Научная статья на тему 'PORA OLISH BERISHDA VOSITACHILIK QILISH JINOYATI JAVOBGARLIGI YUZASIDAN XALQARO STANDARTLAR'

PORA OLISH BERISHDA VOSITACHILIK QILISH JINOYATI JAVOBGARLIGI YUZASIDAN XALQARO STANDARTLAR Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Xalqaro standartlar / korrupsiya / poraxo‘rlik / vositachilik / “Korrupsiyaga qarshi Konvensiya” / jinoiy javobgarlik / BMT / OECD / ommaviy mansabdor shaxs. / International standards / corruption / bribery / mediation / “Convention Against Corruption” / criminal liability / UN / OECD / public official.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Raxmatov Rustambek Majit O‘G‘Li

Korrupsiyaga oid jinoyatlar tahdidining kuchayishi poraxo'rlik uchun yangi, yuqori samarali jinoiy-huquqiy vositalarni izlash, har bir mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashningnormativ-huquqiy va tashkiliy-amaliy mexanizmlarini yaratishga universal yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini taqozo etadi. Ushbu ilmiy maqoladaxalqaro standartlar asosida poraxo'rlik, xususan, “Pora olish –berishda vositachilik” uchun maqbul jinoiy-huquqiy model va javobgarlikni takomillashtirish nuqtai nazaridan xalqaro standartlar qiyosiy huquqiy o'rganilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INTERNATIONAL STANDARDS ON THE RESPONSIBILITY OF THE CRIME OF MEDIATION IN THE ISSUANCE OF BRIBES

The increased threat of corruption crimes necessitates the search for new, high, effective criminal justice tools for bribery, the development of universal approaches to the creation of normative-legal and organizational-practical mechanisms for the fight against corruption in each country. This scientific article explores international standards comparative-legal in terms of improving bribery based on international standards, in particular the acceptable criminal justice model for "mediation in bribery crimes", and accountability.

Текст научной работы на тему «PORA OLISH BERISHDA VOSITACHILIK QILISH JINOYATI JAVOBGARLIGI YUZASIDAN XALQARO STANDARTLAR»

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

/ I

: Ш

А шШш

t .Ш Л 4-

1 fi M

L^W.FIN^CEAND

APPLIED SÇIENCES

^ /, ...I ,.■,,.!»»►■""'

ARTICLE INFO

Received: 10th May 2024 Accepted: 16th May 2024 Online: 17th May 2024 KEYWORDS International standards,

corruption, bribery, mediation, "Convention Against

Corruption", criminal liability, UN, OECD, public official.

INTERNATIONAL STANDARDS ON THE RESPONSIBILITY OF THE CRIME OF MEDIATION IN THE ISSUANCE OF

BRIBES

Rakhmatov Rustambek is the son of Majit

Student of the Academy of Law Enforcement under the General Prosecutor's Office, "Specialist in Combating Corruption". Email: rakhmatovrustambek207@gmail.com

Phone number: +99888 910 77 79 https://doi.org/10.5281/zenodo.11207946

__ABSTRACT

The increased threat of corruption crimes necessitates the search for new, high, effective criminal justice tools for bribery, the development of universal approaches to the creation of normative-legal and organizational-practical mechanisms for the fight against corruption in each country. This scientific article explores international standards comparative-legal in terms of improving bribery based on international standards, in particular the acceptable criminal justice model for "mediation in bribery crimes", and accountability.

МЕЖДУНАРОДНЫЕ СТАНДАРТЫ УГОЛОВНОЙ ОТВЕТСТВЕННОСТИ ЗА ПОСРЕДНИЧЕСТВО ВО ВЗЯТОЧНИЧЕСТВЕ

Рахматов Рустамбек - сын Маджита

Студента Академии правоохранительных органов при Генеральной прокуратуре по специальности «Специалист по борьбе с коррупцией». Электронная почта: rakhmatovrustambek207@gmail.com Телефон: +99888 910 77 79 https://doi.org/10.5281/zenodo.11207946

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 10th May 2024 Accepted: 16th May 2024 Online: 17th May 2024 KEYWORDS

Международные стандарты, коррупция, взяточничество, посредничество, "Антикоррупционная конвенция", уголовная

ответственность, ООН, ОЭСР, публичное

должностное лицо.

Усиление угрозы коррупционных преступлений диктует необходимость поиска новых, высокоэффективных уголовно-правовых средств взяточничества, разработки универсальных подходов к созданию нормативно-правовых и организационно-практических механизмов борьбы с коррупцией в каждой стране. В данной научной статье проведено сравнительно - правовое исследование международных стандартов в части совершенствования оптимальной уголовно-правовой модели и ответственности за взяточничество на основе международных стандартов, в частности, "посредничество во взяточничестве".

