/ CHIZMACHILIK FANINI KOMPYUTER ANIMATSION 3D MODELLAR VOSITASIDA O'QITISHDAGI SAMARADORLIK XUSUSIYATLARI.
Shukurov A.R. - BuxDPI Musiqa va tasviriy san'at kafedrasi dotsenti.
Annotatsiya. Axborot va telekomikatsiya texnologiyalarini ta'lim rivojlanishidagi o'rni va afzalliklari, muhandislik fanlarini o'qitishda 3D formatdagi texnologiyalarining o'rni va dolzarbligi keltirilgan. Shuningdek talabalarning fazofiy tasavvurlari va grafik faoliyat ko'nikmalarini rivojlantirishda, chizmachilik fanidan metodik ta'minotni takomillashtirishda kompyuter animatsion 3D modellardan foydalanish to'g'risida bir nechta asoslar keltirilgan.
Kalit so'zlar: axborot texnologiya, 3D formatda animatsiya, kompyuter animatsion 3D model, visual, vizualizatsiya, transformatsiya, fazoviy tasavvur, grafik faoliyat.
ХАРАКТЕРИСТИКИ ЭФФЕКТИВНОСТИ ОБУЧЕНИЯ НАУКЕ ЧЕРЧЕНИЯ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ КОМПЬЮТЕРНО-АНИМИРОВАННЫХ 3D МОДЕЛЕЙ.
Шукуров А.Р - доцент кафедры музыки и изобразительного
искусств, БухДПИ.
Аннотация. Представлены роль и преимущества информационных и телекоммуникационных технологий в развитии образования, роль и актуальность 3D-технологий в преподавании инженерных наук. Также приводятся несколько причин использования компьютерных анимационных 3D-моделей в развитии пространственного воображения и навыков изобразительной деятельности учащихся, совершенствовании методического обеспечения по предмету рисования.
Ключевые слова: информационные технологии, анимация в формате 3D, компьютерно-анимированная 3D-модель, визуал, визуализация,
трансформация, пространственное воображение, изобразительная деятельность.
CHARACTERISTICS OF EFFECTIVENESS IN TEACHING THE SCIENCE OF DRAWING USING COMPUTER ANIMATED 3D
MODELS.
Shukurov A.R - Associate Professor of the Department of Music and
Visual Arts of BuxDPI
Abstract: The role and advantages of information and telecommunication technologies in the development of education, the role and relevance of 3D technologies in teaching engineering sciences are presented. Also, several reasons for the use of computer animated 3D models in the development of students' spatial imagination and graphic activity skills, and in the improvement of methodical support in the subject of drawing are given.
Key words: information technology, animation in 3D format, computer animated 3D model, visual, visualization, transformation, spatial imagination, graphic activity.
Jahon ta'lim tizimida kompyuter va axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va tarqalishi inqilobiy o'zgarishga ega voqeylikdir. Axborotlar dunyo hamjamiyatida axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatlari jadal sur'atlar bilan o'sib bormoqda.
An'anaviy klassik ta'lim axborot jamiyatining zamonaviy talablariga javob berishdan to'xtadi. Agar ilgari bir marta yaxshi ta'lim olish va undan deyarli butun umr foydalanish kifoya bo'lsa, endi ilm dunyosi juda tez yangilanmoqda, shuning uchun biz butun umr ilm olishdan to'xtamasligimizni bugungi kun talab qilmoqda.
Ilm-fanning tez su'ratlarda taraqqiy etishi va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning barcha soha, jumladan ta'lim jarayoniga tatbiq etilishi, kompyuterlashtirishni yanada takomillashtirish va axborot texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda.
Bugungi kunda pedagog kadrlardan nafaqat o'z sohasi bo'yicha, balki zamonaviy axborot texnolagiyalaridan ham ma'lum bilimlarni chuqur egallashni va ularni yoshlarga, ayniqsa, o'quvchi hamda talabalarga o'rgatishni talab qiladi. Jumladan, muhandislik fanlaridan talabalarning grafik faoliyat ko'nikmalarini shakllantirishda kompyuter texnologiyalaridan unumli foydalanish dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Shu bois ta'lim muassasalarida faoliyat ko'rsatayotgan har bir professor-o'qituvchilar zimmasiga zamonaviy grafik dasturlardan foydalanib, o'quvchi va talabalarni o'quv mashg'ulotlarida grafik tushunchalarni kompyuter yordamida tashkillashtirishni yuklaydi. Hozirgi kunning talabidan kelib chiqadigan bo'lsak, muhandislik grafikasi o'qituvchilari zamonaviy grafik dasturlardan dastlabki ma'lumotlarga ega bo'lishlari va ulardan
foydalanib chizma elementlarini kompyuterda loyihalashni bilishlari lozim. Chunki har qanday zamonaviy o'quv elektron manbaalarni ishlab chiqishni bu dasturlarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi.
