Научная статья на тему 'CHIZMACHILIK FANINI О‘QITISHDA TALABALARNING IDROK VA QOBILIYATLARINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI'

CHIZMACHILIK FANINI О‘QITISHDA TALABALARNING IDROK VA QOBILIYATLARINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
18
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pedagogika / psixologiya / chizmachilik / motiv / analiz / sintez / qiyoshlash / umumlashtirish / mavhumlashtirish / Gnoseologiya / his etish / kompyuter grafikasi / fazoviy tasavvur. / педагогика / психология / черчение / мотив / анализ / синтез / сопоставление / обобщение / абстрагирование / гносеология / восприятие / компьютерная графика / пространственное восприятие.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — N.Dj.Yadgarov

Mazkur maqolada о‘smir-talabalarda chizmachilik fanini kompyuter grafikasi yordamida о‘rgatish, uning vositasida fazoviy tasavvurlarini rasmlantirish va rivojlantirishda pedagogik shart – sharoitlarini yaratuvchi psixologik omillar tahlil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL FACTORS FOR ENHANCING STUDENTS' PERCEPTION AND ABILITIES IN TEACHING DRAFTING

в данной статье анализируются психологические факторы, способствующие созданию педагогических условий для изучения студентами подросткового возраста черчения с помощью компьютерной графики, а также для формирования и развития их пространственного восприятия.

Текст научной работы на тему «CHIZMACHILIK FANINI О‘QITISHDA TALABALARNING IDROK VA QOBILIYATLARINI OSHIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© N.Dj.Yadgarov1H_

1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada o'smir-talabalarda chizmachilik fanini kompyuter grafikasi yordamida o'rgatish, uning vositasida fazoviy tasavvurlarini rasmlantirish va rivojlantirishda pedagogik shart - sharoitlarini yaratuvchi psixologik omillar tahlil qilindi.

MAQSAD: O'smir-talabalarda chizmachilik fani asoslarini o'rgatishda fazoviy tasavvurlarini kompyuter grafikasidan foydalanib rivojlantirish holatini aniqlab, uni takomillashtirish yo'llarini belgilash.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida suhbat, ijtimoiy-psixologik so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning statistik ishonchlilik darajasi faktorli tahlil orqali tasdiqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqotni olib borish jarayonida, tajriba-sinov ishlarini olib borgan OTMlarda "Talabalar fazoviy tasavvur faoliyatining tavsifini" ifodalovchi jadvalni ishlab chiqildi va bu jadval talabalar fazoviy tasavvurining xususiyatlarini bilish darajalarini aniqlash imkonini berdi.

XULOSA: o'smir-o'qvchilarining yosh va psixologik omillarini o'quv tarbiya jarayonida ayniqsa VIII-IX sinf talabalarida chizmachilik o'quv fanini o'qitishda kompyuter grafikasi vositasida fazoviy tasavvurni rivojlantirish jarayonida hisobga olish, mazkur psixologik xususiyatlarga tayangan xolda pedagogik faoliyatni yo'lga qo'yib, amalga oshirish, tadqiqotimizning natijalari ta'kidlashiga, birinchidan, talaba - o'smirlarning faolligi, mustaqilligi, ijodiy o'smirlarning faolligi, mustaqilligi, ijodiy tafakkuri, bilish faolligini oshirsa, ikkinchidan, shu asosda ularda chizmachilik fanini o'rganish jarayonida fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishni tezlashtiradi

Kalit so'zlar: pedagogika, psixologiya, chizmachilik, motiv, analiz, sintez, qiyoshlash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, Gnoseologiya, his etish, kompyuter grafikasi, fazoviy tasavvur.

Iqtibos uchun: Yadgarov N.Dj. Chizmachilik fanini o'qitishda talabalarning idrok va qobiliyatlarini oshirishning psixologik omillarii. // Inter education & global study. 2024. №8. B.439-447.

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ФАКТОРЫ ПОВЫШЕНИЯ ВОСПРИЯТИЯ И

СПОСОБНОСТЕЙ СТУДЕНТОВ В ОБУЧЕНИИ ЧЕРЧЕНИЮ_

© Н.Дж.Ядгаров1И

1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухарa, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье анализируются психологические факторы, способствующие созданию педагогических условий для изучения студентами подросткового возраста черчения с помощью компьютерной графики, а также для формирования и развития их пространственного восприятия.

