JffiTALQINVA 1
\-/TADQIQOTLAR No4 2022
ilmiy-uslubiy jum&H
Ji^ J s
n'7RF.¥ ^III 'IÎ 1\ Л11Г: Л П'7 ТТТЛ/ГТ AST IÎII Л \ kllillî k l l f l \ \ «TTOTR A
O'ZBEK SHE'RIYATIGA O'Z JUMLASI BILAN KIRIB KELGAN SHOIRA
#
>
HALIMA XUDOYBERDIYEVANING 75 YILLIGIGA BAG'ISHLANADI
l )>*
Masharipova Danakhon Atabekovna
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ixtisoslashgan maktab-internati ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7257668
Annotatsiya: ushbu maqolada o'zbek she'riyati - badiiy adabiyotida o'z o'rniga ega bo'lgan shoira Halima Xudoyberdiyevaning ijodining badiiyati xususi da fikrlar beriladi.Xususan, shoira she'rlarining mavzu ko'lami, she'rlaridagi poetik obraz timsollari tahlili keltiriladi.
Kalit so'zlari: she'riyat, badiiy olam, poetik obraz, Halima Xudoyberdiyeva.
A miAÏ-n4lAni Т1л1Г О rfl л! û -n-rrVT ТЛ r\ an inoi iYnfo 1 nfr»
nt4 I T ТгтКа1л 1лг»а1гл т
Annotation: This article provides insights into the art of Uzbek poetry - the
>
work of the poetess Halima Khudoiberdiyeva, who has a place in the literature of literature. is given.
Keywords: poetry, art world, poetic image, Halima Khudoiberdiyeva.
»
Аннотация: в данной статье дается осмысление искусства узбекской поэзии - дается творчество поэтессы Халимы Худойбердиевой, занявшей место в художественной литературе.
Ключевые слова: поэзия, художественный мир, поэтический образ, Халима Худойбердиева.
)ц j i > J |. Jm
O'zbek adabiyoti shunday chamanzorki, unda gullar ko'p, chechaklar ko'p. Bu bog'da bir-biriga o'xshamaydigan, bir-birini takrorlamaydigan shoirlar avlodi qayta-qayta bo'y cho'zaveradi. Halima Xudoyberdiyeva ana shunday shoirlar avlodidandir.
Qalam ahli o'zbek she'riyatida ayol obrazida, uning qalb kechinmalari orqali xalqimizning eng yaxshi xususiyatlarini ochib berishga harakat qildilar. Ayolga adabiyotda juda muhim va favqulodda rol berilgan.
Asarning asosiy qahramoni bo'lmasdan ham, u ijod jarayonida qandaydir o'ziga
m 17"л1+1-»*л/Ч1 \ / r> nV»n 1 I n n l-\ 1 -*-• rr n пт г 1 1-х n 1 m nif V\il л-м г» ' 1 rtn n 1лг» '1 i
xos belgi keltiradi.Va shu bilan birga, ayol har doim sir bilan o'ralgan bo'ladi, uning
ш
xatti-harakatlari chalkashlik va sarosimaga sabab bo'lishi mumkin. Ayol ruhiyatiga,
uning qalbiga kirib borish, uni tushunish Olamning eng qadimiy sirlaridan birini
J I > ^^ i
yechish bilan barobardir. Chunki ayol siymosida sir yashirin[1.:65]. Bu esa
ïw ~
! и*
ijodkordan katta mehnatni, fidoyilikni talab qiladi. Mana shunday ruh tarjimonlaridan biri Halima Xudoyberdiyevadir.
Ы> q >■:>
I > >
>q ] q ]> >
из
JffiTALQINVA 1
%#TADQIQOTLAR No4 2022
^^ ¡ImlyuHuOiy jumali i»--r «-W"
' 1 J E" I |
Halima Xudoyberdiyeva tuyg'ularga boy, zamondoshlarning baxti va dardi, ona
Vatan, jonajon xalqiga muhabbat bilan yo'g'rilgan ajoyib she'rlari bilan ko'zga tashlanib turadi.
Shoira she'riyatining mavzu va ma'no ko'lami keng, teran. Uning she'rlarida ona Vatan, ota-ona, ayol va bola mavzulari ustunlik qiladi.
