Science
through time and space
TBscience sm
Жамият ва инновациялар -
Общество и инновации -
Society and innovations
Journal home page:
https: //inscience.uz/index.php/socinov/index
Titlyer va intstyalar
Society and innovations
о
Literature, pedagogy and didactics
Odiljon AKBAROV !
Namangan State University
ARTICLE INFO
Article history:
Received February 2021
Received in revised form
20 February 2021
Accepted 15 March 2021
Available online
15 April 2021
Keywords:
folklore,
written literature,
pedagogical views,
didactics,
personality development,
self-depiction.
ABSTRACT
The article examines the interdependence of literature and
pedagogy, the role of these two ingrained forms of social creation
in the upbringing of the individuals. Their commonality is
revealed by the example of the masterpieces of oriental
literature.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International
(CC BY 4.0) license (https: //creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Adabiyot, pedagogika va didaktika
Kalit so @lar:
xalq og‘zaki ijodi,
yozma adabiyot,
pedagogik qarashlar,
didaktika,
shaxs kamoloti,
nafs tarbiyasi.
ANNOTATSIYA:
Magolada adabiyot va pedagogikaning o‘zaro uzviy bog'liqligi,
ildizi bir bo‘lgan bu ikki ijtimoiy ong shakllarining shaxs
tarbiyasida tutgan o‘rni to‘g‘risida mulohazalar yuritiladi. Sharq
adabiyotining durdona asarlari misolida ularning mushtarak
jihatlari ochib beriladi.
Литература, педагогика и дидактика
Ключевые слова:
народный фольклор,
письменная литература,
педагогические взгляды,
дидактика,
АННОТАЦИЯ
В статье рассматривается взаимозависимость литературы и
педагогики, роль этих двух укоренившихся форм
общественного сознания в воспитании личности. Их общность
раскрывается на примере шедевров восточной литературы.
1 Researcher at Namangan State University, Namangan, Uzbekistan.
E-mail: [email protected].
т о
iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз
Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415
развитие личности,
самообразование.
Jamiyatdagi ko‘plab ijtimoiy fanlar, ijtimoiy sohalarning vujudga kelishida, ularning
taraqqiy topib, alohida ijtimoiy ong shakllaridan biriga aylanishida badiiy adabiyotning
o‘rni beqiyos. Ijtimoiy fanlar orasida qadimiy va bugungi kunda yetakchi sanalgan falsafa,
pedagogika, filologiya sohalari va hatto tarix fani ibtidosi adabiyot bilan bog’‘liqligini
barcha birdek e’tirof etadi. Shuningdek, bu sohalarni o‘rganishda, tadgiq etishda va
rivojlantirishda bevosita adabiyotga murojaat qilingan, hozir ham shunday va bu yana
davom etadi. Turkiylarning faxri bo‘lmish Chingiz Aytmatov “Tomchisiz ummon yo‘q”
maqolasida shunday yozgan edi: “Adabiyot insonlarning hayot hagidagi tajriba tuyg‘u va
fikrlarini bir-biriga yetkazish vazifasini ham bajaradi” [1:455].Hayotiy tajriba, bilim va
ko‘nikmalarni avlodlarga yetkazilishi masalasi pedagogika fani uchun ham muhimdir.Eng
muhimi, bu fan va sohalarning tasvir hamda tadqig obyekti - inson. Adabiyotshunos va
metodist olim Q. Yo‘ldoshev yozadi: “Demak, Adabiyot uchun Insondan giziq, Insondan
qadrli, Insondan aziz va insondan vahshiy, yovuz, yirtqich “muammo” yo‘q ekan! Mangu
vazifasi ham ana shuni yozish, ochish kashf etish...” [2:7]. Adabiyotning ana shu insonni
yozishi, ochishi va kashf etish vazifasi pedagogikda shaxs tarbiyasi usul, vositalarini idrok
qgilish, yo‘lga qo‘yishga yo'l ochadi. Adabiyotning asosiy shakllari bo‘lmish xalq og‘zaki ijodi
va yozma adabiyotda buning uchun bemis] manba hamda imkoniyatlar mavjud.
