Научная статья на тему '3D TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB TALABALARDA KONSTRUKTIV KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH MODELI'

3D TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB TALABALARDA KONSTRUKTIV KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH MODELI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
127
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
BO'LAJAK MUHANDISLAR / KONSTRUKTIV KOMPETENSIYALLAR / KOMPYUTER GRAFIKASI VOSITALARI / AMALGA OSHIRISH / PEDAGOGIK SHART-SHAROITLAR / PEDAGOGIK VA TEXNIK BILIMLAR

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Muxitdinov A.A.

Ushbu maqolada bo‘lajak muhandislarning konstruktiv kompetensiyalarini kompyuter grafikasi vositalari asosida rivojlantirish modelini joriy etishda o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalaridan elektron o‘quv qo‘llanma, kompyuter grafikasi dasturlari, bilimni nazorat qilish tizimlari, grafik-konstruktorlik topshiriqlari, multimediali o‘quv mashg‘ulotlari qo‘llanildi. Pedagogik shart-sharoitlarni pedagogikada qo‘yilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan o‘ziga xos mazmun, shakllar, usullar va moddiy-texnik muhit to‘plami o‘rganilgan. Bundan tashqari modelni amalga oshirishning to‘rtta bosqichi ham keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF A MODEL OF DEVELOPMENT OF CONSTRUCTIVE COMPETENCIES IN STUDENTS USING 3D TECHNOLOGIES

In this article, modern didactic teaching tools for the introduction of the model of development of constructive competences of future engineers based on computer graphics tools include an electronic study guide, computer graphics programs, knowledge control systems, graphic design tasks, multimedia training. classes were used. Pedagogical conditions are studied as a set of specific content, forms, methods and material and technical environment aimed at solving the problems posed in pedagogy. In addition, the four stages of the implementation of the model are covered in detail.

Текст научной работы на тему «3D TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB TALABALARDA KONSTRUKTIV KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH MODELI»

Muxitdinov A.A.

Muhandislik va kompyuter grafikasi kafedrasi assistenti

Jizzax politexnika instituti

3D TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB TALABALARDA KONSTRUKTIV KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRISH

MODELI

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo'lajak muhandislarning konstruktiv kompetensiyalarini kompyuter grafikasi vositalari asosida rivojlantirish modelini joriy etishda o'qitishning zamonaviy didaktik vositalaridan elektron o'quv qo'llanma, kompyuter grafikasi dasturlari, bilimni nazorat qilish tizimlari, grafik-konstruktorlik topshiriqlari, multimediali o'quv mashg'ulotlari qo'llanildi. Pedagogik shart-sharoitlarni pedagogikada qo'yilgan muammolarni hal qilishga qaratilgan o'ziga xos mazmun, shakllar, usullar va moddiy-texnik muhit to'plami o'rganilgan. Bundan tashqari modelni amalga oshirishning to'rtta bosqichi ham kengyoritilgan.

Kalit so'zlar: bo 'lajak muhandislar, konstruktiv kompetensiyallar, kompyuter grafikasi vositalari, amalga oshirish, pedagogik shart-sharoitlar, pedagogik va texnik bilimlar.

Mukhitdinov A.A.

assistant

department engineering and computer graphics Jizzakh Polytechnic Institute

DEVELOPMENT OF A MODEL OF DEVELOPMENT OF CONSTRUCTIVE COMPETENCIES IN STUDENTS USING 3D

TECHNOLOGIES

Abstract: In this article, modern didactic teaching tools for the introduction of the model of development of constructive competences of future engineers based on computer graphics tools include an electronic study guide, computer graphics programs, knowledge control systems, graphic design tasks, multimedia training. classes were used. Pedagogical conditions are studied as a set of specific content, forms, methods and material and technical environment aimed at solving the problems posed in pedagogy. In addition, the four stages of the implementation of the model are covered in detail.

Key words: future engineers, constructive competence, computer graphics tools, implementation, pedagogical conditions, pedagogical and technical knowledge.

Bugungi kunda Respublikamizning ta'lim jarayonida tubdan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oliy ta'lim tizimida ham ko'plab yangi qonunlar, qarorlar, farmonlar va konsepsiyalar qabul qilindi. So'nggi yillarda respublikada ilmiy va innovatsion faoliyatni qo'llab-quvvatlash, kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bo'yicha amaliy ishlar olib borilmoqda, iqtidorli yoshlarni nufuzli milliy hamda xalqaro olimpiadalar, musobaqalar va tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini ro'yobga chiqarish, innovatsion g'oyalar, loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadbirkorlarning innovatsion faoliyatini rag'batlantirish, ilm-fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilmoqda [1].

Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyevning tashabbuslari bilan Oliy ta'limga qamrov keskin oshirildi. Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi oliy ta'lim tizimini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida ta'lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish maqsadida, shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 11-iyuldagi PQ-4391-son "Oliy va o'rta maxsus ta'lim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan [2].

