Научная статья на тему 'CHINGIZ AYTMATOV ASARLARIDA TABIAT VA INSON MUNOSABATI'

CHINGIZ AYTMATOV ASARLARIDA TABIAT VA INSON MUNOSABATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

17
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ruhiyat / peyzaj / ta'sir kuchi / mutanosiblik / psixologik tasvir

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shohsanam Otaxonova

Jahon xalqlari adabiyotiga nazar solsak, ularda tabiat va inson munosabatlarining murakkabliklari, inson ruhiyati va tabiat tasvirlarining mutanosibligi masalalariga alohida urg„u berilganligiga guvoh bo'lamiz. Tabiat va inson mavzusi asosiy muammo bo'lib kelayotganinga ishonch hosil qilamiz.So'ngi yuz yillikning zabardast ijodkori Chingiz Aytmatov asarlaridagi tabiat va inson munosabatlari ham alohida tadqiqni tashkil etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHINGIZ AYTMATOV ASARLARIDA TABIAT VA INSON MUNOSABATI»

CHINGIZ AYTMATOV ASARLARIDA TABIAT VA INSON MUNOSABATI

Shohsanam Otaxonova

Namangan davlat pedagogika instititi O'zbek va xorijiy tillar kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Jahon xalqlari adabiyotiga nazar solsak, ularda tabiat va inson munosabatlarining murakkabliklari, inson ruhiyati va tabiat tasvirlarining mutanosibligi masalalariga alohida urg'u berilganligiga guvoh bo'lamiz. Tabiat va inson mavzusi asosiy muammo bo'lib kelayotganinga ishonch hosil qilamiz.So'ngi yuz yillikning zabardast ijodkori Chingiz Aytmatov asarlaridagi tabiat va inson munosabatlari ham alohida tadqiqni tashkil etadi.

Kalit so'zlar: ruhiyat, peyzaj,ta'sir kuchi, mutanosiblik, psixologik tasvir

AННОТАЦИЯ

глядя на литературу народов мира, мы видим, что в них особое внимание уделяется вопросам сложности взаимоотношений природы и человека, соразмерности человеческой психики и образов природы. Тема природы и человека становится главной проблемой взаимоотношения природы и человека в произведениях Чингиза Айтматова, незабываемого Творца столетия, также представляют собой отдельное исследование.

Ключевые слова: психика, пейзаж,сила воздействия, пропорции, психологический

образ

Dunyo xalqlari adabiyotida tabiat tasviri va inson ruhiyati tasvirlarini bir-biriga mushtarak, uyg'un holda tasvirlash an'analari ko'p uchraydi. Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi mumtoz so'z san'atkorlarimiz ham lirik qahramon ruhiyatini ochib berishda tabiat tasvirlaridan keng foydalanganlar. Inson tabiat bilan bir butunlikda voyaga yetadi, uning bor go'zalligi va nafosatidan zavq oladi. Ruhiyatidagi har bir tug'yonni tabiatdagi qay bir hodisaga mengzaydi, qiyoslaydi. Badiiy asarlarda ham qahramon shodlik-quvonchi, dard-u iztiroblari tabiat manzaralari bilan mutanosib tarzda aks ettiriladiki, bu asarning jozibasini, ta'sir kuchini bir necha barobar oshiradi.Tabiat va inson munosabatlari Chingiz Aytmatovning "Momo yer", "Oq kema", "Alvido Gulsari", "Qiyomat" kabi asarlarida ham yorqin psixologik tasvir va falsafiy mushohadalar orqali ochib berilgani yuksak badiiy did va saviya natijasi sifatida qabul qilinishi e'tiborga molikdir.

Adibning "Oq kema" qissasidagi bolaning sof o'ylari, hayollari , orzulari; Mo'min cholning soddaligi, "afandife'lligi" San-Toshning ulug'vor tog'lari-yu toshlari, o'rmonlari-yu daraxtlari bilan birga mukammallik hosil qilganday. Hatto shamolning ham isyonkorligi, dushmanga qarshi mardona kurashi qirg'iz xalqining ozodlik va erk tushunchalariga hamohang jaranglaydi"...juda qadim zamonda dushman lashkarlari bizning o'sha yerlarimizni bosib olgani yurish qilibdi. Ana shunda bizning San-Toshdan shunday shamol turibdiki, dushmanlar egarda o'tirolmay qolishibdi. Otlardan tushishibdi, lekin piyoda ham yurisholmabdi. Shamol ularning yuzini qonga belabdi. Shunda ular shamolga orqa o'girishibdi, shamol esa ularning yelkalariga urilib, qayrilib qarashiga imkon bermabdi, to'xtagani qo'ymabdi va ularni bitta qo'ymay Issiqko'ldan haydabdi. Mana qanday bo'lgan. Biz ana shu shamolda yashayapmiz! U bizdan boshlanadi. Butun qish bo'yi o'rmon