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

PORA OLISH BERISHDA VOSITACHILIK QILISH JINOYTAI JAVOBGARLIGI YUZASIDAN XALQARO STANDARTLAR

Raxmatov Rustambek Majit o'g'li

Bosh Prokuratura huzuridagi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi, "Korrupsiyaga qarshi kurashish mutaxasisligi" tinglovchisi. Elektron Pochta: raxmatovrustambek207@gmail.com Telefon raqam:+99888 910 77 79 https://doi.org/10.5281/zenodo.11207946

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 10th May 2024 Accepted: 16th May 2024 Online: 17th May 2024 KEYWORDS Xalqaro standartlar,

korrupsiya, poraxo'rlik,

vositachilik, "Korrupsiyaga qarshi Konvensiya", jinoiy javobgarlik, BMT, OECD, ommaviy mansabdor shaxs.

Korrupsiyaga oid jinoyatlar tahdidining kuchayishi poraxo'rlik uchun yangi, yuqori samarali jinoiy-huquqiy vositalarni izlash, har bir mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashning normativ-huquqiy va tashkiliy-amaliy mexanizmlarini yaratishga universal yondashuvlarni ishlab chiqish zarurligini taqozo etadi. Ushbu ilmiy maqolada xalqaro standartlar asosida poraxo'rlik, xususan, "Pora olish - berishda vositachilik" uchun maqbul jinoiy-huquqiy model va javobgarlikni takomillashtirish nuqtai nazaridan xalqaro standartlar qiyosiy huquqiy o'rganilgan.

Poraxo'rlik bilan kurashish masalalari bugun nafaqat O'zbekistonda, balki xalqaro miqyosda ham diqqat markazida bo'lgan illatdir.1 Zamonaviy dunyoda korrupsiya tahdidlarining umumbashariy xususiyati tufayli universal, xalqaro huquqiy standartlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Poraxo'rlik jinoyatlarida vositachilikning umumiy xavfi kam emas va ehtimol ko'proq ahamiyatga egadir. Chunki jinoiy tajovuzning bevosita obyektidan tashqari, u butun davlatga, davlat organlarining obro'siga, sud va huquqni muhofaza qilish tizimiga, shuningdek minglab vijdonli mansabdor shaxslarning, davlat xizmatchilarining sha'ni, qadr-qimmati va ishbilarmonlik obro'siga tuzatib bo'lmaydigan zarar etkazadi.

O'zbekistonda xalqaro huquqning umume'tirof etilgan normalarining ustuvorligi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlangan. Xalqaro standartlarning yanada kengroq e'tirof etilishi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 15-moddasida o'z ifodasini topgan bo'lib, unda "O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari xalqaro huquqning umume'tirof etilgan prinsip va normalari bilan bir qatorda O'zbekiston Respublikasi huquqiy tizimining tarkibiy qismidir. Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining qonunida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi qoidalari qo'llaniladi."2

So'nggi bir necha o'n yilliklar davomida dunyoning ko'plab mamlakatlarining jinoiy-huquqiy qonunchiligiga korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro standartlariga ta'sir ko'rsatdi, ularning amalga oshirish jarayoni hamma joyda faol ravishda amalga oshirilmoqda.

1 Послание Президента Республики Узбекистан Ш.Мирзиёева Олий Мажлису 24 января 2020 года.

2 O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.- Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2023 - y.- 112 b

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, xalqaro standartlar barcha mamlakatlar uchun poraxo'rlik jinoyatlarini jinoiy javobgarlikka tortish va jazolash bo'yicha talablarni nazarda tutadi. Bu o'rinda pora olish va berishda vositachilik qilishning bunday jinoyatlarning tarkibiy qismi sifatida ko'rilishi va jiddiy jinoiy sanksiyalarning mavjudligi korrupsiyani cheklashning kompleks mexanizmining majburiy va tarkibiy qismi sifatida ko'rib chiqiladi. Shu bilan birga, milliy davlat sektori bilan bog'liq poraxo'rlik jinoyatlari an'anaviy ravishda ichki jinoyat huquqining asosiy xususiyatlariga tegishli.3