Halima Xudoyberdiyevaning deyarli barcha she'rlarida chuqur insoniy va ijtimoiy iztiroblar, dardlar, sevinchlar, oliyjanob xayollar, mardona o'ylar juda ta'sirli, yorqin aks ettirilgan. Shoira she'rxonni chin va samimiy tuyg'ular tasviri
■> J 1 O J JV
yordamida o'ziga tuyg'udosh qiladi.
Halima Xudoyberiyeva ijodi 60-yillarning o'rtalaridan boshlanib, hozirgacha uning ko'plab she'riy to'plamlari kitobxonlar hukmiga havola qilingan. Uning o'nlab dostonlari, davrning muhim masalalariga bag'ishlangan publisistik maqolalari chop qilingan. Xususan, shoiraning "Ilk muhabbat", "Oq olmalar", "Chaman", "Suyanch tog'larim", "Muqaddas ayol", "Bu kunlarga yetganlar bor", "Hurlik o'ti", "To'marisning aytgani", "Saylanma", "Yo'ldadirman" kabi turli janrlarga mansub
asarlari kitobxonlar ommasining ma'naviy mulkiga aylandi.
Shoira ijodining tadqiqodchilaridan biri To'xtasin Jalolov shunday yozgan edi: "Hamma - o'zbek ayollar she'riyatida kutilmagan hodisa ungacha bu san'at
H*'
koshonasida qandaydir bir sukunat, osudalik hukm surib, kishini mudroq bosardi. Halima bu dargohga bo'ron bo'lib, suron bo'lib kirdi-da, to'liqib -to'lib, oshiqib-shoshiqib baland pardalarda qo'shiq boshlanadi": Men shunchaki o'ylagim kelmas, Hayol - sharob misol qilsin sarxusht, mast. Men shunchaki kuylagim kelmas, Ovoz pardalarim chidab bersa bas [7.:29].
Agar shoiraning ovoz pardalari chidab bersa, u yerni, ko'kni larzaga keltirib kuylashga tayyor. Bu "mushtipar" ayolning mungli ovozi emas, mardona ovoz, bu
she'r narasi!
Shoira she'riyati - sharqona hayot haqiqatini boricha, hech qanday ortiqcha bo'yoqlarsiz satrlarga chizadi. Uning ijodini ulkan daryo toshqiniga qiyoslash mumkin. Chunki bu daryoning har toshqini sizni o'z domiga tortadi. Butun jismu -
rx-t i"» m 1 Vm ■ 4"1 ri il rr n 1 1 r»T ; 1 TT n T*\ î ■ n r> nln r» ' t il r> V\ ■ ir> r> nln
*
joningiz, ruhingiz va yuragingizni butkul egallaydi. U shunchaki o'ylab, shunchaki
kuylashdan yiroq. Agar ovoz paychalari chiday olsa, ularni yorgudek "toshqinib" kuylaydi. Bu shoiraning o'zigagina yarashguvchi, o'zigagina xos bo'lgan tug'yoni va hech kimnikiga o'xshamas shiddatining ko'rinishi.
Shoira she'riyatida har yer, har narsada Vatan isi, Vatan tarovati bor. Nomi tilga olinmasa-da, har joyda o'z "egasi" bor. "Vatandir bu" she'rida shunday satrlarga duch kelasiz:
Bu yer kimning, bu ko'k kimning
114 N
JffiTALQINVA 1
\-/TADQIQOTLAR No4 2022
«Cl
llmly-uslubty jumaU
'M il:
Egasi bor har o't, chimning
#
O'z yerida o'zbegimni
O'zi qolgan Vatandir bu [8.:319].
Iborhim G'afurov tabiri bilan aytganda "Halima she'riyat — badiiyatga o'z jumlasi bilan kirib keldi. Zotan, adabiyotga — badiiyotga faqat xos jumla bilan kiradilar: bir jumla o'qiganda darhol bu Qodiriy, bu Usmon Nosir deydilar. Halima ham ilk she'rlaridanoq shunday shoir bo'ldi: jumlasiga qarab oltmish yildan beri "Bu
J»
! Ш-
Halima!" — deydilar. Binobarin, biron she'rida birovga o'xshamadi. Ergashganligi rost, ammo o'xshashi yo'q. Jumlalarida qilichning shuvillashi, daryoning, aynan esa ona Sirdaryoning shovullashi eshitilib turadi. Ilk she'rlarida, oltmishinchi yillar avvallarida o'zi yozganday, ajdodlarning "qiynalib-qiynalib" yozgan so'zlarini to'ymay o'qidi, ularga g'arq bo'ldi, tarovatlariga to'ymadim, dedi" [5.:10].
