Научная статья на тему 'CHINGIZ AYTMATOV VA O’ZBEK ADIBLARI ASARLARIDAGI ILOHIY MOTIVLARNING QO’LLANILISHI'

CHINGIZ AYTMATOV VA O’ZBEK ADIBLARI ASARLARIDAGI ILOHIY MOTIVLARNING QO’LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
tendensiya / proza / sotsialistik jamiyat / “salbiy kuchlar” / egar-jabluq / optimistik pafosi / ijodiy prinsip / g‘oyaviy-estetik / front orti / Talas vodiysi. / tendency / prose / socialist society / "negative forces" / harness / optimistic pathos / creative principle / ideological-aesthetic / behind the front / Talas Valley.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umida Tolib Qizi Muxtorova

Adib Asqad Muxtorning qarashlari adabiyotga xos muhim tendensiyalarning ayrim qirralarini tushunishga yordam beradi. U Chingiz Aytmatov ijodiga ham birinchilardan bo‘lib ishora qiladi. Chunki 19-asr rus prozasi yoki, umuman, adabiyotidan keyingi davrda oddiy, bechora odamlar obrazini yaratishni Chingiz Aytmatov boshlab berdi, deyish mumkin hamda asarlaridagi barcha obrazlarni esa ideal deb qarash mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The views of Adib Asqad Mukhtar help to understand some aspects of important trends in literature. He is one of the first to refer to the work of Chingiz Aitmatov. Because it can be said that Chingiz Aitmatov started the creation of the image of ordinary, poor people in the period after the 19th century Russian prose or, in general, literature, and all the images in his works can be considered ideal.

Текст научной работы на тему «CHINGIZ AYTMATOV VA O’ZBEK ADIBLARI ASARLARIDAGI ILOHIY MOTIVLARNING QO’LLANILISHI»

CHINGIZ AYTMATOV VA O'ZBEK ADIBLARI ASARLARIDAGI ILOHIY MOTIVLARNING QO'LLANILISHI Umida Tolib qizi MUXTOROVA

Qarshi davlat universiteti o'qituvchisi, erkin tadqiqotchi muxtorovaumida06@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.11109319

Annotatsiya. Adib AsqadMuxtorning qarashlari adabiyotga xos muhim tendensiyalarning ayrim qirralarini tushunishga yordam beradi. U Chingiz Aytmatov ijodiga ham birinchilardan bo'lib ishora qiladi. Chunki 19-asr rus prozasi yoki, umuman, adabiyotidan keyingi davrda oddiy, bechora odamlar obrazini yaratishni Chingiz Aytmatov boshlab berdi, deyish mumkin hamda asarlaridagi barcha obrazlarni esa ideal deb qarash mumkin.

Kalit so'zlar: tendensiya, proza, sotsialistik jamiyat, "salbiy kuchlar", egar-jabluq, optimistikpafosi, ijodiyprinsip, g'oyaviy-estetik, front orti, Talas vodiysi.

Abstract. The views of Adib Asqad Mukhtar help to understand some aspects of important trends in literature. He is one of the first to refer to the work of Chingiz Aitmatov. Because it can be said that Chingiz Aitmatov started the creation of the image of ordinary, poor people in the period after the 19th century Russian prose or, in general, literature, and all the images in his works can be considered ideal.

Key words: tendency, prose, socialist society, "negative forces", harness, optimistic pathos, creative principle, ideological-aesthetic, behind the front, Talas Valley.