O'zbekiston Respublikasiga korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarni joriy qilishdan asosiy maqsad quyidagilardan iborat;

birinchidan, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning samaradorligini yanada oshirish;

ikkinchidan, O'zbekiston Respublikasining investitsion jozibadorligini oshirish; uchinchidan, mamlakatning xalqaro jinoyatchilikka qarshi hamkorligidagi mavqeini va nufuzini mustahkamlash;

to'rtinchidan, milliy qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirish; beshinchidan, korrupsiyaga qarshi monitoring organlari tomonidan baholash faoliyati natijalarida reyting va indekslarda ijobiy natijalarga erishish; Shu bilan birga korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarning milliy qonunchilikka tatbiq etish orqali Konvensiyadagi talablar va majburiyatlarni bajarish hisoblanadi.4

Korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro standartlari ko'p tomonlama xalqaro shartnomalar bilan belgilanadi. O'zbekiston ayni damda BMTning "Korrupsiyaga qarshi kurashish Konvensiyasi" va "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiyasi" a'zosi hisoblanadi. Ushbu hujjatlar poraxo'rlik jinoyatlari, umuman olganda, korrupsiya uchun jinoiy javobgarlikning umumiy majburiy standartlarini belgilaydi, korrupsiyaga qarshi kurashishning ko'p tarmoqli yondashuvi doirasida asosiy tarkibiy qism hisoblanadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro standartlari sifatida xalqaro shartnomada rasman mustahkamlangan normalarni hisobga olish zarur, ularga ko'ra milliy qonunchilikning barcha tartibga soluvchi talablari bajarilishi kerak.

Dunyoda korrupsiyaga qarshi xalqaro standartlarni o'rnatish nuqtai nazaridan asosiy, asosiy hujjat BMTning "Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi" - dunyoning 186 davlatini birlashtirgan universal xalqaro shartnomadir. Dunyoning aksariyat davlatlari BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasida ishtirok etayotganligi sababli uning qoidalari umume'tirof etilgan xalqaro huquq normalari xarakteriga ega va O'zbekiston unga qo'shilgan holda milliy qonunchiligini talablarga muvofiqlashtirish majburiyatini o'z zimmasiga oldi.5 Unda, shu jumladan, korrupsiyani jinoiylashtirish nuqtai nazaridan belgilangan normalar

3 Birlashgan Millatlar tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga a'zo davlatlar konferentsiyasi. Kriminallashtirish, huquqni muhofaza qilish va xalqaro hamkorlik. Ikkinchi nashr. 2017 yil sentyabr. CAC/COS P/IRG/2014/12.

4 D.O.Oblakulov. O'zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi. Xususiy sektorda poraxo'rlik uchun javobgarlik bo'yicha xalqaro standartlar va ularni milliy qonunchilikda tatbiq etish maslalari. Ilmiy maqola. Jinoyatchilikka qarshi kurashning jinoiy-huquqiy va kriminologik muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2023-yil 16-oktabr. I qism . Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2023. - 491 bet

5 Birlashgan Millatlar tashkiltoining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga(Nyu-York, 2003- yil 31-oktyabr) O'zbekiston Respublikasining qo'shilishi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.07.2008 yildagi O'RQ-158-son

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

ahamiyatga molikdir. Xususan, Konvensiya 42-moddasining 1 va 3-bandlarida "Har bir ishtirokchi davlat Konvensiyaga muvofiq belgilangan jinoyatlar bo'yicha zarur choralarni ko'radi va o'z yurisdiksiyasini belgilaydi va bunda holatlar qachonki quyidagi holatlarda, ya'ni

a) jinoyat ushbu ishtirokchi davlat hududida sodir etilgan bo'lsa; yoki

b) jinoyat bayroq ostida suzuvchi kemada, jinoyat sodir etilgan vaqtda ushbu ishtirokchi-davlatning qonunchiligiga muvofiq ro'yxatga olingan havo kemasida sodir etilgan bo'lsa"6 zarur choralarni ko'rishi belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi ushbu normani asos qilib, Konvensiyaning 15—19, 21, 22-moddalarida, 23-moddaning 1-bandida, 24, 25, 27-moddalarida nazarda tutilgan qilmishlar milliy qonunchilikka muvofiq jinoiy jazolanadigan qilmishlardir va ularga nisbatan O'zbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi tatbiq etiladi.

