Научная статья на тему 'CHIZMACHILIK DARSLARIDA ARXITEKTURA DIZAYNI VA MODELLASHTIRISHNI O‘RGATISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB “3D MAX DASTURINI O‘QITISH'

CHIZMACHILIK DARSLARIDA ARXITEKTURA DIZAYNI VA MODELLASHTIRISHNI O‘RGATISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB “3D MAX DASTURINI O‘QITISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompyuter grafikasi / Arxitektura dizayni / grafik texnologiya / grafik muxarrir / dasturiy ta’minot / vektorli grafika / rastrli grafika / animatsiya / loyiha / dizayn / Innoatsion ta’lim / diagramma / chizma. / компьютерная графика / архитектурное проектирование / графические технологии / графический редактор / программное обеспечение / векторная графика / растровая графика / анимация / проект / дизайн / инновационное образование / диаграмма / рисование.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — X.B. Ismonov

ushbu maqolada talabalarni innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo‘icha bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida grafik tasavvurini yanada shakllantirish masalalari 3D studio MAX dasturida innovatsiyalarni o'qitishning nazariy jihatlari orqali ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRAINING IN THE 3D MAX PROGRAM USING INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN TEACHING ARCHITECTURAL DESIGN AND MODELING IN DRAWINGS

В данной статье вопросы совершенствования знаний и умений учащихся в использовании инновационных технологий и дальнейшего формирования их графического воображения на основе современных технологий раскрываются через теоретические аспекты обучения инновациям в программе 3D studio MAX.

Текст научной работы на тему «CHIZMACHILIK DARSLARIDA ARXITEKTURA DIZAYNI VA MODELLASHTIRISHNI O‘RGATISHDA INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB “3D MAX DASTURINI O‘QITISH»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© X.B. Ismonov1^_

1Andijon davlat pedagogika instituti, Andijon, O'zbekiston

Annotatsiya.

KIRISH: ushbu maqolada talabalarni innovatsion texnologiyalardan foydalanish bo'icha bilim va ko'nikmalarini oshirish hamda zamonaviy texnologiyalar asosida grafik tasavvurini yanada shakllantirish masalalari 3D studio MAX dasturida innovatsiyalarni o'qitishning nazariy jihatlari orqali ochib berilgan.

MAQSAD: kompyuter grafikasi bo'yicha 3D studio MAX dasturi imkoniyatlarini o'qitishning nazariy va amaliy jihatlariga, innovatsiyalar masalalariga va arxitektura dizayni va modellashtirishning ilg'or xalqaro tajribasidan foydalangan holda ta'lim tizimiga va ishlab chiqarishga tadbiq qilish.

МАТЕРИАЛЛАР ВА МЕТОДЛАР: tadqiqot jarayonida suhbat, so'rovnoma, kuzatish kabi metodlaridan foydalanildi va olingan natijalarning ishonchlilik darajasi tahlil orqali tasdiqlandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: yer yuzida 3D studio MAX dasturdan juda keng foydalanib kelinmoqda. Dastur o'zining yangi versiyalarida imkoni bo'lmagan murakkab amallarni ham bajarish yo'llarini oson hamda yengil yo'llar bilan ishlaydigan turli plagenlar va modullar ishlab chiqarmoda. Autodesk ishlab chiqaruvchisi o'zining yangi dasturlar to'plamini versiyalarda ishlab chiqarmoqda. Bularga misol tariqasida quydagilarni keltirib o'tish mumkin.

•AutodeskInventor •Autodesk Map 3d

•Autodesk Maya •Autodesk Simulation

•Autodesk Vault •Autodesk Alias

•Autodesk Fusion 360 • InfralWorks

•Autodesk Revit

Sohalarda foydalanuvchilar soni yil sayin ortib bormoqda. Mexanikaga oid detallar modellarini yaratishda, multfilmlar ishlashda katta imkoniyat eshigi hisoblanadi. Chizmachilik fanlarini o'qitishda va talabalarga onsonroq yetkazib berishda dasturning imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Talabalarning har tomonlama fazoviy tasavvurlarini shakllanishi va oldindan ko'ra olish qobiliyatlari yanada yuksalishida dasturning ahamiyati kattadir.

