Научная статья на тему 'DAVLAT BYUDJETNI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQ TUSHUMLARINI PROGNOZLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL QILISH'

DAVLAT BYUDJETNI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQ TUSHUMLARINI PROGNOZLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL QILISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Soliq / byudjet siyosati / byudjet / soliq ma’murchiligi / tadbirkorlik sub’ektlari / soliq salohiyati / normativ tahlil / pozitiv tahlil / soliq yuki / reprezentativ soliq stavkasi / o‘rtacha stavka soliq hisoboti / soliq tushumlari / soliq imtiyozlari / soliq stavkasi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nizomxonov Elbekxon Erkinxon O‘G‘Li

Mazkur maqolada Davlat byudjetni shakllantirish bo‘yicha soliq tushumlarini prognozlashtirish ishlarini tashkil qilish va bunda byudjetda xarajatlar ehtiyojlarini va tenglashtirish dasturlarining asosiy jihatlarini aniqlashda mavjud innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishni takomillashtirish, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida soliq tushumlarini prognozlashning keng ko‘lamli usullarini joriy etish yuzasidan takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «DAVLAT BYUDJETNI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQ TUSHUMLARINI PROGNOZLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL QILISH»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

DAVLAT BYUDJETNI SHAKLLANTIRISHDA SOLIQ TUSHUMLARINI PROGNOZLASHTIRISH ISHLARINI TASHKIL QILISH

Nizomxonov Elbekxon Erkinxon o'g'li

O'qituvchi, Toshkent amaliy fanlar universiteti, Gavhar ko'chasi 1-uy, Tashkent 100149, O'zbekiston

(nizomxonovelbekxon@gmail.com) https://doi.org/10.5281/zenodo.13335278 Annotatsiya: Mazkur maqolada Davlat byudjetni shakllantirish bo'yicha soliq tushumlarini prognozlashtirish ishlarini tashkil qilish va bunda byudjetda xarajatlar ehtiyojlarini va tenglashtirish dasturlarining asosiy jihatlarini aniqlashda mavjud innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqishni takomillashtirish, davlat moliyasini boshqarish samaradorligini oshirish maqsadida soliq tushumlarini prognozlashning keng ko'lamli usullarini joriy etish yuzasidan takliflar berilgan.

Kalit so'zlar: Soliq, byudjet siyosati, byudjet, soliq ma'murchiligi, tadbirkorlik sub'ektlari, soliq salohiyati, normativ tahlil, pozitiv tahlil, soliq yuki, reprezentativ soliq stavkasi, o'rtacha stavka soliq hisoboti, soliq tushumlari, soliq imtiyozlari, soliq stavkasi.

KIRISH

Davlat byudjeti tuzumi bu asosan davlat funksiyalarini bajarish uchun byudjet daromadlarining zarur darajada shakllantirish va barqarorlashtirish har bir davlat uchun rivojlanishining muhim zaruriy sharti hisoblanadi.

O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti O'zbekiston Respublikasining qabul qilingan yangi tahrirdagi «Byudjet kodeksi»1 bilan o'rnatilgan tartibda va muddatlarda kelgusi yilni moliyalashtirish uchun tuziladi.

Bunday ijro harakatlari soliq siyosatini to'g'ri yuritishda shuningdek, byudjet defitsitini qoplashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada xorijiy olimlaridan biri Louis.Kaplowning ta'kidlashicha "Ayniqsa, soliq siyosati ijtimoiy barqarorlik va farovonlikni ta'minlashda, davlatning boshqa instrumentlariga qaraganda samaraliroq hisoblanadi, chunki jamiyat a'zolarining daromadlarini qayta taqsimlash bilan uzviy bog'liq"[6].

Ma'lumki, soliq xaqidagi qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar kalendar yoki yillar, choraklari, oylar, o'n kunlik va kunlar bilan hisoblanadigan davr o'tishi bilan belgilanadi [5].

Soliqqa doir harakat muddatining so'nggi kunigacha amalga oshirilishi mumkin. Biroq, agar bu harakat tashkilotda oshirilishi lozim bo'lsa, muddat ushbu tashkilotda belgilangan qoyidalarga ko'ra tegishli operatsiyalar to'xtatiladigan soatda tugaydi.

