Научная статья на тему 'DARSLARDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI'

DARSLARDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

122
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Innovatsion texnologiyalar / ta’lim samaradorligi / ijodiy fikrlash / faoliyat / pedagogik mahorat / ta’lim-tarbiya jarayoni. / инноватционные технологии / эффективность обучения / творческие мышление / активность / педагогическое мастерство / образовательный прцоцесс.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaxnoza Jo’Rayevna Razzoqova

Maqolada ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarini tatbiq etish yuzasidan tavsiya va takliflar keltirilgan, ta’lim sohasida zamonaviy tus berishning bosh omili sifatidagi innovatsion yondashuvlarlarning oʻrni va ahamiyati ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье содержается рекомендации и предложение по внедрению инноватционных технологий в систему образавания, раскрывается роль и значение инновационных подходов как основного фактора модернизации сферы образования.

Текст научной работы на тему «DARSLARDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

DARSLARDA YANGI INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Shaxnoza Jo'rayevna Razzoqova

Buxoro innovatsion tibbiyot instituti xotin qizlar qo'mitasi raisi. razzokova.shahnoza@mail .ru

Maqolada ta'lim tizimiga innovatsion texnologiyalarini tatbiq etish yuzasidan tavsiya va takliflar keltirilgan, ta'lim sohasida zamonaviy tus berishning bosh omili sifatidagi innovatsion yondashuvlarlarning o'rni va ahamiyati ochib berilgan.

Tayanch iboralar: Innovatsion texnologiyalar, ta'lim samaradorligi, ijodiy fikrlash, faoliyat, pedagogik mahorat, ta'lim-tarbiya jarayoni.

В статье содержается рекомендации и предложение по внедрению инноватционных технологий в систему образавания, раскрывается роль и значение инновационных подходов как основного фактора модернизации сферы образования.

Ключевые слова: инноватционные технологии, эффективность обучения, творческие мышление, активность, педагогическое мастерство, образовательный прцоцесс.

The article contains recommendations and proposals for the introduction of innovative technologies in the education system, reveals the role and importance of innovative approaches as the main factor in the modernization of the education sector.

Keywords: Innovative technologies, learning efficiency, creative thinking, activity, pedagogical skills, educational process.

Zamonaviy ta'limni tashkil etishga kutiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchila ~ yetkazib berish asosida ma'lum faoliyat ko'nikma va malakal

ANNOTASIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

shakllantirish, faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan nazariy va amaliy bilimlar darajasini baholash o'qituvchidan yuksak pedagogik mahoratni, ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlarda o'quvchilarning o'quv va ijodiy faolliklarini oshiruvchi, ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi pedagogik texnologiyalarni qo'llashga doir katta tajriba to'plangan bo'lib, bu tajriba asosini interfaol metodlar tashkil etmoqda. Bu kabi metodlar o'z mohiyatiga ko'ra ta'lim oluvchilarda o'quv-bilish faolligini oshirish, ularni kichik guruh va jamoada ishlash, o'rganilayotgan mavzu, muammolar bo'yicha shaxsiy qarashlarini dadil, erkin ifodalash, o'z fikrlarini himoya qilish, dalillar bilan asoslash, tengdoshlarini tinglay olish, g'oyalarni yanada boyitish, bildirilgan mavjud mulohazalar orasidan eng maqbul yechimni tanlab olishga rag'batlantirish imkoniyatiga egaligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Ta'lim va tarbiya jarayonida o'qituvchilar tomonidan interfaol metodlarning o'rinli, maqsadli, samarali qo'llanilishi ta'lim o'quvchilarga muloqotga kirishuvchanlik, jamoaviy faoliyat yuritish, mantiqiy fikrlash, mavjud g'oyalarni sintezlash, tahlil qilish, turli qarashlar orasidagi mantiqiy bog'liqlikni topa olish qobiliyatlarini tarbiyalash uchun keng imkoniyat yaratadi.

Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonining eng muhim «yadrosi» deb hisoblangan qismi - darsning maqsadidan kelib chiqqan holda har bir darsda qoidalar ishlab chiqishdan boshlab ta'lim jarayonining sermahsul, tartibli o'tishiga ko'mak beradi. Dars jarayonida o'quvchilarni g'oyalar va takliflar bilan chiqishga chorlash va shu vaqtning o'zida barcha g'oya hamda takliflarni yozib borish lozim. Iloji boricha qisqa va tushunarli tarzda yozib qo'yilgan qoidalar o'quvchilar tomonidan (o'qituvchi yordamida) izohlanadi. Ta'lim jarayonida agar zururat tug'ilsa, yo'naltirish va rag'batlantirish uchun qoidalar va fikrlar to'g'risida o'quvchilarga eslatib turish lozim. Doskaga shu bosqich uchun quyidagi qoidalarni yozib qo'yish mumkin:

• Tanqid qilmang va baholamang (hech bir ishtirokchi boshqalar fikrini muhokama qilmasligi, baho berishi yoki tanqid qilishi mumkin emas);

• Noto'g'ri javoblar bo'lmaydi (xato qilishdan qo'rqmang);

• O'zgartiring, yaxshilang, asoslang (boshqalar fikriga o'zgartirishlar kiriting, qo'shimcha qiling. Fikringizni asoslang);

• O'zingizni xotirjam tuting, ishtirok eting va rohatlaning (O'zaro yordam va do'stona musobaqa muhiti yaratiladi).

