Научная статья на тему 'HADISLARDA TAQDIR, FARZAND TARBIYASI MASALALARINING IFODALANISHI VA GLOBALLASHUV'

HADISLARDA TAQDIR, FARZAND TARBIYASI MASALALARINING IFODALANISHI VA GLOBALLASHUV Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
557
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
globallashuv / submadaniyat / hadis / taqdir / qalb / oila / ota-ona / farzand / tarbiya / qadriyat / odat / ko‘nikam / xalq / jamiyat. / globalization / subculture / hadith / destiny / heart / family / parents / child / upbringing / value / habit / skill / people / society.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — M. Axmedova

Ushbu maqolada glabbalashuv jarayoni mazmun mohiyati va hadislarda farzand tarbiyasining inson taqdirini belgilashdagi ahamiyati borasidagi fikrlar oʻrin olgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSION OF DESTINY, PROBLEMS OF RAISING CHILDREN AND GLOBALIZATION IN HADITH

This article contains reflections on the essence of the globalization process and the importance of raising children in determining the fate of a person in the hadiths.

Текст научной работы на тему «HADISLARDA TAQDIR, FARZAND TARBIYASI MASALALARINING IFODALANISHI VA GLOBALLASHUV»

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

HADISLARDA TAQDIR, FARZAND TARBIYASI MASALALARINING IFODALANISHI VA GLOBALLASHUV Axmedova Maysara Baxromovna

UrDU Magistratura bo'limi Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) 1-bosqich

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6894503

Annotatsiya. Ushbu maqolada glabbalashuv jarayoni mazmun mohiyati va hadislarda farzand tarbiyasining inson taqdirini belgilashdagi ahamiyati borasidagi fikrlar o'rin olgan.

Kalit so'zlar: globallashuv, submadaniyat, hadis, taqdir,qalb, oila, ota-ona, farzand, tarbiya, qadriyat, odat, ko'nikam, xalq, jamiyat.

ВЫРАЖЕНИЕ СУДЬБЫ, ПРОБЛЕМЫ ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ И ГЛОБАЛИЗАЦИЯ В ХАДИСАХ

Аннотация. В данной статье содержатся размышления о сущности процесса глобализации и значении воспитания детей в определении судьбы человека в хадисах.

Ключевые слова: глобализация, субкультура, хадис, судьба, сердце, семья, родители, ребенок, воспитание, ценность, привычка, мастерство, люди, общество.

EXPRESSION OF DESTINY, PROBLEMS OF RAISING CHILDREN AND

GLOBALIZATION IN HADITH

Abstract. This article contains reflections on the essence of the globalization process and the importance of raising children in determining the fate of a person in the hadiths.

Keywords: globalization, subculture, hadith, destiny, heart, family, parents, child, upbringing, value, habit, skill, people, society.

