Научная статья на тему 'TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINING О‘RNI, О‘QITISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI'

TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINING О‘RNI, О‘QITISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
19
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
muhandislik grafikasi / texnik fikrlash / fazoviy tasavvur / kompyuter grafikasi / kompyuter modellashtirish / loyihalash / grafik dasturlash / инженерная графика / техническое мышление / пространственное воображение / компьютерная графика / компьютерное моделирование / проектирование / графическое программирование.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N.J. Yodgorov, M.M. Badiyev

ushbu maqolada talabalarning fazoviy va texnik tassavurlarini rivojlantirishda muhandislik grafikasi fanining o’rni va ahamiyati, bu fanni о‘qitishdagi muammolar va ularning yechimlari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF ENGINEERING GRAPHICS IN THE DEVELOPMENT OF TECHNICAL THINKING, ISSUES IN TEACHING, AND THEIR SOLUTIONS

в данной статье освещены роль и значение предмета инженерной графики в развитии пространственного и технического воображения у студентов, а также проблемы преподавания этого предмета и их решения.

Текст научной работы на тему «TEXNIK TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHDA MUHANDISLIK GRAFIKASI FANINING О‘RNI, О‘QITISHDAGI MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© N.J. Yodgorov1^, M.M. Badiyev2^_

12Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada talabalarning fazoviy va texnik tassavurlarini rivojlantirishda muhandislik grafikasi fanining o'rni va ahamiyati, bu fanni o'qitishdagi muammolar va ularning yechimlari yoritib berilgan.

MAQSAD: Bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashda grafik fanlarni o'qitishda qurilish va o'quv chizmalarining umumiy tamoyillarini bilish, turli xil texnik va me'moriy obyektlarni loyihalash, qurish vaqtida muqarrar ravishda yuzaga keladigan turli xil muhandislik va geometrik muammolarni hal qilish kabi qobiliyatlarni shakllantirish.

MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan fanni o'quvchilar qay darajada o'zlashtira olishlari va ularni bu fanni o'zlashtirishdagi muammolar va ularning yechimlarini o'rganish uchun 10 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. (5 tasi muhandislik grafikasi faniga oid va qolgan 5 tasi texnika fanlarini o'qitish bo'yicha maqolalar). Yig'ilgan maqolalar 2010-2023 yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: muhandislik grafikasi fanini boshqa texnika fanlari bilan integratsiyalashtirilgan holda o'rgatishning afzalliklari bo'yicha tahlil qilingan ilmiy maqolalar bugungi kunda muhandislik grafikasi fanini o'qitishda yo'l qo'yiladigan kamchiliklariga qaratilgan maqolalarga qaraganda ko'proq jalb qilish kontingentiga tayanadi. Ikkala o'rganish natijalari bo'yicha mualliflar muhandislik grafikasi fani bo'yicha umumiy bilimlarga murojaat qilish orqali o'quvchi bilan muloqot qiladi, ammo muhandislik grafikasi fani o'qitishdagi mavjud muammolarga qaraganda uning yechimlariga qaratilgan maqolalar o'quvchi e'tiborini faol ravishda yo'naltiradi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo'llagan holda muhandislik grafikasi fani o'qitish o'quvchilarning texnik va fazoviy tassavurlarini kengayishi va bilimni to'laqonli egallashga ko'maklashgan.

XULOSA: grafik tasvirlar ko'plab ijodkorlik faoliyati turlarini bog'lovchi bo'g'in hisoblanadi. Grafika fanlari o'quvchilarning texnik hamda fazoviy tasavvurini rivojlantiruvchi kuchli vosita hisoblanadi. Shuning uchun ham muhandislik grafikasi kursida shaxsning ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantiruvchi juda katta potensial imkoniyatlar mavjud. Fanning politexnik xususiyatlari o'quvchilarning individual qiziqishlari va qobiliyatlarini ochilishiga ko'maklashuvchi turli xil obyektlardan foydalanish imkonini beradi.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Ta'lim jarayonida o'quvchilarning hayot tajribalari, texnika, turmush va tabiat hodisalarini kuzatishlaridan chiqargan xulosalarini muhandislik grafikasi kursi bilimlari bilan bog'lab olib borish (masalan, aniq bir buyumda geometrik shakllaming mujassamlashuvi, buyum soyasi shaklining xususiyatlari va h.) o'qitish samaradorligini va o'quvchilarda fazoviy chizmalarni o'qish va tahlil qilish qobiliyati oshiruvchi tamoyillardan biri hisoblanadi.