BMT Konvensiyasining 3-bobi ("jinoyatchilik va huquqni muhofaza qilish faoliyati") 15-25-moddalarida korrupsiyaviy jinoyatlarni kriminalizasiya qilishga oid standartlar belgilangan bo'lib, ularni ham o'z ichida ikki qismga ajratadi: ishtirokchi davlatlar tomonidan kriminalizatiya qilinishi, ya'ni jinoyat deb e'tirof etilishi shart bo'lgan va ixtiyoriy bo'lgan jinoyatlar.7

Kriminalizasiya qilinishi shart bo'lgan jinoyatlarga quyidagilar kiradi: - davlat mansabdor shaxslarining poraxo'rligi (15-modda); - xorijiy davlat mansabdor shaxslariga va xalqaro ommaviy tashkilotlarning mansabdor shaxslariga pora berish (16-modda 1-qismi);

Konvensiya ishtirokchi-davlatlar tomonidan kriminalizasiya qilinishi ixtiyoriy bo'lgan korrupsiyaviy jinoyatlar sifatida quyidagilarni belgilaydi: - xorijiy davlat mansabdor shaxslari va xalqaro ommaviy tashkilotlar mansabdor shaxslarining pora olishi (16-modda 2-qismi); xususiy sektorda pora berish (21-modda)

Jumladan, "Milliy mansabdor shaxslarga pora berish deganda - ommaviy mansabdor shaxsga shaxsan yoki vositachilar orqali ushbu mansabdor shaxsning o'zi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs o'z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida, biron noqonuniy afzallikni va'da qilish, taklif etish yoki taqdim etish; biron mansabdor shaxs o'z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron bir harakat yoki harakatsizlik maqsadida mansabdor shaxsning o'zi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun biron noqonuniy afzallikni shaxsan ommaviy mansabdor shaxs tomonidan yoki vositachilar orqali talab qilib yoki qabul qilib olishdir."8 Konvensiyaning ushbu moddasida ko'rsatib o'tilgan holatlar Respublikamiz Jinoyat kodeksi 210, 211, 212- moddalarida alohida - alohida javobgarlik sifatida belgilangan. Xususan, Jinoyat kodeksi 212-moddasi "Pora olish berishda vositachilik qilish" jinoyati - bu "pora olish yoki berish xususidagi kelishuvga erishishga qaratilgan faoliyat, shuningdek manfaatdor shaxslarning topshirig'i bilan porani bevosita berish"9 deya ta'rif berilib, ushbu jinoyat yuzasidan kodeksimizda alohida javobgarlikni

6 United Nations Convention Against Corruptgion (Nyu-York, 2003- yil 31-oktyabr) https://www.unodc.org/documents/treaties/UNCAC/Publications/Convention/08-50026 E.pdf

7 Legislative guide for the implementation of the United Nations Convention against Corruption (New York, 2006), pp. 76-77.

8 United Nations Convention Against Corruptgion (Nyu-York, 2003- yil 31-oktyabr)

https://www.unodc.org/documents/treaties/UNCAC/Publications/Convention/08-50026 E.pdf Sana:25.04.2024

9 O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi. 212- modda. https://lex.uz/docs/-111453#-266471

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

belgilanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, "Poraxo'rlik ishlari bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida" Oliy sud Plenum qarorida "Boshqa shaxsga pora berish yo'li bilan istalgan harakat yoki harakatsizlikka erishishni taklif qilgan shaxs pora beruvchi tariqasida javobgar bo'ladi, pora uchun kelishilgan harakatni bajarishga kelishgan va porani topshirgan shaxs esa pora berishda ishtirokchi tariqasida javobgar bo'lishi lozim. Agarda u taklifning mohiyatini bilgan holda porani faqatgina taqdim etsa, uning harakati poraxo'rlikda vositachilik tariqasida tavsiflanishi kerak."10

Pora oluvchining yoki beruvchining topshirig'iga ko'ra harakat qilib pora buyumini bevosita beruvchi shaxs vositachi bo'lishini e'tiborga olgan holda pora olish-berishda vositachilik qilishni pora olish va berishdan faqrlar mavjudligini ta'kidlab, bu o'rinda JKning 212-moddasi bo'yicha vositachining harakatini tavsiflashda uning pora oluvchi yoki beruvchidan o'z xizmati evaziga mukofot olgan-olmaganligining ahamiyati yo'qligini tushuntirmoqda.

Porani berish yoki olishni tashkillashtiruvchi, bunga yo'naltirilgan turli xil faoliyat yurituvchi yoki bo'lmasa pora berish yoki olishda yordamchi bo'lgan va bir vaqtning o'zida vositachilik harakatlarini bajargan shaxs pora berish yoki olishda ishtirokchilikda javobgar bo'ladi. Bu o'rinda ishtirokchining harakatini tavsiflash masalasi u kimning manfaatini, kim tomonidan va kimning pora beruvchiningmi yoki oluvchining tashabbusi bilan harakat qilganidan kelib chiqib, uning qasdi nimaga qaratilganligini hisobga olgan holda hal qilish lozim bo'ladi.