Jumladan, muhandislik grafikasi fanlarini o'qitishda axborot texnologiyalardan samarali foydalanish, uning mazmuni, strukturasi, o'qitish uslublarini uzluksiz takomillashtirib borish, elektron ta'lim resurslarni yaratish muhandislik grafikasi fanlarini isloh qilishning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.
Ma'lumki, oliy ta'lim tizimida proyeksion chizmachilik fani muhandislik grafikasi kursida muhim o'rin tutadi. Chunki mazkur fan muhandislik grafikasi kursining proyeksiyalash asoslarini o'rganadigan bo'limi bo'lib, talabaning mazkur fanni puxta o'zlashtirishi qolgan fanlar (mashinasozlik chizmachiligi, arxitektura - qurilish chizmachiligi, topografik chizmachilik va hokazo)ni muvaffaqiyatli o'zlashtirilishini taminlaydi. Muhandislik grafikasi kursini axborot texnologiyalar asosida o'qitish ayni paytda dolzarb muammolardan biri bo'lib hisoblanadi. Ayni paytda bu borada ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo, ilmiy-metodik tadqiqot ishlar keng qamrovli bo'lishiga qaramasdan, oliy ta'limda muhandislik grafikasi fanlarini 3D formatda animatsiyali modellar asosida o'qitishning nazariy va metodik asoslari maxsus tadqiq qilinmagan.
Shu bois, muhandislik grafikasi kursini axborot texnologiyalar asosida tashkil etish kontseptsiyasini ishlab chiqish, muhandislik grafikasi kursini axborot texnologiyalar asosida o'qitish jarayonining tarkibini nazariy tahlil qilish, muhandislik grafikasi kursini axborot texnologiyalar asosida o'qitishni nazariy asoslash, muhandislik grafikasi kursini axborot texnologiyalar asosida o'qitishni ilmiy asoslangan printsip va vositalarini ishlab chiqish, chizmachilik fanini axborot texnologiyalar asosida o'qitish metodikasini ishlab chiqish, dasturiy animatsion 3D modellar ishlab chiqish muammosini nazariy tadqiq qilish va ularni yaratish, hamda kompyuter animatsion 3D modellardan tarkib topgan o'quv adabiyotlarning yangi avlodini yaratish kabi ko'plab masalalarni o'rganish va ularga javob izlash hozirgi kunning eng dolzarb muammolaridandir.
Bugungu kunda chizmachilikdan talabalarning fazoviy tasavvur va grafik faoliyat ko'nikmalarini shakllantirish borasida o'tkazilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, ta'lim muassasalaridagi tajribali mutaxassis olimlar elektron ta'lim resurslarini yaratishda ularga qo'yiladigan didaktik, jumladan, yangi metodlarni qo'llab o'qitishni, chizmachilik kursida fazoviy jarayonlarning kompyuter animatsion 3D modellarini yaratish biroz e'tibordan chetda qoldirilmoqda. Chizmachilik o'quv jarayonini tashkil etish va o'quv materiallarini kompyuter animatsion 3D modeli asosida o'qitish borasida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari shuni ko'rsatadiki, hozirga qadar shu asosda chizmachilik kursini o'qitishning yangi metodikasi yetarlicha ishlab chiqilmagan.
Chizmachilik fanidan talabalarning fazoviy tasavvur va grafika faoliyat ko'nikmalarini kompyuter animatsion 3D modellar vositasida shakllantirish muammolarining metodik taminotini ishlab chiqish asosiy vazifalardan
hisoblanadi. Ushbu vazifalarning muvaffaqiyatli hal qilinishi oliy ta'limda chizmachilik kursini axborot texnologiyalar asosida o'qitishning nazariy asoslarini ishlab chiqishni taqazo etadi.
Hozirgi vaqtda grafik fanlarini o'qitish jarayonini faollashtirish va rivojlantirish uchun kuchli vosita bo'lgan 3D formatdagi kompyuter namoyish grafik dasturlari keng qo'llanila boshlandi.