814

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

daryo ortida shamoldan g'ichirlab, ingrab chiqadi.1 . Bola tilidan hikoya qilingan ushbu parchaga Mo'min cholning mo'minligi-yu itoatkorligi, uning qismat oldidagi nochorligiga bola ruhiyatidagi isyonning namoyoni deb qarashimiz kerakdir, balki.Yozuvchi boladagi ulug' isyon ibtidosi o'laroq tasvirlagan shamol obrazi bolaning jilovlanmagan his-tuyg'ulari, adolatsizlik va yovuzlikkka qarshi tog'day bardoshining aksidir. Issiqko'l tasviriga ham yozuvchi alohida yondoshadi. "Bu - Issiqko'l. U yerda suv bilan osmon bir-biriga tutashib turardi. Undan narida hech nima yo'q. Ko'l harakatsiz, shu'lador, kimsasiz".2 Ko'lning jilosi, shu'ladorligi uning cheksizligi va kimsasizligi bilan ziddiyatga kirishmaydi. Suv va osmonning bir butunlik hosil qilishi, bir-biriga tutashib ketishi yozuvchi peyzaj mahoratining badiiy in'ikosi sifatida ko'rinadi.

Asardagi Enasoy daryosi haqidagi qo'shiq matnida adibning xalq lirikasiga buyuk ehtiromi, uning o'tmishi va qadriyatlariga hurmati, xalq dard va tashvishlarining chuqur idroki ko'zga tashlanadi.

Sendan ulkan daryo bormi, Enasoy, Sendan aziz tuproq bormi, Enasoy. Sendan chuqur dard ham bormi, Enasoy, Sendan ozod quchoq bormi, Enasoy. Sendan ulkan daryo yo'qdir, Enasoy, Sendan aziz tuproq yo'qdir, Enasoy. Sendan chuqur dard ham yo'qdir, Enasoy, Sendan ozod quchoq yo'qdir, Enasoy.

Qirg'iz xalqining asriy orzulari, armonlari va qayg'ulari tilga olingan she'riy parcha Enasoy daryosiga munojot hisoblansa-da, unda ozodlik, erk tuyg'ulari bo'y ko'rsatib turadi.Ona yurt tuprog'i, uning dardi har bir zamonda ham qalblarni junbushga keltiruvchi, uni uyg'otguchi eng go'zal tarona bo'lib yangraydi.

Chingiz Aytmatovning "Qiyomat"("Kunda) romanida ezgulik va oliyjanoblik, yaxshilik va to'g'rilikning, adolat va haqgo'ylikning Qiyomat qoyim darajasiga tushayotgan holatlari tabiat, jamiyat, inson va iymon muammolarini aks ettirish orqali ko'rsatiladi. Romanda bir-biri bilan mohirona bog'langan va ayni paytda umuman boshqa-boshqa zamon va makonda yuz beradigan voqealar ikki bo'ri, Avdiy, Hazrati Iso va Bo'ston obrazlarining yetakchi planga chiqishi bilan yuz beradi. Urg'ochi bo'ri Akbara nuqtayi nazaridan insoniyat vahshiyliklari, o'z manfaati ortidan tabiatga yetkazgan buyuk talofotlar, Butun olamdan o'z nafsi yo'lidagi qurbon sifatida foydalanishi mohirona ochib berilgan. O'ziga xos tabiat tasviri bilan boshlangan bu asarning ilk sahifalariyoq kishida unga tanlangan nomga go'yo bir ishoraday taassurot qoldiradi. "Tabiatning bebosh xohishiga ko'ra, xuddi to'rt tomonga o't ketganday bundan ikki kun burun to'sindan qattiq qor bo'roni quturib o'tgan, Issiqko'l tog' tizmalari qor ko'rpalari bilan qoplanib yotardi. Tog'lar qora quyun ichra g'oyib bo'ldi, osmon ko'zdan yo'qoldi, atrof-javonib ko'rinmay qoldi".3 Bu kabi peyzajlar nosirning lirik mahorati yuqorligi, badiiy so'z aytishda noodatiy yondashuvlar tarafdori ekanligini ko'rsatadi.

Adibning "Jamila", "Alvido Gulsari" asarlarida ham ona zamin va inson modullari bir butun, moddiy va ma'naviy ehtiyojlari nuqtayi nazaridan bir-biriga chambarchas bog'langan

Chingiz.Aytmatov. Oq kema. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. - 432 b.-16-bet 1 Chingiz Aytmatov . Oq kema. - Toshkent: Yangi asr avlodi, 2017. - 432 b.-17-bet

1 Ch. Aytmatov. Qiyomat.- Toshkent:Yangi asr avlodi,2015, 3 bet

815

mukammal kompozitsiya sifatida tasvirlanadi. Adib inson ma'naviyati, ruhiyati, ko'ngil boyligi bilan tabiat tasvirining uyg'unligi kabi nozik masalalarni chuqur tahlil qiladi va o'ziga xos tarzda ularni mutanosiblikda ifodalaydi.