KIRISH

Bizga ma'lumki, bugungi kunda butun dunyoning uyg'unlashuvi ya'ni, globallashuv jarayoni yuz bermoqda. Bu esa o'z navabatida insoniyat va millat oldida jumladan, farzand tarbiyasida ijobiy va salbiy omillarning yuzaga kelishiga sabab bo'layotganligi hech birimizga sir emas. Sababi, farzandlarimiz bugungi kun va dunyo yangiliklarini tez va jadal suratlar bilan o'rganish bilan birgalikda submadaniyat (lotincha:sub-"ost"madaniyat, jamiyatning keskin farqlanuvchi qismi, muayyan insonlar guruhining hayot tarziga ta'sir qiluvchi ijtimoiy psixologik belgilar: norma, qadriyat, steriotip, did majmuasi) ni ham ongsiz ravishda o'zlariga qabul qilishayotganliklari bugungi kunning dolzarb masalalaridan biriga aylanib bormoqda. Bunda faqat globallashuv jarayonini sabab qilib ko'rsata olmaymiz albatta. Bu xususida hindistonlik mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining glabollashuv jarayoniga bergan quyidagi: "Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam berkitib o'tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga, ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo'lib, uyimni ag'dar to'ntar qilib tashlashi, o'zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman" [2.13b] degan tarifi orqali ham bilib olishimiz mumkinki, glabollashuv jaryonini qanday qabul qilish insoning oqilona o'z shaxsiy tanlov ko'nikmasiga bog'liqdir. Farzandlarimizda bu kabi shaxsiy tanlov ko'nikmasining shakillanishida esa oila deb atalmish muqaddas qo'rg'onning va uning mustahkam ustuni bo'lmish ota-onalarning o'rni beqiyos. Bu boradagi fikrlar muqaddas hadisi sharifda ham ko'plab keltirilgan bo'lib, quyidagi hadis ham shul ar juml asidandir.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Abu Hurayra rivoyat qiladilar: "Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Har bir bola tabiatan musulmon bo'lib tug'iladi, biroq ota-onasi uni, hayvondan hayvon dunyoga kelgandek yahudiy yoki nasoroniy yoxud majusiy qilib qo'yadi. Aytingchi, hayvon bolasining, agar keyin o'zingiz kesmasangiz, biror a'zosi kesik holda tug'ilganini ko'rganmisizlar? Uni o'zingiz kesib nuqsonli qilib qo'yasizlar!" - dedilar.[3.269b] Darhaqiqat, biz farzand tarbiyasida ota-ona bo'la turib masuliyatdan qochamiz, farzandlarimizga mobil aloqa vositalarining bugungi kundagi eng so'nggi zamonaviy turlarini sovg'a qilamiz-u lekin, undan qanday foydalanish ko'nikmasini o'rgatmaymiz, farzandlarimizga qo'pol muomilani o'zimiz o'rgatib undan muloyimlikni talab etamiz, o'zimiz bilmagan holda ularni tubsiz jar sari itarib bunda zamon va jamiyatdan shikoyat qilamiz. Aksincha, biz ota-onalar farzandlarimizning ertangi kuni va taqdiriga mus'ulmiz va bu masuliyatdan aslo, qocha olmaymiz. Chunki, bizning har bir bosgan qadamimiz kun kelib farzandlarimiz tarbiyasida odatga, odatlar esa qismatga, qismatlar esa taqdiriga aylanib boradi. Inson taqiri borasida so'z ketar ekan taqdir tushunchasiga tarif berib o'tish joizdir.

Taqdir bu (arab. — oldindan belgilangan hayot yo'li) , qismat — inson hayoti va faoliyatini hamda olamdagi barcha hodisalarni Alloh irodasiga bog'liq deb hisoblovchi diniy tasavvurdir. Taqdirga ishonish barcha dinlarda bor. Lekin, ularning har birida o'ziga xos xususiyatlar bilan talqin etiladi. Islomda rasman e'tirof etilgan aqidalardan biri hisoblanadi. Xristianlikda va Islomda taqdir Allohning azaliy ilmi va qudrati tarzida izohlanadi.[4.288b] Ko'pchilik insonlarda taqdir borasida so'z ketganda u oldindan yozilgan degan fikrlar mavjud. Bu boradagi aynan eng to'g'ri fikr esa quyidagi hadisda keltirilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Ali (ibn Abu Tolib) rivoyat qiladilar: "Biz Rasululloh sallallohu alayhi va sallam bilan birga o'tirgan edik. U zot qo'llaridagi cho'p bilan yerni chizayotib: "Oralaringizda xoh jannat bo'lsin, xoh do'zax bo'lsin, boradigan joyi azaldan yozib qo'yilmagan birorta ham odam yo'qdir! - dedilar. Shunda qavm a'zolaridan biri: "Unday bo'lsa, tavakkal qilib yuraveraylikda!" -dedi. Janob Rasululloh: Yo'q, unday emas, (islom arkonlariga) amal qilinglar, barchasi muyassar bo'ladi!" - deb, aytdilar.[3.241b] Ushbu hadisda keltirilgan fikrlar orqali ham bilib olshimiz mumkinki, har bir inson taqdiri azaldan belgilangan. Lekin uning taqdir sifatida namoyon bo'lishi esa insonning o'z qo'lida. Chunki, har bir inson o'z baxtining me'mori hisoblanadi. Shunday ekan taqdir atalmish umr yo'limizda bizga berilgan oliy mukofotlardan biri bo'lmish ota-onalik baxti va masuliyatidan kelib chiqqan holda barkamol va yetuk farzandlarni tarbiyalash bizning bosh maqadimizga aylonmog'i lozim. Zero, bu orqali farzandlarimizning va nafaqat o'zimizning ham taqdirimizni belgilab beramiz. Farzandlarimizning qalbi biz uchun berilgan omonatdir. Dinimizda omonatga xiyonat qilish mumkin bo'lmaganidek, farzandlarimizning hali his-tuyg'ulari shakillanib ulgirmagan murg'ak qalbini ota-ona sifatida asab-avaylashimiz va ular qalbiga ezgulik, ziyo nurlarini ham jo qolishimiz darkor. Afsuski, bugungi globallashuv asrimizda farzandlarmizni ota-ona, bog'cha, maktab yoki insitut emas, aksariyat hollarda qo'lidagi telefon "tarbiyalamoqda". Ana shu kichginagina telifon endi oddiy aloqa vositasi emas, ko'pincha yot mafkurani targ'ib qiluvchi katta qurolga, zo'ravonlik, yovuzlik "virusi"ni tarqatadigan manbaga aylanmoqda, desak ayni haqiqat[1.9b] Eng achinarli tarafi bu "virus"ning taqalishi uchun zamin ham aynan ota-ona bo'lmoqda. Xaqlim bejizga "Qush uyasida ko'rganini qiladi" deyishmaydi. Chunki, farzand misli bir ko'zgudir. Xususan, muqaddas hadisi sharfda: "har bir mo'min banda o'z birodarining ko'zgusidir. U birodarida bir aybni ko'rsa, o'zida bo'lgan shunday aybni tuzatishga harakat qilishi kerak"[5.81b] deyilgan.