Moliyaviy hisobotlar soliq bo'yicha hisob-kitoblar va daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyalar, yozma arizalar va xabarnomalar soat 24 gacha tekshirilsa, o'z vaqtida tekshirilgan hisoblangan yoki soliq to'lash bilan bog'liq harakatlar bajarilgan muddatda hisoblanadi. Agar muddatning so'nggi kuni dam olish (ishlamaydigan kunga to'g'ri kelib qolsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Kalendar yil moliya yilidir.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 31 dekabrdagi 52 (I)-sonli qonun hujjatlari to'plami

Ushbu maqolada mantiqiy usul va modeUashtirish usullari, tahlil va sintez, normativ yondashuv, tizimli va qiyosiy tahlil, statistik va ekonometrik tahlil usullaridan foydalanilgan.

Jumaladan, Maqolada ko'tarilgan muammo yuzasidan tizimli va qiyosiy tahlillar asosida o'rganish shuni ko'rsatadiki, soliqlarni prognoz qilish ishlarni quyidagi ma'lumotlar asosida boshlash kerak bo'ladi:

xujalik yurutuvchi subyektlarni moliyaviy va xo'jalik hisobotlari ko'rsatkichlarini tahlili;

prognoz hisobotlariga ta'sir etuvchi iqtisodiy, moliyaviy,ijtimoiy omillarni tahlili;

Davlat soliq inpeksiyalar, Davlat soliq boshqarmalari va Davlat soliq qo'mitasi hisobot materiallarning tahlili.

3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Byudjet daromadlari davlat miqiyosida byudjet siyosatining zaruriy dastagi sifatida mamlakatdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta'sir etib, eng avvalo iqtisodiyotning rivojlanish darajasini ta'minlaydi [7].

Etakchi xorijiy mutaxassislardan A.V.Brizgalinning o'z ilmiy tadqiqotlaridagi qarashlarida soliq tushumlari bilan soliq yuki o'rtasidagi bog'liqliklarni tadqiq qilib, uning soliq tushumlari prognoziga ta'sirini baholagan bo'lsa [8], V.G.Panskov va V.Knyazev budjetni prognoz qilishda soliq tushumlarini

prognozlashtirishning ahamiyatini ko'rsatib bergan [9].

Soliq siyosatini yuritish metodologiyasi o'rganishda soliq siyosatini ishlab chiqish uchun zarur holatni izchil tahlil qilish zarurdir. Bu borada yo'nalishlarni ishlab chiqish va asoslash, davlat byudjeti daromadlari va soliq yukiga ta'sirini qiyosiy solishtirish va shu bilan bog'liq boshqa tadbirlar uchun o'rinli tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo'lmog'i lozim.

Davlat byudjeti daromadlarini shakllantirish bo'yicha nazariy va amaliy jihatlari - A.Laffer, G.Miles, Ye.Bekker, Ye.Malish, L.Kaplov, N.Ivanova, O.Lazurina, R.Roze, S.Kadomseva, S.Miller, S.Porsa, T.Gayer, U.Lott, X.Rozen va boshqalar kabi xorijlik iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlarida tadqiqot ishlarini olib borganliklari haqida tahliliy izlanishlar qilindi.

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Davlat byudjeti daromadlarining tarkibi, ularni boshqarish, soliq islohotlarining alohida nazariy, amaliy va metodologik jihatlari xususida O'zbekistonlik iqtisodchi olimlardan A.Vahobov, AJo'raev, A.Mamanazarov, B.Toshmurodova, Z.Srojidinnova, N.Qo'zieva, N.Haydarov, O.Iminov, T.Malikov, X.Kobulov, Sh.To'raev, Q.Yah'yoev va boshqalarning tadqiqotlarida tadqiq qilinganliklari haqida tanishib chiqildi va o'rganildi [5].

4 TAHLIL VA NATIJALAR

Soliq organlarida Davlat byudjetini shakllantirishga soliq tushumlarini prognozlashtirish metodikasi sifatida O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq organi tomonidan maqsadli jamg'armalariga soliq va yig'imlar tushumlarining prognozini tayyorlash maqsadida ishlab chiqilgan, shuningdek davlat miqiyosida soliq siyosatini tizimli amalga oshirishda soliq tushumlarining prognoz ko'rsatkichlariga erishilishini so'zsiz ta'minlashga hamda soliq to'g'risidagi kodeksga rioya etilishi, soliq yig'imlarning to'g'ri hisob kitob qilinishi hamda o'z vaqtida to'lanishi ustidan nazoratlarini yuritishga qaratilgan.

Soliqlarni prognoz qilishda jami xujalik yurutuvchi subyektlarning (yuridik va jismoniy shaxslar) moliyaviy va xo'jalik hisobotlarni ko'rsatkichlarni tahlili qilish va ulardan ma'lum xulosalar chiqarish, prognoz hisobotlariga ta'sir etuvchi iqtisodiy moliyaviy va ijtimoiy omilarni aniqlashdan boshlanmog'i kerak bo'ladi.