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi:

echimlar

muammo va

ye

So'nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar (kompyuter, televideniye, radio, nusxa kuchiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta'lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'qituvchilar oldida o'qitishda turli axborot vositalaridan o'rinli, maqsadli, samarali foydalanish vazifasi turibdi.

Masalan, "VIDEO TOPISHMOQ" metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi.

O'quvchilarga o'rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishda yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish qilinadi.

ar har

O'quvchlar har bir lavhada qanday jarayon aks etgirilganligini izohlaydi.

O'quvchilar video lavhalarda aks etgan jarayon, hodisa yoki voqeliklarning mohiyatini daftarlariga qayd etadi.

O'quvchilar o'qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradi.

Videolavhalar namoyish qilingach, o'quvchilardan lavhada qanday jarayon, hodisa yoki voqelik aks etganligi, qaysi badiiy asar qahramoni yoki tarixiy shaxs ifodalanganligi yuzasidan mushohada yuritish talab qilinadi. Video topishmoqning javobini topish orqali o'quvchilar o'rganiladigan yangi mavzu haqida tasavvurga ega bo'ladi.

Ta'lim tizimida sodir bo'layotgan o'zgarish va yangilanishlar o'quvchilarga yangi bilim, ko'nikma va malakalarini berish bilan bir qatorda, yoshlarimizni o'ziga va boshqa insonlarga, jamiyatga, davlatga, tabiatga nisbatan o'zgarishini, vatanparvarlik g'oyalarini ongiga va qalbiga singdirishini ko'zda tutadi. Ushbu jarayon xalqimizning boy ma'naviy me'rosi, an'ana va udumlarini o'quvchi qalbiga singdirish orqali amalga oshiriladi.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki, fanlarini o' qitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishni qo'llash har bir

May 6

258

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

pedagogning oldiga maqsad qilib qo'yilishi shart. Har bir o'qituvchi innovatsion faoliyatga tayyorgarlikni tashxis qilishda asosan metodlardan foydalaniladi, o'qituvchi bu faoliyatni amaliyotga oshirishga mutaxassis sifatida tayyorgarligini ko'rsatuvchi belgilarni o'rganish va baholash usullarning to'plamini tushuntirish lozim. Pedagogik mahorat va ko'nikmalarga, o'ziga-o'zi baho berishda asosan oddiy ko'rsatgichlar qo'llaniladi. O'z fanini va dars berishni asosan odatiy bilimi munosabat madaniyati, tashkilotchilik mahorati, o'qituvchi mutaxassislik mahoratini belgilaydigan asosiy ko'rsatgichlar bo'lib qolaveradi. Garchi har bir o'qituvchining ishida aniqlashgina usul va metodlar mavjud bo'lmasada ularni qo'llashdan ko'zlanadigan maqsad tarbiyalanuvchining ta'limiy ishlarini faollashtiradi. Bu tadbir juda muhim bo'lib o'quvchilarni ularning e'tiqodga, e'tiqodini esa amaliy faoliyatga, hatti-harakatga aylantiradi. Zotan o'qish o'rganish diqqat e'tiborni talab qiladigan murakkab faoliyatdir. O'quvchilarni mustaqil erkin ijodkorlik bilan fikrlashga jadallikka, bilimga, yangilik va murakkablikka o'rgatib borish kuchlari bilan bilim malakalarini rivojlantirish kabi bir qancha zaruriy metodlardan foydalana bilish bu pedagog-o'qituvchlarning alohida turgan eng ulug', buyuk kuchdir.

REFERENCES

1. "Pedagogika tarixi". A.Zunnunova, B.To'xliev, X.Masudov. Toshkent.2002 y.

2. "Maxsus fanlarni o'qitish metodikasi". D.Tajiboeva, A.Yo'ldosheva.Toshkent. 2009 y.

3. "Pedagogika". Q.Qosnazarov, A.Pazilov, A.Tilegenov. Nukus. 2010 y.

4. Tolipov O\ Usmonboeva M. "Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari". Toshkent. 2005 y.

5. Azizxadjayeva A.N. "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat". Toshkent. 2006 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.