Научная статья на тему 'ARXITEKTURA SOHASIDAGI TALABALAR UCHUN 3DS MAX DASTURINING IMKONIYATLARI'

ARXITEKTURA SOHASIDAGI TALABALAR UCHUN 3DS MAX DASTURINING IMKONIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
290
47
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
2D MODEL / 3D MODEL / AKT / DIZAYN / MODELLASHTIRISH

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xasanov A.A., Ikromov J.I.

Ushbu maqola arxitektura sohasida ta’lim olayotgan talabalarga uch o‘lchovli grafika dasturidan foydalanib ta’lim berishga bag’ishlanadi. Unda talabalar 3D modellashtirishda 3Ds Max dasturidan foydalanish imkoniyati ko’rib chiqilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POSSIBILITIES OF THE 3DS MAX PROGRAM FOR STUDENTS IN THE FIELD OF ARCHITECTURE

This article is dedicated to the training of student architects with the help of three-dimensional graphics programs. On predostavlyaet students the ability to use 3Ds Max in 3D modeling.

Текст научной работы на тему «ARXITEKTURA SOHASIDAGI TALABALAR UCHUN 3DS MAX DASTURINING IMKONIYATLARI»

UDK-004

Xasanov A.A.

Kamma y^umyeuu Ikromov J.I. talaba

Namangan muhandislik-qurilish instituti O'zbekiston, Namangan shaxar

ARXITEKTURA SOHASIDAGI TALABALAR UCHUN 3Ds MAX DASTURINING IMKONIYATLARI

Annotatsiya: Ushbu maqola arxitektura sohasida ta'lim olayotgan talabalarga uch o'lchovli grafika dasturidan foydalanib ta 'lim berishga bag'ishlanadi. Unda talabalar 3D modellashtirishda 3Ds Max dasturidan foydalanish imkoniyati ko'rib chiqilgan

Kalit so'zlar: 2D model, 3D model, 3Ds MAX, AKT, Dizayn, Autodesk, modellashtirish.

Khasanov A.A. senior lecturer Ikramov J.I. student

Namangan Civil Engineering Institute Uzbekistan, Namangan city

POSSIBILITIES OF THE 3Ds MAX PROGRAM FOR STUDENTS IN THE FIELD OF ARCHITECTURE

Abstract: This article is dedicated to the training of student architects with the help of three-dimensional graphics programs. On predostavlyaet students the ability to use 3Ds Max in 3D modeling.

Keywords: 2D-model, 3D-model, 3Ds MAX, ICT, design, Autodesk, modeling.

Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) joriy etilib kelinmoqda. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida ta'lim tizimida ham turli fanlarni o'qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. AKT nafaqat o'quvchilarda bilim va malakalarini shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi.

AKT imkoniyatlaridan foydalanib arxitektura sohasida ta'lim olayotgan talabalarga arxitektura va dizayn sohasidagi ishlarni amalga oshirishda 3D

grafika dasturlaridan foydalanishni o'rgata olsak, bu - talabalarni sohaga yanada qiziqishlari hamda o'zlashtirilishlariga yordam beradi. Barchamizga ma'lumki talaba ko'rish sezgisi orqali, eshitish sezgisiga nisbatan ko'proq axborotni qabul qiladi va uning mazmunini, tub mohiyatini yaqqol ko'ra oladi. Misol uchun bironbir ob'ektni og'zaki tushuntirishdan ko'ra, uni ko'rgazmali namoyish etish bilan ma'lumotni talabaning ongiga oson va tez etkazish mumkin. Dunyoda axborot-kommunikatsiyalari texnologiyalarining texnik va dasturiy ta'minotlarining gurkirab riovojlanib borayotgan bir davrda yashamoqdamiz. Shaxsiy kompyuterlar qamrab olmagan sohalarning o'zi qolmadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Kompyuter grafikasi elementlari ham xalq xo'jaligining barcha sohalarda keng qo'llanilmoqda. Uch o'lchovli grafika muhandislik loyiha ishlarida, reklamalarda, arxitektura-loyihalash ishlarida hamda boshqa sohalarda keng qo'llanib kelinmoqda. Ucho'lchovli grafika kompyuter grafikasi tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli yo'nalishdir [1].

Oxirgi yillarda an'anaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o'lchovli 3D modellashtirish dasturlari ko'p tarqaldi. Hozirgi davrda ko'p foydalanilayotgan 3D modellashtirish dasturi Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 3D Studio MAX grafik dasturidir [3].

Mazkur dasturdan foydalanishni bizga yaqin bo'lgan sohadan ya'ni arxitektura-loyihalash ishlari misolida o'rganadigan bo'lsak, bo'lajak arxitektor talabalarni tasavvurini rivojlantirishda juda katta rol o'ynaydi. SHu o'rinda biz istagandek natijaga erishish uchun esa albatta o'qituvchidan yuqori ko'nikma va zamonaviy, amaliy tajriba talab qilinadi. Dars dasturini shunday taqsimlashimiz kerakki talabalarning o'zlari istayotgan natijalarni tez va oson ko'ra bilishlari orqali ularda qiziqish uyg'otib so'ng murakkab loyihalashga o'tish mumkin.

Yuqoridagi keltirilgan fikrlarni qisqacha izoxlaydigan bo'lsak o'qituvchi qanchalik ilmli bo'lmasin, avvalida talabani qiziqtirolmas ekan so'ngida dars qiziq bo'lsa ham ularga bilim berib va berilgan bilimni talab qilib olishi anchayin murakkab kechadi. Shunday ekan dars avvalida dastur haqida tushuncha, uni imkoniyatlari hamda qurilish sohasida o'rin tutadigan tomonlari haqida qisqacha ma'lumot berib o'tishimiz maqsadga muvofiq. Vaholanki bu sohada o'rin tutadigan tomonlari haqidagi fikrga urg'u beradigan bo'lsak 3Ds Max dasturi aslida aynan arxitektura sohasi uchun emas avvaliga animatsiyalar uchun ishlab chiqilganligi, keyinchalik esa arxitektorlar tomonidan o'zlashtirilib, bu erdagi buyruqlardan qurilish sohasida kerakligidan foydalanib kelayotganimizni talabalarga ochiq ma'lumot berib o'tish, dastur imkoniyatlari keng degan mazmun orqali ularni qiziqishini yanada orttirib maqsadga erishishimiz oson bo'ladi.

Dars o'tish jarayonini yuqorida keltirilgan ma'lumotlardan so'ng dasturda foydalaniladigan tezkor klaviatura buyruqlari bilan boshlanganimiz, kirish qismi uchun oson va etarli hisoblanadi. Shu zayilda avvaliga kichik, oson va qiziqarli bo'lgan 3D model, masalan zamonaviy stul chizish bilan boshlashimiz va sekin

asta chizishni murakkablashtirishimiz orqali qurilish ob'ektini modellashtirishga o'tishimiz qiyinchilik tug'dirmaydi.

3Ds Max dasturida yaratilgan ob'ektlarni ko'rinishi

Maqsadimiz talabalarni "tezroq bilim" berib ish rejani tamomlash emas, balki sifatli ta'lim tarafdorimiz. Albatta yaxshi, sifatli ta'lim vaqt va mehnat talab qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Блинова Т.А., Порев В.Н. Компьютерная графика /Под ред. В.Н.Порева -К.: Издательство Юниор, 2005. - 520 с.

2. Шикин Е. В., Боресков А. В. Компьютерная графика. — М.: ДИАЛОГМИФИ, 1995. 32.

3. Петерсон М. Эффективная работа с 3d Studio MAX - СПб: Питер, 2011 -656 с.: ил.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.