ЦЕЛЬ: определить состояние развития пространственных представлений у студентов подросткового возраста при изучении основ черчения с использованием компьютерной графики и наметить пути их совершенствования.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в процессе исследования использовались такие методы, как беседа, социально-психологический опрос, наблюдение, а уровень статистической достоверности полученных результатов был подтверждён факторным анализом.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в ходе исследования был разработан график «Описание пространственной познавательной активности студентов», который позволил определить уровень осведомлённости студентов о характеристиках их пространственного восприятия.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в учебно-воспитательном процессе подростков, особенно студентов VI11-IX классов, необходимо учитывать возрастные и психологические факторы в развитии их пространственного восприятия при обучении черчению с помощью компьютерной графики. Основываясь на этих психологических особенностях, педагогическая деятельность может быть эффективно реализована, что, согласно результатам исследования, с одной стороны, повышает активность, самостоятельность и творческое мышление подростков, а с другой - ускоряет развитие их пространственного восприятия в процессе изучения черчения.

Ключевые слова: педагогика, психология, черчение, мотив, анализ, синтез, сопоставление, обобщение, абстрагирование, гносеология, восприятие, компьютерная графика, пространственное восприятие.

Для цитирования: Ядгаров Н.Дж. Психологические факторы повышения восприятия и способностей студентов в обучении черчению . // Inter education & global study. 2024. №8. С. 439-447.

PSYCHOLOGICAL FACTORS FOR ENHANCING STUDENTS' PERCEPTION AND ABILITIES IN TEACHING DRAFTING_

© Nodir Dj. Yadgarov1®

1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Annotation

INTRODUCTION: this article analyzes the psychological factors that create pedagogical conditions for adolescent students to study drafting using computer graphics, focusing on the development and representation of their spatial perceptions

AIM: to determine the state of spatial perception development in adolescent students while learning the basics of drafting using computer graphics and to outline ways to improve it.

MATERIALS AND METHODS: the research employed methods such as interviews, socio-psychological surveys, and observation, with the statistical reliability of the results confirmed through factor analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: during the research, a table titled "Description of Students' Spatial Perception Activity" was developed, which allowed determining students' awareness of the characteristics of their spatial perception.

CONCLUSION: in the educational process for adolescents, particularly students in grades VIII-IX, it is essential to consider age and psychological factors in developing spatial perception while teaching drafting using computer graphics. Based on these psychological characteristics, pedagogical activities can be effectively implemented. According to the research results, this approach increases student activity, independence, and creative thinking, while also accelerating the development of spatial perception during the drafting study process.

Key words: pedagogy, psychology, drafting, motive, analysis, synthesis, comparison, generalization, abstraction, gnoseology, perception, computer graphics, spatial perception.

For citation: Nodir Dj. Yadgarov (2024) 'Psychological factors for enhancing students' perception and abilities in teaching drafting', Inter education & global study, (8), pp. 439-447. (In Uzbek).

Rus pedagogi V.A.Krutetskiyning yozishicha aqliy faoliyat usullari tizimida idrok muhim ahamiyat kasb etadi. U narsa va hodisalarni murakkabroq biroq analitik-sintetik tarzda idrok qilish bilan tavsiflanadi. Bunda idrokning ko'lami ortib borib ischil har tomonlama idrokka aylanadi. Bu o'qishga ongli munosabatni rasmlantiradi. O'z navbatida o'smirning o'qishga ongli munosabati bilimini oshirish, intellektini o'stirish, o'zgalarga o'zining mustaqil bilim olishiga qiziqishlarini namoyon qilishiga qaratilgan bo'ladi. Qiziqish kishining nimagadir e'tibor berishi, nimanidir bilishi, narsa va hodisalarni mohiyatidan anglashga intilishidir. Shu ma'noda fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishni zaruriyati yoxud mayli bo'lib hisoblanadi. Psixolog T.B.Drachunovaning ta'kidlashicha, katta yoshdagi o'smirlarda kichik OTM yoshidagi talabalar va 5-7 sinfdagi o'smirlarga nisbatan ancha keng, turli -tuman, chuqur va mazmundor bo'ladi. O'smir o'zi kichik narsalarni yetarli darajada yaxshi bilishga intiladi. Uning qiziqishlari shu tarzda o'sib, haqiqiy ehtiroslarga aylanadi va asta-sekinlik bilan uning butun vujudini qamrab oladi. Agar o'smir o'qishga qiziqsa, tuni bilan uxlamay kitob o'qishi mumkin. O'smir o'g'il bolalar ko'pincha sportga,