XULOSA: kelgusi avlodlar qulay imkoniyatlardan foydalanib, tez va sifatli natijaga erisha olishlari uchun o'z soxalariga oid bo'lgan kompyuter dasturlarini yaxshi o'zlashtira

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

olishlari zarur. Biz maqolada keltirib o'tgan 3d studio MAX dasturi ham bo'lg'usi soxa mutaxassislari uchun muhandislik grafikasi bo'yicha turli loyihalarni sifatli va samarali bajara olishlari, kelgusi avlodga yuqoridagi kabi pedagogik texnologiyalar asosida bilim berishlari natijasida ko'proq va foydali natijaga erisha olishlari uchun kerakli omil bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: kompyuter grafikasi, Arxitektura dizayni, grafik texnologiya, grafik muxarrir, dasturiy ta'minot, vektorli grafika, rastrli grafika, animatsiya, loyiha, dizayn, Innoatsion ta'lim, diagramma, chizma.

Iqtibos uchun: Ismonov X.B. Chizmachilik darslarida arxitektura dizayni va modellashtirishni o'rgatishda innovatsion ta'lim texnologiyalaridan foydalanib "3d max dasturini o'qitish. // Inter education & global study. 2024. №7. B. 59-68.

ОБУЧЕНИЕ ПО ПРОГРАММЕ 3D MAX С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ ИННОВАЦИОННЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ТЕХНОЛОГИЙ ПРИ ОБУЧЕНИИ АРХИТЕКТУРНОМУ ПРОЕКТИРОВАНИЮ И МОДЕЛИРОВАНИЮ В ЧЕРЧЕНИИ

© Х.Б. Исмонов1Н

1Андижанский государственный педагогический институт, Андижан, Узбекистан

Аннотация.

ВВЕДЕНИЕ: В данной статье вопросы совершенствования знаний и умений учащихся в использовании инновационных технологий и дальнейшего формирования их графического воображения на основе современных технологий раскрываются через теоретические аспекты обучения инновациям в программе 3D studio MAX.

ЦЕЛЬ: применение возможностей программы 3D studio MAX по компьютерной графике в системе образования и производстве с использованием теоретических и практических аспектов образования, вопросов инноваций и передового международного опыта архитектурного проектирования и моделирования.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: В процессе исследования использовались методы интервью, анкетирования и наблюдения, а уровень достоверности полученных результатов подтверждался посредством анализа.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: Программа 3D studio MAX широко используется на земле. Программа выпускает различные плагины и модули, которые простыми и легкими способами выполняют сложные действия, невозможные в ее новых версиях. Разработчик Autodesk выпускает свой новый

набор программ в версиях. Примеры этого следующие.

• Autodesk! nventor • Autodesk Map 3d

• Autodesk Maya • Autodesk Simulation

• Autodesk Vault • Autodesk Alias

• Autodesk Fusion 360 • InfralWorks

• Autodesk Revit

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Число пользователей на местах увеличивается с каждым годом. При создании детальных моделей механики мультфильмы — отличный способ повысить производительность. Считается целесообразным использовать возможности программы при обучении рисованию и облегчении его обучения учащимся. Программа имеет большое значение в формировании всестороннего пространственного воображения учащихся и дальнейшем развитии их дальновидных способностей.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: будущим поколениям необходимо уметь освоить компьютерные программы, относящиеся к их областям, чтобы использовать благоприятные возможности и добиться быстрого и качественного результата. Программа 3d studio MAX, о которой мы упомянули в статье, также предназначена для того, чтобы будущие специалисты в этой области могли качественно и эффективно выполнять различные проекты по инженерной графике и, как следствие, передавать знания следующему поколению. Используя вышеуказанные педагогические технологии, они могут достичь большего и полезного результата, что является необходимым фактором.

