DAVLAT SEKTORIDA BUDJETDAN TASHQARI MABLAG'LAR SARFLANISHI HISOBI VA AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH Mitillayev Ibrohimjon Tursunpo'latovich
Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti "Buxgalteriya hisobi va bank ishi" kafedrasi katta
o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.1088999 7
Annotatsiya. Ushbu maqolada budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag'lar sarflanishi hisobi va amaliyoti jaryonidagi muammolar va ularni bartaraf etish bo'yicha ayrim taklif hamda muloxazalar xaqida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: budjet tashkiloti, budjetdan tashqari mablag'lar, xarajat, taqsimlash, koeffitsient, bevosita, bilvosita, tadbirkorlik.
Аннотация. В данной статье говорится о проблемах расчета и практики расходования внебюджетных средств в бюджетных организациях и некоторых предложениях и соображениях по их устранению.
Ключевые слова: бюджетная организация, внебюджетные фонды, стоимость, распределение, коэффициент, прямое, косвенное, предпринимательство.
Abstract. This article talks about the problems of calculation and practice of spending extra-budgetary funds in budgetary organizations and some proposals and considerations for eliminating them.
Keywords: budgetary organization, extra-budgetary funds, cost, distribution, coefficient, direct, indirect, entrepreneurship.
Budjet tashkilotlarida "Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Yo'riqnomaning 306-bandi[1]ga ko'ra budjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha ustama xarajatlar 210-"Taqsimlanadigan xarajatlar" subschotida hisobga olib borilishi belgilab berilgan.
Ushbu Yo'riqnomaning 307-bandiga ko'ra, bir necha kalkulyatsiya ob'ektlari mavjud bo'lganda, yoki tashkilotning faoliyati bir nechta manbalardan moliyalashtirilganda, shuningdek amalga oshirilgan xarajatlarni qaysi mahsulot (ish, xizmat)larga tegishli ekanligini aniqlash murakkab bo'lgan hollarda ushbu xarajatlar 210-"Taqsimlanadigan xarajatlar" subschotida hisobga olinadi. Ustama xarajatlar, aniq sharoitlarga qarab ayrim buyumlar, qishloq xo'jalik mahsulotlarining turi yoki ishlab chiqarish tarmoqlari bo'yicha ishlab chiqarish ishchilarining, ilmiy xodimlarning va shu kabilarning ish haqlariga mutanosib ravishda yoki sarflangan materiallar yoki bevosita xarajatlar jamiga qarab taqsimlanadi.
Bunda, ustama xarajatlar 210-"Taqsimlanadigan xarajatlar" subschotining kreditiga va 090-"Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar" subschotning (yoki boshqa tegishli subschotlarning) debetiga yozib hisobdan chiqariladi (har bir mahsulot, ish yoki xizmatlar turlari bo'yicha).
Umuman olganda, budjet tashkilotlarida budjetdan tashqari mablag'lar hisobi bilan bog'liq bo'lgan muammolardan biri tadbirkorlik faoliyati xarajatlarining umumiy summasini uning alohida turlari orasida taqsimlash hisoblanadi. Amaliyotda ko'plab budjet tashkilotlari "Taqsimlanadigan xarajatlar" yoki "Xarajatlarni taqsimlash" subschotidan foydalanmaydi va buni ortiqcha yoki qator qo'shimcha buxgalteriya yozuvlarini talab etuvchi ortiqcha mehnat deb hisoblaydilar va bu esa, o'z navbatida buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buzilishiga va soliqqa qoplanuvchi bazani noto'g'ri hisoblab chiqishga olib keladi.
Bizning fikrimizcha, budjetdan tashqari mablag'lar bilan bog'liq bo'lgan umumiy xarajatlarni taqsimlashda bu kabi xarajatlarni taqsimlash bazasi sifatida maxsulotlarni sotishdan, xizmatlarning har bir turidan olingan daromadlarni hisobga olish maqsadga muvofiqdir. Shu munosabatda biz quyidagi amallarni bajarishni taklif etamiz:
• hisobot davri daromadiga tegishli bo'lgan olingan barcha mablag'larning umumiy summasini aniqlash;
• budjetdan tashqari mablag'larning har bir turidan olingan, hisobot davriga tegishli bo'lgan mablag'lar summasini hisoblab chiqish;
• budjetdan tashqari mablag'larning har bir turi uchun xarajatlarni taqsimlash koeffitsientini hisoblab chiqish.
Buni quyidagicha hisoblash mumkin:
Kxt=£BTD bo'yicha daromadlar^BTD alohida turi bo'yicha daromad
Bu yerda Kxt-xarajatlarni taqsimlash koeffitsienti
Undan keyin bilvosita xarajatlarning umumiy summasi ("Taqsimlanadigan xarajatlar" subschotining debet aylanmasi) hisoblab chiqilgan koeffitsientga proporsional tarzda taqsimlanadi va "Taqsimlanadigan xarajatlar" subschotning kreditidan 090-"Tovar (ish, xizmat)larga xarajatlar" subschotining (yoki boshqa tegishli subschotlarning) debetiga hisobdan chiqariladi.