Badiiy ijodnig o'ziga xos tamoyiliga aylangan inson va tabiat tasviri ulug' o'zbek shoiri Alisher Navoiyning "Lison ut-tayr" dostonida ilohiyot masalasi bilan uyg'un holda ifoda etilgan.Badiiy adabiyot inson ruhiyatining eng ovloq puchmoqlarini kashf etishga urinar ekan, hali ko'p bora tabiat tasvirlariga ehtiyoj sezadi. Bashariyat hayoti, uning ruhiyati, qalb kechinmalari tabiat bilan mutanosiblikda bir butunlikda tasvirlanadi.

REFERENCES

1. Dehqanva Guljahon Ahmadjonovna. (2023). NATIONAL -CULTURAL CHARACTERISTICS OF LEXICAL UNITS EXPRESSING THE ECONOMICAL CONDITION OF A PERSON'S LIFE IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES. https://doi.org/10.5281/zenodo.7951344

2. Madaminova M. MAKTAB O'QUVCHILARIGA INGLIZ TILIDA MATN O'QISHNI O'RGATISHNING INTERFAOL TEXNOLOGIYALARI //Ilm-fan va ta'lim. - 2023. - Т. 1. - №. 2.

3. .Mamajonovna E. S. O 'ZBEK VA TURK ALLALARIDA OTA OBRAZINING QIYOSIY TALQINLARI //Konferensiyalarj Conferences. - 2024. - Т. 1. - №. 4. - С. 561-564.

4. Mamajonovna E. S. UMUMTURKIY TILLAR ALLALARIDA ALLITERATSIYA VA ASSONANS //TADQIQOTLAR. - 2024. - Т. 32. - №. 2. - С. 46-50. http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/2184

5. Tojiddinovna N. H. LINGUOCOGNITIVE FEATURES OF THE PUZZLES IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES //Scientific Impulse. - 2022. - Т. 1. - №. 4. - С. 1099-1101. https://nauchniyimpuls.ru/index.php/ni/article/view/1922/1484

6. Habibullayev, Nodirbek Nosirjon O'G'Li QOZOQ VA O'ZBEK TILIDAGI MODAL SO'ZLAR CHOG'ISHTIRMASI // ORIENSS. 2023. №5. URL: https://cyberleninka.ru/artide/n/qozoq-va-o-zbek-tilidagi-modal-so-zlar-chog-ishtirmasi (дата обращения: 01.02.2024).

7. Shohsanam O. O'ZGA TILLI GURUHLARDA RUS TILI DARSLARIDA O'QUVCHILAR NUTQINI O'STIRISHDA INTERFAOL USULLARNING O'RNI //Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi. - 2024. - Т. 15. - №. 3. - С. 76-78.

8. Madaminova M. MAKTAB O'QUVCHILARIGA INGLIZ TILIDA MATN O'QISHNI O'RGATISHNING INTERFAOL TEXNOLOGIYALARI //Ilm-fan va ta'lim. - 2023. - Т. 1. - №. 2.

9. АБДУЛВОХИДОВ Э. РОМАН ЧИНГИЗА АЙТМАТОВА «И ДОЛЬШЕ ВЕКА ДЛИТСЯ ДЕНЬ..» КАК НАЧАЛО НЕЙРОДИДАКТИКИ //TADQIQOTLAR. - 2024. - Т. 32. - №. 2. - С. 29-38.

10. Pardaboeva D. CONTENT AND CHARACTERISTICS OF THE CONCEPT OF NATIONAL AND RELIGIOUS VALUES //INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429. - 2022. - Т. 11. - №. 01. - С. 152-154.

11. Бобажонова М. Т. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ ОРФОГРАФИЧЕСКИХ НАВЫКОВ НА ОСНОВЕ ОБОБЩЕНИЙ //TADQIQOTLAR. - 2024. - Т. 32. - №. 2. - С. 39-45 http://tadqiqotlar.uz/index.php/new/article/view/2183

12. Ибрагимова Н. Т. АКТУАЛЬНЫЕ ПОДХОДЫ К ОБУЧЕНИЮ РУССКОМУ ЯЗЫКУ У УЧАЩИХСЯ УРОВНЯ В1 СРЕДНИХ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ ШКОЛ //Educational Research in Universal Sciences. - 2023. - Т. 2. - №. 10. - С. 166-170. http://erus.uz/index.php/er/article/view/4168/5041

13. Komiljon o'g O. Y. et al. GENERAL CHARACTERISTICS OF AMERICAN ROMANTICISM //TADQIQOTLAR. UZ. - 2024. - Т. 32. - №. 2. - С. 85-91.

816

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.