Ключевые слова: компьютерная графика, архитектурное проектирование, графические технологии, графический редактор, программное обеспечение, векторная графика, растровая графика, анимация, проект, дизайн, инновационное образование, диаграмма, рисование.

Для цитирования: Исмонов Х.Б. Обучение по программе 3d max с использованием инновационных образовательных технологий при обучении архитектурному проектированию и моделированию в черчении. // Inter education & global study. 2024. №7. С. 59-68.

TRAINING IN THE 3D MAX PROGRAM USING INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN TEACHING ARCHITECTURAL DESIGN AND MODELING IN DRAWINGS_

© Khurshidbek B. Ismonov1®

_1Andijan state pedagogical institute, Andijan, Uzbekistan_

Annotation.

INTRODUCFION: In this article, the issues of improving the knowledge and skills of students in the use of innovative technologies and the further formation of their graphic imagination based on modern technologies are revealed through the theoretical aspects of teaching innovation in the 3D studio MAX program.

AIM: application of the capabilities of the 3D studio MAX program in computer graphics in the education system and production using theoretical and practical aspects of education, innovation issues and international best practices in architectural design and modeling.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MATERIALS AND METHODS: During the research, interview, questionnaire and observation methods were used, and the level of reliability of the results obtained was confirmed through analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: The 3D studio MAX program is widely used on earth. The program releases various plugins and modules that, in simple and easy ways, perform complex actions that are impossible in its new versions. Developer Autodesk releases its new set of programs in versions. Examples of this are as follows.

• Autodesklnventor • Autodesk Map 3d

• Autodesk Maya • Autodesk Simulation

• Autodesk Vault • Autodesk Alias

• Autodesk Fusion 360 • InfralWorks

• Autodesk Revit

The number of local users is increasing every year. When creating detailed mechanical models, cartoons are a great way to improve productivity. !t is considered advisable to use the program's capabilities when teaching drawing and making it easier for students to learn. The program is of great importance in developing students' comprehensive spatial imagination and further developing their visionary abilities.

CONCLUSION: future generations need to be able to master computer programs related to their fields in order to take advantage of opportunities and achieve fast and high-quality results. The 3d studio MAX program, which we mentioned in the article, is also designed to enable future specialists in this field to efficiently and effectively carry out various engineering graphics projects and, as a result, pass on knowledge to the next generation. Using the above pedagogical technologies, they can achieve greater and more useful results, which is a necessary factor.

Key words: computer graphics, architectural design, graphic technologies, graphic editor, software, vector graphics, raster graphics, animation, project, design, innovative education, diagram, drawing.

Talabalarning fanlarni mustaqil ravishda izlanib o'rganish vazifasi hozirgi kunda asosiy va dolzarb masalalardan biridir. Shu sababli fanning nazariy asoslarini, mazmun mohiyatini va asosiy amaliy hamda laboratoriya texnikasini o'rganish uchun «Kompyuter grafikasi» fanini bilishi zarur. Shuning uchun ham bu fanni mustaqil o'rganishdan maqsad, grafik filterlar va dasturlar tarixi, grafik texnologiyalar bilan ishlash vositalari, grafik resurslari, grafik muxarrirlarning iktisodiy samaradorligi, grafik muxarrirlardan foydalanish, grafik jadval tuzish, rastrli va vektorli grafik muxarrirlar bilan ishlash kabi bilimlarni egallaydilar. Shu bilan birga talabalar zamonaviy grafika texnologiyalari, ularni texnik va dasturiy ta'minoti, ular tarkibiga kiruvchi kushimcha qurilmalarinichuqur o'rganadilar.

For citation: Khurshidbek B. Ismonov. (2024) 'Training in the 3d max program using innovative educational technologies in teaching architectural design and modeling in drawings', Inter education & global study, (7), pp. 59-68. (In Uzbek).

