Научная статья на тему 'DAVLAT BOSHQARUVIDA MANFAATLAR TOʻQNASHUVINI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR VA ULARNING HUQUQIY ASOSLARI'

DAVLAT BOSHQARUVIDA MANFAATLAR TOʻQNASHUVINI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR VA ULARNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
12
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshqaruv / davlat / zamonaviy / standartlar / manfaatlar / huquq / hujjatlar / korrupsiya / qarshi kurashish / omillar / sabablar / sharoit / tizimini. / Management / state / modern / standards / interests / law / documents / corruption / fighting / factors / reasons / conditions / system.

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Muhammadqulov Bekzod Lutfullo O’g’li

Makur maqolda davlat boshqaruvida manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqaruvchi omillar va ularning huquqiy asoslari tahlil etilgan boʻlib, bu borada qabul qilingan qonunlar va qonun osti normativ-huquqiy hujjatlar oʻrganilgan. Bundan tashqari, maqolada davlat boshqaruvida manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqaruvchi omillar qatoriga davlat boshqaruvida manfaatlar toʻqnashuvini oldini olish borasida, xalqaro miqiyosda hozirga qadar alohida manfaatlar toʻqnashuvi boʻyicha xalqaro hujjat qabul qilinmaganligi, ijrosi yaxshi yoʻlga quyilmaganligi va manfaatlar toʻqnashuvini yuzaga keltiruvchi boshqa omillarni ham tahlil etgan.Muallif maqolada uning dolzarbligi quyidagi omtllar bilan, yaʼni davlat boshqaruvida manfaatlar toʻqnashuvi omillarini oʻrganishning uni oldini olish uchun obyektiv zarurati mavjudligi hamda davlat boshqaruvida manfaatlar toʻqnashuvi omillarini kamaytirish maqsadida davlat boshqaruvi uchun munosib nomzodlarni tanlash, ularning kasbiy va huquqiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy taʼminot darajasini oshirish tizimini takomillashtirish lozimligi muhim ahamiyat kasb etishi bilan asoslaydi. Shu bilan bir qatorida ushbu maqolada davlat boshqaruvida manfaatlar toʻqnashuvini keltirib chiqaruvchi omillar yuzasidan olimlarning fikirlari yuzasidan baxs-munozaraga kirishib, oʻzining taklif va tavsiyalarini berib oʻtadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FACTORS CAUSING CONFLICTS OF INTEREST IN PUBLIC ADMINISTRATION AND THEIR LEGAL BASES

In this article, the factors that cause conflicts of interest in public administration and their legal bases are analyzed, and the laws adopted in this regard and normative legal documents under the law are studied. In addition, the article analyzes the factors that cause conflicts of interest in public administration, the fact that an international document on the conflict of interests has not been adopted at the international level, its implementation has not been implemented well, and other factors that cause conflicts of interest.In the author's article, its relevance is based on the following points, that is, there is an objective need to study the factors of conflict of interest in public administration in order to prevent it, and in order to reduce the factors of conflict of interest in public administration, the selection of suitable candidates for public administration, the system of increasing their professional and legal training, and the level of material and social security It is justified by the fact that the need for improvement is of great importance. At the same time, this article discusses the opinions of scientists on the factors that cause conflicts of interest in public administration and gives its suggestions and recommendations.

Текст научной работы на тему «DAVLAT BOSHQARUVIDA MANFAATLAR TOʻQNASHUVINI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR VA ULARNING HUQUQIY ASOSLARI»

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz

Ar /y

A SMA

I ï

\ f "4.

,.(,„,SIAMOUBNAI.Ot

LAW, FINANCE AND

X^LlED SCIENCES

FACTORS CAUSING CONFLICTS OF INTEREST IN PUBLIC ADMINISTRATION AND THEIR LEGAL BASES Muhammadkulov Bekzod Lutfullo's son

Tashkent State Law University Direction "Combating corruption and compliance control". 1st year graduate student e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14090548

ARTICLE INFO

Received: 04th November 2024 Accepted: 10th November 2024 Online: 11th November 2024

KEYWORDS Management, state, modern, standards, interests, law, documents, corruption, fighting, factors, reasons, conditions, system.