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 8

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

shaxmat o'ynashga, uyali telefon, kompyuter bilan qiziqadi. Shunga binoan, o'qituvchi o'qitish usullarini aniq tanlab darsda va mustaqil ta'lim jarayonida samarali foydalanishi lozim. Chunki maqsad bilan yakuniy natija o'rtasidagi bog'lab turuvchi vositadir. O'qitish usullarini har birining o'ziga xos didaktik vazifalari mavjud bo'lib, o'qituvchi shu vazifalardan kelib chiqqan holda darsni tashkil qilsa, samarali natijaga erishishi mumkin. Shu sababli, zamonaviy o'qitish texnologiyasini amalga oshirishda, joriy o'qitish texnologiyaisining o'quv jarayonini tashkil etuvchi an'anadagi o'qitish usullariga noananaviy o'qitish usullarin uyg'unlashtirgan holda zamonaviy ta'lim texnologiyasini amalga oshirish vazifasi qo'yiladi. Shunday qilib qiziqishning o'ziga xos psixologik xususiyati shunchaki, hamma vaqt ma'lum narsaga yo'nalgan bo'ladi. Qiziqish bu motiv bo'lib anglangan mohiyatli va jiddiy o'ziga jalb qiluvchi tarzda amal qiladi. Motivlarning yo'nalganligi bevosita va bilvosita o'smirlar motivlarning o'zaro aloqadorlik darajasining natijasi bilan belgilanadi. O'smirlar jamoasi qanchalik jipslashgan bo'lsa, motiv natijasi shuncha samarali bo'ladi. Motiv maqsadga yo'naltirilganligi bilan farqlanadi. Shunga binoan "Chizmachilik" fanini o'qitish jarayonida o'smirlarda mavzular mazmunidagi fazoviy tasavvurlar to'g'ridagi ma'lumotlarni aniqlash motivatsiyasini rasmlantirmoq lozim. Buning uchun fazoviy tasavvurni rivojlantirishda detal rasmini fikran oddiy geometrik rasmlarga bo'lib tahlil qilish; detal tasviridan foy dalanib, sirtlarning vaziyatini aniqlash; qirra va yoqlarda joylashgan nuqtalarning proyekslarini aniqlash; ikki proyeksiyadan foydalanib, uchinchi proyeksiyani topish; chizma bo'yicha aksonometrik proyeksiyani bajarish va shunga o'xshashlarni kiritish mum kin.

O'qish motivlarining o'zgarishi aqliy faoliyatning yuksak va uyushgan bo'lishini ta'minlaydi. O'smirni o'quv ma'lumotlari, voqelikdagi narsa va hodisalarning murakkabroq tahliliy sintetik tarzda idrok qilishga olib keladi. Bu jarayonda tahliliy sintetik faoliyat, shuningdek qiyoslash, mavhumlashtirish, umumlashtirish va aniqlashtirish kabi fikriy operatsiyalar muhim rol o'ynaydi.

Analiz - bilish predmetini qismlarga fikran bilishdir.

Sintez - alohida elementlar yoki qismlarni bir butunga fikran birlashtirishdir.

Ta'lim bosqichlarining murakkablashib borishi bilan talabalarda tahliliy-sintetik darajaning oshishi kuzatiladi. Tahlil sekin-asta ko'rgazmali - amaliylikdan (obyektlarni fikran bilish mazkur obyektlar bilan amaliy harakatlar jarayonida amalga oshirilayotganda) ko'rgazmali (bilish obrazlar yordamida amalga oshirilayotganda) va so'zli - mantiqiyga (bilish mavhum tushuncha va mulohazalar rasmida amalga oshirilganda) tomon rivojlanadi. Sintez shuningdek, ancha to'liq va ko'p tomonlama bo'ladi.

