"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
2024-yil 20-fevral
DAKTIL VA IMO-ISHORALI NUTQ — VERBAL VA NOVERBAL MULOQOTNING
KINETIK SHAKLLARI Yembergenov Dauran Tileubergenovich
Nizomiy nomidagi TDPU Surdopedagogika va inklyuziv talim kafedrasi o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10680733
Annotatsiya. Mazkur maqolada daktil va imo-ishorali nutqi o'ziga xos harakatli yoki kinetik aloqa vositasi sifatida yoritilgan. Daktil va imo-ishorali muloqot tizimi murakkab tuzilishi tahlili amalga oshirilgan.
Kalit so'zlar: daktil nutqi, imo-ishorali nutqi, og'zaki nutq, verbal muloqot, noverbal muloqot,kinetikshakllar, model
Daktil va imo-ishorali nutqi o'ziga xos harakatli yoki kinetik aloqa turi hisoblanadi.Ma'lumki, tovush tili taxminan 30-50 ming yil oldin paydo bo'lgan. O'shandan beri og'zaki til yoki verbal (lotincha verbalis — og'zaki) muloqot tizimi insoniyat jamiyatida asosiy muloqot vositasi bo'lib kelgan. Odamlarning noverbal vositalar - imo-ishoralar yordamida muloqoti ham xuddi shunday qadimiydir. Ba'zi olimlar imo-ishora tili tovushli tildan oldin yuzaga kelgan, ya'ni odamlar gapirishni o'rganishdan oldin imo-ishoralar bilan muloqot qilishgan, deb hisoblashadi. Va bugungi kunda, og'zaki nutqning funksiyalari kengayishda davom etayotgan vaqtda, noverbal belgilarni qo'llash ko'lami juda katta va shartli grafik belgilar (yo'l belgilari, viveskalar, ko'rsatkich belgilar va boshqalar) va, albatta, turli imo-ishoralardan foydalanishni o'z ichiga oladi[2,-45b.].
Avvalo, shuni ta'kidlab o'tishimiz kerakki, imo-ishoralar ko'pincha (agar har doim bo'lmasa) bevosita shaxslararo muloqotda ishtirok etadi va uning juda muhim noverbal tarkibiy qismini tashkil qiladi. Bunda, ular muloqotning maqsadlari va holatiga qarab turli xil usullarda qo'llaniladi. Masalan, rasmiy muhitda ma'ruzachi ko'pincha ko'rsatkich imo-ishoralar (har qanday ko'rgazmali qurollarga) va mazmundagi asosiy narsani ajratib ko'rsatadigan, mantiqiy urg'ularni to'g'ri tartibda qo'yishga yordam beradigan imo-ishoralarni qo'llaydilar. Og'zaki nutqda erkin, norasmiy muloqot vaqtida imo-ishoralarning funksiyalari yanada murakkab va xilma-xildir[4,-56 b.]. Og'zaki nutqning ifodalari verbal va noverbla komponentlarning o'zaro ta'siri natijasidir, bunda ulardagi verbal komponent — markaziy hisoblanadi. To'g'ri, faqat imo-ishoralardan iborat bo'lgan alohida xabarlar bo'lishi ham mumkin (masalan, odamlarni guruhga ajratayotganda, imo-ishoralar bilan ko'rsatiladi: SYeN — ShU YeRDA, SYeN — U YeRDA). Biroq, og'zaki nutqda noverbal komponentlar sifatida qo'llaniladigan imo-ishoralar majmuasi mustaqil kommunikativ tizimni tashkil etmaydi.
Nisbatan tor kommunikativ funksiyalarga ega bo'lgan tizimlardan tashqari, maqsad jihatidan universalroq va tuzilish jihatidan murakkab bo'lgan daktil nutq, imo-ishora tizimlari mavjud. Daktil nutq — maxsus kinetik tizimdir. Bu holda qo'llar harakati (imo-ishoralari) atrofdagi dunyo hodisalarini emas, balki milliy tillar alifbosining harflarini bildiradi. Biroq, harflarning o'zi ushbu hodisalarni nomlash uchun xizmat qiladi, chunki ular so'zlarning elementlari (yozma nutq birliklari) hisoblanadi[1,-75b.]. Binobarin, tuzilishi jihatidan daktil nutq — harflarning imo-ishora belgilari, boshqacha qilib aytganda, ishoralar ishorasi yordamidagi nutqdir. Daktil belgilar to'plamidan foydalanib, so'zlovchi og'zaki tilning grammatikasiga (rus, ingliz tili) amal qiladi. Shunday qilib, daktil nutq — og'zaki nutqning, verbal muloqotning o'ziga xos kinetik shaklidir. Daktil nutqning funksiyalari juda keng: daktilologiya eshituvchi (o'qituvchilar, ota-onalar va boshqalar) va karlar o'rtasidagi muloqotda qo'llaniladi, shuningdek,
"Ilg'or xorijiy tajribalar asosida bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirishning pedagogik strategiyalari: muammolar va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
2024-yil 20-fevral
asosan imo-ishora nutqi yordamida amalga oshiriladigan karlarning shaxslararo muloqotida ishtirok etadi.