Xalq og‘zaki ijodi janrlari o‘zining shakli va mazmunidan kelib chiqqan holda o‘ziga
xos_ta’limiy-tarbiyaviy mohiyat kasb etadi. Topishmoglarga e’tibor garataylik. Ular
mazmun-mohiyati bilan pedagogic, didaktik ahamiyatga ega. Bu janr bolalarda fikrlash,
izlanish, topqirlik fazilatlarni tarbiyalaydi. Shuningdek, topishmoglarning tez aytish, ertak,
she’riy shakllari ham borki, ular bolalarning estetik didini oshirishga, nutqini o‘stirishga,
nutqdagi kamchiliklarni bartaraf gilishga xizmat qiladi. Bundan tashgari tanqidiy, hajviy
ruhdagi topishmoglar uchraydi, ular mazmuniga ko‘ra tarbiyaviy mohiyat Kasb etadi.Lekin
topishmoq faqat bolalargagina taalluqli emas ekan. “Z.Husayinovaning ma’lumot
berishicha, uzun gish kechalarida urchiq yigirgan va olacha to‘qigan xotinlar Samarqand
atrofida boshga qishloglardan to‘yga kelib, xonadonlarga bo‘lingan mehmonlar o‘zaro
chaldirmoq (tez aytish), jumbog, ya’ni topishmoq aytishgan” [3:42]. Bu ma’lumot
topishmogning yosh-u qari orasida ta’limiy tarbiyaviy ahamiyat kasb etganligidan dalolat
beradi.
Magollar xalq donishmandligining ifodasi sifatida vujudga kelgan og‘zaki ijodi
janridir. Turkiy xalqlarning gadimgi uch yuzga yaqin maqolalari Mahmud Koshg‘ariyning
“Devonu lug‘otut turk” asarida berilgan. Xalq ogzaki ijodi hagida ilmiy ish olib borgan
hamma olimlar magollarda millatning dunyogarashi, hayot va tabiat vogealariga bo‘lgan
munosabati aks etganini alohida ta’kidlaydilar. Magollar insonlarda u yoki bu fazilatlarni
tarbiyalashga xizmat qiladi. Yozma adabiyotda ham magollardan unumli foydalaniladi.
Magollar orgali asar qahramonlarining ichki kechinmalari ruhiy holati ular tushib golgan
sharoitni ifodalash bilan kitobxonga ibrat, saboq berish ko‘zlanadi. Masalan, Chingiz
Aytmatovning “Asrga tatigulik kun” romanida “Qarilik yelkangda turadi”, “Qaridik, xoridik
- kampir bilan chol bo‘ldik” maqollari Edigey Bo‘ronning ichki kechinmalarini ifodalash
bilan birga har bir insonga umrning tez o‘tishi, har fursatni g‘animat bilib, hayot daftarini
bezash taradudida bo'lish kerakligidan adib saboq beradi. Shu asarda Sobitjonning tilidan
aytilgan “O‘ladigan odamning o‘lgani yaxshi, ketadigan odamning ketgani yaxshi” magoli
uning tuban olamini ko‘rsatadi. Magol obraz ichki olamini ochish barobarida yoshlarga
29
т о
iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз
Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415
xudbinlikning naqadar tuban illat ekanini singdirishga xizmat qiladi.“Itning egasi bo‘lsa,
bo‘rining Xudosi bor” magollari roman qahramonlari holatlarini tasvirlashga 401 kelgan
va kishi har qanday og‘ir sharoitda ham tafakkur gilsa, suyanadigan, taskin oladidan
panohini topishi mumkinligiga ishontiradi.
Xalq qo’‘shiqlarining inson tarbiyasiga ruhiyatiga kayfiyatiga ta’siri beqiyos.
Shuningdek, inson ruhiyati kayfiyatidan kelib chiqib go‘shiq aytadi yoki tinglaydi.
Qo‘shiqlar insonni o‘zgalar dardini, quvonchini, hissiyotini anglashga o‘rgatadi,
vatanparvarlik, insonparvarlik, oliyjanoblik, jasurlik fazilatlarini shakllantiradi.
Mutaxassislar alla qo‘shig‘ini tinglagan bola bilan tinglamagan bolaning ruhiy kamolotida
fazilatda farqi bo‘lishini aniglaganlar. Alla eshitib ulg‘aygan bola o‘zining hissiyotchanligi,
boshga insonlarga mehr ko‘rsata bilishi, Vatanga, yaqinlariga, atrof-muhitga ayricha
insoniy munosabati bilan ajralib turishi namoyon bo‘lgan. Shuning uchun yozuvchi-larning
xalq qo‘shiqlariga bot-bot murojaat qilishlari bejiz emas.
Chingiz Aytmatovning oz asarlarida xalq go‘shiqlaridan foydalanish tajribasi ham
diqqatga sazovordir. Yozuvchi o‘zining “Erta kelgan turnalar”, “Jamila”, “Alvido, Gulsari”,
“бор bo‘'ylab chopayotgan Olapar” qissalaridan tortib mashhur romanlarida
gahramonlari tilidan gqoshiqlarni parcha yoki to‘liq holda keltiradi. Bu bilan u
go‘shiqlarning inson hayotida, dunyogarashida, tarbiyasida, taqdirida ganday rol o‘ynashi
qanday mohiyat Kasb etishini ochib beradi.