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Talabalar fanni o'zlashtirish jarayonida 19 soat hajmda mustaqil ta'lim olishlari nazarda tutilgan. Ular tomonidan kurs ishlarini bajarish davomida mavzular tarkibida qatnashadigan zamonaviy rastrli va vektorli grafika dasturlar (masalan,grafik muharrirlar AutoCAD, 3DS MAX kabi dasturlarda ishlay olishlari kerak.

Ushbu maqola talabalarga «Kompyuter grafikasi» fanlarini mustaqil ravishda yanada chuqurroq o'zlashtirish uchun yo'llanma berish vazifasini o'taydi. Amaliy mashg'ulotlariga oid tajribalarni bajarib ko'rishda uslubiy jihatdan yordam beradi va rastrli va vektorli grafik dasturlarida ishlashni chuqur o'rganishga, talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlashga yordam beradi.

Autodesk 3ds Max dasturi uch o'lchovli animatsion dastur bo'lib, u turli xil grafik, badiiy ijodiy ishlar va animatsion roliklar ishlash imkonini beruvchi dastur hisoblanadi. Ijodkorlar, texnika va filmlar ishlab chiqaruvchilar uchun juda ham katta imkoniyatlar olami hisoblanadi. Dastur 2023 yilda o'zining 24 versiyasini yakuniy (Autodesk 3ds Max 2024) ishlab chiqardi. Dastur Windows va Windows NT operatsion tizimlarda (64 bit razryad) ishlaydi.

Dastur tarixi 3D Studio DOS nom bilan1990 yilda ish faoliyatini boshlagan. Dastur tizimi bilan Yost Group guruhi, dasturchi Gari Yostom shug'ullanib kelgan. (1990-1994) yillar davomida dastur 3D Studio DOS nomi bilan yuritilgan bo'lsa, u (1996-1999) yillardaWindows NT uchun qayta ishlanib, 3D Studio MAX deb yuritildi.(2000-2004) yillar davomida dastur Discreet 3dsmaxnomi bilanfaoliyatni yurgizib keldi.2005 yildan boshlab esa dastur Autodesk 3ds MAX nomi bilan Autodesk 3ds MAX 2016 versiyasiga qadar ishlab kelmoqda1.

Versiyalar ro'yxati

Versiya Platformasi Nomi Ishlab chiqarilgan yili

3D Studio MS-DOS (x16) THUD 1990

3D Studio 2 MS-DOS (x16) 1992

3D Studio 3 MS-DOS (x16) 1993

3D Studio 4 MS-DOS (x16) 1994

3D Studio MAX 1.0 Windows (x32) Jaguar 1996

3D Studio MAX R2 Windows (x32) Athena 1997

3D Studio MAX R3 Windows (x32) Shiva 1999

Discreet 3dsmax 4 Windows (x32) Magma 2000

Discreet 3dsmax 5 Windows (x32) Luna 2002

Discreet 3dsmax 6 Windows (x32) Granite 2003

Discreet 3dsmax 7 Windows (x32) Catalyst 2004

1 Хворостов, Д. А. 3D Studio Max + VRay. Проектирование дизайна среды. Учебное пособие Д.А. Хворостов. -Москва: 2015

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Autodesk 3ds Max В Windows (x32) Vesper 2005