ABSTRACT

In this article, the factors that cause conflicts of interest in public administration and their legal bases are analyzed, and the laws adopted in this regard and normative legal documents under the law are studied. In addition, the article analyzes the factors that cause conflicts of interest in public administration, the fact that an international document on the conflict of interests has not been adopted at the international level, its implementation has not been implemented well, and other factors that cause conflicts of interest. In the author's article, its relevance is based on the following points, that is, there is an objective need to study the factors of conflict of interest in public administration in order to prevent it, and in order to reduce the factors of conflict of interest in public administration, the selection of suitable candidates for public administration, the system of increasing their professional and legal training, and the level of material and social security It is justified by the fact that the need for improvement is of great importance. At the same time, this article discusses the opinions of scientists on the factors that cause conflicts of interest in public administration and gives its suggestions and recommendations.

DAVLAT BOSHQARUVIDA MANFAATLAR TOQNASHUVINI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR VA ULARNING HUQUQIY ASOSLARI Muhammadqulov Bekzod Lutfullo o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti "Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat" yo'nalishi

1-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.14090548 ARTICLE INFO ABSTRACT

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz

Received: 04th November 2024 Accepted: 10th November 2024 Online: 11th November 2024

KEYWORDS Boshqaruv, davlat, zamonaviy, standartlar, manfaatlar, huquq, hujjatlar, korrupsiya, qarshi kurashish, omillar, sabablar, sharoit, tizimini.

Makur maqolda davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvini keltirib chiqaruvchi omillar va ularning huquqiy asoslari tahlil etilgan bo'lib, bu borada qabul qilingan qonunlar va qonun osti normativ-huquqiy hujjatlar o'rganilgan. Bundan tashqari, maqolada davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvini keltirib chiqaruvchi omillar qatoriga davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvini oldini olish borasida, xalqaro miqiyosda hozirga qadar alohida manfaatlar to'qnashuvi bo'yicha xalqaro hujjat qabul qilinmaganligi, ijrosi yaxshi yo'lga quyilmaganligi va manfaatlar to'qnashuvini yuzaga keltiruvchi boshqa omillarni ham tahlil etgan.

Muallif maqolada uning dolzarbligi quyidagi omtllar bilan,ya'ni davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvi omillarini o'rganishning uni oldini olish uchun obyektiv zarurati mavjudligi hamda davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvi omillarini kamaytirish maqsadida davlat boshqaruvi uchun munosib nomzodlarni tanlash, ularning kasbiy va huquqiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta'minot darajasini oshirish tizimini takomillashtirish lozimligi muhim ahamiyat kasb etishi bilan asoslaydi. Shu bilan bir qatorida ushbu maqolada davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvini keltirib chiqaruvchi omillar yuzasidan olimlarning fikirlari yuzasidan baxs-munozaraga kirishib, o'zining taklif va tavsiyalarini berib o'tadi.

Kirish bo'limi

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan buyon o'tgan davr mobaynida rivojlangan davlatlar qatorida munosib o'rnini egallash borasida bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish, jamiyat rivojiga to'siq bo'ladigan asosiy illatlardan biri bo'lgan korrupsiyaning yana bir xavfli ko'rinishi manfaatlar to'qnashuvi ga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar shular jumlasidandir.

Zamonaviy jamiyatda manfaatlar to'qnashuvining yuzaga kelishi aholi ongida davlat boshqaruviga nisbatan ishonchsizlik munosabatlarini yuzaga keltirayotganligi sababli manfaatlar to'qnashuvi ga qarshi kurashishning yangi usullarini izlash alohida ahamiyatga ega va dolzarb masala bo'lib qolmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev, "Korrupsiya oqibatlari bilan kurashishdan ko'ra barvaqt oldini olishga o'tish kerak va korrupsiyaga qarshi kurashishning eng asosiy yo'li davlat organlari faoliyati va ish jarayonlarini shaffof qilishdir" deb bekorga ta'kidlamaganlar.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz

Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida'^gi Farmonida ham davlat fuqarolik boshqaruvi tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil etishga va manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelishi mumkin bo'lgan soha va tarmoqlarni aniqlash, manfaatlar to'qnashuvi omillarni bartaraf etish tizimining samaradorligini oshirish, jamiyatda manfaatlar to'qnashuvi nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilgan.

O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish borasida oldimizga qo'yilgan maqsadlarga yetish uchun albatta manfaatlar to'qnashuvi ga yo'l qo'yayotgan subyektlar doirasini va manfaatlar to'qnashuvi ga yo'l qo'yib berayotgan omillarni o'rganish muhim ahamiyatga ega bo'lib, uning dolzarbligi quyidagi omillar:

Birinchidan, davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvi omillarini o'rganishning uni oldini olish uchun obyektiv zarurati mavjudligi;

Ikkinchidan, davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvi omillarini kamaytirish maqsadida davlat boshqaruvi uchun munosib nomzodlarni tanlash, ularning kasbiy va huquqiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta'minot darajasini oshirish tizimini takomillashtirish lozimligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Metodlar bo'limi

Tadqiqot davomida davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvini keltirib chiqaruvchi omillar va ularning huquqiy asoslari o'rganildi. Mazkur tahlil jarayonida mualliflik pozitsiyasi ishlab chiqilib, qonunchilikni rivojlantirish bo'yicha xulosa va takliflar ilgari surildi.