Tadbirkorlik faoliyatidan qilinadigan xarajatlarni rejalashtirish va ishlatish ma'lum me'yorlar asosida amalga oshirilishi lozim. Jumladan: respublika xududida safar xizmatlari xarajatlarini qoplash me'yorlari; vakillik xarajatlari me'yorlari, reklama xarajatlari, kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash xarajatlari, avtomobil transportida yonilg'i moylovchi materiallar xarajatlari me'yorlari va boshqalar.
Tadbirkorlik faoliyatining faqat bitta turi mavjud bo'lgan OTMlarida (masalan, pulli ta'lim xizmati ko'rsatish) barcha xarajatlar bevosita hisoblanadi.
Bir nechta kalkulyatsiya ob'ektlari mavjud bo'lgan sharoitlarda bilvosita xarajatlar oldindan "Taqsimlanadigan xarajatlar" subschotida hisobga olinadi.
Xarajatlar hisobini to'g'ri tashkil etishda ma'lum belgilar bo'yicha iqtisodiy asoslangan tasnifni qo'llay olish zarur. Ular ichida eng asosiylari: xarajatlar tarkibi va iqtisodiy mazmuni, xarajatlarning mahsulot tayyorlash jarayonidagi o'rni va vazifasi, mahsulot tannarxiga kiritilishi usuli, ishlab chiqarish hajmiga nisbati va boshqalar. Shu munosabatda oliy o'quv yurtida ta'lim xarajatlarini tasniflash muammosini batafsil tahlil qilish va uning amaliy rivojlanishi yo'nalishlarini belgilash zarur.
Ta'lim xizmatlari tannarxini shakllantiruvchi muhim xarajatlar guruhini taklif etamiz. Ushbu tasnif 1-jadvalda keltirilgan.
1-jadval
Oliy o'quv yurtlari ta'lim xizmatlarining xarajatlari tasnifi[2]
Tasnif belgilari Xarajatlar bo'linmalari
Iqtisodiy unsurlar bo'yicha Xarjatlarning iqtisodiy elementlari
Tannarx moddalari bo'yicha Tannarx kalkulyatsiyasi moddalari
Xo'jalik jarayoni sub'ektlari bo'yicha Mas'uliyat markazlari va paydo bo'lish joylari bo'yicha xarajatlar
Xarajatlarni kiritish ob'ektlari bo'yicha Xarajatlarning kalkulyatsiya ob'ektlari
Texnik-iqtisodiy vazifasi bo'yicha Asosiy va ustama xarajatlar
Hisob ob'ektlari xarajatlariga kiritish Bevosita va bilvosita-taqsimlanadigan
usuli bo'yicha xarajatlar
Iqtisodiy umumiylik (bir turda bo'lish)darajasi bo'yicha Bir unsurli va kompleks xarajatlar
Ishlab chiqarish hajmiga bog'liqligi darajasi bo'yicha O'zgaruvchan va doimiy xarajatlar
Paydo bo'lish sohasiga nisbati bo'yicha Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari
Tannarxga kiritish usuliga bog'liqligi bo'yicha Ma'lum davr xarajatlari va mahsulot birligining xarajatlari
Xarajatlash maqsadga muvofiqligi bo'yicha Ishlab chiqariluvchi va ishlab chiqarilmaydigan
Budjet muassasasi xarajatlari hisobini iqtisodiy unsurlar va kalkulyatsiya moddalari bo'yicha (tarmoq hususiyatlaridan kelib chiqqan holda), tannarxga kiritilishi usuli bo'yicha (bevosita va yuklama), texnik-iqtisodiy omillar bilan aloqasi bo'yicha (shartli-doimiy va shartli-o'zgaruvchan (ustama)), me'yorlashtirish, limitlash va boshqa maqsadlarda tashkil etadi.
Xizmat hajmi birligining tannarxini kalkulyatsiyalash usuli va kalkulyatsiya ob'ektlari o'rtasida ustama xarajatlarni taqsimlash bazasini tanlash muassasa tomonidan mustaqil ravishda yoki ta' sischining funksiya va vakolatlarini amalga oshiruvchi organ tomonidan amalga oshiriladi. Muassasaning hisobot davri ichida amalga oshirilgan umumiy xo'jalik xarajatlari muassasa tomonidan tasdiqlangan hisob siyosatiga binoan ko'rsatilgan xizmatlar tannarxiga taqsimlanadi, taqsimlanmaydigan xarajatlar qismida esa, joriy moliyaviy yil xarajatlari o'sishiga taqsimlanadi.