Autodesk 3ds Max 9 Windows (x32/x64) Makalu 2006

Autodesk 3ds Max 200В Windows (x32/x64) Gouda 2007

Autodesk 3ds Max 2009 Windows (x32/x64) Johnson 200В

Autodesk 3ds Max 2010 Windows (x32/x64) Renoir 2009

Autodesk 3ds Max 2011 Windows (x32/x64) Zelda 2010

Autodesk 3ds Max 2012 Windows (x32/x64) Excalibur Rampage 2011

Autodesk 3ds Max 2013 Windows (x32/x64) Zelda 2012

Autodesk 3ds Max 2014 Windows (x64) Tekken 2013

Autodesk 3ds Max 2015 Windows (x64) Elwood 2014

Autodesk 3ds Max 2016 Windows (x64) Phoenix 2015

Autodesk 3ds Max 2017 Windows (x64) Phoenix 2016

Va hokazo xozirgi kunga qadar vangilanib kelmoqda

Autodesk 3ds Max 2024 Windows (x64) 2023

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Arxitektura va dizayn sohalarida dastur muhim o'rin tutadi. Dastur boshqa dasturlar bilan keng ma'lumot almashuvi imkoniyatiga ega. Amaliy loyihalarni bajarishda dastur asosiy vazifalarni bajaradi. Bu loyihalovchi mutaxasisni vizual tasavvur olamini kengaytirib uning kamchilik hamda yutuqlarini aniq ko'rish imkonini beradi. Loyihalarni amalga oshirishda yurtimizda loyiha institutlari, kichik korxonalar, badiiy dekorativ ijodiy ishlarni amalga oshiradigan kichik firmalar ishlab kelmoqda. Loyihalarni iste'molchilarga real foto ko'rinishda taqdim qilish ish sifatini samarasini oshiradi. Sifatli tasvirlarni amalga oshirish uchun Autodesk 3ds Max dasturiga qo'shimcha plagenlar ishlab chiqilgan.

V-Ray-plageni asosiy vizual ko'rinishlarni hosil qilib beradi. Yuqori sifatli fotoreal ko'rinishlarni tasvirlash uchun Autodesk 3ds Maxdasturiga moslab ishlab chiqarilgan. Chaos Group ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlab chiqarilgan ushbu plagen dasturning vizual ko'rinishlarni sozlamasiga o'rnatiladi. Rassom, arxitektor professionallar uchun yuqori sozlamalarga ega. Bunga o'xshash plagen ishlab chiqaruvchilari bizga turli plagenlar taqdim etishda davom etmoqdalar.

Plaginlar ro'yxati

RenderMan FinalRender Brazil R/S

Fryrender Indigo Renderer Maxwell Render

LuxRender Kerkythea Arion Render

BIGrender Sunflow Krakatoa

Axborotlarga yangicha ko'rinish berish, ularni yaratish va tahlil qilish bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biridir. Kompyuter grafikasi ham hayotimizning barcha jabhalariga kirib keldi va turli sohalarning ajralmas bo'lagi bo'lib qoldi, hamda hozirgi kunda aniq bir soha sifatida o'rganilib kelinmoqda. Bu sohadagi izlanishlar jadallik bilan rivojlanib ko'plab ijobiy natijalarga erisxilmoqda. Axborot texnologiyalar asrida yashar ekanmiz foydalanuvchiga yangidan-yangi imkoniyatlar yaratish, axborotlarga ishlov berishni

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

chunonchi yaratishning yanada osonlashtirish, ularni sifatini oshirish bizning oldimizda turgan masallardan biridir.

Uch o'lchamli grafika kompyuter grafikasining asosiy bo'g'ini sifatida namoyon bo'ladi. Turli xil animatsion tasvirlar, reklama roliklari, kino olami, arxitektura va dizayn sohalarini kompyuter grafikasisiz tasavvur qilish qiyin [6]. Ushbu sohalarning barchasida uch o'lchovli grafikadan foydalaniladi. Juda murakkab ko'rinishdagi animatsion tasvirlarni yaratishda ayniqsa 3dsmax dasturiy ta'minotidan foydalanish qo'l keladi. Uch o'lchamli obektlarni deyarli barchasini ushbu dasturdan foydalanib yaratish mumkin. Dastur imkoniyatlaridan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, real dunyo hodisalarini kompyuterda mujassamlashtirib yangi ko'rinishdagi obekt va hodisalarni yaratishimiz mumkin. Biz ushbu dasturning imkoniyatlarini yanada oshirishni o'zimizni oldimizga maqsad qilib qo'ydik.