Bu norma yuzasidan vositachilarnig roli barcha mansabdor shaxslar o'rtasida korrupsion jinoyatlarning amalga oshirilishida misoli bir "ko'prik" vazifasini bajaruvchi, ularning jinoiy qilmishlarini oson va yashirin tarzda amalga oshirilishini ta'minlab turadigan mustaqil shaxs sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.

Bundan tashqari Konvensiyaning 16- moddasi e'tiborga loyiq norma bo'lib, unda "Har bir ishtirokchi Davlat xorijiy ommaviy mansabdor shaxsga yoki ommaviy xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsiga shaxsan yoki vositachilar orqali mansabdor shaxsning o'zi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs xalqaro ishlarni yuritish yuzasidan tijorat yoki boshqa noqonuniy afzallikka ega bo'lish uchun o'z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida biron afzallikni va'da qilish, taklif etish yoki taqdim etish, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e'tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo'lgan qonuniy va boshqa choralarni ko'rishi"11 belgilangan.

Shuningdek, ushbu moddaning 2 - bandida "Har bir ishtirokchi Davlat xorijiy ommaviy mansabdor shaxsga yoki ommaviy xalqaro tashkilotning mansabdor shaxsiga shaxsan yoki vositachilar orqali mansabdor shaxsning o'zi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs o'z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi maqsadida qasddan biron afzallikni va'da qilish, taklif

10 "Poraxo'rlik ishlari bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 24.09.1999 yildagi 19-son

11 United Nations Convention Against Corruption (Nyu-York, 2003- yil 31-oktyabr)

https://www.unodc.org/documents/treaties/UNCAC/Publications/Convention/08-50026 E.pdf Sana:25.04.2024

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

etish yoki taqdim etish, buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida e'tirof etish uchun talab qilinishi mumkin bo'lgan qonuniy va boshqa choralarni ko'rish imkoniyatini ko'rib chiqishi"12 belgilangan.

Bu o'rinda "vositachilar" "Xalqaro mansabdor shaxs", ya'ni, chet ellik mansabdor shaxslar (masalan, konsul, xalqaro tashkilot vakili) bergan noqonuniy topshiriqlarni mansabdor shaxsning o'zi uchun yoxud boshqa jismoniy yoki yuridik shaxs uchun, ushbu mansabdor shaxs xalqaro ishlarni yuritish yuzasidan va mamlakat ichkarisidagi tijorat yoki boshqa noqonuniy afzallikka ega bo'lish uchun o'z lavozim vazifalarini bajarish vaqtida, biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi evaziga turli afzalliklarni va'da qilish, taklif etish yoki taqdim etishda ularning nomidan noqonuniy harakatlarni bajarishi muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlanmoqda.

Bozor iqtisodiyoti davlat va nodavlat sektorlaridan iborat. O'z navbatida, nodavlat sektori xususiy va jamoa sektorlariga bo'linadi. Xususiy sektor nodavlat sektorining bosh bo'g'ini. Xususiy sektordagi moddiy va moliyaviy resurslar, yaratilgan mahsulot va xizmatlar xususiy mulk hisoblanadi. Bu sektor xususiy korxonalar, firmalar, moliya kompaniyalari, xo'jaliklar, banklar, jamg'armalardan iborat va iqtisodiyotning hamma tarmoqlarida amal qiladi.13 Konvensiyaning 21- moddaasi " Xususiy sektorda pora berish" jinoyati bo'lib, unda "Xususiy sektor ishini tashkil qilishga rahbarlik qilayotgan yoki ushbu tashkilotda istalgan lavozimda ishlayotgan shaxsning o'ziga yoki boshqa shaxsga, ushbu shaxs o'z xizmat vazifalariga xilof bo'lgan biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi evaziga shaxsan yoki vositachilar orqali biron afzallikni va'da qilish, taklif etish yoki taqdim etish, shuningdek, xususiy sektor ishini tashkil qilishga rahbarlik qilayotgan yoki ushbu tashkilotda istalgan lavozimda ishlayotgan shaxsning o'ziga yoki boshqa shaxsga, ushbu shaxs o'z xizmat vazifalariga xilof bo'lgan biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi evaziga shaxsan yoki vositachilar orqali biron noqonuniy afzallikni talab yoki qabul qilib olishi" jinoiy javobgarlikka tortish lozimligini ko'rasatmoqda. Respublikamiz Jinoyat Kodeksi 1921-19214-moddalari aynan xususiy sektorda sodir etilgan jinoyatlarni javobgarlikka tortish yuzasidan bo'lib, ushbu o'rinda 1929 " Tijoratda pora evaziga og'dirib olish" va 19210-"Nodavlat tijorat tashkilotining yoki boshqa nodavlat tashkilotining xizmatchisini pora evaziga og'dirib olish" moddalari muhim ahamiyat kasb etadi.