Chingiz Aytmatovning "Oq kema" qissasidagi Mo'min bobo obrazi - sotsialistik jamiyat kishisini qariyb ideal sifatida targ'ib qilish, bunga adabiyotni ham majbur etish kabi mustabid qonunlarga chinakam isyon namunasi bo'lib hisoblanadi. Yozuvchi Asqad Muxtorning yuqoridagi fikrlarida bir o'rni munozarali ko'rinadi. "Bechorahol bo'lib emas, dadil, kurashchan yashash kerak degan fikrini ro'y-rost aytish zarur, toki salbiy kuchlar o'zi pozitsiyasini mustahkamlayolmasin", - deydi u. Ammo, ijtimoiy hayotda "salbiy kuchlar" allaqachon zimdan o'z pozitsiyasini mustahkamlab qo'ygan edilar. Mo'min bobo xilidagi kishilar safi kengaygandan kengayardi - axir, shuning o'zi turg'unlik botqog'ining tobora chuqurlashayotgani nishonasi emasmidi? Demak, Aytmatov ijodining haqqoniylik qudratini, insonparvarlik mohiyatini shu nuqtadan qidirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu bilan birga, Mo'min bobo o'ta ojiz- notavon, chorasiz tarzida talqin qilinmaganligini, adibning unga jonli inson sifatida munosabatda bo'lganligini ham e'tiborga olmoq kerak. Yovuzlik timsoli O'rozqul zulmining haddan oshishi -ular Mo'min bobo bilan daryochadan otga yog'och sudratib o'tish jarayonida yaqqol ko'rsatilgan. Og'ir yog'och toshlarga qalashib, tiqilib qoladi. Ot ipga o'ralib suvga ag'anab tushadi, bu orada Mo'min boboning tog' ortidagi maktabdan nabirasini olib keladigan vaqti o'tib ketgan edi. Mo'min boboning otga dam berib turish va nabirasini maktabdan olib kelgach, so'ng yog'ochni bafurja tortib chiqarish to'g'risidagi murosali taklifi O'rozqulga ma'qul tushmaydi.

"Valakisalang chol"ning gapiga amal qilish - izzat nafsining haqoratlanishi, deb bilgan O'rozqul, urib -so'kib bo'lsada, umrida gapini ikki qilmagan cholni iziga qaytarish uchun behuda urinadi. Mo'min cholning o'ziga xos isyoni O'rozqulning sevimli oti Olaboshni otxonadan qo'rqmay olib chiqqani, uni nabirasini olib kelgani egar-jabluqsiz minib choptirib ketganligida yanada yorqin namoyon bo'ladi. Ammo, bu hali A.Muxtor aytmoqchi, salbiy iplar pozitsiyasini

barbod qilishga asos beradi, degani emas. Ch.Aytmatov hayotning shafqatsiz haqiqatidan kelib chiqib, Mo'min boboning yuqoridagi holatini nazarda tutgan holda "keksaygan chog'idagi bu isyoni uni nimalarga giriftor qilishini, bilmasdi", -deya achinish bilan qayd qiladi. Darhaqiqat, shundan so'ng ham Mo'min boboning ahvoli yomon bo'lsa yomon bo'ladiki, yaxshilanmaydi, asar ham yovuzlik kuchlarining ezgulik ustidan jismoniy g'alabasi bilan yakunlanadi. Lekin, u ezgulik jismonan mahv bo'lsa-da, ma'naviy jihatdan g'olib, degan azaliy haqiqatni ham uqtirib turadi. Adolatparvar Aytmatov bu nurli kunlarga o'quvchilarini ishontira oladi-, ya'ni, ularni yovuzlikni tag-tomiri bilan quritishga kuch-qudrat kasb qilish sari rag'batlantiradi. Xo'sh, "Jur'at" va "Javob"da bu holat qanday? Mana, Asad taqdiri: o'quvchilik yillarida, askarlik chog'ida , hatto mustaqil hayotga qadam qo'yib, avtobazada shofyor bo'lib ishlaganda ham nomigagina ish buyurilsa-da, "labbay" deya bajaradi, inson zoti borki, u kattami-kichikmi, biron istak bildirsa, jon-jahdi bilan ado qilishga kirishib ketadi. Ammo, hamma narsaning ham chegarasi bo'lgani kabi, bu kovush-patak bo'lishining ham nihoyasi ko'rinib qoladi. Bir oddiy hodisa - direktorning uni garaj qorovulligiga tayinlash uchun aytgan so'zi Asadning shu paytgacha go'yo so'qir bo'lib kelgan ko'zini ochib yuboradi, qalbida mutelikka isyon tug'diradi. Gap shundaki, direktor bu haqoratli taklifning mohiyatini mutlaqo o'ylamay, ikkilanmay aytadi - chunki, u Asaddek notavon, kovush-patak bo'lib qolgan boladan qarshi gap chiqishini xayoligayam keltirmaydi. Oqibat shunday bo'ladiki, Asad xohlagan odamiga yaxshi muomala qiladi, jini suymaganga esa hatto "sen"sirab ketaveradi, boshqalar undan hayiqib, insoniy hurmatini joyiga qo'ya boshlaydilar. U. Nazarov bu bilan mana ko'rdingizmi, odam yovuzlikka qarshi borishi uchun o'zida ozgina jur'at topa olmasa, umr bo'yi oyoqosti bo'lib qolaveradi, degan axloqiy o'git berayotgandek bo'ladi. Albatta, o'rni bilan manzur hikoyaning optimistik pafosini umuman ma'qullagan holda, uning yechimida, qahramon o'z muteligi ustidan osongina g'alaba qilishida badiiy ishonchsizlik alomatlari ham borligini aytib o'tish kerak.