Bizning fikrimizcha, umumiy o'rta ta'lim, professional ta'lim mos mutaxassisliklar va oliy ta'lim uchun chizmachilik fanida animatsion 3D modellar tizimini ishlab chiqishda turli yondashuvlardan foydalanish kerak: oliy ta'limning chizmachilik fanidan masalalarni yechish uchun talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ta'lim jarayonini tashkil etish tushuniladigan ta'limni individuallashtirish; animatsion 3D modellar asosida talabalarning ustun bo'lgan maxsus qobiliyatlarini hisobga olgan holda o'quv jarayonini tashkil etish tushuniladigan ta'limni shakllantirish.
Bu har bir talabaning salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun maqbul sharoitlarni yaratishga imkon beradi.
Ushbu maqola oliy ta'lim Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi mutaxasisliklari uchun chizmachilik fanini o'qitish jarayonida animatsion 3D modellardan foydalanish metodikasini takomillashtirishni hisobga olgan holda axborot jamiyatida ta'lim jarayonini loyihalashga bag'ishlangan.
Dizayn avtomatlashtirish tizimlarida (SAPR) kompyuter geometrik modellari ikki guruhga bo'linadi: 2D modellar (tekis, ikki o'lchovli) va 3D modellar (hajmli, uch o'lchovli). Chizmachilik fani odatda talabalarga 2D va 3D grafiklar bilan ishlashni o'rgatadi. Chzimachilik fanini o'qitish mazmunini faollashtirish uchun animatsion 3D modellarni ishlab chiqishda quyidagi bosqichlarni inobatga olish kerak: birinchi bosqich pragnoz bosqichi, uning o'qitishdagi natijasini aniqlash, talabalarda o'zlashtirishlarini hisobga olgan holda oldindan axborot natijadorligini anglash; ikkinchi bosqich modellashtirish bosqichi, uning natijasi vizual ta'lim muhitini qurish; uchinchi bosqich refleksiv bosqich, uning natijasini amalga oshirilayotgan ta'lim jarayonini baholashdir.
Animatsion 3D model-agar har biriga alohida ta'rif berilsa; Animatsiya- (lot. Animare — jonlantirish) alohida tasvirlarning yuqori tezlikda ketma-ket ko'rsatilishidir. Ko'zning tasvirlarni uzlukli ilg'ashi oqibatida optik illyuziya seziladi va tasvirlar ketma-ketligi yaxlit harakat, deb qabul qilinadi. 3D- inglizcha so'zdan olingan bo'lib, 3 deminsion - uch o'lchamli modellarni yaratish tushuniladi.
Model-(lot. Modulus - o'lchov, me'yor) - biror ob'ekt yoki ob'ektlar tizimining obrazi yoki namunasidir. Masalan, chizmachilik fanidagi har qanday ikki va uch o'lchamli tasvirlar detallarning modeli deyish mumkin.
Animatsion 3D modellarni shakllantirishning an'anaviy jarayondan farqli ravishda bu jarayon - kompyuter texnologiyasida gavdalantiriladi. Bu o'rganilayotgan ob'ektning tekislikdagi statik tasvirini dinamik tasvirga o'tish imkonini beradi.
li—
frT
Kompyuter animatsion 3D model: Mazkur tushunchaga quyidagicha ta'rif berildi - kompyuter grafik namoyish dasturlari vositasida yaratilgan MoggHH ob'ektlarni fazoviy jarayonlarda vizual dinamik obrazini uch o'lchamli modeli.
Animatsion 3D modellar nafaqat ob'ektning tashqi tuzilishi, balki ichki xususiyatlarini aks ettirishga imkon beradi, o'quv mashg'ulotlarida talabalarga tezda tasavvur qilish ko'nikmalarini shakllanadi.
Muhandislik grafikasi o'quv predmetlari nuqtalar to'plamidan iborat bo'lgan uch o'lchovli Yevklid fazosida o'rganiladi. Shu sababli, kompyuter animatsion 3D modelning virtual makonini modellashtirishda 3D formatdagi texnologiyalardan foydalaniladi. Mazkur vizual makon modelida ob'ektlarni tranformatsiya qilish orqali talabalarda animatsion 3D modellarni vizuallashtirish amalga oshiriladi. Biz nazarda tutgan vizualizatsiya bu - fazoviy vizualizatsiya bo'lib, abstrakt ma'lumot va hodisalarni tranformatsiya qilish orqali ob'ektni ko'rib idrok etishga ko'maklashadi. Animatsion 3D modellarni yaratish 3 bosqichdan iborat: modellashtirish; vizualizatsiya; animatsion 3D modellar.