Qiyoslash bu - o'xshashliklar (umumiy xususiyatlarni ajratish) va tafovutlarni (har bir qiyoslanayotgan obyektlarning o'ziga xos xususiyatlarini ajratish) topish maqsadida bilish obyektlarini taqqoslashidir.

Bu amallar boshqa barcha asosiy fikriy operatsiyalar asosida yotadi.

Umumlashtirish - o'rganilayotgan obyektdan umumiy, xususiy, mavhum nomuhimni ajratishdir.

Yetakchi psixologlar tomonidan umumlashtirishga oid quyidagi qoida ishlab chiqilgan: talabalarda to'g'ri umumlashmalarni rasmlantirishning zaruriy qoidasi -

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

muhimning doimiyligida, tushuncha, xususiyat va dalillarning nomuhim belgilarini o'zgartirishdir. Bu qoida tasavvur va tushunchalarni rasmlantirishda o'ta muhim ahamiyatga ega. Umumlashtirish oddiy rasmlardan to ilmiy umumlashtirmalarga qadar rivojlanadi. Umumlashmalarning to'g'liligi uni talabalar egallashining mezoni. Bu o'zlashtirilgan operatsiyalarni ko'chirib o'tkazish, ya'ni ulardan yangi sharoitlarda foydalanishga xizmat qiladi.

Ta'limning dastlabki bosqichlaridayoq talabalarning mavhumlashtirish qobiliyati namoyon bo'ladi. O'qituvchi rahbarligidagi ta'lim chog'ida bu qobiliyat rivojlanadi, mavhumlashtirish rasmi ham murakkablashadi - hissiy ko'rgazmalilikdan fikriylikka o'tiladi, u ikkinchi signal sistemasi yordamida tushunchaga aylanadi.

Mavhumlashtirishga yaqin fikriy operatsiya aniqlashtirish nomini olgan. Aniqlashtirish: umumiydan xususiyga fikriy o'tish sifatida; mavhumiydan umumiyga, aniq-xususiyga uning turli xususiyat va belgilarini topish orqali yetishish, mavhum-umumiyni aniq mazmun bilan to'ldirish, boyitish sifatida namoyon bo'ladi.

Dialektik bilishda mavhumiylik va aniqlashtirish birligi o'rnatiladi. Bu birlik o'zaro aloqadagi fiziologik asosi- ikki signal tizimiga ega. Aniqlashtirish yordamida ilmiy mavhumiylik mazmuni ochiladi, aniq predmetlarning alohida tomonlarini boshqalardan mavhumlashtirib aks ettiradi. Mavhumlashtirishda predmetlapr o'z butunligini yo'qotadi; bilish esa real voqeylikdani predmet va hodisalar tomonlarini bir butunlikda ochib bergandagina haqqoniy bo'ladi. Bilimni chinakam egallashga mavhum tushunchalar, dalililar orqali aniqlashtirilgandagina erishadi.

Psixologlarning ta'kidlashlaricha aqliy faoliyatining ko'rib, tahlil qilib o'tilgan xususiyatlari o'smirlarda bilim faoliyatining rasmlanishini ta'minlaydi.

"Bilim faoliyati-bu insonni xozirgacha noma'lum bo'lganlarni bilish o'rganishga undovchi iroda va xarakterni mustahkamlashga ko'maklashuvchi, tashabbuskorlik va mustaqillikda namoyon bo'luvchi shaxs faoloyati".

Gnoseologiya bilishni inson ongida obyektiv dunyoni faol aks ettirish jarayoni sifatida ko'rib chiqadi. Bilishda obyektiv mavjud bo'lgan hodisalar, jarayonlar, sabab va qonuniyat aloqalari olami o'z aksini topadi. Bilish inson obyektiv va subektiv ongining namoyon bo'lishidir. Gnoseologik nuqtai nazardan bilish his etish, idrok qilishdan boshlanadi. Uning asosida tasavvur va tushunchalar rasmlanadi.

His etish - bu oddiy va ayni paytda bilish uchun muhim psixologik jarayondir. Uning mohiyati atrof- muhitdagi predmet va hodisalar ayrim xususiyatlarni hissiyot organlariga ta'siri natijasida kishi miyasida aks etishidan iboratdir.