E.A'zamov esa, ta'bir o'rinli bo'lsa, ustoz Aytmatov ijodiy prinsipiga deyarli sodiq qoladi. Elchiyev dastlabki tasvirlaridanoq Aytmatov tasvirlagan Mo'min bobo qiyofasini beixtiyor yodga tushiradi. Barchaga ishongan, barchaga sadoqatli, barchaga mehribon va shafqatli Nuriddin Elchiyev aslida esa o'zidagi bu mehru-sadoqatga yarasha insoniy javob olishni bilmaydi. Oqibatda o'zi yashagan muhitda tamoman qadr-qimmatini yo'qotadi, barchadan dakki eshitadi. Bir bo'lak betamiz bolalardan o'lgudek kaltak yeydi. Natijada biroz ko'zi ochiladi, oq-qorani taniydi. O'lar holatda kasalxonaga tushib, uzoq davolanishdan so'ng yaxshi bo'lib chiqqach, yana o'sha bezorilarning gunohidan o'tib yuboradi. Yosh adib bu bilan o'z g'oyaviy-estetik pozitsiyasini teran saqlab, hayot haqiqatini yaxshi ko'rsata olgan, qahramon xarakteri mantiqiga izchil rioya qilgan. Mazkur adabiy qahramonlar qalbida uyg'ongan isyon, garchi u samarasiz bo'lsa-da, kishilarning mustabidlikka uzoq chidab tura olmasligini, bu kichik isyonlar albatta, yirik portlashlarga olib borishi muqarrarligini ko'rsatuvchi fazilat sifatida qimmatlidir. Zotan, U.Nazarov, M.M.Do'st, E.A'zamovning Ch.Aytmatov "Oq kema"sidan g'oyaviy ta'sirlanishlari hodisasining poetik novatorligini ham shu bilan izohlash mumkin. Ch.Aytmatov o'z ijodining faol tadqiqotchisi Vladimir Korkin bilan suhbatda ("Литературная газета", 1978, 29 mart) o'zidan o'quvchilarning Xeminguey ijodiga munosabatini ko'p so'rashlarini, Amerika adibining "Chol va dengiz" qissasi bilan o'zining "Dengiz bo'ylab chopayotgan olapar" qissasi o'rtasida yaqinlik ko'rishlarini qayd qiladi. Adib davom etib, ikkala qissa qahramonining ham dengizda baliq bilan so'zlashishlari kartinasida haqiqatdan o'xshashlik borligini aytar ekan, ammo buni o'z navbatida Xemingueyga taqlid deb atab bo'larmikan-yo'qmikan, degan sog'lom mulohazasini ham havola

qiladi-da, yana oxirida ishonch bilan "ha, ular ruhan aka-ukalardir" [1:230-231], degan fikrini bildiradi. Demak, Asad Elomonov va Elchiyev singari "bechorahol" qahramonlarning Mo'min bobo obraziga yaqinligini ham ruhiy-g'oyaviy mushtaraklik jihatdan tasavvur qilsak va, ular birgalikda mustabid davr, mutelik qiyofasining muhim hodisalari, desak, birmuncha adolatli xulosaga kelgan bo'lamiz.