Kompyuter animatsion 3D modellar quyidagi belgilar bilan xarakterlanadi: o'quv materiallari kichik qismlarga (ma'lum miqdordagi axborotlarga ega bo'lgan hamda mantiqiy jihatdan tartib bilan joylashtirilganligi) bo'linishi, bundan oldingi modelni bilmay turib keyingisiga o'tmaslik; har bir model yakunida talabaning materialni qanday o'zlashtirganligini aniqlash uchun sinov savollari qo'yilishi, o'quvchi bu savolga tezlik bilan javob bera olishi, aks holda u keyingi modellardagi ma'lumotlarni o'zlashtira ololmasligi; talaba sinov savoliga javob berganidan keyin uning to'g'ri yoki noto'g'riligini darhol sinab ko'rish imkoniyatita ega bo'lishi, savollar axborotning tub ma'nosini ochib berishi uchun talabani o'ylashga va mustaqil xulosalar chiqarishga majbur qilishi, boshqacha aytganda talaba bilim va malakalarini ongli ravishda egallashi uchun o'z bilimi haqida animatsion 3D modellardan signallar olib turishi va shu yo'l bilan o'z harakatini boshqarishi kerak.
Ma'lumki, proyeksion chizmachilik fani fazoviy jarayonlarga asoslangan bo'lib, mazkur jarayonlarni harakat (animatsiya) vositasida namoyish etish kompyuter texnologiyalardan foydalanishni taqozo etmoqda. Fazoviy jarayonlar modelini kompyuter yordamida yaratishda dizaynerdan ob'ektning kompozitsiyasi, o'lchamlari va yaqqolligini ta'minlash talab etadi. Shulardan kelib chiqqan holda, chizmachilik fanidan animatsion 3D modellar quyidagi mezonlar aosida yaratiladi: qulay vaziyatni tanlash; kompozitsiyani to'g'ri tuzish; to'g'ri yoritish; ranglar mutanosibligi; fazoviy jarayonlarning yaqqolligi va realligi; harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi; kompyuter animatsion 3D modelning mantiqiy yakuni.
Kompyuter animatsion 3D model fazoviy tasavvur komponenti sifatida xizmat qilib, ularni yaratish me'zonlari quyidagilardan iborat:
1. Modelni yaratish jarayoni mantiqiy va hissiy, abstrakt va aniq, umumiy va xususiy, ko'rgazmali va mavhum elementlarni birlashtiradi. O'quv predmetini
mantiq sohadan predmet sohasiga olib boradi va aksincha, eksperimental tekshirish, o'lchash va hisoblashga imkon beruvchi ma'lumotlarni beradi. Bu o'quv predmeti va hayot o'rtasidagi aloqadorlik amalga oshiriladi.
2. Modelni yaratish geometrik shakl va uni moddiy jihatdan aks etish usullari, jumladan, hisob-kitoblar, qurish, yaxlitligicha ishlab chiqish va boshqalar haqidagi nazariy va amaliy bilimlarni umumlashtirishning eng yuqori shaklidir.
3. Yaratilgan model haqida mulohaza yuritish - talabalarda ijodiy qiziqishni uyg'otadi. Ijodiy qiziqish jarayoni faqat figuralarning alohida detallarini va hatto figuraning o'zi haqida mulohaza yuritish emas, balki uning yaratilish g'oyalari va usullari haqida mushohada yuritishidir.
4. Model - tasavvur mahsulotining asliga muvofiqligini tekshirish vositasi.
5. Modellarni ishlab chiqish o'quv faoliyatining deyarli barcha turlarini sintezlaydi.
Har qanday kompyuter animatsion 3D model xususiyatlari quyidagilardan iborat: ta'lim jarayonida teskari aloqaning ta'minlanishi; o'quv jarayonini individuallashtirish imkoniyatining borligi; o'quv jarayonining ko'rgazmaliligini oshirishi; o'rganilayotgan jarayon yoki hodisalarni tranformatsiyalash mumkinligi; jamoa va yakkama-yakka o'qitishda undan foydalanish mumkinligi; ta'limning interfaol usul va uslublarining mavjudligi; o'quv mashg'ulotlarini yuqori sifatli darajada o'tkazilishi; bilimlarni hosil qilish va o'zini baholash imkoniyatlarini yaratilishi; ma'ruza va amaliy mashg'ulotlarning o'zaro aloqadorligini ta'minlashi; axborotni yangi shaklda multimedia vositasida uzatilishi.
