Научная статья на тему 'DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK АSОSIDАGI NОDАVLAT MАKTАBGАCHА TАʼLIM TАSHKILОTLАRINI BOSHQARISHDA XORIJIY TAJRIBALAR QIYOSIY TAHLILI'

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK АSОSIDАGI NОDАVLAT MАKTАBGАCHА TАʼLIM TАSHKILОTLАRINI BOSHQARISHDA XORIJIY TAJRIBALAR QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
84
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat-xususiy sheriklik / kompleks / tizimli / konsepsiya / didaktik va konsepsiya.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Xusanova Dilrabo Botiraliyevna

Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik tushunchasi, shakllari, maktabgacha ta'lim tizimida uning joriy etilishi hamda bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida davlat-xususiy sheriklik asosidagi tub islohotlar, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining zarurati va o'ziga xos xususiyatlari hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etishning ahamiyati, davlat-xususiy sheriklik loyihalarida xorijiy tajribalar asosida davlat-xususiy sheriklik munosabatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK АSОSIDАGI NОDАVLAT MАKTАBGАCHА TАʼLIM TАSHKILОTLАRINI BOSHQARISHDA XORIJIY TAJRIBALAR QIYOSIY TAHLILI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIK ASOSIDAGI NODAVLAT MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI BOSHQARISHDA XORIJIY TAJRIBALAR QIYOSIY TAHLILI

Xusanova Dilrabo Botiraliyevna

Uzbekistan 2Faculty of Pedagogy, Department of Preschool Education Methodology, University of Tashkent for Applied Sciences, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, Tashkent, Uzbekistan [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13318441 Annotatsiya: Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik tushunchasi, shakllari, maktabgacha ta'lim tizimida uning joriy etilishi hamda bugungi kunda maktabgacha ta' lim tizimida davlat-xususiy sherikchilik asosidagi tub islohotlar, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining zarurati va o'ziga xos xususiyatlari hamda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etishning ahamiyatli, davlat-xususiy sheriklik loyihalarida xorijiy tajribalar asosida davlat-xususiy sheriklik munosabatlari yoritilgan.

Kalit so'zlar: davlat-xususiy sheriklik, kompleks, tizimli, konsepsiya, didaktik va konsepsiya.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim tizimi yosh avlodni har tomonlama rivojlantirish, ularda ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni qaror toptirish, mustaqil fikr yuritish va bolalikdan o'qish-o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini shakllantirish, ta'limning keyingi bosqichiga tayyorlashda muhim o'rin tutadi.

Shu nuqtayi nazardan O'zbekiston Respublikasida maktabgacha ta'lim sohasini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalarini belgilash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining turli muqobil shakllarini tashkil etish, ta'lim mazmuni va metodikasini takomillashtirish, maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarning sog'ligi va sog'lom ovqatlantirilishiga alohida e'tibor qaratish, ularning maktabgacha ta'lim tizimiga yanada kengroq qamrab olinishini ta'minlash maqsadida bir qator muhim islohotlar amalga oshirildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2017-yil 30-sentyabrdagi PF-5198-son Farmoni bilan sohada yagona davlat siyosatini yuritish maqsadida Maktabgacha ta'lim vazirligi hamda uning hududiy bo'linmalari tashkil etildi.

Mazkur Farmonda Maktabgacha ta'lim vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo'nalishlari belgilab berildi. Ushbu vazifalardan kelib chiqib, o'tgan davr davomida sohaga tegishli me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, maktabgacha ta'limga bolalar qamrovini kengaytirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini

takomillashtirish, ilg'or tajribalar asosida ta'lim-tarbiyaning samarali shakllarini joriy etish, tarbiyalanuvchilarni sifatli ovqatlantirish, ularning hayoti va salomatligini muhofaza qilish kabi sohalarda bir qator ijobiy ishlar amalga oshirildi.

Jumladan, sog'lom raqobat muhitini yaratish hisobiga nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonini ko'paytirish, bolalarning bosqichma-bosqich maktabgacha ta'limga qamrab olinishini ta'minlashga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi hamda kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Ayni paytdagi maktabgacha ta'lim sohasi oldiga qo'yilgan eng muhim vazifa maktabgacha ta'lim tashkilotlarining muqobil turlarini tashkil etish hisobiga tizimga bolalar qamrovini ko'paytirish belgilandi va uning yechimlaridan biri sifatida iqtisodiyot sohalari orasida birinchi marta maktabgacha ta'lim tizimida davlat-xususiy sheriklik munosabatlari joriy etildi.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Davlatimiz rahbarining "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligini tashkil etish to'g'risida" 2017-yil 30-sentyabrdagi PQ-3305-son qaroriga asosan 2017-yilda Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga ko'ra, Maktabgacha ta'lim vazirligi negizida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzurida Maktabgacha ta'lim agentligi tashkil etildi.