Ma'lumki 3dsmax dasturida ishlovchilar yoki dastur foydalanuvchilari biror loyiha yaratishda obektlarni aniqliligiga, o'lchamlariga ko'pincha e'tibor berishmaydi. Bu esa o'z navbatida loyihani yoki obektni tasvirlashda noaniqliklarga olib keladi. Sifati yaxshi bo'lmaydi. 3 ds Max dasturidan faqatgina dasturchilar emas balki oddiy operatorlar ham foydalanishadi. Turli xil grafik obektlarni matematik formulalar asosida yaratish uning aniqliligini, sifatini yanada oshiradi. Kerakli tasvirlarni shunchaki "qo'l" bilan emas aniq

aksioma va teoremalar asosida yaratish kompyuter grafikasining asosiy maqsadlaridan biridir.

XX asrning oxiri XXI asrning boshlarida «Yapon mo'jizasi», «Koreys mo'jizasi», «Singapur mo'jizasi» deya atalgan, keyingi paytlarda esa «Xitoy mo'jizasi» deb nom olgan va inqirozsiz rivojlanishning yuqori darajasini namoyon qilib, jahon bozoridagi mavqeini tobora mustahkamlab borayotgan mamlakatlardagi ta'lim tizimida qo'llanilayotgan pedagogik 1-chizma. texnologiyalar e'tiborni o'ziga jalb qiladi.

Bu mamlakatlarda masalaga yangicha pedagogik yondashuv natijasida saboq oluvchilar tomonidan materiallarni o'zlashtirish samaradorligi 90-95 foizga yetgani bor haqiqat (1-chizma). Bunday muvaffaqiyatning garovi ta'lim tizimida asrlar davomida shakllangan an'ana va rusumlarning taraqqiyot talablari bilan uyg'unlashtirilishi va o'qitish tizimida yangi pedagogik texnologiyalarni qo'llash samaradorligiga erishilganligida, desak xato bo'lmaydi.

Innovatsion ta'lim texnologiyalarining nazariy asoslari tarkibi. Innoatsion ta'lim texnologiyalari juda ko'p bo'lib quyida ularning ayrimlariga to'xtalib o'tdik.

Erkin yozish. Talabalarga besh daqiqa ichida "3ds studio max dasturida modellashtirish" mavzusi bo'yicha o'z xayollariga kelgan barcha narsalarni to'xtamasdan

ИЖТИМОИЙ ш_■ фалсэфий

физиологии H гигиеник

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал 2024, №7

Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

yozishni taklif qilish mumkin. Besh daqiqa tugaganida (eslatma, besh daqiqa tugadi deb e'lon qiling va ishni tugallash uchun yana bir daqiqa vaqt bering, zero qiziqarli fikrlar odatda tang vaziyatlarda tug'iladi) ularga o'z yozganlarini sheriklariga o'qib berishini taklif etish mumkin.

Mazkur bosqichda o'qituvchining ixtiyorida ko'p imkoniyatlar bo'ladi. Masalan, juftliklarga o'z fikrlarini butun guruh bilan o'rtoqlashishni taklif etish va guruhiy-aqliy hujum vaziyatini yaratish mumkin2.

«Qanday?» diagrammasi. Ko'pgina hollarda muammoni yechishda "nima qilish kerak"ligi to'g'risida o'ylanib qolmasligingiz kerak. Asosan muammo, uni yechishda "buni qanday qilish kerak?", "qanday"asosiy savollar yuzaga kelishidan iborat bo'ladi.

"Qanday" savollarining izchil berilishi quyidagilar imkonini beradi: muammoni yechish nafaqat bor imkoniyatlarni, balki ularni amalga oshirish yo'llarini ham tadqiq qilish; quyidan yuqoriga bosqichma-bosqich bo'ysunadigan g'oyalar tuzilmasini aniqlaydilar.