Talabalar fazoviy tasavvurlarini rivojlantirishda animatsion 3D modellarning ahamiyatli jihatlarining asosiy omili bu chizmachilikdagi metric va pozitsion masalalarni fazoviy jarayonlarini anglashidir. Animatsion 3D modellardan talabalarda individual foydalanish imkoniyatini tashkil etishda Internet tarmog'i (You Tube)ga joylashtirish, vaqt byujetiga va mustaqil o'zlashtirishga yaxshi samara beradi. Buning uchun esa quyidagi didaktik vazifalarga amal qilish lozim: o'rganilayotgan mavzu yuzasidan, aniq va to'liq ma'lumotlar bilan ta'minlash; ko'rgazmali ta'limni ko'paytirish (murakkab jarayonlarni vizual ko'rinishini yaratish); talabalarning mustaqil ish hajmini oshirish (berilgan vazifalarni amalga oshirgan holda, ilmiy bilimlarni oshirish); talabalar faoloyatini chuqurlashtirish, ularning ilmiy faoliyatini optimal hamda tez suratlarda o'sishini ta'minlash; talabalarning bilim olishga qiziqishlarini maksimal darajada qondirish; teskari aloqani tashkillashtirish; talabalarning faoliyatini nazorat qilib borish (masalan, test o'tkazish orqali ularning dastlabki bilim darajasini va muayyan mavzularni o'rganishdan so'ng olgan bilimlarini aniqlash) hamda ularga zaruriy ko'rsatmalar berish; fan bo'yicha qo'shimcha adabiyotlarni o'qish va Internet tarmog'iga joylashtirilgan animatsion 3D modellardan mustaqil foydalanib borish.
Chizmachilikdan ushbu didaktik vazifalarni amalga oshirish uchun fanga oid 3D formatli animatsion modellar resursini ishlab chiqish lozim. Bu borada tatqiqot olib borgan olimlar M.L.Kazaryan, M.A.Shaxramanyanlarning fikriga ko'ra, 3D modellash eng dolzarb va istiqbolli texnologiya hisoblanib, ta'lim resurslarini 3D vizual ko'rinishda taqdim etish uchun zamonaviy vosita hisoblanadi. Shu bois, oliy o'quv yurti grafik fanlarni o'qitishda 3D formatli animatsion modellardan foydalanishga oid shakl va usullarini yanada takomillashtirish lozim. Buning natijasida, talabalarda fikrlash va tizimli harakat qilishga, ijodiy faollik, liderlik xislatlarga ega bo'lishlilikni, ularning mustaqil faoliyat ko'nikmalarini vujudga kelishiga yordam beradi.
3D formatli animatsion modellar yordamida talabalar turli obyekt va jarayonlarni ko'rishda qonun-qoidalarni intuitiv darajada tushunishga o'rgatish, kerakli axborotlarni izlab topib, ular bilan ishlashni o'rgatadi. Ya'ni u quyidagi afzalliklarga ega: ma'lumotlarni turli xil ko'rinishda yetkazib berish evaziga didaktik materiallarning xilma-xilligini oshirish (animatsiya, grafik ma'lumotlar va chizmalar); hujjatlar mazmuniga zarur o'zgartirishlarni zudlik bilan kiritish qulayligi; elektron holatda ixcham saqlash; har qanday masofaga ma'lumotlarni yuborish soddaligi; talabalarning mustaqil ishlashlarini jadallashtirish, mustaqil ta'lim olish faoliyatlarini kuchaytirish; talabalarning individual qobiliyatlarini hisobga olgan holda, ularga vazifalarni taqsimlash.
Chizmachilik fanida animatsion 3D modellarlarni qo'llab o'qitish, bugungi kunda ta'lim va tarbiya jarayoni uchun kompyuterlardan foydalanishning yangi bosqichi bo'lib, an'anaviy hamda masofaviy o'qitish tizimlariga oid zamonaviy ta'limdan foydalanilib kelinmoqda. Bu esa tarmoqda o'quv materiallarini professor-o'qituvchi va talabalar o'rtasida samarali muloqotni tashkillashtirish hamda fanni mustaqil o'zlashtirish uchun keng ko'lamda imkoniyatlar yaratib beradi.