Ushbu tadqiqot ishida tahlil qilish, xolislik qiyoslash, taqqoslash, tizimlilik va umumlashtirish metodlaridan foydalanildi.

Natijalar bo'limi

Davlatchilik tizimini yemiradigan, jamiyatlarni parchalab tashlaydigan, insonlar orasida o'zaro nizolarni vujudga keltiradigan, turli yuqori qatlam toifalarini yuzaga keltirib, jamiyatda tengsizlikni shakllantiruvchi omillardan birlari korrupsiya, manfaatlar to'qnashuvi hisoblanadi.

Hozirda davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvining barcha ko'rinishlariga, uni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi kurashish uchun istiqbolli chora-tadbirlar ko'rilmoqda. Bunga sabab, uzoq davlatchilik tizimida ham bunga qarshi kurashilgan.

Rasululluloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan: "Boshliqlarning hadya va sovg'alar olishlari haromdir"; "Biz biror ishga boshliq qilib tayinlagan odam unga belgilangan maoshdan ortiq mol topsa, bu uning uchun haromdir" kabi hadislarida ham ko'rishimiz mumkinki, davlat boshqaruvidagi manfaatlar to'qnashuvining mavjud bo'lishi davlat, jamiyat va insonlar uchun ham halokatlidir.

Shu ma'noda, o'tgan asrda yashab o'tgan amerikalik yozuvchi Teodor Drayzerning "Sarmoyador" asarida aytilganidek, "Korrupsiya avj olgan davlat, go'yo ichidan yemirilgan mo'rt daraxtga o'xshab qoladi. Shak-shubha yo'qki, u birinchi jiddiy sinovga duch kelishidayoq ag'dariladi". Bu fikrlarning naqadar to'g'ri va o'rinli ekanini bugun hayotning o'zi ko'plab misollarda isbotlab turibdi.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvarda PF-60-son bilan tasdiqlangan "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" gi Farmoni

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz

Davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvining yuzaga kelishiga bir qancha sabablar mavjud bo'lib, bu bo'yicha xalqaro va mahalliy olimlar, mutaxassislar, mustaqil izlanuvchilarning qarashlari mavjud bo'lib, ularning bir nechtasi bilan tanishib o'tamiz.

Bir qator asosiy manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelishi ehtimoli katta "tartibga solish sohalari"ni aniqlash mumkin:

Davlat boshqaruvining ayrim funksiyalarini bajarish qarindoshlari va / yoki shaxsiy aloqada bo'lgan boshqa shaxslarga nisbatan davlat (shahar) xodimining manfaatlari;

boshqa haq to'lanadigan ishlarni bajarish;

qimmatli qog'ozlarga egalik qilish, bank depozitlariga egalik qilish;

sovg'alar va sovg'alar olish;

mulkiy majburiyatlar va sud jarayonlari;

davlat (shahar) xizmatidan bo'shatilgandan keyin sobiq ish beruvchi va ishga joylashish bilan bo'liq o'zaro munosabatlarda qatnashish2.

Munozara bo'limi

Jamie M.Sommer davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvini vujudga kelishi omillarini maishiy korrupsiya darajasi yuqorilashiga olib kelgan sabablar bilan tushuntirib bergan deyishimiz mumkin. Xalqaro va milliy tajribadan kelib chiqib, deydi Jamie M. Sommer, maishiy korrupsiya darajasi yuqoriligining sabablari sifatida quyidagilarni ko'rishimiz mumkin: davlat boshqaruvida byurokratiyaning ko'pligi, davlat organlari faoliyatining yetarli darajada shaffof emasligi; davlat xizmatchilarining tashabbuskor xatti-harakatlariga xayrixoh bo'lmasdan, retroaktiv munosabatda bo'lish; korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha davlat va idoraviy strategiyalarning davr talabiga mos kelmasligi; barcha darajadagi davlat xizmatchilarining korrupsiyaviy xulq-atvorlarini tahlil qilish metodologiyasining mavjud emasligi; davlat va idoraviy darajada korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha boshqaruv va nazoratni yetarli darajada tashkil etilmaganligi; aholida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish borasida amaliy chora tadbirlarni yetarli darajada olib bormaslik; davlat xizmatiga qabul qilish va davlat xizmatini o'tash hamda ushbu jarayonda korrupsiyaviy holatlarni oldini olish, aniqlash va bartaraf etishning samarali mexanizmlari mavjud emasligi; davlat organlari va tarkibiy tarmoqlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha nazariy bilimlar hamda moddiy ta'minot mavjud emasligi va boshqalar3.