Bizning hissiyot a'zolarimizga ta'sir etuvchi predmet va hodisalarning turli xususiyatlari yig'indisini aks ettiruvchi hissiyotlarining qo'shilishi idrok etish deb ataladi. Hissiy aks ettirishning hissiyotiga qaraganda ancha murakkab rasmidir. Qabul qilish jarayonida predmetlar bir butun obrazlar rasmida aks etadi.

His etish va qabul qilish asosida ongli tasavvur hosil bo'ladi. Hissiy tasavvurlar deb o'tmishda qabul qilingan va hozirga lahzada qabul qilinayotgan predmet va hodisalar

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

obrazlariga aytiladi. Ular predmet va hodisalarning nsonga ta'siri va xotiraning bir muncha vaqt bunday ta'sirlar izini saqlab qolishgva qolishga qolirligi natijasija yuzaga keladi.

Talabalarning bilish faoliyati degandi biz o'smirlar tomonidan bilim, ko'nikma va malakalarni egallashni tushunamiz. Bilish faoliyatining (bilimlarni egallash, ko'nikma va malakalar) bosqichlari sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

1. Talabalar oldida maqsad va masalalar qo'yish, o'qishga zarur sharoit va rag'bat yaratish, bilish topshiriqlarini qo'yish, talabalarning o'quv materialli ma'nosini tushunish uchun sharoit yaratish; agar talabalar materialini o'rganish maqsadi va vazifalarini anglamasa, u bilan tanishishga kirisha olmaydi.

Pedagogik-psixologiyada, anglagan maqsadga inson faolroq tezroq erishishi isbotlangan. Shunisi diqqatga sazovorki, maqsadlar aniq va amallar maqsadga yo'naltirilgan bo'lsa, inson kam kuch va vaqt sarflabkatta yutuqlarga erishadi. Aksincha, aniq anglanmagan maqsad, masalalarning noaniqligi kishiga salbiy ta'sir ko'rsatib, odamni charchatadi.

2. Talabalaring yangi materialni qabul qilishi va uni idrok etishi. Yangi bilimlar olish, o'quv materialini tushunish uchun eng avvalo uni qabul qilish lozim. Qabul qilish -maqsadga yo'naltirilganligi va tanlash xususiyati bilan xarakterlanadigan faol jarayo ndir. Talabalarning tayyorgarlik darajasi, ular bilimi va xayot tajribasiga bog'liq holda, qabul qilish bevosita, talabalar ongida hissiyot organlari yordamida predmet va hodisalarni aks ettiradi.

Bevosita qabul qilishni tashkil etuvchi o'qituvchi atrof voqelikdagi predmetlarni o'ylab tanlaydi, talabalarni maqsadga yo'naltirilgan kuzatishlarga o'rgatadi, o'rganilayotgan obyektning muhim tomonlari va xususiyatlariga e'tiborini yo'naltiradi. Talabalar da fazoviy tasavvur qilish chizmachilik fani o'qitila boshlagunga qadar matematika, fizika kabi fanlarni o'qitish jarayonida rasmlangan bo'ladi. Bu rasmlanish kamida shu darajada bo'lishi kerakki, oddiy geometrik rasmlarning proyeksiyalarini qanday bo'lishini, ularning o'zlaridan yoki yaqqol ta'siridan foydalanib, tushuntirgandan so'ng bu oddiy geometrik rasmlarning proyeksiyalari berilganda ularni bexato tasavvur qila olishlari kerak. Tajribadan ma'lumki, ba'zan alohida detallar o'rganilayotgan obyektning yaxlit obrazining yorqinligi ahamiyatli belgilarni qismlarga bo'lishva uning alohida tomonlarini ko'rib chiqish, ular o'rtasida muayyan aloqalar va munosabatlarni belgilashni qiyinlashtiradi.

O'qituvchining vazifasi - atrof -muhitdagi predmet va hodisalarni talabalar tomonidan qabul qilish, kuzatish va farqlashga o'rgatib bularni rag'batlantirib borishi kerak. Buning uchun ularning oldiga aniq topshiriqlarni qo'yish va mustaqil bajarishni yo'lga qo'yishi kerak. Ular predmetni qabul qilishda ko'rishlari, tasavvur qilishlari va tahlil qilishlari lozim. Talabalaring ham amaliy, ham aqliy harakatlarini qabul qilayotganpredmet bilan bog'lay olishlariga o'rganishlari ayniqsa muhimdir.