Animatsion 3D modellarda didaktik, texnik va tashkiliy qarashlar hisobga olinib, unda cheksiz pedagogik ta'sirni faollashtirish va xilma-xilligini oshirish ko'zda tutilgan, chunki u chizmachilik ta'limida har xil elektron ko'rinishdagi metric va pozitsion axborotlarni o'z ichiga oladi.
Chizmachilik (Proyeksion chizmachilik) fanidan talabalarning fazoviy tasavvur va grafik faoliyat ko'nikmalarini shakllantirish oliy ta'lim muassasalari professor-o'qituvchilarining eng muhim vazifasi hisoblanadi. Buning uchun esa animatsion 3D modellardan foydalanish, ulardan You Tube internet tarmog'i orqali samarali amalga oshirish mumkin.
Talabalar uchun You Tube internet tarmog'idan ta'lim maqsadida foydalanishlari uchun chizmachilikdan animatsion 3D model resurslari shakllantirildi. Ushbu 3D modellar talabalarga zamonaviy "Mobil-Ta'lim" texnologiyalar yordamida bilim berish maqsadida, QR-kodli darslik yaratildi. QR-kodlar orqali turli qiziqarli (animatsion 3D modellar) ma'lumotlar bilan tanishish mumkin. Bu kabi o'zgarishlar darslik sahifalarining ixchamlashishiga olib keladi. Eng muhimi talabalarda fanga qiziqishni orttiradi. Ayni paytda
axborot-texnologiyalar ildam rivojlanishi, QR-kod belgilaming kashf etilishu bosma nashrlarga elektron resurslarni bog'lash imkoniyatini yaratadi.
Boshqacha qilib aytganda, animatsion 3D modellar bitta tarkibda birlashgan axborotni taqdim etishning har xil vositalarini uyg'unligini o'zida aks ettiradi. Chizmachilikdan animatsion 3D modellar taqdimotlarning almashinilishi yoki birlashishi ta'lim axborotini maksimal aniq va o'zlashtirishni oson shaklida yetkazish orqali motivatsiya, yangi bilim va ko'nikmalarni shakllanishiga imkon beradi.
Ushbu didaktik vazifalarni amalga oshirish uchun chizmachilik fanidan animatsion 3D modellarni yaratish lozim edi. Uning tarkibida quyidagilar mujassamlashgan bo'lishi zarur: uslubiy - normativ; axborot-ta'lim; axborot -ko'maklashuvchi; amaliyotga yo'naltirilgan; nazorat-diagnostika; monitoring qiluvchi funksiya.
Animatsion 3D modellar talabalarga professor-o'qituvchilar bergan ish hujjatlarini, mustaqil ishlashlarini tahrirlash va soddalashtirish imkoniyatini yaratadi.
Chizmachilik fanini o'qitish jarayoniga mo'ljallangan animatsion 3D modellarni yaratib, uni o'quv jarayoniga tadbiq etish mexanizmini takomillashtirish orqali erishish mumkin. Chizmachilik faniga animatsion 3D modellarni yaratishning murakkab jihati - mantiqqa va talabalarning o'zlashtirish darajasiga to'g'ri keladigan ketma-ketlikda joylashtirishdan iborat. Animatsion 3D modellarning afzalligi shundaki, ularni qulay holda saqlash hamda fanga oid murakkab jarayon va hodisalarni vizual shaklda namoyish etish, vizual shaklda tajriba ishlarini olib borish imkoniyati tug'iladi. Shu bois, talabalarning chizmachilik fanidan olgan bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirishda animatsion 3D modellaridan foydalanib yuqori samaradorlikda erishishi mumkin.
Ijod mahsuli bo'lgan animatsion 3D modellar professor-o'qituvchi va talabalarga o'quv jarayonidagi turkum muammolarni sezilarli darajada hal etish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, vaqtni tejash va mustaqil ish faoliyatlarini faollashtirish uchun muhim vosita hisoblanadi. Shu bilan birga doimiy didaktika bilan zamonaviy pedagogik innovatsiyalar o'zaro bog'liqligini ta'minlash orqali talabada yetarli darajada qiziquvchanligini, bilimga talpinishini va aqliy shakllanishi uchun xizmat qiladi.
