Научная статья на тему 'CHET TILLARINI O’RGANISHDA XALQ OG’ZAKI IJODIDAN O’QUV MATERIALI SIFATIDA FOYDALANISH.'

CHET TILLARINI O’RGANISHDA XALQ OG’ZAKI IJODIDAN O’QUV MATERIALI SIFATIDA FOYDALANISH. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Metodika / kompozitsion / frazeologizm / lisoniy / ko‘nikma / xalq og‘zaki ijodi / chet tili / ta‘lim

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ro’Zixon Iqboljonovna Inomova

Mazkur maqolada chet tillarini o‘ganishda xalq og‘zaki ijodining ahamiyati, chet til o‘rganishga doir ko‘nikmalarni shakllantirish, xorijiy tilni o‘rganishning tarbiyaviy maqsadlari, chet tilini o‘zlashtirishda matn ustida ishlash, tarjima jarayonida yuz beradigan ba‘zi muammolar o‘rtaga tashlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILLARINI O’RGANISHDA XALQ OG’ZAKI IJODIDAN O’QUV MATERIALI SIFATIDA FOYDALANISH.»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

CHET TILLARINI O'RGANISHDA XALQ OG'ZAKI IJODIDAN O'QUV MATERIALI SIFATIDA FOYDALANISH.

Ro'zixon Iqboljonovna Inomova

Chirchiq Davlat Pedagogika Universiteti Turizm Fakulteti 2-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Usmonxodjayeva Mohiraxon E-mail : inomovarozihon@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada chet tillarini o'ganishda xalq og'zaki ijodining ahamiyati, chet til o'rganishga doir ko'nikmalarni shakllantirish, xorijiy tilni o'rganishning tarbiyaviy maqsadlari, chet tilini o'zlashtirishda matn ustida ishlash, tarjima jarayonida yuz beradigan ba'zi muammolar o'rtaga tashlangan.

Kalit so'zlar: Metodika, kompozitsion, frazeologizm, lisoniy, ko'nikma, xalq og'zaki ijodi, chet tili, ta'lim

ABSTRACT

In this article, the importance of folklore in learning foreign languages, the formation of skills for learning a foreign language, the educational goals of learning a foreign language, working on a text in learning a foreign language, some problems that occur in the process of translation thrown in the middle.

Keywords: Methodology, composition, phraseology , linguistically, skills, folk art, foreign language, education

KIRISH

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonimizda chet tillarini bilish, ayniqsa ko'p tillilik ulkan ahamiyat kasb etadi. Xalq og'zaki ijodi - chet tillarini o'rganishda pedagogikaning ajoyib dastlabki va muvaffaqiyatli vositasi. Xalq og'zaki ijodi janriga kiruvchi ertakni, A.S.Pushkin ilk bor badiiy adabiyotning mustaqil bir tarmog'i sifatida shakllantirdi. Naqadar ajoyib bu ertaklar, har biri dostondir 1 - deb yozgan edi A.S.Pushkin ertaklar to'g'risida. Xalq og'zaki ijodi - chet tilini samarali o'rgatish bilan birga, dunyo madaniyatiga qiziqish, millatlararo bag'rikenglik tuyg'ularini oshirishga turtki bo'ladi.

Yurtboshimiz tomonidan joriy yilni "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" deb nomlanishi mamlakatimizdagi yoshlarning ma'suliyatini yanada oshirdi. Ta'lim sohasiga yangi va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni kirib kelishi chet

1 https://kitobxon.com/uz/kitob/ertaklar-(a-s-pushkin) 11.03.2024 (9:05)

647

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiqdavlat^edagOgikainiliiliiiii^^^^^^^Bim

tillarini o'rganayotgan yoshlarga ulkan marralarni zabt etish imkoniyatini sezilarli darajada oshirdi. Mashhur nemis yozuvchisi Yoxann Volfgang Gyote aytganidek: "Wer fremde Sprachen nicht kennt, weiß nichts von seiner eigenen" . Ya'ni, kimki chet tillarini bilmasa, o'z tili haqida hech narsa bilmaydi. Demak chet tillarini o'rganish orqali o'z ona tilimizni yaxshiroq tushunishni boshlaymiz.

Chet tilini o'rganish jarayonida metodika muhim ahamiyatga ega. Metodikaning negizi metod hisoblanadi. Metod (yun. "metodos" — bilish yoki tadqiqot yo'li, nazariya, ta'limot) — voqelikni amaliy va nazariy egallash, o'zlashtirish, o'rganish, bilish uchun yo'l yo'riqlar, usullar majmuasi, falsafiy bilimlarni yaratish va asoslash usuli . Metodika esa metodlarning jamlanmasidir.Hozirgi kunda metodika fan sifatida kiritilmoqda.