Kalit so'zlar: muhandislik grafikasi, texnik fikrlash, fazoviy tasavvur, kompyuter grafikasi, kompyuter modellashtirish, loyihalash, grafik dasturlash.

Iqtibos uchun: Yodgorov N.J., Badiyev M.M. Texnik tafakkurini rivojlantirishda muhandislik grafikasi fanining o'rni, o'qitishdagi muammolar va ularning yechimi. // Inter education & global study. 2024. №5. B.310-318.

РОЛЬ ИНЖЕНЕРНОЙ ГРАФИКИ В РАЗВИТИИ ТЕХНИЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ,

ПРОБЛЕМЫ ПРЕПОДАВАНИЯ И ИХ РЕШЕНИЯ_

© Н.Ж. Ядгаров1Н, М.М. Бадиев2Н

12Бухарский государственный педагогический институт, Бухара, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье освещены роль и значение предмета инженерной графики в развитии пространственного и технического воображения у студентов, а также проблемы преподавания этого предмета и их решения.

ЦЕЛЬ: формирование у будущих специалистов навыков, необходимых для понимания общих принципов строительных и учебных чертежей при изучении графических предметов, а также для решения различных инженерных и геометрических задач, неизбежно возникающих при проектировании и строительстве различных технических и архитектурных объектов.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: был создан корпус из 10 научных статей для изучения степени усвоения учащимися предмета, проблем, с которыми они сталкиваются, и решений этих проблем. Пять статей касались инженерной графики, остальные пять — преподавания технических дисциплин. Собранные статьи, опубликованные в международных и национальных академических журналах в период с 2010 по 2023 годы, были проанализированы и сравнительно изучены.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: анализ научных статей о преимуществах интеграции преподавания инженерной графики с другими техническими дисциплинами показывает, что статьи, посвященные решению существующих проблем в преподавании инженерной графики, привлекают больше внимания по сравнению со статьями, акцентирующими внимание на недостатках. Авторы обеих групп исследований взаимодействуют с учащимися через общие знания по инженерной графике, но статьи, направленные на решения, активнее привлекают внимание учащихся. Преподавание инженерной графики с использованием современных педагогических технологий способствует расширению технического и пространственного воображения учащихся и полноценному усвоению знаний.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: графические изображения служат связующим звеном для многих видов творческой деятельности. Графические предметы являются мощным средством развития технического и пространственного воображения учащихся. Поэтому курс инженерной графики имеет большой потенциал для формирования творческих способностей личности. Политехнические характеристики предмета позволяют использовать различные объекты, способствующие раскрытию индивидуальных интересов и способностей учащихся. Связывание жизненного опыта учащихся, наблюдений за техническими, бытовыми и природными явлениями с знаниями курса инженерной графики (например, воплощение геометрических форм в конкретном предмете, особенности формы тени предмета) является одним из принципов, повышающих эффективность обучения и способность учащихся читать и анализировать пространственные чертежи.

Ключевые слова: инженерная графика, техническое мышление, пространственное воображение, компьютерная графика, компьютерное моделирование, проектирование, графическое программирование.

Для цитирования: Ядгаров Н.Ж., Бадиев М.М. Роль инженерной графики в развитии технического мышления, проблемы преподавания и их решения. // Inter education & global study. 2024. №5. С. 310-318.

THE ROLE OF ENGINEERING GRAPHICS IN THE DEVELOPMENT OF TECHNICAL THINKING, ISSUES IN TEACHING, AND THEIR SOLUTIONS_

© Nodir J. Yadgarov1®, Maxmud M. Badiyev2®

1Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article highlights the role and significance of the subject of engineering graphics in developing students' spatial and technical visualization skills, as well as the challenges in teaching this subject and their solutions.

AIM: To equip future specialists with the ability to understand the general principles of construction and educational drawings in the teaching of graphic subjects, and to develop skills in solving various engineering and geometric problems that inevitably arise during the design and construction of various technical and architectural objects.