3. Talabalar egallagan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish, ko'nikma va malakalarni rasmlantirish.

O'rganilgan materialni mustahkamlash, qabul qilish va idrok etish jarayonida ro'y beradi. Chunonchi, chizmachilik fanida kishi ko'rish sezgilari orqali oldin idrok etmagan

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

narsaning chizmasidan foydalanib, uning tuzilishini tafakkur qilish jarayonida fazoviy tasavvur qiladi. Shunga ko'ra berilgan detalning chizmasiga qarab uning tuzilishini aniqlay olish uchun chizmachilik qoidalarini bilish bilan birga fazoviy tasavvur qila bilishi lozim bo'ladi. Bunda detalning proyeksiyalari ko'rish analizatorlari orqali idrok etilib, ongning ichki faoliyati asosida fazoviy tasavvur etiladi, ya'ni detalning tuzilishini tasavvur qilishda uning chizmasi asos bo'lib xizmat qiladi. Kishi shu asosda fikr yuritib murakkab psixik faoliyati natijasida tafakkur qilib, detalning tuzilishini fazoviy tasavvur etadi. Shu orqali kishi detalning tuzilishi, rasmi haqida to'liq ma'lumotga ega bo'ladi. Biroq bunda o'zlashtirilgan bilimlar bundan keyingi takomillashtirishni talab etadi. Mustahkamlashning mohiyati yangi aloqalarni mustahkamlashdadir. Yangi bilimlarni mustahkamlash jarayonida o'quv, ko'nikma va malakalar rasmlanadi, ular mustaqil ishlar orqali tekshiriladi. Ularni o'zlashtirish vositasida aniqlangan kamchiliklar oqibati tugatiladi. O'zlashtirilgan materialni mustahkamlash asosan ijodiy xarakterdagi tpshiriqlar yordamida amalga oshiriladi. Bu o'smirlik davrining o'ziga xos psixologik xususiyatidir.

Bu davrning o'ziga xos yana bir psixologik xususiyati o'quv materialini mustahkamlash jarayonida uni eslab qolish amalga oshadi. O'quv jarayonida eslab qolish ixtiyoriy va beixtiyor bo'ladi. Bilimlarni beixtiyor eslab qolish bevosita qabul qilish chog'ida va, xususan, o'quv materialini idrok qilish jarayonida amalga oshiriladi, biroq, bu faoliyat hali eslab qolishga maxsus yo'naltirilmagan, balki tushinish, idrok etish va o'quv materialini anglashga kabi bilish maqsadlariga erishishni ko'zda tutadi.

Beixtiyor eslab qolishning mahsuldorligi talaba yangi materialni ko'rib chiqishi jarayonida muayyan aqliy faoliyat va mustaqillikni namoyon etib predmetlar, rasmli kartochkalarni jamlab, predmet modellarini yaratib, o'rganilayotgan materialni qiyoslab, guruhlab, xulosalar chiqargandagina beixtiyor eslab qolishning mahsuldorligi yuqoridir. Masalan, talabalar ko'pyoqli bilan tanishuvda o'qituvchi rahbarligida eng avvalo ko'pyoq (prizma, piramida va boshqalar) modelini yoyilmasini asosan yaratadi. Talabalar hosil qilingan ko'pyoqli modelidan foydalanib geometrik rasmlarga ajratadi, ularni qiyoslaydi va tasniflaydi.

Taniqli psixolog A.A.Smirnovning tadqiqotida, ixtiyoriy esda saqlashning maxsuldorligi talabalarning aqliy faoliyati darajasi va mustaqilligiga ham bog'liqligi isbotlangan. Bu daraja qanchalik yuqori, yodlash usullari qanchavlik oqilona bo'lsa, ixtiyori y esda saqlash darajasi ham shunchalik yuqori bo'ladi.

Bilim, ko'nikma va malakalarni qo'llash.