Bugungi kunda, Maktabgacha ta'lim agentligi maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalda joriy etish, o'quv jarayonida yangicha pedagogik texnologiyalarni, moddiy-texnika bazasini yanada rivojlantirish va maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'ini oshirish, ularni o'quv-uslubiy, didaktik materiallar bilan ta'minlash va pedagog ishchi xodimlarning malakasini oshirish bo'yicha muhim maqsad va vazifalarni bajarib kelmoqda.

Maktabgacha ta'lim tizimi ayni paytda yurtimizdagi 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan 2,10 million bolani qamrab olgan bo'lib, bu maktabgacha yoshdagi bolalarning 72 foizini tashkil etadi. Taqqoslab ko'radigan bo'lsak, 2017-yilda 708 ming nafar, ya'ni 27,7 foiz bola maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan edi.

Shuningdek, hozirda respublikamizning barcha hududlarida maktabgacha ta'lim tashkilotlari sonining o'sishida ijobiy ko'rsatkichlar kuzatilmoqda. Hozirda respublikada 33 402 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat ko'rsatmoqda. Xususan, 2017-yilda ularning soni 5 211 tani tashkil etgan. Bundan tashqari,

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

"O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, 2030-yilga kelib maktabgacha ta'limga maktabgacha yoshdagi bolalarning 80,8 foizini qamrab olish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz tomonidan ajratilgan keng imtiyozlar zamirida o'tgan uch yil mobaynida maktabgacha ta'lim tizimi rivojiga mustahkam zamin yaratildi. Natijada Maktabgacha ta'lim tizimining me'yoriy-huquqiy bazasi sezilarli darajada takomillashtirildi. Vazirlik tashkil etilganidan buyon tizimning barcha yo'nalishlarida 109 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Bular jumlasiga uchta qonun, ikkita Prezident Farmoni, yigirmata Prezident Qarorlari, 52 ta Vazirlar Mahkamasining qarorlari, 9 ta Vazirlar Mahkamasining farmoyishlari, 23 ta idoraviy hamda boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar kiradi. Bu hujjatlarning barchasi amaliy harakatlar uchun qo'llanma, shuningdek, Respublika maktabgacha ta'lim tizimining barqaror ravnaq topishiga zamin bo'lib xizmat qiladi.

Bundan tashqari, tizimda qamrov ko'rsatkichi past bo'lgan hududlar, shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarmog'i yetarlicha rivojlantirilmagan, demografik o'sish sur'atlari yuqori bo'lgan hududlarda qamrovni oshirish vazifasi turibdi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrovni oshirishda mamlakatimiz byudjetidan ajratilgan mablag'lar hisobiga investitsiya dasturlari doirasida yangi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etib kelinar, biroq bu yetarli emas. Chunki, qamrovni oshirishning eng samarali yo'llaridan biri, bu shubhasiz sohaga xususiy sektorni jalb qilishdir. Xususiy sherikka, ya'ni tadbirkorlarni jalb etishning yo'li bu ularga keng miqyosida imtiyozlar ajratishdir.

Yuqoridagi muammolarni hal qilish uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" 2018-yil 5-apreldagi PQ-3651-son qarori qabul qilindi. Mazkur qaror qabul qilinishi orqali maktabgacha ta'lim tizimida ilk marta davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tashkil etish, ularni moliyalashtirish, ularga beriladigan imtiyozlar hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalarining turlari batafsil ochib berilgan.