MATERIALS AND METHODS: a corpus of 10 scientific articles was created to study the extent to which students can master the subject, the challenges they face, and solutions to these challenges. Five articles were related to engineering graphics, and the remaining five were about teaching technical subjects. The collected articles, published in international and national academic journals between 2010 and 2023, were analyzed and comparatively reviewed.

DISCUSSION AND RESULTS: the analysis of scientific articles on the advantages of integrating the teaching of engineering graphics with other technical subjects shows that articles focusing on the solutions to the existing problems in teaching engineering graphics

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

attract more attention than those highlighting the shortcomings. Authors engage with students through general knowledge in engineering graphics, but articles focused on solutions actively direct student attention. Teaching engineering graphics using modern pedagogical technologies has helped expand students' technical and spatial visualization skills and fully grasp the knowledge.

CONCLUSION: graphic representations serve as a connecting link between various types of creative activities. Graphic subjects are a powerful tool for developing students' technical and spatial visualization skills. Therefore, the engineering graphics course has great potential in shaping individuals' creative abilities. The polytechnic characteristics of the subject allow for the use of various objects that help uncover students' individual interests and abilities. Linking students' life experiences, observations of technical, household, and natural phenomena with the knowledge of the engineering graphics course (e.g., the embodiment of geometric shapes in a specific object, the characteristics of the shadow shape of an object) is one of the principles that enhance teaching effectiveness and students' ability to read and analyze spatial drawings.

Key Words: engineering graphics, technical thinking, spatial visualization, computer graphics, computer modeling, design, graphic programming.

Hozirgi kunda ishlab chiqarish sanoati sohasida texnik fikrlashga layoqatli malakali kadrlarga ehtiyoj yuqori hisoblanadi. Bunday mutaxassislarni tayyorlash esa muvaffaqiyatli kasbiy faoliyatning asosi sifatida ularning texnik tafakkurini rivojlantirishga asoslanadi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, raqamli va texnologik imkoniyatlar dunyosida bu yetarli emas. Chunki texnik fikrlash zamirida nafaqat texnologiyadan foydalanishni bilish, balki texnologiya yordamida insoniyat hayot tarzini yaxshilash, yashash sifatini barqarorlashtirish, ta'lim jarayonini samaradorligini oshirish muhim ustuvor vazifa sanaladi.

Mamlakatimizda mavjud 132 ta (2020 y.holatiga to'ra) oliy ta'lim muassasalari tarkibida 134 ta bakalavriat уо^^!^ va 147 ta magistratura mutaxassisliklari mavjud[1]. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5847-son Farmoni ilovasida keltirilgan ma'lumotlarga asosan, talabalarning 25,2% ishlab chiqarish-texnika sohalariga oid ta'lim уо^^!!^ va mutaxassisliklari bc'yicha tahsil olmoqdalar[2]. Texnika va texnologiya уо^^^п va mutaxassisliklariga ega oliy ta'lim muassasalari tarkibiga asosan, mashinasozlik, transport, energetika kabi mintaqaviy iqtisodiyotning innovatsion va byudjetni shakllantiruvchi tarmoqlari uchun mutaxassislar tayyorlashga уо^Шп^п уо^^^г va mutaxassisiliklar kiradi.

Ushbu уо^^ va mutaxassisliklardagi texnik profilga ega talaba kelajakda quyidagi to'nikma va malakalarga ega Ьо'^М, ya'ni: olingan bilimlarni amaliyotda до'Иэу olish; yangi bilimlarni yangilash va yaratish qobiliyati; asosiy ma'lumotlarni taqqoslash,

For citation: Nodir J. Yadgarov, Maxmud M. Badiyev. (2024) 'The role of engineering graphics in the development of technical thinking, issues in teaching, and their solutions', Inter education & global study, (5), pp. 310-318. (In Uzbek).

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

umumlashtirish, tizimlashtirish, olingan ma'lumotlarni tasniflash va tahlil qilish; o'z bilimlarini mantiqan asoslay olish, ya'ni isbotlash, rad etish, izohlash va hokazo; grafik va diagrammalarni, fazoviy chizmalarni o'qish va tahlil qilish qobiliyati; qurilmalar, uskuna va kompyuterlar, maishiy texnika va ilmiy-tadqiqot uskunalari bilan ishlash bo'yicha amaliy ko'nikmalarga ega bo'lish talab etiladi.