Budjet muassasasi tomonidan xizmatlarni ilgari surish jarayonida amalga oshirilgan xarajatlar summasi aylanma ortiqcha xarajatlariga kiritiladi. Xizmat ko'rsatish xarajatlari sintetik schot guruhining analitik kodiga ega bo'lgan schotda hisobga olinadi.
Budjet muassasasi ishining qay darajada ishonchli va aniq bo'lishi ta'lim xizmati yoki yo'nalishining hisoblab chiqilgan tannarxi hajmiga bog'liq bo'ladi, tannarx esa o'z navbatida bilvosita xarajatlar taqsimlanishining ma'lum bir usuli qo'llanilishining natijasiga aylanadi. Ta'lim xizmatining tannarxini hisoblab chiqish uchun bilvosita xarajatlar taqsimlanishi bazasini hisoblab chiqishning mavjud usulini ko'rib chiqish lozim. Ushbu usullarni qo'llab bitta talabani o'qitishning bitta shakli, mutahassislik yoki bitta kursning ta'lim xizmatlari tannarxini hisob-kitob qilishni taklif etamiz.
Umuman olganda, daromadlar va xarajatlar o'rtasidagi aloqa to'g'ri aniqlanmasa yoki bilvosita yo'l bilan aniqlansa, daromadlar va xarajatlar soliq to'lovchi tomonidan mustaqil ravishda, daromadlar va xarajatlar teng o'lchamli tan olinishi tamoyili hisobga olingan holda taqsimlanadi.
Teng o'lchamlilik tamoyili ta'lim muassasasining mablag'larini ma'lum yo'qotishlarsiz sarflashga imkon bera olmaydi, masalan, ta'lim jarayonini rivojlantirishga bir vaqtning o'zida sarflanishi zarur bo'lgan moliyaviy qo'yilmalar zaruriyati paydo bo'lganda (masalan, kompyuter sinflarini sotib olish, qozonxonalarni qayta jihozlantirish, ichki kichik stansiyalarda transformator jihozlarni almashtirish va boshqalar) to'planishi kerak bo'lgan katta mablag'lar summasi talab etiladi.
Daromadlar hisoblashning teng o'lchamli tamoyili aynan shunday bo'lishi kerak va yetishmayotgan summa to'planadi. Biroq to'plash jarayonida joriy davrda daromadlar va xarajatlar o'rtasida farq yuzaga keladi va uning natijasida foyda solig'i paydo bo'ladi va buning natijasida to'plangan summaning ma'lum qismi darhol yo'qolib qoladi. Bu kabi yo'qotishlarga yuz tutmaslik uchun daromadlar va xarajatlar smetasini shakllantirish usulini o'zgartirish zarur.
Ayni daromadlar va xarajatlarni hisoblab yozish tamoyili aniq shakllantirilgan smeta
mavjud bo'lishi kerakligini taqozo etadi va unga nisbatan tegishli hisoblash amalga oshiriladi.
Yuqorida sanab o'tilgan muammolarni hisobga olgan holda quyidagi harakatlar variantini
taklif etamiz:
1. Budjetdan tashqari faoliyat bo'yicha daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish zarur.
2. Daromadlar va xarajatlarni rejalashtirish markazi tuzilishi kerak. (bo'lim, boshqarma,
rejalashtirish guruhi) .
REFERENCES
1. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.07.2020 y., 10/20/2169-5/1123-son "Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to'g'risidagi" Yo'riqnoma, 306-band.
2. Vahobov A. va boshqalar. Budjet - soliq siyosati yaxlitligi. O'quv qo'llanma. - T.: Iqtisod va moliya. 2005.285 b.
3. Vahobov A. va boshqalar. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. T.: Sharq 2005. 220 b.
4. Malikov T., Xaydarov N. Davlat budjeti. O'quv qo'llanma, T.: "IQT1SOD-MOLIYA", 2007, 84 b.
5. Malikov T., Xaydarov N. Budjet daromadlari va xarajatlari. O'quv qo'llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2007 , 245 b.
6. Malikov T., Xaydarov N. Budjet: tizimi, tuzulmasi, jarayoni. O'quv qo'llanma, T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2008, 84 b.
7. 7.Heshrnw А.С. Финансы. Уchебник.-М.:"Даshков и К", 2007. 512 с.
8. Романовский В.М. УЛебник.-М.:"Юрайт", 2008. 462 с.
9. Muallif tomonidan tuzilgan.
10. "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. 2016 yil 13 aprel, O'RQ-404-son. "Xalq so'zi" 2016 yil 14 apreldagi 73 (6508)-soni.
11. "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi Qarori. 1999 yil 5 fevral № 54. O'zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to'plami, 2015 y., 9-son, 100-modda; 2016 y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 15.04.2020 y., 09/20/217/0426-son.
12. Mexmonov S.U. Budjet hisobi. - T.: Fan va texnologiya, 2012. - 352 b.