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

Ushbu hadisda keltirilgan fikrga ingliz xaqlining "Farzandlaringizni tarbiyalamang, ular barbir sizga o'xshaydi. O'zingizni tarbiyalang"[7] maqoli mazmunan yaqin hisoblanadi. Chunki, har ikkalasida ham insonning o'z-o'zini tarbiyalash borasidagi qimmatli fikrlar keltirilgan. Bundan ko'rinadiki, farzandlar ota-onadagi mavjud bo'lgan jamiki, yaxshi va yomon xulq- atvorlarni o'zida aks ettiradi.

MUHOKAMA

Hozirgi kunda zamonaviy tilda aytganda har tamonlama ideallik sari qadam tashlashyotgan yosh ota-onalar qo'llaridagi telifonga soatlab qarashlari, vaqt ajratishlari mumkindir. Lekin hayot ko'zgusiga narzar tashlashga vaqt ajrata olishmaypti. Ular bilishmaydiki, tarbiyada tanaffus bo'lmasligini, bilishsa, ham ular uchun hali vaqt bordek tuyiladi. Farzandim ertaga katta bo'lib qolmaydiku?!. Unga ertaga tushuntiraman va tarbiyalayman!. Shu kabi davomiy va oxiri yo'qdek tuyiluvchi fikrlar bilan oylar, yillar o'tib ketmoqda. Axir bu borishda, kun kelib, biz hayotimizning mazmuni va boyligi bo'lmish farzandlarmizni zamonaviylik dunyosi ichra yo'qotib qo'yshimiz hech gap emas . Bu fikrimiz bilan zamonaviylikni yomon demoqchi emasmiz. Chunki, farzandlarimiz ko'ngillari kelajakka mansub. Kelajak esa o'tmish va bugundan yaxshi bo'lishi lozim. Kelajakning yaxshi bo'lshi uchun esa uni o'tmishdan keyin va bugundan oldin bo'lgan milliy ma'naviy va moddiy merosimiz zamirida shakillangan asriy qadriyatlarimiz orqali tarbiyalab bormog'imiz lozim. Zero, biz ota-onalar farzandlarimizga go'zal tarbiyadan yaxshiroq meros qoldira olmaymiz. Barkamol axloq va yaxshi xulq, birdaniga insonda paydo bo'lib qolmaydi. Bunga faqat tarbiya hisobidan erishish mumkin. Tarbiya jarayonining muhim roli esa nutq hisoblanadi. Ota-ona o'z nutqida yoqimsiz ohang bilan, mantiqsiz va tarkorlanuvchi so'zlarni ishlatishi va qo'llashi orqali farzandlarni ranjitishlari, ularda ishonch hissining shakillanmay qolishlariga sabab bo'lishadi. Ota-ona farzandni nimaga o'rgatsa uni aniq, hayotiy misollar bilan mustahkamlashi kerak. Farzand kattalarning aytgan gaplari amalda ham bir xil bo'lshini ko'rshi kerak (masalan: agar bola har kuni ota-onasi tomonidan yolg'on gapirish mumkin emasligini eshitsa-yu, lekin ota-ona o'zi sezmagan holda shunday qoidaga rioya qilmasalar, bola tarbiyasiga darz ketadi).[6.117b] Natijada farzand ota-onaga bo'lgan ishonchi so'nadi, jamiyatdagi har bir voqea-hodisaga va insonlarga shubha ko'zi bilan qaray boshlaydi. Achinarlisi u insonlar muloqotidan qochib o'z qobig'iga o'rala boshlaydi. Bu jarayonda uning eng yaqin do'sti ham ayanan yuqorida aytib o'tganimizdek mitti, va inson uchun misilsiz qulayliklar bilan birga muammolarni yuzaga ketiruvchi vosita telifon hisoblanadi. Natijada farzandimiz "kibermakon" deb ataluvchi olamidagi tubsiz qora tuynukka kirib boradi. Endi uning uchun insonlar muloqotidan ko'ra bu makonda sayohat qilish afzalroq bo'lib qoladi. Oxir-oqibat u o'zligini ham yo'qota boshlaydi. Chingiz Aytmatovning "Asirga tatugulik kun" romonida keltirilgan manqurtning zamonaviy ko'rinishiga aylanib qolishganliklarini o'zlari ham sezishmaydi. Axborotlarni tanlamasdan, filtirlamasdan qabul qilish oqibatida mana shu holat yuzaga keladi. Eng yomoni bunga biz ota-onalar ham tobe bo'lib qolmoqdamiz va afsuski, o'zimiz buning uchun sharoit ham yaratib bermoqdamiz. Masalan farzandimiz bizga biror savol berishsa, vaqtimizni undan qizg'onib "meni tinch qo'ygin mana telifon olginda jim o'tir deymiz". Mana biz ota-onalarning farzand tarbiyasidagi eng katta xatolarimizdan yana biri. Farzand o'z-o'zidan yomon bo'lib qolmaydi. Unga irsiyat, muhit va ta'lim-tarbiya omillari doimo tasir ko'rsatib turadi. Mayli bular o'z yo'liga. Lekin farzand tarbiyasi bu shunchaki, bilimlar jamlanmasi sifatida qolshi aslo mumkin emasligi, uni har bir ota-ona bilshi va nafaqat o'z farzandlari tarbiyasida qo'llay olish,