Yana bir jihati borki, aksariyat texnik yo'nalishlarga ega oliy ta'lim muassasalarida "Chizma geometriya", Muhandislik grafikasi", "Kompyuter grafikasi" va "Kompterda modellashtirish" kabi fanlar o'qitiladi. Bu esa o'z navbatida ishlab chiqarish jarayonlaridagi mashinalar, uskunalar, mexanizmlarga oid, shuningdek, zamonaviy bino va inshootlarni loyihalash jarayonlarida mavjud turli tasvirlarni yaratish, eskizlar, ishchi chizmalar, sxemalarni tushunish kabi ko'nikma va malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi. Chunki bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashda grafik fanlarni o'qitishda qurilish va o'qish chizmalarining umumiy tamoyillarini bilish, turli xil texnik va me'moriy obyektlarni loyihalash, qurish vaqtida muqarrar ravishda yuzaga keladigan turli xil muhandislik va geometrik muammolarni hal qilish kabi qobiliyatlarni shakllantiriladi.

Tadqiqot va izlanishlar shuni ko'rsatadiki, hozirgi kunda mehnat bozorida chizmalarni yaratish va tushunish imkoniyatiga ega bo'lgan mutaxassislarga talab yuqori hisoblanadi.

Chizma geometriya va muhandislik grafikasi usullari yordamida hal qilinishi mumkin bo'lgan vazifalar ro'yxati doimiy ravishda oshib bormoqda. Jumladan, grafik fazoviy tasvirlar bilan ishlash, grafik vositalar yordamida axborotlarni tasavvur qilish va uzatish kabi vazifalarni keltirish mumkin. Bu vazifalarni fazoviy tasavvursiz muvaffaqiyatli bajarish mumkin emas. Shu o'rinda kompyuter grafikasi fanlarini o'qitishdagi muammolarni sanab o'tsak.

Avvalo, texnik savodxonlikning asosi o'rta ta'lim maktablarida "Chizmachilik" fanining o'qitilishi bilan boshlanadi. Bu fan faqatgina 8-va 9-sinflarda o'qitiladi. Talaba oliy ta'lim muassasasiga kompyuter grafikasiga oid fanlarni o'zlashtirishda ikki yil (gohida undanda ortiq) "uzilish" bilan keladi. Bu vaqt oralig'ida maktab dasturida o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalar talaba yodidan ko'tariladi. Buni bartaraf etish uchun, maktab dasturidagi "Chizmachilik" fani va oliy ta'limdagi kompyuter grafikasi fanlari bilan mutanosiblik davri muvofiqlashtirilishi lozim.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son farmoniga asosan oliy ta'lim muassasalarining zamonaviy o'quv va ilmiy laboratoriyalar bilan jihozlanish darajasi yetarli emas, xalqaro standartlarga javob beradigan o'quv laboratoriya uskunalarining salmog'i 10%ni tashkil etadi[2]. Bu ham o'z navbatida kompyuter grafikasiga oid fanlarni, xususan "Kompyuter grafikasi" va "Kompyuter modellashtirish" fanlarini o'qitishdagi muammolardan biri hisoblanadi. Bu esa ta'lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish orqali hal etiladi. Hususan, kompyuter grafikasi fanlarini o'qitish jarayonida interfaol doskalardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bu orqal talabalarning raqamli tasvirlar, eskizlar,

