezidentga ishonchsizlik (impichment) masalasini qo'ya olmaydigan Parlamentmi? Bizningcha, Konstitutsiyada belgilab berilgan funktsiyalariga ko'ra hamda davlat va ijro etuvchi hokimiyat boshlig'i sifatida oxirgi so'zni Prezident aytadi. Ijro hokimiyatining navbatdagi pog'onasini Vazirlar Mahkamasi tashkil etadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida uning funktsiyalari belgilab berilgan. Unda Vazirlar Mahkamasining tarkibi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan shakllantirilishi va tasdiqlanishi qayd etilgan. Vazirlar Mahkamasi iqtisodiyotning, ijtimoiy va mahnaviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, Prezident farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini tahminlaydi, barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo'lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.

Bozor iqtisodiyoti Vazirlar Mahkamasi va unga qarashli boshqaruv organlari faoliyatiga yangicha yondashishni talab qiladi. Agar sho'ro davlati vazirliklarda yuqoridan quyiga qarab qathiy markazlashtirilgan boshqaruv va nazoratni joriy qilib,

markaziy idora ishlarini yengillashtiruvchi mahmuriy buyruqbozlikni avj oldirgan bo'lsa, bozor iqtisodiyoti boshqaruv faoliyatini qayta qurishni taqozo qildi.

Ma'lumki, davlat apparatlarining samarali ishlashi undagi kasbiy tayyorgarligi va mahoratiga, o'z vazifasini sidqidildan, halol va vijdonan bajarishiga, qonunlarni real hayotga joriy etish ko'nikmalariga bog'liqdir. Ammo hamma davlat xizmati shuning uchun ham davlatga taalluqliki, u tarmoqqa, ayniqsa, boshliqqa xizmat emas. Davlat xizmati orqali jamiyat manfaatlari xizmatiga yo'naltirilgan davlat hokimiyati qaror topadi. Boshqa hech bir kasbiy faoliyat to'liq hajmda bunday xususiyatga ega emas. Davlat xizmatida butun faoliyat hokimlik g'oyasi bilan yo'g'rilgan, u davlat va jamiyat manfaatlarini, insonning, fuqaroning huquq va erkin-liklarini himoya qilish bilan chambarchas bog'liqdir. SHuning uchun davlat xizmatini yuksak mahoratli, axloqli, hurfikr kadrlar ado etsalar, ijro hokimiyati o'z vazifalarini to'la bajaradi. Bu esa aqliy salohiyat va kasbiy sifatlarga ega bo'lgan, fuqarolik burchini to'g'ri anglagan, jismonan sog'lom va xulq-atvori yuksak xodimlarni maxsus tanlovlar, musobaqa asosida davlat xizmatiga qabul qilishni taqozo etadi.

To'g'ri, mustaqillik yillarida mamlakatimizda ijro hokimiyatining bir-biriga bog'liq ierarxik tizimi yaratildi, biroq boshqaruv ishlarida uyushqoqlik, markaz bilan joylardagi idoralarning yagona mexanizm bo'lib ishlashi hali tahminlanmagan. Ayniqsa, davlat xizmatida yuzaga kelgan eng xavfli holat - korruptsiya odamlarning hokimiyatga, davlatga munosabatlariga aks tahsir ko'rsatyapti. Uni bartaraf etmay turib, ijro hokimiyatini kuchli boshqaruv institutiga aylantirish mushkul. Chunki, korruptsiya ijro hokimiyatining ichidadir, muayyan bir boshqaruv funktsiyalarini bajaruvchi mansabdor shaxslar, davlat xizmatchilari korruptsiya subhektlari hisoblangani sababli aynan ular odamlarda ijro hokimiyatiga ishonchni so'ndiradi. Ayrim tadqiqotchilarimiz haqli ravishda "O'zbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi siyosat asoslari" deb atalgan yangi qonun qabul qilish lozimligini tahkidlaydilar. Bu qonun davlat organlari tizimidagi korruptsiyani yo'q qilishga qaratilgan, korrup-tsiyaning murakkab ijtimoiy-huquqiy tabiatiga, uning kengayishi va tarqalishiga, turli-tuman ko'rinishlariga qarshi kurashning xususiyatlarini yalpi qamragan huquqiy hujjat bo'lishi kerak. Shunchaki qonun, hujjat qabul qilib qo'yish kerak emas, balki shuning barobarida ijro hokimiyatining kuchli davlat instituti ekanini tasdiqlaydigan va asoslaydigan, korruptsiyaga qarshi yo'naltirilgan jinoiy-huquqiy siyosat olib borilishi zarur. Kuchli ijro hokimiyatining shakllanishi jamiyat bilan boshqaruv tizimlari, davlat apparatlari o'rtasidagi o'zaro ishonchga, ularning bir-birini qo'llab-quvvatlashiga bog'liq. Qanchalik ko'p bo'lim va keng infratuzilmaga, qanchalar xodimga, o'z faoliyatini keng ko'lamda olib borish uchun zarur qonunlarga ega bo'lgan taqdirda ham, ijro hokimiyatini jamiyat, xalq qo'llab-quvvatlamasa, bunday institut o'ziga yuklangan funktsiyalarni to'la bajara olmaydi. Demak, ijro hokimiyatining kuchliligi uning jamiyat, xalq bilan hamkorligidadir.

Ijro hokimiyati organlari faoliyatining ochiqligi, demokratik mehyorlarga muvofiqligi, fuqarolar bilan aloqalarining uzviyligi, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligi fuqarolik jamiyati qurishning asosiy shartlari hisoblanadi. Ushbu demokratik institutlarning ijro hokimiyatiga tahsirisiz kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga o'tib bo'lmaydi.

Sivilizatsiyalashgan demokratik jamiyatda keng ommaning faqat saylov va boshqaruv ishlarida qatnashishi qonunlar ustuvorligiga va huquqiy negizga asoslangan kuchli hokimiyatni yuzaga keltirmaydi. U o'zining bevosita faoliyatida jamoatchilik fikriga tayanishi, aholi manfaatlaridan kelib chiqib xalq kayfiyati va siyosiy intilishlariga javob berishi, jamiyatda barqarorlik va hamkorlikni qaror toptirishi darkor. Bundan tashqari, kuchli hokimiyat ijtimoiy ziddiyatlarni kuch bilan bostirish emas, balki jamiyatda murosa va kelishuv yo'llarini topish mexanizmi bo'lishi lozim. Ijro hokimiyatining kuchi uning ijtimoiy fikrga tayanishi, jamiyatdagi ziddiyatlarni vaqtida bartaraf etib, tinchlik-osoyishtalik, kelishuv va murosani tahminlashidadir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. M.Mirhamidov "Prezidentlikning zamonaviy modellari" "Adolat", Tohkent:

1996

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.