O'zbek nasrining yosh bo'g'inida shunday iste'dodlar borki, ular ijod maydoniga go'yo aynan Aytmatov dahosidan rag'batlanib kirganday tasavvur uyg'otadi. Ana shunday yozuvchilardan biri G'affor Hotamovdir. Uning "Guliston" jurnalida (1976 yil, 9-son) ko'p ijodkor yoshlarning murabbiysi Odil Yoqubovning qisqacha "Oq yo'l"i bilan bosilgan ilk yirik asari - "Tong va shom" hikoyasi zo'r hayajon bilan o'qib chiqiladigan asar.Bunda Ch.Aytmatov ijodining qizg'in nafasini sezib, asar "CH.Aytmatovning aynan o'zi!", "Axir, Aytmatovga shu darajadayam taqlid bo'ladimi?", "Bu Tanaboyning harakatini eslatadi", "Ulug' jabrdiyda To'lg'anoy va ona -bir tip", "Eh, bu - Ismoil bilan Saida emasmi?" degan so'zlarni maroq bilan yozib qo'yish mumkin. Ch.Aytmatovdek zo'r iste'dod sohibining bu yosh adibga bo'lgan hayotbaxsh ta'sirini uning har bir asari misolida qiziqish bilan kuzatish mumkin bo'ladi. "Tong va shom" hikoyasi Aytmatovning ijod salohiyatiga go'yo aynan taqliddek bo'lib ko'rinsa-da, voqealar qurilishi, qahramonlar qiyofasi ulug' san'atkor asarlarini juda eslatsa-da, ammo uning o'ziga xos teran adabiy qiyofasi ham mavjudligidan ichkin qoniqish bilan sezishni qayd qilib o'tmoq lozim. Xo'sh, yosh adib hikoyasining Aytmatov asarlariga maroqli "o'xshash"ligini qaysi jihatlarda ko'rish mumkin? Fikrimizcha, bu unda umumiy yo'nalishda aytmatovona yozish uslubi maromini qo'llash tarzida namoyon bo'ladi. Ta'bir o'rinli bo'lsa, uning butun qismida Aytmatovga xos uslubiy joziba mavjlanib turadi. "Tong va shom" hikoyasining umumiy tizimida Chingiz Aymatovning "Yuzma-yuz", "Jamila", "Somon yo'li", "Alvido, Gulsari!" qissalariga xos voqealar talqiniga o'xshash holatlar ko'zga tashlanadi. Hikoya markazida turgan bosh qahramon- G'.Hotam uning nominiyam qayd qilmagan -ezgulik timsoli sifatida namoyon bo'luvchi ona obrazi esa o'z xatti-harakatlari, ma'naviy olami bilan "Somon yo'li"dagi To'lg'anoyga o'xshash: ikkalasida ham voqea asosi - urush yillari, front orti hayoti bilan bog'liq; ikkala ona ham jabrdiyda, bukilmas iroda sohibalari, ezgulik va rahm-shafqat timsollari; ularning harakat, gapirish, hatto, nafas olish, o'ylash xususiyatlarigacha bir-birlariga ruhan mushtarak ko'rinadi; ikkalasining ham eri, ham o'g'li urushga ketib, qaytmagan; To'lg'anoyning kelini o'zga bir kishidan orttirgan bolasini yorug' jahonga keltirib, o'zi halok bo'ladi. To'lg'anoy hech ikkilanmay chaqaloqni o'z farzandidek bag'riga oladi; "Tong va shom"da ham shunga o'xshash voqea: onaning eri "Nurota dashtidagi janglarda halok bo'lgan Botirali Qizil askarning bevasi -Oysuluv bilan yaqinlashib yuradi, Oysuluv ham ko'zi yoriy turib, halok bo'ladi. Eri ham, o'g'li ham urushda yurgan ona o'sha kimsasiz chaqaloqni mardlik bilan o'z uyiga olib kelib, farzandi kabi voyaga yetkazadi. G'affor Hotam aytmatovona insonparvarlik axloqidan o'rinli foydalanib, o'z asari milliy jozibasining, g'oyaviy salmog'ining mustaqil originalligini ta'minlay olgan. Shuning o'ziyoq bizga G'.Hotamov hikoyasi, Aytmatov ijodi salohiyatidan ta'sirlanib, o'ziga xos ijodiy izlanish sifatida maydonga kelganligini tasavvur qilishga imkon beradi. Agar "Somon yo'li"dan Talas vodiysi urush yillarining rutubatli shamollari esib tursa, "Tong va shom" xuddi shu yillari Nurota tizma tog'lari etaklari - qadimiy o'zbeklar diyoriga xos g'amgin tuyg'ular bilan to'liqdir.