Chizma geometriya va chizmachilik fanlarini o'qitishda o'ziga yarasha metodik asarlar yozishda I.Rahmonov peshqadam hisoblanadi. 1996 yili "Chizmachilikdan didaktik o'yinlar" kitobi nashr etildi. Bu kitob o'yin texnologiyasi yoradamida darsni qanday tashkil qilish mumkinligi haqida ilmiy-metodik tavsiyalarni o'z ichiga qamrab olgan. Bundan tashqari I.Rahmonov boshchiligida OTMlari talabalari uchun "Chizmachilik" darsligi tayyorlandi va nashr etildi.

I.Rahmonov va A.Valiyevlar hammualliflikda muhandislik grafikasini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o'rnini yoritib berishdi [3].

Professor E.Ro'ziev va dosent A.Ashirboyevlar hammuallifligida metodikaga oid o'zbek tilidagi ilk darslik chop etilgan [4].

Umumiy o'rta ta'lim maktablari o'quvchilari uchun I.Rahmonovning yozgan darsliklari yoshlarimizni grafik ta'lim o'zlashtirishiga katta xizmat qilmoqda.

Kasb hunar kollejlari uchun dosent A.Ashirboyevning darsligi, professor E.Ro'ziyev va R.Latipovlarning o'quv qo'llanmalaridan amalda foydalanilmoqda [5].

Amalga oshirish bosqichlari

Haqiqiy dunyoda amalga oshirish kamdan-kam hollarda bir bosqichdan ikkinchisiga chiziqli yo'ldan boradi, ammo tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, har qanday aralashuvni amalga oshirishda odatda to'rt bosqich mavjud. Birinchi ikki bosqich tadqiqot va rejalashtirish faoliyatini o'z ichiga oladi. Uchinchi bosqichda aralashuv birinchi marta amalga oshiriladi, to'rtinchi bosqichda to'liq amalga oshirilishidan oldin ko'rib chiqiladi va takomillashtiriladi.

Har bir bosqich vaqt va e'tibor talab qiladi. Sabr-toqatli bo'lish va biron bir bosqichni o'tkazib yubormaslik muhimdir. Bosqichlardan o'tish bu ehtiyojni yetarli darajada qoplamaydi.

Tashkiliy-pedagogik sharoitlarni asoslash va rivojlantirish uchun biz muhandisni kasbiy faoliyatining o'ziga xos xususiyatlarini aniqlaymiz. Buning uchun talabalarning yoshga oid xususiyatlari, ularning psixologik va aqliy xususiyatlarni aniqlash kerak.

Hozirgi vaqtda OTM larga ijodiy faol shaxsni rivojlantirish birinchi o'rinda turadigan, qarorlar qabul qila oladigan, mas'uliyatli va tez o'zgaruvchan sharoitda ishlay oladigan raqobatbardosh va ijodkor mutaxassislarni tarbiyalash vazifasi qo'yilgan.

Turli yo'nalishlarga taalluqli bilimlar asoslarini uyg'unlashtirish ularning fan, ta'lim, texnika, texnologiya, ishlab chiqarish hamda iqtisodiyot sohalarida ro'y berayotgan o'zgarishlarning ijtimoiy jihatdan asoslanishiga zamin yaratadi. O'z navbatida, texnik bilimlar bo'lajak mutaxassisda qat'iyatlilik, puxta rejalashtirish, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan vaziyatlarni baholay olish, vaziyatga oqilona yondashish kabi sifatlarni tarbiyalash imkoniyatiga ega. Bu ko'p jihatdan sub'ektning ijtimoiy va ijtimoiy-pedagogik yo'nalganligi, shuningdek, jamiyat hayotiga tobora chuqur singib borayotgan texnika taraqqiyoti bilan bog'liq [6].

Yuqoridagi tashkiliy va pedagogik shart-sharoitlarini rivojlanishi muhandislik yo'nalishi ta'limi bakalavrlari konstruktiv kompetensiyalarini rivojlanishini ta'minlaydi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezdentining 2019 yil 8 oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5847-son Farmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi prezdentining 2018 yil 5 iyundagi "Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta'minlash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3775-son Qarori.

3. Rahmonov I., Qirg'izboyeva N., Ashirboyev A., Valiyev A., Nigmanov B. Chizmachilik. -T.: "Voris-nashriyot", 2016-456 b.

4. Rahmonov I., Valiyev A. Muhandislik grafikasi fanini o'qitishning zamonaviy texnologiyalari. -T.: "Navro'z", 2015-160 bet.

5. Rahmonov I. Chizmachilik 8, Chizmachilik 9. -T.: "O'qituvchi", "O'zbekiston". 2010 va 2014 yy.

6. Ro'ziyev E., Ashirboyev A. Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi. -T.: "Fan va texnologiya", 2010-246 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.