O'smirlik davrida (VIII-IX sinflar) bilimlarni takomillashtirishning eng samarali yo'llaridan biri - ularni qo'llashdir. Fikrimizcha, bilim, ko'nikma va malakalarni to'laqonli o'zlashtirishga ularni o'zgarayotgan sharoitda faol mustaqil qo'llash sharoitlaridagina erishish mumkin. Bilim, ko'nikma va malakalarni qo'llash jarayoni talabalarning mustaqillik rolini sekin - asta va izchil oshirish yo'li bilan amalga oshiriladi. Bunda o'qituvchi yutuq va kamchiliklarini nazorat qilish va tahlil etish uchun eng qulay sharoitlarni yaratadi. Bilish faoliyatining yuqorida ko'rilgan bosqichlari dialektik murakkab aloqada bo'lib, amaliy jihatdan ajralmasdir. Aloxida bosqichlar va ularning o'zaro aloqasini o'rganish, bilish

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

faoliyatining ichki moxiyatini to'g'ri tushunishga, talabalarda fazoviy tasavvur faoliyatining xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi.

Ko'rib chiqilayotgan yoshning muxim psixologik xususiyati va o'smirlarda fazoviy tasavvurni rivojlantirishning omillaridan biri faol, mustaqil, ijodiy tafakkurning rasmlanish jarayonining boshlanishidir. Psixologiya nazariyasida qayd etilishicha, o'smirli k yoshining ikkinchi (14-15 yosh) bosqichi ana shunday tafakkurning taraqqiy etishi uchun senzitiv (qulay) yoshdir (V.A. Krulskiy). Davrning qulayligi shundaki bilish faoliyati ta'sirida aqliy qobiliyat, intelektual imkoniyat mustaqil ijodiy tafakkurning tarkib topishi uchun zamin yaratadi. Shuning uchun talabalarning OTM va OTMdan tashqari o'quv-tarbiya faoliyatini kengaytirish, yechilishi lozim bo'lgan muammolarni ko'paytirish lozim. Bu hol bu vaziyat aktiv, mustaqil fikrlashni, bu esa ijodiy tafakkurning rivojlanishiga yordam beradi. O'smirlarda ta'sirchan, barqaror qiziqishlar yuzaga keladi, voqelikka onli, faol munosabat, mustaqil ijodiy tafakkur taraqqiy etadi. Natijada, adabiy-ijodiy, badiiy —tasviriy qobiliyat yaqqol namoyon bo'ladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta ta'lim vazirligi rasmiy sayti https://edu.uz/uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF5847-son Farmoni ilovasi.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 fevraldagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-6155-sonli Farmoni

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-sonli Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-sonli Farmoni.

6. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli qarori.

7. D.Mamatov.Samostoyatelnaya rabota studentov i yeyo znacheniye v formirovanii spesialista. Vestnik integrativnoy psixologii. 16 (16), 169-172 str.

8. D.K. Mamatov, D.I. Mamurova. Pedagogicheskiye Konflikti: Sposobi Ix UregulirovaniY. NovaInfo. Ru 4 (57), 408-417.

9. D.K. Mamatov. Kompyuternaya grafika. Uchebnoye posobiye. Tashkent. Izdatelstvo «Navruz».

10. A.R. Shukurov, N.D. Yadgarov, D.K. Mamatov, A.SH. Aminov. Metodika ispolzovaniya kompyuternix programm na urokax risovaniya v sredney shkole. European science, 4750.

11. M. Dilshod. Mustaqil ta'lim - amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan tizimli faoliyat. Pedagogik mahorat 80 (2-3), 86-89.

12. https://www.gazeta.uz/uz/2021/10/13/higher-education/

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

13. https://cyberleninka.ru/article/n/razrabotka-innovatsionnoy-rabochey-programmy-popredmetu-inzhenernaya-grafika-dlya-tehnicheskih-vuzov

14. https://admissions.ktu.edu/programme/b-food-science-and-technology/#T230B219

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

и Yodgorov Nodir Jalolovich, pedagogika fanlari doktori (Dsc), professor [Ядгаров Нодир Джалолович, доктор педагогических наук, профессор], [ Nodir Dj. Yadgarov, Doctor of Pedagogical Sciences, Professor]; manzil: O'zbekiston, Buxoro, Piridasgir ko'chasi, 20 [адрес: Узбекистан, город Бухара, улица Пиридасгир, 20.], [address: Uzbekistan, Bukhara, Piridasgir Street, 20.]; ORCID: https://orcid.org/0000-0002-6931-5938; [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.