Iste'dodli shoir Azim Suyunning "Zamin taqdiri" dostoni ham "Somon yo'li"ga g'oyaviy-poetik hamohangligi bilan ko'zga tashlanadi. Unda shoirning xalqona ohangdorlikka moyil salohiyati mavjlanib turadi.

"Zamin taqdiri"ga Ch.Aytmatovning "Somon yo'li" asaridagi To'lg'anoyning "Aylanayin, ona Yerim!" so'zlari epigraf qilib tanlangan.

Dostonda insonning faqat o'z tug'ilgan go'shasi uchungina emas, balki butun Yer yuzi, Ona tuproq uchun kuyunushi, qayg'urishi lozimligi haqidagi falsafiy fikrlar yuritiladi. Asar sahifalarida Ona Zamin uchun qayg'udosh buyuk Ona timsoli sezilib turadi. A.Suyun go'yo dunyoni Aytmatov To'lg'anoyning ezgu nigohi bilan ko'rib, ardoqlab turish poetikasini yarata olgan.

G'affor Hotamovning dastlabki hikoyalari Aytmatov ijodiga ehtiromu ixlos bilan "taqlid" qilishning yaxshi namunalaridir. Yosh adib hikoyalaridan birini ham beixtiyor "Somon yo'li" deb atagandi. Garchand unda "Tong va shom" hikoyasi kabi Aytmatov "Somon yo'li"siga xos voyeqalarning davr va talqin mushtarakligi ko'rinmasa-da, ustoz ijodiga xos ma'naviy yuksaklikni ulug'lash, ezgulik tuyg'usini izlash g'oyaviy ohanglari sezilib turadi.

Yosh adibning "Xat tashuvchi bola" hikoyasi esa "Tong va shom" kabi urush yillari voqealariga bag'ishlangan bo'lib, undagi xat tashuvchi bolaning qiyofasi, xatti-harakatlari, gap-so'zlari Aytmatovning frontorti mavzuidagi "Yuzma-yuz", "Jamila", "Somon yo'li" qissalarida tasvirlangan pochtalyonlar qiyofasini eslatib turadi. G'affor Hotamov o'zbek ijodkorlaridan birinchilar qatori ustozi Ch.Aytmatov bilan uchrashib, uning bilan qilgan ijodkor mas'uliyati to'g'risidagi qiziqarli adabiy suhbatini "Yurakdagi ehtiyoj" nomi bilan "Guliston" jurnalida (1978 yil, 12 son) e'lon qilgan edi. Bularning bari yosh ijodkorning katta san'atkor dahosiga hurmatu ixlos qo'yishining, ijod sirxonasiga, poetik olamiga kirishining ishonchli adabiy dalillari sanaladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati :

1. Aytmatov Ch. Asrga tatigulik kun. Qiyomat. Romanlar. - Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1989. - 560 b.

2. Aytmatov Ch. Tanlangan asarlar. Ikki tomlik. Ikkinchi tom. - Toshkent: Adabiyot va san'at nashriyoti, 1978. - 70 bet.

3. Eshonqul J. Mif va badiiy tafakkur. - Toshkent: Fan, 2019. - 312 b.

4. Eshonqul N. Ijod falsafasi. ("Men"dan mengacha-2). - Toshkent: Akademnashr, 2018. - 416 b.

5. Eshonqul N. Xotira va kelajak mas'uliyati yoxud Chingiz Aytmatovning ogohlik bonglari // N.Eshonqul. Ijod falsafasi. - Toshkent: Akademnashr, 2018. - 198-211-betlar.

6. Ву Цзя-цин. Поэтика мифологизма в творчестве Чингиза Айтматова: на материале "Белый пароход", "Пегий пес, бегущий краем моря", "И дольше века длится день": Автореферат дисс... магистра гуманитарных наук. - Тайвань, Тайбэй, 2006. - 12 с.

7. Imomova G. Milliylik va badiiy nutq. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004. - 118 b.

8. G'aniyev I. Ogohlik qo'ng'irog'i // «Tafakkur» jurnali. 2001 yil, 8-son. - 82-88-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.