Aristotel afsonasini haqiqatdan xabar beruvchi yolgon hikoyalar deb ta’riflagan
ekan. Demak, afsona o‘zida haqiqat bo‘lgan tarixni, yolg‘on hikoya bo‘lgan badiiy
adabiyotni mujassamlashtiradi. Tarix ham, badiiy adabiyot ham insonni, avlodlarini, butun
bir xalgni tarbiyalashda o‘ziga xos o‘ringa, mavqega ega. Shundan bo'lsa kerak qadimdan
adiblar afsonalarga tayanib yirik va mashhur asarlar yaratishgan. Firdavsiyning
“Shohnoma’si, Abunasr Asadiy Tusiyning “Geparshaspnoma’si, besh xazina majmuyi
sifatida _yaratilgan “Хатза”аг kabi yetuk asarlarini eslash kifoya.
XX aslida esa o‘zbek adabiyotida afsonalarga tayanib Mirkarim Osim “Shiroq”, “Tomaris”
gissalarini, Yavdat Ilyosov Shirog haqida “Hol-hol o‘lim”, Mirmuhsin “Shiroq” dostonini,
Mahkam Mahmudov Sparetri hagida “Shaklar malikasi” hikoyalarini yozganlar. Bu asarlar
insonlarda oliyjanoblik tuyg‘ularini shakllantirishda, yuksak ma’naviy fazilatlarni
tarbiyalashda tarix vaqeliklari asosida yaratilgan afsonalarga murojaat orqali e’tirof
topdilar. Chingiz Aytmatov “Og kema” qgissasida “Shoxdor ona bug‘u”, “Asrga tatigulik kun”
romanida “Nayman ona qissasi”, “Qiyomat” ramanida “Oltovlon va yettinchi” afsonalarini
bayon etdiki, ular mazkur asarlarning jahonshumul muvaffaqiyatini ta’minladi,
insoniyatning ma’naviy tarbiyasida o'z o‘rni, ahamiyatini tayin etsi, desak xato bo‘Imaydi.
Aynan shu asarlari bilan yozuvchi dunyodagi kitobsevarlar, uyiga, galbiga kirib bordi
vaavlodlarni umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda pedagoglarga kamarbasta
bo'ldi.
Bu borada turkiy xalqlarning yirik eposlari - dostonlari imkoniyatlari bemisldir.
Chingiz Aytmatov “Manas” dostoni haqida shunday yozadi: “Mana epik asarlarimizning
cho‘qqisi - bayrog‘idir. Bunda betakror o‘xshatishlar, falsafiy mushohadalar, ibratli so‘zlar,
elatlarning yashash tarsi, oilaviy hayoti, qirg‘inbarotlar insoniyat boshiga qanday
kasofatlarni olib kelishi shu qadar mahorat bilan bayon etilganini o‘qib xalq dahosiga
tasanno aytasan” [4:4].
Yozma adabiyot va shaxs tarbiyasi haqida gap ketganda avvalo vatandoshimiz
turkiy adabiyotdagi birinchi doston “Qutadug‘u bilig’ning muallifi Yusuf Xos Hojib ijodini
30
т о
iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз
Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415
tilga olish lozim. Uning dostoni ham badiiy, ham didaktik asar sanaladi. Didaktik doston bu
ma’lum ma’noda pedagogik asar ham demakdir. Unda tarbiya muayyan yoshdagilar, u yoki
bu tabaqalar uchun emas, balki kim bo‘lishidan gat’iy nazar - u shoh yo gado, olimmi yo
talaba, dehqonmi yo hunarmand ham tarbiya obyekti, ham tarbiyalovchi ekanligi badiiy
jihatdan yoritib beriladi. Asarda rivojlanib boruvchi sujet yoq, asosiy to‘rt obraz -
Kuntug‘di, Oyto‘ldi, O‘g‘dulmish, O‘zg‘urmishning didaktik mavzulardagi savol-javoblari,
suhbatlari sujetga asos bo‘lgan. Doston muallifi til odobi, sevgi va sadogqat, rostgo‘ylik va
halollik kabi masalalar haqida so‘zlaydi, mayxo‘rlik va mutakabbirlikni tangid giladi.
Kishining yurish-turishi, o‘zini tutishi hagida o‘git beradi. Bular dostonning mazmuni va
mohiyatiga singdiriladi.