Umuman olganda, korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining holatiga turli omillar: ijtimoiy va madaniy sharoit, institutional va tashkiliy tuzilmalar, axloqiy, siyosiy muhit, shuningdek, iqtisodiy va tarkibiy o'zgarishlar siyosati ham ta'sir qiladi. A.Sh. Bekmurodovning "Korrupsiyaga qarshi kurashish" darslikida davlat boshqaruvida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining vujudga kelishiga bir qancha omillar sabab qilib keltirilgan va asoslab bergan.

Manfaatlar to'qnashuvi turli shakllarda va holatlar natijasida yuzaga keladi. Ularga misol sifatida esa, quyidagilar ko'rsatiladi: mansabdor shaxslar, davlat xizmati xodimlari, deputatlarning tijorat faoliyatida shaxsiy yoki korporativ naf ko'rish uchun bevosita ishtirok etishi; davlat pul mablag'larini o'zlashtirish niyatida tijorat tuzilmalariga o'tkazish uchun o'z

2Konflikt interesov na gosudarstvennoy i munitsipalnoy slujbe. Predotvra^eniye i uregulirovaniye/ pub 778945 (2).pdf / 13 b

3 Jamie M. Sommer (2017) Grand and petty corruption: a cross-national analysis of forest loss in low and middle-income nations, Environmental Sociology, // URL: https://scholar.google.se/ citations?user=1pPIfu0AAAAJ&hl=en

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz

xizmat mavqeidan foydalanishi; o'z korporativ (siyosiy, diniy, milliy va sh.k.) guruhiga davlat resurslari hisobidan imtiyozlar berish; shaxsiy yoki korporativ naf ko'rish maqsadida, ommaviy axborot vositalariga tazyiq o'tkazish uchun o'z xizmat mavqeidan foydalanish; mansabdor shaxslar va davlat xizmati xodimlari shaxsiy boyish maqsadida, tijorat tuzilmalarida soxta shaxslardan va qarindoshlaridan foydalanishi; muayyan guruh manfaatlarida normativ-hujjatlar qabul qilish haqidagi qarorlarni ilgari surish; ayrim nomzodlarning saylov fondlariga davlat moliyaviy va moddiy resurslarini taqdim etish; shartnomalar, bitimlar tuzishga imkoniyat yaratib berganlik uchun haq talab qilish; davlat byurtmalarini joylashtirganlik uchun vositachilik haqi so'rash; davlat xizmatchilari uchun xizmatlar ko'rsatish; chet elgan dam olishga, safarga yuborish; masalalarni tez hal qilib berish yoki hujjatlarni tayyorlab berganlik uchun haq so'rash; qarindosh-urug', do'stlarni ishga joylashtirish; rahbarning o'z xodimi tomonidan undirilgan poradan ulush olishi4.

Darslikda ta'kidlanadiki, ko'pchilik mutaxassislar korrupsiyaning sabablari siyosiy institutlarning mukammal emasligiga bog'liq, deb bilishadi. Chunki, mamlakatning ichki va tashqi boshqarish mexanizmlari, asosan, ushbu institutlarning qanday ishlashiga bog'liqdir. Bundan tashqari, aholining qonunni bilmasligi yoki tushunmasligi, mamlakatdagi siyosiy holatning barqaror emasligi, hukumat institutlarining o'zaro hamkorlikda harakat qilish mexanizmining yo'qligi, mamlakat byurokratik apparatining maqsadlari siyosiy elitaga tobe holda ishlashi, uning mamlakat rivojiga sust holda yondashishi, siyosiy o'yinlarning avj olishi, yuqori turuvchi amaldorlarning tanish-bilish, quda-anda bo'lib hukumatni boshqarishga o'z ta'sirini o'tkazishi, ijro hokimiyatida birlikning yo'qolishi, bitta yo'nalishning bir nechta instantsiyalar tomonidan boshqarilishi, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokining sustligi va boshqa holatlar korrupsiyaning sabablaridandir5.