Qarorga asosan maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklikning quyidagi shakllarini joriy etilgan:

nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bino-inshootlarini qurish maqsadida yer uchastkalarini bepul asosda ijaraga berish;

davlat mulki hisoblangan bo'sh turgan obyektlarni, shu jumladan faoliyat ko'rsatmayotgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bino-inshootlarini "nol" xarid qiymati bo'yicha sotish;

but qilinmagan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining ishlatilmayotgan bino-inshootlarini (yoki bir qismini) uzoq muddatga tekin foydalanish uchun xususiy sheriklarga berish;

faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hududidagi yer uchastkalarini ijaraga tekinga berish;

faoliyat yuritayotgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining yer uchastkalarini qayta qurish va jihozlash hamda keyinchalik otaliqqa olish sharti bilan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari obyektlarini qurish uchun tekinga taqdim etish;

konsessiya asosida qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va jihozlash uchun ijaraga yer uchastkasi yoki bin-inshootlarini ajratish;

xususiy sherikka tegishli bo'lgan mulk negizida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini moddiy tomondan ta'minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish;

oilaviy asosdagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini moliyaviy, texnik va uslubiy jihatdan ta'minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish;

otaliq shaklidagi filantropik faoliyat tarzida davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish;

xususiy sherikka tegishli yer va bino-inshootlarda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotini tashkil etish shaklidagi davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirish.

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etishning ahamiyatli jihati maktabgacha ta'lim muassasalarining xarajatlarini rejalashtirish va uni sarflash shaffofligini oshirish choralarini ko'rish, faoliyatining ochiqligi va ular mustaqilligining oshirilishi davlat-xususiy sheriklikni yo'lga qo'yish uchun asos bo'lib xizmat qiladi va ularning investitsion jozibadorligini oshiradi.

DXSHni maktabgacha ta'lim tizimiga joriy etish bugungi kunda ham dolzarb ham eng tez samara beruvchi usul hisoblanadi. Xususiy sektorning resurslari, tajribasi, rag'batlantirish tizimi va boshqa afzalliklari davlat byudjetidan katta xarajat talab qilmasdan maktabgacha ta'lim tizimini tez rivojlantirish va zamonaviylashtirish imkoniyatlarini beradi. DXSH maktabgacha ta'lim tizimidagi bir qator salbiy tendensiyalarni, ayniqsa, boshqarish va sifatni ta'minlash sohasidagi kamchiliklarni bartaraf etish qobiliyatiga ega. Ayni paytda O'zbekistonda iqtisodiy vaziyatning barqarorlashuvi, iqtisodiyot tarmoqlarining o'sish dinamikasi, siyosiy hayotda demokratik tamoyillarning chuqurlashuvi xususiy sektorning o'zaro foydali hamkorlikni rivojlantirishi uchun ancha qulay sharoitlar yaratadi.

Mavjud sharoitlarda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini maktabgacha ta'lim tizimiga joriy etish quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

respublika miqyosida nisbatan qisqa muddatlarda maktabgacha ta'limga bolalar qamrovini keskin ko'paytirish;

mamlakatning barcha hududlarini bolalarni maktabga tayyorlash jarayonida teng imkoniyatlar bilan ta'minlash;

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar va maxsus kontingentdan muayyan miqdordagi

tarbiyalanuvchilarni imtiyozli shartlarda maktabgacha ta'limga qamrab olish;

ular uchun ota-onalar to'lovining imtiyozli miqdorlarini (mazkur joydagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun belgilanganidan oshmaydigan miqdorlarda) belgilab qo'yish;

ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar farzandlarini ustuvor ravishda maktabgacha ta'lim tashkilotiga qabul qilish;

maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish natijasida tizimga zamonaviy shart-sharoitlarni joriy etish hamda yuqori malakali pedagoglarni jalb qilishga intilish orqali ta'lim-tarbiya jarayoni sifatini takomillashtirish;

respublika byudjetidan davlat bog'chalarini tashkil etish va ular faoliyatini moliyalashtirish uchun ketadigan sarf-xarajatlarni kamaytirish.

U.I.Djumaniyazov fikricha bugungi kunda davlat va xususiy sheriklik sohasi rivojlangan mamlakatlarda muvaffaqiyatli qo'llanilayotgan va ishbilarmonlik muhitini, kichik biznes va xususiy sektorni yanada keng rivojlantirishda muhim ahamiyatli istiqbolda O'zbekiston Respublikasida qo'llash uchun zarur ta'sirchan mexanizm hisoblanadi. Davlat va biznesning o'zaro munosabatlarga qay darajada tayyorligiga bog'liq. Yurtimizda ohirgi 26 yil davomida to'plangan xalqaro va mahalliy tajriba shundan dalolat bermoqdaki, davlat-xususiy sheriklik iqtisodiy rivojlanish uchun foydalanilmagan zaxiralarni jalb qilish va resurs bazalarini kengaytirish, davlat va jamoatchilik mulkini boshqarishni samaradorligini yanada oshirish, davlat sektoriga qo'shimcha yangi resurslarni jalb etish, byudjetning taqchilligi kabi muammolar keskinligini kamaytirish, davlat boshqaruvi salohiyati va xo'jalik yuritishdagi xususiy tamoyillar, investitsiyalar, resurslar, innovatsiyalarni birlashtirish imkonini beruvchi asosiy mexanizmlaridan biri hisoblanadi.