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

chizmalar, modellar, vizual jadvallar va grafiklar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirilib, talabalarning fazoviy va texnik fikrlash tafakkurini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Oliy ta'lim tizimida grafik fanlarni o'qitishdagi yana bir muammolardan biri - bu professor-o'qituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'zlashtirish darajasining pastligi hamda kasbiy mahorati bugungi kun talablariga javob bermasligi hisoblanadi. "Muhandislik va kompyuter grafikasi" fani aksariyat hollarda hali hamon bo'r va doskadan foydalangan holda o'tiladi. Vaholanki, hozirgi kunda ushbu fanlarni o'qitishda bir qancha grafik dasturlar mavjud, masalan AutoCAD, SolidWorks, Solid Edge, Auotodesk Inventor, Kompas-3D, T- FLEX va h.k.lar. Aksariyat hollarda professor-o'qituvchilarning grafik dasturlarini bilmasligi yoki faqat bittasini bilishi va shu bilan chegaralanib qolishi talabalarning keng qamrovli bilim egallashiga to'sqinlik qilishi mumkin. Bu boradagi muammolarni hal etishda esa sog'lom raqobat muhitini shakllantirish, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayonida professor-o'qituvchilarning ham malakalarini ishlab chiqarish jarayonlari buyurtmachilarini faol jalb etgan holda hamda yangi zamonaviy texnologik obyektlarda mavjud grafik dasturlarida ishlash malakalarini o'zlashtirish orqali - oliy ma'lumotli texnik sohaga oid mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishga erishish mumkin.

"Chizma geometriya", "Muhandislik grafikasi" va hozirgi kundagi yangi yo'nalishlardan biri "Kompyuter grafikasi", "Kompyuter modellashtirish" fanlarini o'qitishdagi yana bir asosiy muammolardan biri - bu auditoriya dars soatlarining kamligidir. Ishlab chiqarish-texnika sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklarining o'quv rejalarini 8-10 yillik davr oralig'idagi o'rganishlar shuni ko'rsatadiki, talabaning grafik fanlarni o'zlashtirishi uchun ajratilgan auditoriya soatlari taxminan uch barobarga qisqartirilgan. To'g'ri, "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" da "o'quv rejalarida fanlar sonini nomutaxassislik fanlari hisobiga bosqichma-bosqich kamaytirish hamda tutashlikdagi fanlarni tanlov fanlari ro'yxatiga kiritish" mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishi ta'kidlangan. Lekin texnik, texnologik va grafik fanlarni o'qitish bundan mustasno bo'lishi kerak. Bu fanlarga oid bilimlarni talaba yaxshi o'zlashtirishi va ishlab chiqarish jarayonlarida samarali qo'llay olish malakalarini egallashida mustaqil ta'lim soatlari ulushini oshirishning o'zi kifoya qilmaydi. Talaba mustaqil ta'lim olishi, tanqidiy va ijodiy fikrlashi, tizimli tahlil qilishi, grafik dasturlash ko'nikmalarini shakllantirish uchun auditoriya soatlarida texnik fiklash kompetensiyalarini kuchaytirishga qaratilgan metodika va texnologiyalarni joriy etish, dars jarayonida amaliy ko'nikmalarini shakllantirishga yo'naltirish zarur hisoblanadi.

Ishlab chiqarish-texnika sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha tahsil olayotgan talabalarning muhandislik fanlarini o'zlashtirishidagi yana bir muammolardan biri - bu o'quv adabiyotlarining tanqisligi, yoki talabaning xorijiy tillarni bilmasligi bois faqatgina bir turdagi adabiyot bilan chegeralanib qolishi hisoblanadi. Buning yagona yechimi muhandislik grafikasi fanlariga oid "o'quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o'quv adabiyotlarini yaratish tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qo'shimcha yoki I muqobil o'quv adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda yangilab borish"2 ishlarini doimiy amalga oshirib borish zarur.

Shu o'rinda yana bir muhim masala, ya'ni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 fevraldagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-6155-sonli Farmonida belgilangan 2021 yilgi dasturida mamlakatning 30 ta OTMiga o'quv dasturlarini mustaqil ishlab chiqish xuquqi berilishi ko'zda tutilgan [3]. Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-sonli [4] hamda 2020 yil 2 martdagi PF-5953-sonli [5] farmonlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida 2020 yilda talabalarning kredit birliklarni to'plashi va bu kreditlarning boshqa OTMlar tomonidan tan olinishi jarayonini aniqlashtirib beruvchi kredit-modul tizimini OTMlar o'quv jarayoniga joriy qilish to'g'risidagi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli qarori tasdiqlandi. Unga ko'ra: O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tizimida oliy ta'lim muassasalari bo'lgan vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o'quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etilgan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari, o'quv rejasi va fan dasturlari takomillashtirilishini ta'minlash, ya'ni akademik erkinlik berilishi ko'zda tutilgan 6. "Akademik erkinlik - bu OTM o'qituvchi-professorlari tarkibining OTM o'quv dasturi, fanlar mazmuni, o'qitish va baholash usullarini tashqi aralashuvsiz, mustaqil belgilash huquqidir" 7.