Davlat organi yoki boshqa tashkilot xodimining manfaatlar to'qnashuvi bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishning dolzarbligi sababli, 2024-yilning 5-iyun kuni "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi O'RQ-931-son Qonuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolandi (Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran olti oy o'tgach kuchga kiradi).

Mazkur Qonunda, manfaatlar to'qnashuvining quyidagi yangi tahrirdagi tushunchasi qayd etildi: "Manfaatlar to'qnashuvi - shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o'z lavozim yoki xizmat majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta'sir ko'rsatayotgan yoxud ta'sir ko'rsatishi mumkin bo'lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning, jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o'rtasida qarama-qarshilik yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to'qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo'lgan (ehtimoliy manfaatlar to'qnashuvi) vaziyat".

Amaliyotda, bunday vaziyatlar asosan ayrim davlat xizmatchilarning tashkilotning ichki me'yorlariga, shu jumladan, tashkilot nizomi (ustavi), faoliyat tartib-taomillari va kun tartibiga rioya qilmaslikda, shuningdek boshqa xodimlarning huquq va erkinliklarini mensimaslik oqibatida kelib chiqadi. Manfaatlar to'qnashuvining, navbatdagi muhim xususiyati bu mansabdor shaxsning yoki xizmatchining o'z vakolatini shaxsiy manfaat yo'lida suiiste'mol

4 Korrupsiyaga qarshi kurashish. Darslik. // Mas'ul muharrir: A.Sh. Bekmurodov: - Toshkent: "Akademiya", 2022. - 43-bet

5 Korrupsiyaga qarshi kurashish. Darslik. // Mas'ul muharrir: A.Sh. Bekmurodov: - Toshkent: "Akademiya", 2022. - 14 b

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz

qilishi orqali sodir etilishidadir. O'zbekiston Respublikasining "Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risida"gi Qonunida "Shaxsiy manfaatdorlik - davlat organining yoki boshqa tashkilotning xodimi yoxud u bilan aloqador shaxslar ushbu xodim tomonidan bevosita yoki bilvosita qaror qabul qilinishi yoki xodimning ushbu jarayonda boshqacha tarzda ishtirok etishi natijasida olishi mumkin bo'lgan har qanday naf yoki afzallik" deb tushuncha keltirilgan (Qonunning 3-moddasi). O'z navbatda, bunday qonunga zid shaxsiy manfaatdorlik, masalan, tashkilotning yohud tashkilotda ishlayotgan boshqa xodimlarning qonuniy manfaatlari bilan amaldagi yoki ehtimol bo'lgan qarama-qarshilikni keltiradi.

Manfaatlar to'qnashuvi tushunchasini anglash uchun uning ko'rinishlarini tahlil qilish ahamiyat kasb etadi. Manfaatlar to'qnashuvining asosan urug'-aymoqchilik, mahalliychilik, nepotizm, shafelik, kronizm va favoritizm kabi ko'rinishlari ajratiladi. Davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvini oldini olish borasida bir qancha muammolar mavjud bo'lib, ularni bartaraf etish choralarini ko'rish maqsadida milliy qonunchiligimizda ayrim o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilmoqda. Bundan tashqari tadqiqotchilarimiz bu borada ilmish ishlar qilishmoqda.

Davlat boshqaruvida manfaatlar to'qnashuvini oldini olish borasida mavjud muammolarga to'xtaladigan bo'lsak, xalqaro miqiyosda hozirga qadar alohida manfaatlar to'qnashuvi bo'yicha xalqaro hujjat qabul qilinmagan.

BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasini amalga oshirish bo'yicha texnik qo'llanmada manfaatlar to'qnashuvi tushunchasi ishlatilmagan bo'lsada, lekin quyidagi jumlalar keltirilgan: "Umumiy prinspga ko'ra, davlat organlarida shunday sharoit yaratish kerakki, unga xizmatlar ko'rsatish jarayoni oshkora va shaffofligi ta'minlangan bo'lishi toki shaxsiy va o'zgalar manfaatlariga asoslangan sovg'a va mehmondo'stlik munosabatlari rasmiy harakterlar va qarorlar qabul qilinishiga ta'sir ko'rsata olmasligi zarur"6, deya ko'rsatib o'tilgan.