O'zbek she'riyatida ichki olam qiyofasiga va ayol qalbining murakkab kechinmalariga juda katta e'tibor beriladi. Shuning bilan birga ayol qalbi tasviri erkak
HrvriVrvrl nt* г1ла'п\ГП + 1ЛО nom О Л ТГ\ 1 11 Ап1лАг1пГ П na ' Г1 ТГпЬ rln 1л О m Г\ ' >71 ГТП О lofv/in
ijodkorlar she'riyatida ham, ayol ijodkorlar she'riyatida ham o'ziga xos tarzda
>
voqelanadi. Adabiyotning tarixi, buguni va ertasini ayol obrazisiz, ularning go'zal siymolarisiz, qalblarining o'tli haroratisiz tasavvur eta olmaymiz.
Shoira ijodida chaqmoqday chaqnagan, momaqaldiroqdek gumburlagan, selday
m?
toshib kelgan she'rlar ko'p. Lekin, shoiraning mana shunday she'rlari orasida ayol muhabbati, uning qudrati, nozik qalb egasi ekanligini ko'rsatuvchi she'rlari alohida mavqega ega. Halima Xudoyberdiyeva inson yuragiga yaqin mavzularning yangi-yangi qirralarini ocha bordi. U Nodirabegim, Uvaysiy, To'marislar qiyofasiga kirdi. Shoira o'z she'rlarida "yurak shoirasiman.. .ayol muqaddas! — dedi va ayol uchun uning sha'ni-shavkati uchun madhiyalar aytdi. Ayolni ojizalik puchmoqlaridan chiqardi. Bu kabi jihatlar Halima Xudoyberdiyeva she'riyatining eng ulug', o'ta ta'sirchan g'oyasiga aylandi. Bu holat esa shoira ijodida juda katta ijtimoiy aks sado berdi.
Shoira Halima Xudoyberdiyeva o'zining O'tgan ulug' karvonlar, bobolari, momolarining davomchisi ekanini har lahza his etib, bu mas'uliyatni chuqur tushunib qalam tebratadi. Halima Xudoyberdiyevaning «Tilovchiman» degan she'rida shunday satrlarga duch kelamiz: J-jt
Men kim,
Men bir munglig' singil, tilovchiman, Og'alarim kiprigim-la silovchiman. Og'alarim bir-biridan kechar oson, Jonim ipdir, men ularni ulovchiman. Borlig'imni yaratganlar ishq, ohlardan, Qonlar, shonlar kechgan yovqur guvohlardan. O'ch olganda yog'iylardan, gumrohlardan
Ы> 3 ]>£>
*
115
:>j:> ^ * ¡J
JffiTALQINVA 1
\-/TADQIQOTLAR No4 2022
«Cl
llmly-uslubty jumaU
'M il:
To'marisning qo'llarini qo'llovchiman[7.:10].
#
She'rning birinchi bandidagi ayol obrazi - mehribon va mushtipar singil siymosida tasvirlanadi. Aka-ukalari uchun jon rishtasi ekanligi e'tirof etiladi, ikkinchi bandda esa, dushmanning oldida, yog'iyning qarshisida qasoskor, botir, dushmanga omonlik bermaydigan, jonajon Vatan sha'ni, erki uchun hech ikkilanmay aziz jonini garovga qo'yib qo'liga qilich olib, jangga kirgan To'maris singari tasvirlanadi. Dushmanlari qarshisida To'maris singari jasoratli siymo sifatida maydonga chiqadi.