Karlarning imo-ishorali muloqot tizimi murakkab tuzilishga ega va imo-ishora nutqining ikki turini o'z ichiga oladi: o'zbek va kalkalovchi. O'zbek imo-ishora nutqi- bu imo-ishora tili vositalaridan — o'ziga xos leksika, grammatika va boshqalarga ega bo'lgan o'ziga xos lingvistik tizimdan foydalangan holda muloqot sanaladi. Kalkalovchi imo-ishora nutqi (KIN) - og'zaki tilning lingvistik tuzilishini kalkalaydi. Kalkalovchi imo-ishora nutqi - bu kar bolaning og'zaki nutqni o'rganishi asosida va jarayonida olingan ikkilamchi belgilar tizimidir. Bu yerda imo-ishoralar so'zlar ekvivalenti bo'lib, ularning tartibi oddiy gapdagi kabi bo'ladi.
Imo-ishoraning harakat tabiati va uning vizual tushunilishi imo-ishorani fazoda ma'lum bir tarzda joylashtirish (yaqinroq, uzoqroq, o'ngroq, chaproq va boshqalar), bir vaqtning o'zida ikki qo'l bilan ikkita imo-ishorani ko'rsatish qobiliyati kabi imo-ishora tilining xususiyatlarini belgilaydi[4,-99b.]. Muloqot imo-ishora tizimlarining harakat-vizual mazmunining umumiyligi — ularning ba'zilarida bir xil yoki o'xshash imo-ishoralarning mavjudligi sabablaridan biridir[3,-21b... Ularning har birini ifodalash paytida qo'llar fazoda shunday joylashadiki, ular ko'pincha bir xil tuzilishga ega uyning tomini modellashtiradilar. Eshitish qobiliyati zaif bo'lgan bolalarni o'qitish va tarbiyalashning zamonaviy tizimida daktil nutq maktabgacha yoshdan boshlab og'zaki va yozma nutq — surdopedagogik jarayonning asosiy vositalari bilan bir qatorda qo'llaniladi. Og'zaki nutq bilan birgalikda daktillashni qo'llab, bolalar so'zning tovush-harf tarkibini mustahkamroq eslab qoladilar va sinfdoshlariga ularning nutqini eshitish-ko'rish orqali tushunishlarini osonlashtiradilar. Tengdoshlar va katta yoshdagi kar insonlar bilan erkin norasmiy muloqot sharoitida karlar, qoida tariqasida, imo-ishorali nutqdan foydalanadilar. Biroq, imo-ishora tilidan foydalangan holda, ular o'zlarining imo-ishoralarida daktillanadigan so'z va iboralarni, masalan, ba'zi bir nomlar, ilmiy atamalar va boshqalarni qo'llaydilar. Eshituvchi odamlar (ko'pchilik karlarning ota-onalari va qarindoshlari, ularning do'stlari, o'qituvchilari va tarjimonlar) karlar bilan muloqot qilishda ko'pincha daktil nutqdan foydalanadilar.Shunday qilib, daktil nutq karlarning kommunikativ faoliyatiga, kar va eshituvchi odamlar muloqoti tarkibiga kiradi.
REFERENCES
1. M.M. Abdullaeva Bo'lajak surdopedagoglarning imo-ishora nutqi vositasidagi kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish ped. fan. bo'yicha fals. dok. (PhD) diss. - T., 2022.-130 b.
2. Z.N.Mamarajabova,M.M.Abdullayeva Daktil va imo-ishora nutbiiga o'rgatish metodikasi T.,2022.
3. Н. Н. Малофеев, Современный этап в развитии системы специального образования в России : результаты исследования как основа для построения программы развития / Н. Н. Малофеев И Дефектология. - 1997. - №-С. 3-16.
4. Е.А.Малхасьян, Педагогическая практика в специальных (коррекционных) образовательных учреждениях для детей с нарушениями слуха : учеб.-метод. пособие для студ. дефектолог, фак. специальность сурдопедагогика / Е. А. Малхасьян. - М.: РИЦ Альфа, 2003. - 26 с.