Hozirgi kunda, pedagogika oliy ta'lim muassasalari muhandislik grafikasi fanlarida talabalarning ijodiy faoliyatida 3D formatli texnologiyalari yordamida o'qitish vositalari faol ravishda kirib bormoqda. Ayniqsa, kasbiy layoqatligida 3D formatli texnologiyalariga mo'ljallangan vizual ta'lim texnologiyalarini ta'sir etish, ularning ko'nikmalarini shakllantirishga ta'sir etmay qo'ymaydi.
Chizmachilik fanidan 3D formatga mo'ljallangan vizual ta'lim texnologiyalari ta'lim va tarbiya jarayonini samarali tashkillashtirishda, sifatli o'quv-ilmiy axborot yordamchi vositasi hisoblanadi. Shu bois chizmachilik fanida animatsion 3D modellarini ta'lim jarayonida qo'llash, oliy o'quv yurtlarining muhandislik grafikasi professor-o'qituvchilarini bilim va
mahoratining muhim qismi bo'lib hisoblanadi. Zamonaviy axborot manbalari va kommunikatsiya vositalaridan foydalana bilish, olingan axborotlarni qayta ishlash, ta'limiy axborot muhitini va oliy ta'limda kasbiy muhim axborot integratsiyasini tashkil qilishdir. Buning natijasida talabalarda nafaqat ijodiy faollikni, balki o'zlarining mativatsion, hissiy va kommunikativ muhitini shakllantiradi. Olib borilgan tadqiqotlatning natijalariga ko'ra, grafik fanlardan talabalar ko'nikmalarini shakllantirishda 3D formatli texnologiyaning o'ziga xos muayyan qoidalari, qonuniyatlari, tomonlari tizimi, izchillik vositalari, omillari hamda pedagogik shart-sharoitlaridan keng foydalanish orqali maqsadga erishish mumkinligiga amin bo'lindi.
Animatsion 3D modellarni axborot xususiyatlari etiborga olinsa, chizmachilik fanini o'qitishda foydalanish, ta'limdagi axborot birliklarini jamlashga yordam beradi hamda talabalarning grafik faoliyat ko'ninmalarini shakllantiradi. Chunki, talabalarda ta'limga qiziqish kuchi turlicha bo'lib, optimal me'yorni topishga yordam bera oladi. Mustaqil ravishda maqsadi yoritilib beriladi, qo'shimcha axborot mu'lumotlar yig'indisi yanada qiziqtirishga qaratilgan bo'lib, masala yechishda, kerakli ma'lumot qidirishda va o'z ishini natijasini yoritib berishda mustaqil fikrlashni ta'minlab beradi. Berilgan dasturdagi ma'lumotlar o'quvchini mustaqil qabul qilib, bilishiga yo'naltirilgan bo'lishi lozim. Animatsion 3D modellar nafaqat chizmachilik ta'limida qo'shimcha yordam sifatida, balki asosiy ta'lim resursi sifatida qo'llanilsa ta'lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, oliy ta'lim muassasalari chizmachilik fanida 3D formatli texnologiyalari yordamida o'qitish samaradorligini oshirishda yuqorida e'tirof etilgan talablar va tamoyillarga tayanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunda talaba fanni mustaqil o'rganishga hamda kuzatish va tahlil qilish jarayonlarning vizual obrazini bir necha marotaba ko'rish imkoniyati tug'iladi. Natijada, talabalarning ko'nikmalari shakllanadi hamda ijodiy fikrlashi oshadi.
Chizmachilik fanini o'qitish jarayonida kompyuter animatsion 3D modellar asosida tashkil etish talabalarning grafik qobiliyatini va fazoviy tasavvurini rivojlantiribgina qolmay ularda ixtirochilik, kashfiyotchilik, ratsionalizatorlik, ijodiy va mustaqil fikrlash va bunyodkorlik kabi xislatlarni rivojlantirishda va eng muhimi barkamol avlodni tarbiyalashda xizmat qilishi shubhasiz.
Adabiyotlar
1. Ядгаров Н. Д., Ядгаров Д. Д. Дизайн создания компьютерных анимационных моделей по начертательной геометрии //Теорiя та практика дизайну. - 2012. - №. 1. - С. 197-200.
2. А.Б. Кондратенко, Б.А. Кондратенко Технология обучения в виртуальной образовательной среде персонализации обучения // Открытое образование. 2013.