“Qutidg‘u bilig”’ning bir necha bobi bevosita axloq-odob masalalariga bag‘ish-langan.
Shunday boblardan biri “Til ardami’(til odobi) deb atalgan yettinchi bo‘lib, undan shoir
o‘gish va bilim olishda tilning ahamiyati, qisqa va mazmunli so‘zlash, tilga ortiqcha erk
bermaslik va boshqalar haqida ibratli o‘gitlar beradi:
Uqushga bilikka bu tilmachi til,
Yaruttachi arni yo‘rigq tilni bil.
Yusuf Xos Hojib shoir sifatida badiiy so‘zning qimmati va ta’sir kuchini alohida
ta’kidlaydi u so‘zini ko‘p o‘rinda shoir tilidan, donishmandlar tilidan so‘zlaydi va yaxshi
so‘zni har qanday oltin, kumushdan ham ortiqrog biladi:
Kumush gqolsa, oltun maning sanga
Oni tutmag’il san bu, so‘zga teng-a:
Kumush ishka tutsa tugar, olqinur,
So‘zum ishga tutsa.kumush qizg‘onur.
U uylanish va bola tarbiyasi haqidagi 53-bobda oila va bola tarbiyasining murakkab
ekanini ta’kidlab, bolani yoshlik chog‘idan boshlab yaxshi xulqli gilib yetishtirish
zarurligini aytadi. Ziyofatlar va ularda ishtirok etish, o‘zini tutish odobiga bagishlangan 55-
va 56-boblarda saroy ahllariga o‘git beradi. Boshqa boblarda ham axloq va odobning turli
masalalari to‘g‘risida fikr-mulohaza yuritadi. Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig’da
O‘zg‘urmish obrazi orqali iymon, qanoat masalalarini yoritadi. ITymonni jamiyatni
poklovchi mezon deb biladi. Bu tasvir an’anasi Chingiz Aytmatov ijodida davom etganini
ko‘rish mumkin. Kazangap, Edigey Bo‘ron, Quttiboyev (“Asrga tatigulik kun”); Avdiy,
Boston (“Qiyomat”) obrazlari bilan iymon tushunchasini jamiyat ma’naviy hayotining
markaziga go‘yadi. Bu bilan Yusuf Xos Hojibga ijodiy, ma’naviy va fikriy izdosh ekanligini
ifoda etadi.
Badiiy adabiyot va pedagogika uyg‘unligi XII asr oxiri XIII asr boshlarida yashab, ijod
gilgan Ahmad Yugnakiyning “Hibbat ul-haqoyiq” asarida ham kuzatiladi. Ahmad Yugnakiy
ilm-ma’rifatni ‘Hibatul-haqoyiq”’ning markaziy masalalaridan biri qilib qo‘ydi. Dostonning
asosiy gqismini xuddi shu masala bilan boshladi. Boshga boblardagi axloq-odob
masalalarini ham ilm-ma’rifat va olimlar donishmandligi bilan bog‘ladi. Doston Ahmad
Yugnakiyni o‘z davrining donishmand ma’rifatparvari va ilmning jarchisi sifatida
gavdalantiradi. Shoir olim bilan johilni bir-biriga qarama-garshi qo‘yadi: olim bilan baxt-
31
т о
iu Science Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - $ос1еу апа тпоуаНопз
Аим Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415
saodat yo'llarini topsa, johil nodonliklari tufayli ko‘rguliklarga giriftor bo‘ladi, ilmni va
olimni gadrlash, ilm o‘rganishga tirishish lozim deydi:
Biliktin ayurman, so‘zumga ula,
Biliklikka, ya do‘st, o‘zungni ula.
Bilik birla bilinur saodat yo'li,
ВИК bil, sapdat yo'lini bo‘la.
Baholig dinor ul biliklik kishi,
Bu johil biliksiz - bahosiz bishi.
Shoir til odobi, saxiylik, kamtarlik, ezgulik va boshqalar haqida xuddi Yusuf Xos
Hojib kabi zamonasining peshqadam murabbiysi sifatida fikr yuritib, kishilarga o‘git
beradi. Rost, sog‘lom va mazmunli so‘zlashni, kerak bo‘lganda sir saqlay olish, laqmalik,
yolg‘on sozlash va sehrgaplikni goralagan shoir tilni tiyish odobning boshi deydi:
Eshitgil, biliklik neku teb ayur:
Adablar bashi til kuzatmakturur.
Tiling bekta tutg’‘il, tishing sinmasun,
Qali chiqsa, bek tishingni siyur [5:143].