Diagramma strategik darajadagi savollar bilan ishlashni boshlaydi: muammoni yechishning pastki darajasi birinchi galdagi harakatlarning ro'yxatiga mos keladi. barcha g'oyalarni o'ylab o'tirmasdan, baholamasdan va taqqoslamasdan tezlikda yozish kerak; diagramma hech qachon tugallangan bo'lmaydi: unga yangi g'oyalarni kiritish mumkin; agarda chizmada savol uning "shoxlarida" bir necha bor qaytarilsa, unda u biror muhimlikni anglatadi. u muammoni yechishning asosiysi bo'lishi mumkin; yangi g'oyalarni grafik ko'rinishda: daraxt yoki kaskad ko'rinishidami, yuqoridan pastgami yoki chapdan o'ngda qayd qilinishini o'zingiz hal etasiz; agarda siz o'zingizga to'g'ri savollar bersangiz va uning rivojlanish yo'nalishini namoyon bo'lishida ishonchni saqlasangiz, diagramma, siz har qanday muammoni amaliy jihatdan yechimini topishingizni kafolatlaydi. Ta'lim jarayonining mohiyatini o'zaro bog'langan uchta - o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish kabi omillar tashkil etadi. Bunda albatta tanqidiy fikrlashni rivojlantirishga katta e'tibor berish kerak. Talabalarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun quyidagi strategiyalardan foydalanish talab etiladi (1- jadval).

1- jadval. Tanqidiy fikrlashn rivojlantirish strategiyalari

Da'vat bosqichida qo'llaniladigan strategiyalar Anglash bosqichida qo'llaniladigan strategiyalar Fikrlash bosqichida qo'llanidigan strategiyalar

Erkin yozish. Klaster. Aqliy hujum. B-B-B chizmasi. Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi. Semantik xususiyatlar tahlili. Semantik xususiyatlar tahlili. B-B-B chizmasi. O'qitish bo'yicha qo'llanma. Bir-biriga o'rgatish. Bir-biridan so'rash. Ikki qismli kundaliklar. Eng asosiy tushunchalar, takrorlash. T-chizma. Konseptual jadval. Venn diagrammasi. Nilufar guli. Besh minutlik esse. O'n minutlik esse.

2 Abduqodirov A.A. v/b "O'quv jarayonida kompyuter texnologiyalarini qo'llash va uning muammolari". -T.: "Ta'lim va tarbiya". 2000-yil, 1-2-sonlar.T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

AQLIY XUJUM

V.

Amaliy yo'naltirilgan, ko'nikma va malakalarni mustahkamlovchi uslublar o'z xususiyatlariga ko'ra innovatsion hisoblanadi. Ularga: tashkiliy-faoliyatli o'yinlar (TFO'), ishchan va rolli o'yinlar, personallarning muloqoti, ijodiy ishlar, psixotexnika, roli trening, "Case-study" va boshqalar kiradi. "Case-study" - aniq iqtisodiy va ijtimoiy vaziyatlarning tavsifidan foydalangan holda o'qituvchilarda aniq ko'nikmalarni shakllantirish texnikasidir.

Zamonaviy rivojlanish sharoitida faoliyat ko'rsatayotgan yoshlar mustaqil fikrlaydigan, muammoli vaziyatlarda mustaqil qarorlar qabul qila oladigan bunday vaziyatlarni to'g'ri baholab, ulardan chiqib keta oladigan, sifatlarga ega bo'lishlari zarur. Yoshlarda ana shunday sifatlarni o'quv-tarbiya jarayonida pedagogik vaziyatli masalalarni yechishga qaratilgan - keyslardan foydalanilgan mashg'ulotlarda shakllantirish va rivojlantirish mumkin.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, dars mashg'ulotlarini olib borishda talabalar chizma geometriya va kompyuter grafikasi fanini samarali o'zlashtirishi uchun amaliy ko'nikamalari ustida ko'proq ishlashlari mumkin bo'ladi. CAD, CAM, BIM tizimida ishlayigan dasturlarni mukammal o'zlashtirishlari uchun zamonaviy kompyuter grafikasi dasturlari bilan yaqindan tanishib, bu dasturdan keng foydalanish talab etiladi. Odatda dasturlarning funksiyalari bir-biriga yaqin qilib ishlangan bo'lib, ikki va uch o'lchamlarda ishlashda katta murakkablik tug'dirmaydi. Talabalar loyihalarni amalga oshirishlari uchun e'tibor qaratadigan jihatlari, erkin fikrlashlari, g'oyalarning zamonaviyligi bu dasturlardan to'siqlarsiz bemalol foydalangandagina natija beradi.