Masalan Foyda solig'ini prognoz qilishda: soliq solish obyektini soliq to'lovchilarni sonini, jami daromad tarkibini, o'zaro aloqador shaxslarni soliq solinadigan daromadiga o'zgartirish kiritish, jami daromaddan chegirmalarni, umidsiz qarzlar bo'yicha chegirmalarni moliyaviy jazo va penya summalarini, asosiy vositalar,qimmatli qog'ozlar va boshqa aktivlarni sotishdan qilingan zararlarni, amortizatsiya bo'yicha chegirmalar va tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq bo'lmagan xarajatlar shuningdek soliq stavkalari va soliq bo'yicha imtiyozlarni o'rganish lozim bo'ladi.

Soliq va to'lovlarni prognozlashtirish davlat soliq solish xizmati organlarixodimlari qonun va meyoriy hujjatlar, yo'riqnomalar, hukumatning qaror va bo'yrkuqlari, soliq to'lovchi yuridik va jismoniy shaxslar to'g'risida inventarizatsiya ma'lumotlari, Moliya Vazirligi tomonidan tasdiqlangan daromadlar klassifikatsiyasi, hokimiyat buyruqlari, bank muassalaridan olingan ish haqi to'g'risidagi inventarizatsiya ma'lumotlar; korxonalarning debitor va kreditor qarzlari to'g'risidagi ma'lumotlar, korxonalarning moliyaviy-xo'jalik faoliyati xaqida statistik ko'rsatkichlar va boshqa ma'lumotlardan foydalanadilar.

Tahlil va prognozlashtirish davlat soliq xizmati organlar: tuman shahar, viloyat davlat soliq organlari va Davlat soliq qo'mitasi tomonidan amalga oshirildi.

Davlat soliq organlari tuman bo'yicha moliyaviy va xo'jalik hisobot ko'rsatkichlarini tahlil qilib va xulosalar chiqarib, prognoz hisobotlariga ta'sir etuvchi hamma

www.in-academy.uz

iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy shaxslar bo'yicha soliqlar tushumini prognozlaydi.

Davlat soliq xizmati organlarida byudjetga soliq va boshqa majburiy to'lovlar tushumi jami tushum, hududlar va soliqlar manbalar bo'yicha prognozlashtiriladi. Prognozlar yillik va yillik prognozlar asosida choraklik prognozlar tuziladi. Soliq va to'lovlarni operativ nazorat qilib borish uchun choralik prognozlar asosida oylik va bir kunlik prognozlar tuzib chiqiladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR Tuman soliq organlari o'z ma'lumotlarini jamlab viloyat davlat soliq boshqarmalariga, ular esa o'z navbatida viloyat bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi jamlangan ma'lumotlarni tahlil va prognoz qilish uchun taqdim qiladi. Davlat soliq qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi bilan birgalikda O'zbekiston Respublikasi davlat byudjetini daromad qismini prognozlashda foydalaniladi.

Davlat soliq qo'mitasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan basharot ko'rsatkichlar Moliya Vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasi ko'rib chiqish uchun takdim etilib va ko'rib chiqilgandan keyin, Oliy Majlis sessiyasida tasdiqlanib, joylarga ijro etish uchun tavsiya etiladi.

ADABIYOTLAR:

[1] O'zbekiston Respublikasining "Davlat soliq xizmati to'g'risidagi qonuni".

[2] O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 31 dekabrdagi 52 (I)-sonli qonun hujjatlari to'plami

[3] Doschanova N.P. "Soliq statistikasi va prognozi" O'quv qo'llanma. Toshkent 2009 y.

[4] Abdullayev YO. "Statistikaning umumiy nazariyasi" Toshkent 2003 y.

[5] https://lex.uz/pdfs/4674902 - O'zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.

[6] Louis.Kaplow The theory of Taxation and Public Economics. New Jersey: Princeton University Press, 2008. -472p.

[7] Якубoв М.С., Жамалoва Г.Б. Интеллектуальные мoдели и методы шддержки принятия управленческих решений в налoгoвoй службе. ^временные кoнцепции научных исследoваний. 72я Междунарoдная научная кoнференция. «Евразийс^е Научнoе Oбъединение», № 2 (72), Февраль, 2021.

[8] Xudoyqulov S.K. Soliq tushumlarini prognoz qilish metodologiyasini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari doktori (DcS) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi avtoreferati. 2019 yil. 14-16, 2021, 28-29-b.

[9] Agzamov A.T. Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish amaliyotini takomillashtirish. Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. 2019 yil. 17-22-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.