J»
! Ш-
She'rning keyingi satrlarida:
Bihamdilloh, qolsam hamki sinib, qurib, So'z aytarman xoki-turob bo'lib turib. Avlodimni qaytmaslikka ont ichdirib, Amir Temur yo'llaridan yo'llovchiman [7.: 11]
Ushbu misralarni o'qir ekansiz haqiqiy vatanparvar, erkparvar o'zbek ayolining siymosini ko'rasiz. Shoiraning bu misralarini o'qib, Amir Temur, Jaloliddin
N /Ion m 11л rn 1 / onin/iHi-n ЛлпЬпттоп D Ami-rn air тгп+nnnonmrl nini Dani-mim I Kn
Manguberdi, Zahiriddin Muhammad Boburdek vatanparvarlarni, Beruniyu Ibn
Sinolarni, Navoiylarni tarbiyachisi, ularning maslahatguylari - onalari - o'zbek ayollari bo'lganligi uchun ham buyuklikka daxldorligini qalbdan his qilish mumkin. Halima Xudoyberdiyeva she'rlariga teranroq razm solsak, biron she'ri biroviga
»
m?
o'xshamaydi. Uning she'rlarida qalbdan taralayotgan ayol muhabbati, mehri mujassam. Ayol bu ona, yaratuvchi, buyuk hilqat egasi. Uning qalbi nozik va shu noziklik qa'rida buyuklik mujassamdir. Ayol qalbining butun go'zalligini ayolgina yaxshi his qila oladi. Ayolning go'zalligi, uning mehru muhabbati haqida bir qancha
shoirlar qalam tebratishgan. Lekin, ayol ijodkorlarimiz satridagi ayolning qalb
...........
kechinmalari o 'zgacha j ilvalangan.
Halima Xudoyberdiyevaning she'rlari kutilmagan poetik obrazlarga, pinxona tuyg'ularning nozik jilvalari tasviriga asoslanadi. Shoira bir she'rida "Osmon yozib o'chirar chaqmoq aytgan so'zlarni" deydi. Yana bir she'rida "Yulduzlar ko'kdan tushib, ko'klarga tushgan kun" deya o'sha kun shiddati, kishilar kayfiyatini
m.
ko'taringki bir terato ifodalaydi. Yana bir asarida lirik qahramon ruhiyatini "Boshim uzra egiladi savob bo'lib oy" degan tashbeh orqali ifodaladi. Shoira nafaqat narsa va hodisalar mohiyatiga balki lirik qahramon ruhiyatiga ham chuqur nazar tashlab, J-jt takrorlanmas manzaralar yaratadi. Shoira she'rlaridagi badiiy psixologizm -u voyaga yetgan hayotiy sharoit bilan bog'liqdir. "Qiror ko'ngil sinig'i", "Bu dunyoning ko'zlari", "Eldoshlarim ichra yurib", "Men ketsam" kabi asarlaridagi ramzli obrazlar (Qushcha, Bog', Dala-dasht, Oy, Tuproq) shoira tuyg'ularini tarbiyalagan shaxsiyatni
! И*
shakillantirgan qishloq hayoti, tuproq isi silsilasidan iborat.
Halima Xudoyberdiyeva she'riyatini kitobxonlar diliga yaqin qilib turgan omillardan yana biri bu asarlarda ifodalangan poetik obrazlarning xaqchilligidir.Bu
____•• «_______ J............u- , _____^UJ_____:____™
sohada esa ijodkor ong - dunyoqarashi bilan bog'liq ravishda uning olamini va
i Js * iJ
JffiTALQINVA 1
\-#TADOIOOTLAR Nod 2022
№4 2022
ilmlyuslubly jurnali
»
Miiiif-iwuuif juiiian
1 liML 'm 's
odamini tushinishi, tabiat va jamiyat voqealigini tushuntirish, fikrlash tarzi va til
xususiyatlari bilan mantiqiy bog'liq, bir butun narsadir.
Halima Xudoyberdiyeva she'rlarida turli timsollarni, poetik obrazlarni qo'l laydi. Misol uchun:
J > I > ;
Ko'klam-ku, beparvo o'taveradi
Qayta kelaverar yana bir zamon.