Manfaatlar to'qnashuvi va uning yuridik tabiati xalqaro doirada qabul qilingan turli hujjatlarda, jumladan, Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro xulq-atvor kodeksida o'zida manfaatlar to'qnashuvini ifoda etadigan quyidagi normalar belgilanganini ko'rishimiz mumkin: davlat mansabdor shaxslari xizmat lavozimlaridan o'zi yoki oilasining shaxsiy, yoki moliyaviy manfaatlari yo'lida huquqqa xilof ravishda foydalanmasliklari; davlat mansabdor shaxslari hech qanday bitimlarda qatnashmasligi, biror-bir pozisiyani egallamasligi, xizmat vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda hech qanday moliyaviy manfaatlarga ega bo'lmasliklari; xizmat davomida yuzaga keladigan shaxsiy, tijorat yoki moliyaviy manfaatdorlik haqida belgilangan tartibda xabar berishlari va manfaatlar to'qnashuvini bartaraf etishga harakat qilishlari; mansabdor shaxslar xizmat vazifalarini bajarish vaqtida o'zlariga ma'lum bo'lgan xizmat siridan g'ayriqonuniy maqsadda foydalanmasliklari; davlat mansabdor shaxslari xizmat lavozimidan ketganidan so'ng ham qonunchilik yoki ma'muriy reglamentda belgilangan tartibda harakat qilishi, avvalgi lavozimni suiiste'mol qilmasliklari kerak7.

Shu bilan bir qatorida, BMTning 2003-yildagi "Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi"da korrupsiyaning subyekti faqatgina davlat hokimiyati vakili bo'lishi ta'kidlangan bo'lsa, milliy

6 BMTning Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasi 2003-yil

7Davlat mansabdor shaxslarining xalqaro xulq-atvor kodeksi. https://www.un.org/ru/documents /decl_conv/conventions/int_code_of_conduct.shtml

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz

qonunchilik normalarida u ko'rsatilmagan8. Demak, manfaatlar to'qnashuvini yuzaga keltiruvchi subyektlar kimligi borasida ham ayrim muammolar bor.

Korrupsiya va korrupsiyaning muhim ko'rinishlardan bir manfaatlar to'qnashuvi ga qarshi kurashishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti muhim tashabbuslarni o'rtaga tashlamoqda, bu tashabbuslar quyidagilarda aks etadi: davlat xizmatchilarini tanlov asosida saralab olish, lavozimga tayinlash va yuqori lavozimlarga ko'tarishning shaffof tartibiga asoslangan davlat xizmati tizimini shakllantirish; davlat xizmatchilari daromadlarini deklaratsiya qilish tizimini bosqichma-bosqich joriy etish; davlat xizmatchilarining ish haqi yetarli darajada bo'lishini ta'minlash; davlat xizmatini o'tashda manfaatlar to'knashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; davlat organlari va tashkilotlarining hisobdorligi va faoliyatining shaffofligini oshirish; korrupsiya bilan bog'lik huquqbuzarliklar to'g'risida xabar bergan shaxslarni himoya qilishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish; jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni kuchaytirish; fuqarolik jamiyati institutlari, OAV faoliyatining chinakam erkinligini ta'minlash; korrupsiyaga qarshi kurashuvchi va reytinglarni tuzuvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan aloqalarni o'rnatish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va boshqalarda namoyon bo'lmoqda9.

B.Ismailov ham o'zining maqolasida korrupsiya va davlat boshqaruvidagi manfaatlar to'qnashuvining oldini olish borasidagi muammolar va ularn bartaraf etish uchun bir qancha takliflar bergan. Jumladan, B.Ismailov "Davlat fuqarolik xizmati to'g'risida"gi, "Davlat xizmatchisining odob-axloq kodeksi to'g'risida"gi, "Manfaatlar to'qnashuvini oldini olish to'g'risida"gi, "Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi to'g'risida"gi, "Davlat xizmatchilarining daromadlarini, mol-mulklarini hamda manfaatlar to'qnashuvini deklaratsiya qilish to'g'risida"gi, "Normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to'g'risida"gi va davlat xizmatchisining maqomini, uning huquq va erkinliklarini belgilovchi, xizmatni o'tashdagi chegaralar va taqiqlarni o'rnatuvchi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha chora tadbirlarni takomillashtiruvchi normativ-huquqiy hujjatlarni imkon qadar tez qabul qilish maqsadga muvofiq, deydi10.