"Xalqaro Biznes Tranzaksiyalarida Xorijiy Mansabdorlarning poraxo'rlik jinoyatiga qarshi kurashish Konvensiyasi" (Convention on Combating Bribery of Foreign Public Officials in International Business Transactions) 1997- yilda 23 - mayda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot xalqaro tashkilot (OECD) tominidan qabul qilingan.

Ushbu Konvensiyada poraxo'rlikni oldini olish, va unga qarshi kurashish uchun samarali choralarni ko'rishga chorlaydigan, xalqaro biznes operatsiyalari munosabati bilan xorijiy davlat amaldorlari poraxo'rliklarini samarali va muvofiqlashtirilgan holda tezkor jinoiy javobgarlikka tortish bunda belgilangan kelishilgan umumiy elementlarga muvofiq har bir

12 United Nations Convention Against Corruption (Nyu-York, 2003- yil 31-oktyabr)

https://www.unodc.org/documents/treaties/UNCAC/Publications/Convention/08-50026 E.pdf Sana:25.04.2024

13 https://uz.wikipedia.org/wiki/Xususiy sektor Sana 25.04.2024

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

mamlakat yurisdiktsiya va boshqa asosiy huquqiy tamoyillari asosida amal qilishi lozim bo'ladigan tavsiyalar berilgan.

Jumladan "Vositachilar" to'g'risida "Har bir partiya xalqaro biznesda chet el davlat amaldoriga rasmiy harakat yoki xizmat vazifalarini bajarish bilan bog'liq harakatlarni qilishdan bosh tortishni qasddan taklif qilish, va'da berish, to'g'ridan-to'g'ri yoki vositachilar orqali har qanday ortiqcha moddiy yoki boshqa afzalliklar berish har qanday shaxs uchun qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka tortilishiga olib keladi va bunday choralarni doimiy nazorat qilib boradi."14

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Shuningdek, ushbu Konvensiya 4- moddasi "C" bandida aynan "Vositachilar orqali poraxo'rlik jinoyatini sodir etganlik uchun javobgarlik" belgilangan bo'lib, unga ko'ra, "Yuridik shaxslar yoki uning nomidan "vositachilar" yordamida xorijiy davlat mansabdorlariga "pora berish" jinoyatini turli takliflar, sovg'alar ko'rinishida amalga oshirish javobgarlikdan ozod qilmasligi"15 bayon etilgan.

OECDning "Poraxo'rlikka qarshi Konvensiya"si, Yevropa Kengashining "Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to'g'risidagi Konvensiya"si va BMTning "Korrupsiyaga qarshi kurash bo'yicha Konvensiya"siga muvofiq, pora olish va berishda vositachilik qilish, noqonuniy ustunlik so'rash va bunday imtiyozning taklifi/va'dasini qabul qilish jinoyatining tarkibi yakuniy va mustaqil huquqbuzarlik sifatida qamrab olinishi kerak." 16

Ushbu konvensiyaning muhim jihatlaridan biri bu - Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi Poraxo'rlik jinoyatlarida "vositachi"larning ishtiroki to'g'risida tahlil olib borilganligi e'tiborga molikdir.

Xususan, "To'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita pora berish va olish (shaxsan yoki vositachilar orqali) Xalqaro shartnomalarga muvofiq, , ya'ni vositachilar orqali amalga oshirilishi ham jinoiy javobgarlikka tortilgan. "Vositachi"lar ko'pincha pora berish yoki pora berish aktini tayyorlash uchun noqonuniy kanal vazifasini o'taydi. Shuning uchun, vositachi orqali afzallik va'da qilingan / taklif qilingan / topshirilgan yoki so'ralgan / pora, pora beruvchi yoki pora oluvchini javobgarlikdan ozod qilmasligi kerak."17 Bunda quyidagi holat nazarda tutilmoqdaki, agarda pora beruvhi yoki pora oluvchi vositachilar orqali bunday jinoyatlarni sodir etgaliklarida ularni javobgarlikdan ozod qilmaslik lozimligini ta'kidlamoqda.