Yuqorida keltirilgan meyoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyatini chuqur o'rganish shuni ko'rsatdiki, texnik tafakkurni rivojlantiruvchi fanlar qatoriga kiruvchi grafik fanlar, jumladan "Chizma geometriya", "Muhandislik grafikasi", "Kompyuter grafikasi" kabi fanlarni o'qitishda ham o'quv dasturlari, fanlar mazmuni, o'qitish va baholash usullarini yangitdan ko'rib chiqish, takomillashtirish mehnat bozorining doimiy o'zgarib turadigan talablariga o'z vaqtida moslashishga va o'quv jarayonining sifatini ta'minlashga yordam beradi.

O'quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etilishi talabalarning kredit birliklarni to'plashi va bu kreditlarning boshqa OTMlar tomonidan tan olinish jarayonini ko'zda tutadi. Demak, respublikamizdagi bir nechta OTMlarda joriy etilgan kredit-modul tizimida o'qitilayotgan "Chizma geometriya", "Muhandislik grafikasi", "Kompyuter grafikasi" kabi mazmundagi fanlarga ajratilgan kreditlar va o'quv dasturlari Respublikamizdagi va xorijiy davlatlar oliy ta'lim tizimi jarayoniga muvofiqlashtirilishini talab etadi. "Kredit tizimining afzalliklaridan biri — bu o'z mamlakati ichida ham, chet elda ham talabalarning akademik harakatchanligini ta'minlashidadir: talaba bir OTMda o'qishni boshlab, boshqasida davom ettirib, uchinchisida diplom olishi mumkin. Agar talaba o'qishini boshqa OTMga ko'chirmoqchi bo'lsa, bu OTM talaba oldin o'qigan OTMdagi o'quv dasturini o'rganadi, uni o'z dasturi bilan taqqoslaydi va talaba to'plagan kreditlarning qanchasi tan olinishini hal qiladi"7/1.

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Respublikamizda shu sohada faoliyat olib borayotgan bir qancha olimlarning fikricha, "Muhandislik grafikasi" faniga ajratilgan kreditlar soni kamida 6 kreditni tashkil etishi kerak, ya'ni 2 semestr mobaynida jami 216 soat (ma'ruza 36, amaliy mashg'ulotlar 108, mustaqil ta'lim 72 soat)8. Ishlab chiqarish-texnika sohalariga oid xorijiy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari o'quv dasturlari va rejalarining tahlili ham shuni ko'rsatdi [9], ya'ni "Engineering Graphics" faniga 6 kredit - umumiy 160 soat (shundan mustaqil ta'lim 96 soat, ma'ruza 16 soat va amaliy mashg'ulotlar 48 soat) ajratilgan, lekin fan bir semestr mobaynida o'qitiladi.

O'quv dasturlari (syllabus) ni o'rganishlar shuni ko'rsatdiki, kredit tarkibiga kiruvchi modullar mazmunida ham katta tafovutlar mavjud. Xorijiy davlatlar dasturidagi modullar muhandislik grafikasi fanini kompyuter grafikasi bilan hamohanglikda ko'radilar. YA'ni ushbu modul muhandislik grafikasi usullarini kompyuter yordamida loyihalash dasturlaridan foydalanish uchun muhandislik grafik dasturlari (AutoCAD, Inventor yoki SolidWorks) ni qo'llash bo'yicha zarur bilimlarni o'zlashtirish orqali amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. Ushbu modulni o'zlashtirgach, talabalar ushbu vositalar orqali texnik hujjatlarni yaratish, shakllantirish va tahrir qilish, 3D injenerlik geometriya obyektlarini modellash, raqamli texnologiyalarni qo'llash, 3D geometrik obyektlarning prototiplarini yaratish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu malakalarni egallash esa hozirgi zamon talabidir.

Iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo'shadigan, mehnat bozorida o'z o'rnini topa oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo'lga qo'yish uchun esa avvalo o'quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etilgan ta'lim yo'nalishlarining malaka talablari, o'quv rejasi va fan dasturlari takomillashtirilishi va boshqa OTMlar bilan mutanosibligini ta'minlashimiz lozim.