Abrorjon Otajonov o'zining maqolasida korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi ga qarshi kurashish uchun o'zining bir qancha takliflarini beradi. Jumladan, A.Otajonov ta'kidlarishiga ko'ra, xodimlarda korrupsiyaga qarshi immunitetni hosil qilish va unga qarshi kurashish ko'nikmalarini shakllantirish uchun davlat hokimiyati boshqaruvining barcha tizimlarida ixtisosligidan qat'i nazar mutaxassislar malakasini oshirish kurslarini tashkil etish jarayonida xodimlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan maxsus o'quv dasturlari asosida o'quv kurslarining joriy etilishi shart hisoblanadi. Shuningdek, mazkur o'quv dasturlari tarkibiga quyidagi mavzularning kiritilishi maqsadga muvofiq bo'ladi: korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining huquqiy asoslari (korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan me'yoriy hujjatlar va ularning mazmuni, korrupsiya qarshi kurashishning davlat

8 Xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslar aktivlarini deklaratsiya qilish/ B.I. Ismailov, B.I. Ismoilov/ Toshkent -2019/ -18 b

9 Toshev B. Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid xalqaro normalarni milliy qonunchilikka implementasiya qilish // Yurist axborotnomasi - Vestnik yurista -Lawyer herald. № 5 (2020), s. 92-98)

10Ismailov B.I. Yurist axbarotnomasi 5-son, 1- jild. Toshkent-2020/0'zbekiston Respublikasida maishiy korrupsiyani bartaraf etish bo'yicha chora tadbirlarni takomillashtirishning amaliy jihatlari /

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz

dasturlari, konsepsiyasi, yo'nalishlari, subyektlari va ishtirokchilari), korrupsion huquqbuzarliklarning tushunchasi va turlari (korrupsion jinoyatlar, ma'muriy, fuqaroviy huquqiy va intizomiy huquqbuzarliklar, manfaatlar to'qnashuvi hamda ularga imkon bergan sabab va sharoitlarning tahlili), davlat xizmatchisining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatining kriminologik xususiyatlari hamda davlat xizmatchisining korrupsiyaga qarshi xulq-atvor standarti (davlat xizmatchisining faoliyati davomida amalga oshirishi taqiqlangan, cheklangan qilmishlari, ruxsat etilgan vakolatlari va majburiyati, rahbarning korrupsion xavfli xulq-avtorining turlari: proteksionizm, favoritizm, nepotizm, kompleans nazorat va uni amalga oshirish shartlari, shuningdek mansab vakolatini suiiste'mol qilish, davlat xizmatchisining korrupsiyaga qarshi xulq-atvori standartini shakllantirishning xorijiy tajribasi)11.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi "Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo'lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6257-son Farmon va "Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-5177-sonli Qarori asosida, 2022-yildan muntazam ravishda, "Halollik vaksinasi" tamoyili asosida davlat xizmatchilari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish, manfaatlar to'qnashuvi va odob-axloq qoidalari bo'yicha maxsus o'quv kurslarini tashkil etishning belgilanashi e'tirofga molik. Shuningdek, maxsus elektron o'quv platformasi orqali davlat xizmatchilarini masofadan turib o'qitish hamda xususiy sektor vakillari va aholining korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilimlarini oshirib borish tizimini yo'lga qo'yish nazarda tutildi.

Qonunchilikka ko'ra, davlat organlari va boshqa tashkilotlar o'z mansabdor shaxslarining hamda boshqa xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini, shu jumladan huquqiy bilimlari darajasini oshirish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'radi. Ushbu vazifa har bir tashkilot rahbaridan xodimlarning korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish bo'yicha aniq chorlarni ko'rishi lozim ekanligini anglatadi.

A.Sh.Bekmurodovning "Korrupsiyaga qarshi kurashish" bo'yicha darslikida shuni ta'kidlaydiki, manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda, davlat organlarining xodimlari o'zining bevosita rahbarini darhol xabardor qilishi kerak. Manfaatlar to'qnashuvi mavjudligi to'g'risida ma'lumotlar olgan rahbar bu to'qnashuvning oldini olish yoki uni bartaraf etish yuzasidan o'z vaqtida choralar ko'rishi shart.

Davlat organlarining maxsus bo'linmalari yoki odob komissiyalari manfaatlar to'qnashuvini hal etish qoidalariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi.

Davlat organlarining manfaatlar to'qnashuvining oldini olish yoki uni bartaraf etish talablari buzilishiga yo'l qo'ygan xodimlari, shuningdek, ularning rahbarlari qonunchilikka muvofiq javobgar bo'ladi.

11Otajonov A.A. Davlat xizmatchilarida korrupsiyaga qarshi murosasizlik xulq-atvorni shakllantirishga kompleks yondoshuv . /Yyurist axbarotnomasi 5-son, 1- jild. Toshkent-2020

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz

Davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy bo'linmalarida manfaatlar to'qnashuvini boshqarish bo'yicha Nizomda manfaatlar to'qnashuvini hal qilish choralari belgilangan.