Investitsiya dasturi asosida har yili ko'plab davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari qurilib, mavjudlari ta'mirlanmoqda. Biroq bu orqali qamrovni sezilarli darajada oshirishning imkoni yo'q. Aholining yillik 800 mingdan ortiq bolaga ortib borishi ham qamrovga qo'shimcha yuklama bo'lmoqda.

Sohaga xususiy sektorni keng kiritish, sohani yanada tezroq modernizatsiya qilish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari obyektlarini rivojlantirish, aholiga ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatlar ko'rsatish davlat-xususiy sheriklikning institutini amalga oshirish borasida davlatning ijtimoiy-iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi hamda ijtimoiy va boshqa sohalardagi boshqaruvning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Davlat-xususiy sheriklikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat1 :

1 O'zbekiston Respublikasining "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida" 2019-yil 10-mayda O'RQ-537-sonli Qonuni

davlat hamda xususiy sheriklarning qonun oldida tengligi;

davlat-xususiy sheriklikni amalga oshirishdagi belgilangan qoidalar va tartib-taomillarning shaffof bo'lishi;

xususiy sheriklarni tanlashdagi bahslashuv va xolislik;

tomonlarning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslik;

korrupsiyaga yo'l qo'ymaslik.

O'zbekiston Respublikasining "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida"gi Qonuniga asosan, davlat-xususiy sheriklik loyihasining konsepsiyasini tasdiqlash, unga o'zgartishlar va (yoki) qo'shimchalar kiritish:

Loyihaning umumiy qiymati bir million AQSH dollaridan ortiq va o'n million AQSH dollarigacha bo'lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarining konsepsiyasini tasdiqlash, unga o'zgartish yoki qo'shimchalar kiritish tegishli davlat organi (Maktabgacha ta'lim agentligi) tomonidan Davlat-xususiy sheriklik agentligi bilan kelishuv asosida amalga oshiriladi.

Loyihaning umumiy qiymati o'n million AQSH dollaridan ortiq bo'lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarining konsepsiyasini tasdiqlash, unga o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan mustaqil tarzda amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim agentligi tomonidan davlat-xususiy sheriklik asosida imzolangan bitimlardagi loyiha summasining hech biri bir million AQSH dollaridan oshmaganligi sababli barcha loyihalarning bitimini tasdiqlash Maktabgacha ta'lim agentligini (sobiq Maktabgacha ta'lim vazirligi) tomonidan mustaqil ravishda amalga oshirilgan.

Qonunga asosan, davlat-xususiy sheriklik asosidagi bitimlarning amal qilish muddati uch yildan kam bo'lmasligi va qirq to'qqiz yildan oshmasligi majburiy qilib belgilab qo'yilgan.

Davlat-xususiy sheriklik loyihalari Respublikamizda birinchilardan bo'lib maktabgacha ta'lim tizimida joriy etilgan hamda realizatsiya qilingan loyihalar soni bo'yicha ham bugungi kunda birinchi o'rinda turadi.

Maktabgacha ta'lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarining eng ommalashgan shakli bu oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlaridir.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining qolgan shakllardan asosiy farqi bunda loyiha ishga tushirilayotgan byudjetdan ajratmalar yoki imtiyozli kreditlar berilmaydi. Loyiha faoliyat yuritishni boshlagandan so'ng haqiqatda amalga oshirilgan ishga qarab keyingi oyda Respublika byudjetidan subsidiyalar ajratib boriladi. Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining yana bir xususiyati shundaki bunda bitimlar 3 yil muddatga imzolanadi.

Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari dastlab Hukumatning "Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati bo'yicha ruxsatnoma berish tartibi to'g'risida nizomlarni tasdiqlash haqida" 2018-yil

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

30-iyuldagi qaroriga asosan tashkil etilar edi. Davlat-xususiy sheriklikning mazkur shakliga ajratilgan keng imtiyozlar natijasida bitim imzolashga bo'lgan talab kutilganidan ham oshib ketdi. O'tgan 5 yil vaqt ichida 24 463 ta davlat-xususiy sheriklik bitimlari imzolanib, loyihalar ishga tushirildi. Mazkur loyihalarni moliyalashtirishga respublika byudjetidan bir yilda 2 trln.so'mga yaqin mablag'lar talab etiladi.