Fikrimizcha, grafik mazmundagi fanlarni o'qititishda yangicha yondashuv, yangicha ta'lim yo'nalishlari joriy etilishi lozim. YA'ni, yangicha yondashuvda muhandislik grafikasiga oid fanlar ikki qismdan iborat bo'lishi lozim. Birinchisi, "Muhandislik grafikasi" nomi bilan 6 kreditga mo'ljallangan fan dasturi ishlab chiqilishi lozim. Va ikkinchi yo'nalish sifatida "Kompyuter grafikasi/modellashtirish" nomi bilan 6 kreditga mo'ljallangan yangi fan va o'quv dasturlari joriy etilishi lozim.

Fikr va mulohazalarimizni quyidagi xulosalarda keltirish maqsadga muvofiq deb hisobladik. Demak, o'rta ta'lim va oliy ta'lim orasidagi uzviylikni ta'minlash hamda texnik fikrlash tafakkurini oshirish maqsadida barcha ishlab chiqarish-texnika sohalariga oid ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari o'quv rejalariga muhandislik grafikasiga oid fanlarni kiritish; muhandislik grafikasi mazmunidagi fanlarning mohiyatidan kelib chiqqan holda auditoriya soatlarini mustaqil ta'lim soatlari hisobidan ko'paytirish; muhandislik grafikasi mazmunidagi fanlardan dars beruvchi professor-o'qituvchilarning xorijiy tillar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o'zlashtirish darajasini hamda kasbiy mahoratini oshirish; muhandislik grafikasi fanlariga oid o'quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish ishlarini jadallashtirish, kutubxonalar fondlarini muntazam ravishda yangilab borish; o'quv jarayoniga kredit-modul tizimi joriy etilgan bakalavriat ta'lim yo'nalishlari va magistratura mutaxassisliklarining malaka

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

talablari, о^ rejasi va fan dasturlari takomillashtirilishini ta'minlash hamda muhandislik grafikasi fanlariga ajratilgan kredit miqdorlarini muqobil variantini aniqlash va mos chet el oliygohlari bilan muvofiqlashtirish; grafik mazmundagi fanlarni yangicha

yondashuv, yangicha ta'lim yо'nalishlari, yangi fanlar joriy etish; "Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi" mutaxassislik уо^^Ыи rivojlantirish lozim.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Oliy va c'rta ta'lim vazirligi rasmiy sayti https://edu.uz/uz

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.10.2019 yildagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PF-5847-son Farmoni ilovasi.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 fevraldagi "2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor уо^^М Ьо'ую!^ Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qо'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida"gi PF-6155-sonli Farmoni

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktabrdagi PF-5847-sonli Farmoni.

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martdagi PF-5953-sonli Farmoni.

6. Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi 824-sonli qarori.

7. https://www.gazeta.uz/uz/2021/10/13/higher-education/

8. https://cyberleninka.ru/article/n/razrabotka-innovatsionnoy-rabochey-programmy-po-predmetu-inzhenernaya-grafika-dlya-tehnicheskih-vuzov

9. https://admissions.ktu.edu/programme/b-food-science-and-technology/#T230B219

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

HYodgorov Nodir Jalolovich, pedagogika fanlari doktori (Dsc), professor [Ядгаров Нодир Жалолович, доктор педагогических наук, профессор], [Nodir J. Yadgarov, Doctor of Pedagogical Sciences, Professor]; manzil: O'zbekiston, Buxoro, Piridasgir ko'chasi, 20 [адрес: Узбекистан, город Бухара, улица Пиридасгир, 20.], [address: Uzbekistan, Bukhara, Piridasgir Street, 20.]; ORCID: https://orcid.org/0000-0002-6931-5938; [email protected]

HBadiyev Maxmud Marufovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent [Бадиев Махмуд

Маруфович, кандидат технических наук, доцент], [Mahmud M. Badiev, Candidate of Technical Sciences, Associate Professor]; manzil: O'zbekiston, Buxoro, Piridasgir ko'chasi, 20 [адрес: Узбекистан, город Бухара, улица Пиридасгир, 20.], [address: Uzbekistan, Bukhara, Piridasgir Street, 20.]

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 5

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.