So'nggi yillarda korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvining oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarning ahamiyati va ko'lami kengaydi. Chunki korrupsiya nafaqat demokratiyaning, umuman, har qanday taraqqiyotning kushandasi ekani barchaga ma'lum.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Aytish joizki, korrupsiya darajasini qisqartirishga turli omillar ta'sir ko'rsatadi. Ulardan biri - qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining o'zida korrupsiyaviy normalarning mavjudligi va bunday normalarning amaliyotga joriy etilishining oldini olishdir.

Manfaatlar to'qnashuvini oldini olish borasidagi olib borilayotgan ishlar normativ-huquqiy hujjatlarga o'zgartirish kiritish bilan bog'liq ham hisoblanadi. Sababi, qonunchilikda korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi ga qarshi kurashish bo'yicha alohida qonunlar, qarorlar, nizomlar bo'lmasa ularga qarshi kurashish huquqiy asoslanmagan bo'ladi. Bundan tashqari, normativ-huquqiy hujjatlar o'rtasida o'zaro ziddiyatlar ham yuzaga kelishi natijasida korrupsion holat yoki manfaatlar to'qnashuvining vujudga kelishiga olib kelishi mumkin. Mana shunday oqibatlarning yuzaga kelmasligi uchun ham normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalari o'tkaziladi.

Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi huquqiy ekspertiza jarayonining bir turi hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasining 2021-yil 20-apreldagi "Normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida"gi O'RQ-682-son Qonunining 25-moddasiga binoan, normativ-huquqiy hujjat loyihasi huquqiy va korrupsiyaga qarshi ekspertizalardan o'tkazilishi shartligi belgilangan.

Korrupsiyaning har qanday ko'rinishiga qarshi ekspertizada normativ-huquqiy hujjat va ular loyihalarining korrupsiyaviy omillari aniqlanishi lozim bo'ladi. O'z navbatida, korrupsiyaviy omil korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish imkoniyatini yaratadigan, korrupsiyani yuzaga keltiradigan huquqiy normalar hisoblanadi.

Davlat organlari va tashkilotlari, ularning hududiy va tarkibiy bo'linmalarida halollik siyosatini ta'minlash, ya'ni xodimlar faoliyati va umuman, jamiyatda korrupsiya va manfaatlar to'qnashuvi ga qarshi kurashish madaniyatini oshirishda korrupsiyaga karshi komplayens nazorat masalalari muhim o'rin egallaydi. Milliy va xalqaro miqyosda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida, "komplayens-nazorat" mexanizmlari davlat va xususiy sektor faoliyatiga keng kirib bormoqda.

Yuqorida keltirilib o'tilgan muammolar va ularga bo'lgan yechim mukammal bo'lmasada, lekin malum miqdorda davlat boshqaruvi tizimida manfaatlar to'qnashuvining vujudga kelishiga to'siq bo'la oladi.

References:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi 2023-yil 1-mayda kuchga kirgan.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni.

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center IF = 7.984 www.in-academy.uz

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi "O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5729-sonli Farmoni // Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 29.05.2019 y., 06/19/5729/3199-son.

4. Xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslar aktivlarini deklaratsiya qilish/ B.I. Ismailov, B.I Ismoilov. "Turon-iqbol" nashriyoti / Toshkent-2019;

5. Xudoyberdieva V. Davlat boshqaruvini takomillashtirishda korrupsiyaga qarshi kurash omillari. Falsafa va huquq. T.: № 2, 2006.;

6. Korrupsiyaga qarshi kurashish. Darslik. // Mas'ul muharrir: A.Sh. Bekmurodov: -Toshkent: "Akademiya", 2022;

7. Смирнова JI.II. Борьба с коррупцией в КНР: международный опыт и «особая китайская модеть» к п н дис М.: ИДВ РАН, 2014 г., .51 с// 1 Xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslar aktivlarini deklaratsiya qilish/ B.I. Ismailov, B.I. Ismoilov/ Toshkent -2019.

8. Djankov, Simeon [et al. J Disclosure by Politicians // American Economic Journal: Applied Economics 2 .- April 2010.- pp. 179-209 // 1 Xorijiy davlatlarda mansabdor shaxslar aktivlarini deklaratsiya qilish/ B.I. Ismailov, B.I. Ismoilov/ Toshkent -2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.