4 TAHLIL VA NATIJALAR

2022-yil 2-avgustda mazkur qaror o'z kuchini yo'qotdi hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklik munosabatlarini zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan endi oilaviy shakldagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etish uchun davlat-xususiy sheriklik bitimini imzolashga arizalar onlayn tartibda topshiriladigan bo'ldi. Agentlik tomonidan esa belgilangan resurslar doirasida, qamrov ko'rsatkichlari past bo'lgan mahallalarda birinchi o'rinda bitimlar imzolab berilmoqda.

Maktabgacha ta'lim sohasidagi davlat-xususiy sheriklik loyihalarining yana bir o'ziga xos xususiyati shundaki, tarixda ilk bor aynan maktabgacha ta'lim sohasida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tashkil etish uchun o'n besh yil muddatga bir foizlik uch yillik imtiyozli davr bilan kreditlar ajratildi.

Yana bir o'ziga xos xususiyati, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotidagi tarbiyalanuvchilar umumiy sonining 25 foizidan kam bo'lmagan miqdorida kam ta'minlangan hamda ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalar farzandlari tarbiyalansa, imzolangan bitimlarning amal qilish muddati tugagach mulk xususiy sherik ixtiyorida qoldiriladi. Tarbiyalanayotgan bolalar umumiy sonining 15 foizi miqdorida kam ta'minlangan yoki ijtimoiy ko'makka muhtoj oilalarning farzandlarini va maxsus kontingentga kiruvchi oilalar farzandlarini o'qitish, ular uchun ota-onalar to'lovining imtiyozli hajmlarini (mazkur hududdagi davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun umum belgilangan miqdordan oshmaydigan hajmda) o'rnatilsa, mulk davlat sherigining ixtiyorida qoldiriladi. Xorijiy davlatlar maktabgacha ta'lim tizimida ham davlat-xususiy sheriklik munosabatlari yaxshi yo'lga qo'yilgan. Masalan, Qozog'istonda maktabgacha ta'lim tizimida keyingi yillarda xususiy sektor va davlat-xususiy sheriklik munosabatlariga keng e'tibor qaratilmoqda. Mazkur jarayonda har bir tarbiyalanuvchilar uchun moliyalashtirishni joriy etish, ushbu sektorda faoliyat yuritish uchun beriladigan majburiy litsenziyalarni bekor qilish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun sanitariya-gigiyena talablari va qurilish me'yorlariga yengilliklar kiritish hisobiga maktabgacha ta'limga bolalar qamrovi sezilarli darajada ko'tarildi.

AQSHda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan nodavlat maktabgacha tashkilotlariga munitsipalitetlar va ota-onalar tomonidan katta moliyaviy-moddiy yordam beriladi. Ushbu turdagi maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olingan kam

ta'minlangan oilalar farzandlarini parvarish qilganligi uchun subsidiyalar ajratiladi, qolgan tarbiyalanuvchilar uchun xarajatlar esa ota-onalar tomonidan qoplanadi.

Pokistonda davlat-xususiy sheriklik asosida nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarni tashkil qilish uchun bepul yer ajratish, elektr energiyasi va gaz iste'moli uchun yengilliklar berish, ba'zi bir ro'yxati tasdiqlangan tovarlarni xorijdan olib kirishda soliqlardan va daromad solig'idan ozod qilish kabi imtiyozlar beriladi. Shuningdek, Pokistonning ayrim shtatlarida turli jamg'armalar hisobidan ta'lim olish uchun fuqarolar har oyda qaytarib olinmaydigan pul mablag'lari (vaucher) bilan ta'minlanadi.

Rossiya Federatsiyasining ba'zi hududlarida ham bolalarni maktabgacha ta'lim muassasalariga qamrab olishni ko'paytirish maqsadida turli xil davlat-xususiy sheriklik munosabatlari sinovdan o'tkazilmoqda. Jumladan, kam ta'minlangan va ko'p farzandli oilalar uchun bepul ta'lim olish huquqini beruvchi vaucherlar berish, maqsadli subsidiyalar ajratish, xonadonlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tashkil qilish kabi tajribalar amalga oshirildi. Davlat-xususiy sheriklik tushunchasiga turli mamlakatlar tomonidan turli xil ta'riflar berilgan.