UIF-2022: 8.2 SCIENCE AND INNOVATION 2022

ISSN: 2181-3337 INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL №4

fasilitatsion va refleksiv qobiliyat ko'nikmalariga ega bo'lshilarini taminlash biz pedagoglar oldida turgan katta masalalardan biri.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, mayli globallashuv jarayoni o'z nomi bilan millat va elatlar, mamlakatlarning ma'daniy, ma'naviy, iqtisodiy, siyosiy jihatdan uyg'unlashuviga olib kelsin. Lekin, tub ma'noda milliy va asriy qadriyatlarning unitilishiga va poymol bo'lishiga sabab bo'masligi lozimdir. Farzandlarimizning globallashuv sharoitida o'zligini yo'qotib qo'ymasliklari uchun avvalamobor ota-onalarni tarbiyalamoq zarurdir. Bunda esa islom dini, hadislar, xalq og'zaki ijodi milliy tarbiyamizning davomiyligini ta'minlab beruvchi ma'naviy merosimiz hisoblanadi.

REFERENCES

1. Sh.Mirziyoyev "Insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik-milliy g'oyamizning poydevori" "Tasvir" nashiryot uyi T.:2021

2. O.Muxtarov "Globallashuv sharoitida axborot-psixologik xavfsizlikni shakillantirish masalalari" mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi. Zahriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon Davlat Universiteti 2014

3. Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy "Al-Jomi' as-Sahih"Qomuslar bosh tahririyati 1-jild T.:1991; 4-jild T.:1992.

4. "Islom ensiklopediyasi" www.ziyouz.com kutubxonasi "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashiryoti 2004.

5. Imom Ismoil al-Buxoriy "Al-Adab al-Mufrad"(Adab durdonalari) "O'zbekiston" T.:1990

6. O.Hasanboyeva, D.Xoliqov, R. Kemibell, Sh.K.Toshpo'latova, M.Sh.Nurmatova, X.J.Jabborova,N.Jamilova,Sh.Egamnazarova, N.Qayumova, M.M.Pirmuhamedova, L.A.Kulay, Sh.Sodiqova, B.Xojimurodova, M.A.Rasulxo'jayeva, R.Avezova "Oila pedagogikasi" T.:2007

7. Globallashuv davrida farzand tarbiyasiga e'tiborning ahamiyati http://maktab16kosonsoy.zn.uz/2015/04/07

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.