Mening umr kemam yelib boradi,
O'sha qish atalmish qirg'oqqa tomon. [8.: 42]
Bu she'rda ko'klam-yoshlik, navqironlik, qish-qarilik, umr esa kema timsolida. Haqiqatan ham, bu misralarda to'g'ri tashbehdan, ya'ni o'xshatishdan foydalanilgan. Hammamiz yoshligimizda jo'shqin, navqiron bo'lamiz. Umr o'tgani sari bizdagi jo'shqinlik tobora kamayaveradi, qarilik qirg'og'iga asta-sekin qadam qo'yaveramiz. Ana shunday kema yelgani sari ko'klam ketidan sekin-sekin qish fasli kirib keladi. Aqlim tanibmanki, yo'ldaman, yo'lda, Toblab qo'ydi, ancha yo'llar qiynog'i. Aniq qancha yo'l bor, hali mo'ljalda, Mo'ljalsiz yo'llarning yo'qdir sanog'i. [8.: 84]
ЧЫи-пя YiiHrwibi^rHiAiM^ciriirifT Hii cbi^'riHcim Л7Г»'1 timcr»1iHci umr талоне!
Halima Xudoyberdiyevaning bu she'ridagi yo'l timsolida umr mavzusi
ïW
m:
yoritilgan bo'lib, umr poetik obraz hisoblanadi. Shoira bu she'ri orqali bizga umr mo'ljalini to'g'ri qo'ymog'imiz lozimligini ta'kidlaydi. Mo'ljal bu bizning maqsadimiz. Ya'ni bugungi hayotimizda biz o'z oldimizda aniq bir maqsadni qo'yib olishimiz darkor, negaki mo'ljalsiz umr insonni ancha qiynab qo'yadi.
Halima Xudoyberdiyeva ijodini kuzatar ekanmiz, shoiraning ko'p she'rlarida
, ......... ...................
umr poetik obraz qilib olinganligiga guvoh bo'lamiz. Aksariyat she'rlaridan ko'rinib
turibdiki, umrni chopag'on otga, ko'klamga, qishga, qayiqqa yoki yo'lga qiyoslaydi.
She'rga mehr qo'yganlarga uning taftini alqatadi. She'riyat nomli go'zal bog'da havaskor ijodkorlarga o'z g'unchalarining quloch yozmog'iga ko'maklashadi. Daryoning toshqinidan ruh orom oladi, mavjlari yurakka surur bag'ishlaydi. Ikki daryo tutashgan joyda, ummon hosil bo'ladi. Bu ummon esa barchani o'z qariga tortadi. Bir qarashda uning haybati odamni cho'chitadi, biroq u qanchalar haybatli bo'lsa, shunchalar fusunkor ko'rinadi. Ummon tubi cheksiz, oxiri ko'rinmaydi. J-jt Ammo chinakam yutug'i ham uning ana shu chuqurligidadir.
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Halima Xudoyberdiyeva hozirgi zamon o'zbek she'riyati bilan birga nafas olgan, uning eng ilg'or tamoillarini o'z ijodida istifoda qilgan, millat, Vatan va xalq taqdiriga, umuminsoniy masalalarga
îw-
! И*
befarq qaray olmagan bezovta qalb egasidir.
Ш i \ j>
1 > V ' ' V-11
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 г» „ 1 *___:______ tvt л /г___à-__J11J1, j__.„j „'„1__1, „1__„4-J t . оr\r\n
1.Rahimjonov N. Mustaqillik davri o'zbek she'riyati. - T.: 2007
Ы> 3 ]> <}>
---M- ^ >
is* » J
ltalqin va
iTADQIQOTLAR
ilmiy-uslubry jurnali
№4 2022
2.Normatov U. Yetuklik.. - T.: 1988
3.Normatov U. Ijod sehri. - T.: 2007
4.Mirvaliyev S. O'zbek adiblari. - T.: 2016
5.G'afurov I. Daryoning ovozi. Halima Xudoyberdiyevaning "Buyuk qushlar" she'riy to'plamiga yozgan so'z boshi. - T.: 2012
6.Abdulla Oripov. Jonfidolik. Halima Xudoyberdiyevaning "Saylanma" she'riy to'plamiga yozgan so'z boshi. - T.: 2000
7.Halima Xudayberdiyeva. Saylanma. - T.. 2000
8.Halima Xudoyberdiyeva.Buyuk qushlar. - T.: 2012.
q
Mt<\')>
L*
m
*<b> >*
118
№ )>
Wf; * l |>
q
q
u
q
>
q
>
q> * q
q >p i>
q > >
q