Bundan tashqari, "Vositachilar" orqali pora olish uchun javobgarlik to'g'risida OECDga a'zo davlatlar OECDning "Biznes tranzaksiylarda Xorijiy mansabdor shaxslarning poraxo'rlik jinoyatalariga qarshi kurashish Konvensiyasi"ning 1-moddasiga va uning 2-sharhidagi "funksional ekvivalentlik prinsipi"ga muvofiq yuridik shaxs nomidan vositachilar tomonidan,

14 Convention on Combating Bribery of Foreign Public Officials in International Business Transactions. 2011. OECD https://www.justice.gov/sites/default/files/criminal-fraud/legacv/2012/12/06/combating-bribery.pdf Sana 26.04.2024

15 Convention on Combating Bribery of Foreign Public Officials in International Business Transactions. 2011. OECD https://www.justice.gov/sites/default/files/criminal-fraud/legacy/2012/12/06/combating-bribery.pdf Sana 26.04.2024

16 Реформы в сфере борьбы с коррупцией в странах Восточной Европы и Центральной Азии. Достижения и проблемы, 2016-2019 гг. ОЭСР, 2020, - С. 241

17 Борьба с коррупцией в странах Восточной Европы и Центральной Азии. Реформы в сфере борьбы с коррупцией в странах Восточной Европы и Центральной Азии достижения и проблемы 2016-2019 гг. ОЭСР 2020

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

shu jumladan, tegishli yuridik shaxslarga turli noqonuniy takliflar, va'dalar berish orqali xorijiy davlat amaldoriga pora berish jinoyatini sodir etganda, vositachilarning javobgarlikdan ozod qilinmasligi ta'minlashi kerakligi bayon etilgan.

BMTning xalqaro "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi Konvensiya"si korrupsion jinoyatlar yuzasidan tavsiyalar bergan bo'lib, ushbu konvensiyani O'zbekiston Respublikasi ratifikatsiya qilgan. Ushbu konvensiyaning 8 - moddasida "Mansabdor shaxsga o'z xizmat vazifalarini bajarishda biron-bir harakat yoki harakatsizlikni amalga oshirish uchun mansabdor shaxsning o'zi yoki boshqa shaxs yoki yuridik shaxs uchun shaxsan yoki bilvosita har qanday nomaqbul imtiyozlarni va'da qilish, taklif qilish yoki taqdim etish, shuningdek, davlat mansabdor shaxsi tomonidan shaxsan yoki vositachilar orqali mansabdor shaxsning o'ziga, boshqa shaxsga yoki yuridik shaxsga o'z xizmat vazifalarini bajarishda biron-bir harakat yoki harakatsizlikni amalga oshirishi uchun har qanday nomaqbul foyda so'rashi yoki qabul qilishi"ni har bir ishtirokchi-davlat qasddan sodir etilgan bunday harakatlarni jinoiy huquqbuzarlik deb topish lozimligi va milliy qonunchilik asosida choralar belgilashini ko'rsatgan.18

Xulosa

Xalqaro konvensiyalarda ko'rishimiz mumkinki, poraxo'rlik jinoyatlarida vositachilik qilish jinoyati alohida jinoyat sifatida belgilanishi, uning ishtirkochilikda emas balki, mustaqil tarzda javogarlikka tortish, shuningdek, biznes tranzaksiyalarda, tadbirkorlik subyektlarida poraxo'rlik jinoyatlarini sodir etishda vositachilarning javobgarlika tortilish choralari belgilab o'tilgan.

Pora olish berishda vositachilarning mavjud bo'lishi va ularning xatti - harakatlari xalqaro maydonda umume'tirof etilgan jinoyat sifatida belgilab qo'yilmoqda va o'z navbatida, O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 212- moddasi "Pora olish berishda vositachilik qilish" nomi ostida javobgarlik belgilanganligi va bunday jinoyatlarning oldini olish, javobgarlik masalalarini takomillashtirish, preventiv choralarni ishlab chiqish lozimligi buning yaqqol misolidir.