Masalan, AQSHda davlat-xususiy sheriklikka — davlat va xususiy korxonalar o'rtasida davlatning mulkida ishtirok etishga imkon tug'diradigan shartnoma deb tushuniladi. Bunday kelishuv davlat vakili va xususiy korxona vakili o'rtasida shartnoma imzolanganini nazarda tutadi hamda shartnomaning predmeti davlatga tegishli obyektni rekonstruksiya qilish, qurish va yoki joriy ta'mirlash, boshqarish va boshqalar xisoblanadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Umuman olganda jahon amaliyotida davlat-xususiy sheriklik ikki xil tushuniladi. Birinchidan, davlat va xususiy sektorning hamkorligi tizimidan milliy, dunyoviy, mintaqaviy, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish vositalari sifatida keng foydalaniladi. Ikkinchidan, davlat mulki obyektlariga davlat organlari va xususiy kompaniyalarning qo'shma faoliyati asosida aniq loyihalar realizatsiya qilinadi. Shuningdek, davlat-xususiy sheriklikning asosiy maqsadi ijtimoiy infratuzilma tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshirish va jamiyatda aholi turmush darajasini muntazam o'sib borishni ta'minlaydi. Buni amalga oshirish, o'z navbatida davlat va xususiy kompaniyalarning ishtirokisiz juda murakkabdir. Xususiy kompaniyalarning asosiy natijaviy ko'rsatkichlari samaradorlik va rentabellikdir.

ADABIYOTLAR:

[1] "Ilk qadam" Takomillashtirilgan Davlat o'quv dasturi". Toshkent 2022-yil

[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi PF-4312- son farmoni 2019-yil 8-may

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, в-8 may 2004 www.in~academy.uz

[3] Oliy ta'lim tizimini 2030- yilgacha rivojlantirish Kontsepsiyasi. 2019-y. http://www.lex.uz

[4] O' zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 2020 yil 22-dekabrdagi 802-son qaror

[5] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3955-sonli qaror

[6] 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son farmoni

[7] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-son

[8] O'RQ-595 son "Maktabgacha ta'lim tarbiya to'g'risidagi" qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 16-dekabr

[9] O'RQ-637 son 23.09.2020 yil "Ta'lim to'g'risida"gi qonun http://www.lex.uz

[10] Sh.A.Sodiova "Maktabgacha Pedagogika" darslik, Toshkent-2019

[11] F.R.Qodirova, Sh.Q.Toshpo'latova, N.M.Kayumova, M.N. A'zamova

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

[12] "Maktabgacha Pedagogika" darslik, Tafakkur nashriyoti Toshkent - 2019

[13] Tosheva Nurzoda Toshtemirona "Maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish" o'quv qo'llanma, Kamolot nashriyoti Buxoro - 2022

[14] Ю. И. ФАУСЕК "Montessori bolalar bog'chasi" Тошкент «Янги аср авлоди» 2008 йил

[15] Худойкулов Х.Ж. Жуманова Ф.У. КАСБИЙ ПЕДАГОГИКА (Укув Кулланма)

[16] Qodirova F. M. "Maktabgacha pedagogika" : O'quv qo'llanma Toshkent «Ma'naviyat » 2013 157-b.

[17] O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun davlat o'quv dasturi /Takomillashtirilgan ikkinchi nashr/ Toshkent-2022

[18] "Ilm yo'li" variativ dasturi Toshkent-2020 "Sano-standart"

[19] F.Qodirova,Sh.Toshpo'latova,M.A'zamova "Maktabagcha Pedagogika" darslik, Ma'naviyat nashriyoti Toshkent-2013

[20] O'zbekiston Respublikasining "Davlat-xususiy sheriklik to'g'risida" 2019-yil 10-mayda O'RQ-537-sonli Qonuni

[21] Internet-resurs materiallari

[22] http://www.preschool.by.ru

[23] http://www.kindereducation.com

[24] http://www.maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi.uz

[25] http://www.bolakadem.uz

[26] http://www.lex.uz

[27] Женкинсон А. Россиядаги Москвадан Бащриядаги Бухоро шадригача 1558 йилги саёдат. / Рус тилидан таржима, кириш, изодлар ва

курсаткичлар муаллифлари Б.Аминов ва А.Замонов. Т.: Баёз, 2017. - Б. 39-43.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.