Bunda albatta zamonaviy ta'lim texnologiyalarni mashg'ulotlarda keng qo'llash, samarali xorij tajribasiga tayanish katta yutuqlarga olib keladi. Mustaqil fikrlash va uni amalga oshirishni talabalarda shakllantirish bilan birgalikda o'z ustida ishlashni talab etadi. Ochiq ma'ruzalarni tashkil etish, amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishda xorij tajribasiga tayanib rejalari asosda dars mashg'ulotlarini olib borish kerak.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish kerakki, xozirgi kunda texnika va texnologiyalar jadal suratda rivojlanib bormoqda. Kelgusi avlodlar qulay imkoniyatlardan foydalanib, tez va sifatli natijaga erisha olishlari uchun o'z soxalariga oid bo'lgan kompyuter dasturlarini yaxshi o'zlashtira olishlari zarur. Biz maqolada keltirib o'tgan 3d studio MAX dasturi ham bo'lg'usi soxa mutaxassislari uchun muhandislik grafikasi bo'yicha turli loyihalarni sifatli va samarali bajara olishlari, kelgusi avlodga yuqoridagi kabi pedagogik texnologiyalar asosida bilim berishlari natijasida ko'proq va foydali natijaga erisha olishlari uchun kerakli omil bo'lib xizmat qiladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -T., "O'zbekiston". 2016y.

2. Abduqodirov A.A. v/b "O'quv jarayonida kompyuter texnologiyalarini qo'llash va uning muammolari". -T.: "Ta'lim va tarbiya". 2000-yil, 1-2-sonlar.T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi.

3. Хворостов, Д. А. 3D Studio Max + VRay. Проектирование дизайна среды. Учебное пособие Д. А. Хворостов. - Москва: 2015.

4. Muraxovskiy V .I. Kompyuter grafikasi М ДСТ-ПСССКД, 2002 г.

5. Осипа, Дж. 3D-моделирование и анимация лица. Методики для профессионалов / Дж. Осипа. - М.: Диалектика, 2008.

6. Maxmudov A. O. USE OF FINE ART AND APPLIED ART EXAMPLES IN THE NATIONAL ARCHITECTURE //International Bulletin of Medical Sciences and Clinical Research. - 2022. - Т. 2. - №. 11. - С. 37-46.

7. Maksmudov, A. 2024. Визуальные инструкции и, тем самым, дальнейшее формирование пространственного воображения учащихся. Международный журнал по интегрированному образованию. 7, 2 (февраль 2024 г.), 100-103.

8. O. Maxmudov, M. T. Numonova. (2023). ЛАНДШАФТНЫЕ ОБЪЕКТЫ В ПРОЦЕССЕ РИСОВАНИЯ. Academia Science Repository, 4(5), 906-912. Извлечено из https://academiascience.com/index.php/repo/article/view/587

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HIsmonov Xurshidbek Baxtiyorovich "Ijtimoiy gumunitar fanlar va san'at" fakulteti, "Tasviriy san'at va musiqa ta'limi" kafedrasi dotsenti v/b., [Исмонов Хуршидбек Бахтиёрович доцент и/о, факультет «Социально-гуманитарные науки и искусство», кафедры «Изобразительное искусство и музыкальное образование».], [Ismonov Khurshidbek Bakhtiyorovich, faculty of social sciences, humanities and arts, teacher of the department of fine arts and music education.]; manzil: O'zbekiston, Andijon shaxar Izboskan tumani Olmazor ko'chasi 2-uy [адрес: Узбекистан, город Андижан Избасканский район улица Олмазор дом 2], [address: Uzbekistan, Andijan city Izboskan district Olmazor street 2]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.