Pora olish va berish jinoyatlarida vositalik jinoyati yuzasidan:

1. Poraxo'rlik jinoyatlarida vositachilik qilganlik uchun xalqaro standartlar doirasida milliy qonunchilik tizimda belgilangan javobgarlik masalasida jazolarni takomillashtrish;

2. Poraxo'rlik va korrupsiyaning transmilliy xususiyatini hisobga olgan holda, poraxo'rlik bo'yicha vositachilik bilan bog'liq ishlarni tergov qilish va ta'qib qilishda xalqaro hamkorlik va o'zaro huquqiy yordam, bu mamlakatlar o'rtasida ma'lumot almashishni, ekstraditsiya to'g'risidagi shartnomalarni va birgalikda tergov harakatlarini kuchaytirish;

3. Poraxo'rlikda vositachilik haqida ma'lumotga ega bo'lgan himoyasini ta'minlagan holda bunday huquqbuzarliklar haqida xabar berishga ma'lumot beruvchilarni himoya qilish mexanizmlarini yaratish va kuchaytirishni amaliyotga joriy qilish lozim. Xabar beruvchilar (whistelblowers) korrupsiyani fosh qilish va huquqni muhofaza qilish organlarining harakatlariga ko'maklashishda hal qiluvchi rol o'ynashi mumkin.

Ushbu takliflarni amalga oshirish orqali hukumatlar va xalqaro tashkilotlar poraxo'rlik bilan bog'liq jinoyatlar bo'yicha vositachilikni oldini olish, aniqlash va jinoiy javobgarlikka

18 Конвенция Организации Объединенных Наций. Против транснациональной организованной преступности. https://lex.uz/docs/1304112

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

tortish bo'yicha o'z sa'y harakatlarini kuchaytirishi, pirovardida davlat va xususiy sektorda shaffoflik, halollik va javobgarlikni rag'batlantirishi mumkin.

References:

1. Послание Президента Республики Узбекистан Ш.Мирзиёева Олий Мажлису 24 января 2020 года.

2. O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi.- Toshkent: Yuridik adabiyotlar publish, 2023 -y.- 112 b

3. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi. 212- modda. https://lex.uz/docs/-111453#-266471

4. Birlashgan Millatlar tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga a'zo davlatlar konferensiyasi. Kriminallashtirish, huquqni muhofaza qilish va xalqaro hamkorlik. Ikkinchi nashr. 2017 yil sentyabr. CAC/COSP/IRG/2014/12.

5. D.O.Oblakulov. "Xususiy sektorda poraxo'rlik uchun javobgarlik bo'yicha xalqaro standartlar va ularni milliy qonunchilikda tatbiq etish maslalari". Ilmiy maqola. Jinoyatchilikka qarshi kurashning jinoiy-huquqiy va kriminologik muammolari. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. 2023-yil 16-oktabr. I qism . Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, 2023. - 491 bet

6. Birlashgan Millatlar tashkiltoining Korrupsiyaga qarshi Konvensiyasiga(Nyu-York, 2003- yil 31-oktyabr) O'zbekiston Respublikasining qo'shilishi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.07.2008 yildagi O'RQ-158-son

7. United Nations Convention Against Corruptgion (Nyu-York, 2003- yil 31-oktyabr) https://www.unodc.org/documents/treaties/UNCAC/Publications/Convention/08-

50026 E.pdf

8. United Nations Convention Against Corruptgion (Nyu-York, 2003- yil 31-oktyabr) https://www.unodc.org/documents/treaties/UNCAC/Publications/Convention/08-

50026 E.pdf

9. United Nations Convention Against Corruptgion (Nyu-York, 2003- yil 31-oktyabr) https://www.unodc.org/documents/treaties/UNCAC/Publications/Convention/08-

50026 E.pdf

10. "Poraxo'rlik ishlari bo'yicha sud amaliyoti to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori, 24.09.1999 yildagi 19-son

11. Convention on Combating Bribery of Foreign Public Officials in International Business Transactions. 2011. OECD https: //www.j ustice.gov/sites/default/files/criminal-fraud/legacy/2012/12/06/combating-bribery.pdf

12. Convention on Combating Bribery of Foreign Public Officials in International Business Transactions. 2011. OECD https: //www.j ustice.gov/sites/default/files/criminal-fraud/legacy/2012/12/06/combating-bribery.pdf

13. Реформы в сфере борьбы с коррупцией в странах Восточной Европы и Центральной Азии. Достижения и проблемы, 2016-2019 гг. ОЭСР, 2020, - С. 241

APPLIED SCIENCES

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.3 | SJIF = 7.984 www.in-academy.uz

14. Борьба с коррупцией в странах Восточной Европы и Центральной Азии. Реформы в сфере борьбы с коррупцией в странах Восточной Европы и Центральной Азии достижения и проблемы 2016-2019 гг. ОЭСР 2020

15. Конвенция Организации Объединенных Наций. Против транснациональной организованной преступности. https://lex.uz/docs/1304112

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.