Turkiylar faxri bo‘lgan Ahmad Yassaviy diniy-didaktik ta’limotini badiiy tarzda -
she’riy shaklda bayon etgan. U boshqa Sharg mutafakkirlari kabi insonni tarbiyalashning
o‘ziga xos tasavvufona yo'lini targ‘ib giladi. Bu yo'l nafsni yengish yo'lidir. Nafsni yengish
orgali komil insonni tarbiyalash mumkinligiga kitobxonni ishontiradi. Shuning uchun
barchani nafsi bandni yengishga chagiradi:
Nafs yo'liga kirgan kishi rasvo bo'lur,
Yo'ldin ozib, toyib, to‘zib, gumroh bo‘lur.
Yotsa, go‘psashayton bilan hamroh bo‘lur,
Nafsni tepkil, nafsni tepkil, ey badkirdor [6:102].
Nafsni yengishning yo'li bitta, u ham bo‘lsa ishqdir. Shuning uchun oshiglik inson
erishadigan ulug daraja hisoblanadi: “Zohid bo‘lma, obid bo‘Ima. Oshigq bo‘lg‘il, Mehnat
tortib, ishq yo‘lida зо а bo'lg‘il”.
Nafs va ishq tasavvuf ta’limotida oz lug‘aviy ma’nolari doirasidan chigqib, falsafiy
axloqiy-didaktik mohiyat kasb etadi. Ya’ni nafs insonni axlogiy jihatdan tubanlikka
tortuvchi barcha ma’naviy illatlar yig‘indisibo‘lsa, ishq insonni ruhan, ma’nan, aqlan
hamda jismonan poklovchi ma’naviy fazilatlar majmuyi hisoblanadi. Ishgidan yirog,
nafs botqog‘iga botgan kimsalar Chingiz Aytmatov ta’biri bilan aytganda, manqurtlik
qiyofasiga kirib qoladilar. Shu bois ham Ahmad Yassaviy
Nafsni tepib dargohig‘a loyiq bo‘lg’il,
Ishqsizlarning iymoni yoq, ham joni yoq,
deya ta’lim beradi.
Biz yana ushbu asarlar qatoriga bir necha o‘nlab didaktik qimmatga ega asarlarni
keltirishimiz mumkin. Yurtimiz zaminidan yetishib chiqqan olim hamda adiblardan Abu
Nasr Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Nizomiy Aruziy Samarqandiy, Anmad Yugnakiy, Alisher
32
о
Ш] 5чепсе Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations
а Special Issue - 3 (2021) / ISSN 2181-1415
Navoiy, Atoulloh Husayniy, Shayx Ahmad Taroziy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Zokirjon
Furgat va boshga allomalarning pedagogik qarashlarida ma’naviy barkamol inson
tarbiyasiga, xususan, yoshlarni so‘z vositasida toza ko‘ngil, ezgu o‘y, yuksak axlog kishisi
qilib ulg‘aytirish masalasiga e’tibor qaratilgan[7:4]. Ular ichidan Navoiyning “Hayrat ul-
abror”, “Nazmul-javohir”, “Arbain hadis”, “Mahbub ul-qulub”, Boburning “Mubayyin”,
Xojaning “Miftoh ul-adl”, “Gulzor” asarlarini alohida ta’kidlash lozim. Shermuhammad
Munisning “Savodi ta’lim” (yoki “Risolayi savod”), Anbar Otinning “Alifbo” asarlari
ma’rifiyahamiyatga ega ham didaktik, ham ilmiy she’riyat namunasi sifatida ardoqlanadi.
Bularning barchasi adabiyot, pedagogika hamda didaktikaning qo‘yilgan magqsad,
vazifalariga ko‘ra mushtarakligiga yana bir bor dalolat giladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. Чингиз Айтматов. Эхо мира. Москва: «Правда». 1985. - С. 455.
2. Козокбой Йулдошев. Ёник суз. Т.: “Янги аср авлоди”. 2006. - Б. 7.
3. Мадаев О., Собитова Т. Халк огзаки поэтик ижоди. Т.: Шарк. 2001. - Б. 42.
4. Манас. 2-китоб. С. Акбарий таржимаси. Т.: Адабиёт ва санъат. 1987. Б. 4.
5. Маллаев Н. Узбек адабиёти тарихи. Т.: Укитувчи. 1976. - Б. 143.
6. Ахмад Ясссавий. Хикматлар. Т.: Адабиёт ва санъат. 1991. - Б. 102.
7. Кодиров В. Мумтоз адабиёт: укитиш муаммолари ва ечимлар. Монография.
Т.: Алишер Навоий номидаги Узбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти.
2009. Б. 4.
33