ASOSIY QISM

Chet tilini o'rganish mobaynida o'rganuvchida o'quv ko'nikmalar paydo bo'ladi. Bular quyidagilar: tashkiliy, aqliy, axborot va muloqot. Ushbu ko'nikmalarni shakllantirish orqali tilni samarali o'rganish mumkin. Chet tilini o'rganishdan maqsad faqatgina erkin muloqot qilish emas, balki uning tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Ta'lim va tarbiya - bir-biriga chambarchas bog'liq tushunchalardir. Chet tili o'qitishning maqsadlaridan biri tarbiya berishdir. Birinchi ko'rinishi: bevosita til o'rganish jarayonida tarbiyalanish, masalan: chet tilida salomlashish, xayrlashish, predmet nomlarini bilish, shu tilda so'zlashuvchi davlatlarning urf-odatlari, madaniyati, qadriyatlariga oid ma'lumotlarni olish. Chet til o'rganishda tarbiyaviy maqsadni ikkinchi ko'rinishi: chet tilda og'zaki muloqot chog'ida suhbatdoshiga hurmat bilan qarash, odob doirasiga kiradigan so'z va iboralarni qo'llash, dialoglar aytish, o'zi va sheriklari xatti -harakatini sharhlay olish singari yumushlar o'rganuvchini madaniyat sari yetaklaydi4 .Chet tilini ham tarbiyaviy ham eng samarali metodi- xalq ertaklariga murojaat qilishdir. Chet tilini o'rganishda matn bilan ishlash foydalidir. Bu borada esa xalq ertaklariga murojaat qilish to'g'ri yo'ldir. Buning quyidagi sabablari bor: ertaklar tili va uslubining soddaligi, ertaklargagina xos maxsus kompozitsion xususiyatlar til o'rganuvchining o'z ona tilidagi ertaklardan ma'lumligi, kichik hajmdaligi va og'zaki nutqda xorijiy matnni qayta aytib berish uchun muhim omil, qolaversa, ertaklarda ishlatiladigan frazeologizmlar (maqol,matal,idioma) obrazlilikni yorqin aks ettiradi. Ertak - xalq og'zaki ijodidagi eng ommaviy va keng tarqalgan janr sifatida

hayotiy zaminga ega bo'lgan to'qima voqealarni tasvirlaydi. U xalq tomonidan yaratilgan bo'lib, uning urf-odatlari bilan chambarchas bog'liq holda ijtimoiy-siyosiy,

https://www.goethe.de/pri/dlp/de/unterrichtsmaterial/reihe/mehrsprachigkeit 13.03.2024 (9:32) https://uz.wikipedia.org/wiki/Metod 13.03.2024 (10:23) Jamol Jalolov " Chet tili o'qitish metodikasi" (46 -bet)

3

648

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

iqtisodiy hayotni fantastic badiiy to'qimalar orqali ifodalaydigan folklorning epik jarangidir.

Boshlang'ich ta'limning o'qish darslarida xalq ertaklariga keng o'rin berilgan. Chunki ertaklardagi qiziqarli sujet, voqealar rivojida yuz beradigan kutilmagan vaziyat, qahramonlarning ko'tarinki ruh bag'ishlovchi jasorati, tadbirkorligi, en mushkul damlarda ham aqliy topqirlik bilan harakat qilishlari o'quvchilarni maftun etadi.5

Tarjimaning faqat til bilan bog'liq,til doirasida xal qilinadigan muammolari lisoniy,til qobiqlaridan yorib o'tgan tildan tashqari muammolari g'ayrilisoniy muammolar hisoblanadi.Tarjima uchun til bilishning o'zigina kifoya qilmaydi.Matnning mazmuni,muallifning maqsadini tushunish va boshqa tilda ifodalash uchun tildan tashqari,ikki adabiyoti,ikki madaniyat,ikki tarix,ikki xalqning turmush tarzi,urf -odatlari,diniy e'tiqodi va marosimlaridan xabardor bo'lish lozim6.Tarjima jarayonida bir tillik lug'atlardan foydalanish eng samarali yechimdir. XULOSA

Darvoqe xorijiy tilni eng yaxshi metodlar bilan o'rganish bilan birga uning tarbiyaviy maqsadi ham ahamiyatlidir.Bu borada esa xalq ertaklariga murojaat qilish to'g'ri tanlovdir.Xalq ertaklaridagi jozibadorlik,so'zlarning soddaligi,fikrlarning tugallanganligi,iboralarning mahorat bilan qo'llanishi bilan ajralib turadi. Matnni tarjima qilish jarayonida lisoniy va g'ayrilisoniy muammolarga alohida e'tibor qaratish kerak. Ularni bartaraf etish uchun ikki xalqning madaniyati bilan yaqindan tanishish va yetarlicha so'z boyligi bo'lishi lozim.Xalq ertaklaridan o'quv materiali sifatida foydalanish,til o'rganuvchida xorijiy til o'raganish ko'nikmalarini tezroq shakllantirishga,millatlaro bag'rikenglik,vatanparvarlik tuyg'ularini oshirishga yordam beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1.Jamol Jalolov " Chet tili o'qitish metodikasi." (46 -bet)

2. Ergash Ochilov "Tarjimashunoslikning nazariy masalalari" (84,87 -betlar)

3." O'zbekistonda ilmiy amaliy tadqiqotlar jurnali" ( 30,31- betlar)

4.https://kitobxon.com/uz/kitob/ertaklar-(a-s-pushkin) 11.03.2024 (9:05)

5 .https://www. goethe.de/prj / dlp/de/unterrichtsmaterial/reihe/mehrsprachigkeit 13.03.2024 (9:32)

6. https://uz.wikipedia. org/wiki/Metod 13.03.2024 (10:23)

" O'zbekistonda ilmiy amaliy tadqiqotlar jurnali" ( 30,31- betlar) Ergash Ochilov "Tarjimashunoslikning nazariy masalalari" (84,87-betlar)

5

6

649

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.