International scientific-practical conference on the (E)ISSN:2181-1784 topic of "Problems and perspectives of modern www.oriens.uz
technology in teaching foreign languages" 3(22) Nov 2023
CHET TILLARINI O'QITISHNING INNOVATSION USULLARI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.10198707
Xudayarova Leninza Aminbayevna
O'zbekiston Jurnalistika va Ommaviy Kommunikatsiyalar Universiteti
o'qituvchisi
Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'lim tizimida chet tillarini o'qitishda qo 'llaniladigan metodlar va turli xil zamonaviy o 'yinlar, innovatsion uslublar haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: multimedia, zamonaviy pedagogik metodlar, rebus, tanqidiy fikrlash, o 'z-o 'zini baholash.
INNOVATION METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES
Abstract. This article discusses the methods used in teaching foreign languages in the educational system, as well as various modern games and innovative methods.
Keywords: multimedia, modern pedagogical methods, rebus, critical thinking, self-assessment.
Hozirda, mustaqil taraqqiyot yo'lida odimlab borayotgan mamlakatimizda ta'lim sifatini rivojlantirish, yangi sifat bosqichiga ko'tarish, ta'lim sifati jarayonini jadallashtirish mobaynida unga zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini tizimli jalb qilish hamda ta'lim sifat samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Xususan, ta'lim tizimida chet tillarini o'qitilishi keng miqyosda ommalashib bormoqda, nafaqat ta'lim tizimida balki turli sohalar rivojlanishining hozirgi bosqichida xorijiy tillarni bilish nafaqat zarurat, balki mutaxassislar uchun ham talabdir. Qayd etib o'tilganidek, mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o'qitishning kompleks tizimi, ya'ni uyg'un kamol topgan, o'qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo'naltirilgan tizim yaratildi [1]. Chet tillarini o'qitishning ko'plab an'anaviy usullari mavjud bo'lib, ular juda samarali hisoblanadi. Biroq jamiyatning zamonaviy taraqqiyoti yanada ilg'or uslub va texnologiyalarni izlash va ulardan foydalanishni taqozo etadi. Bugungi kunda, bir nechta tillarni bilish odatiy holga aylanmoqda
Shuningdek, biror bir chet tilini o'qitish uning metodikasining nazariy asoslariga tayanib amaliyotga tatbiq etishga bog'liqdir. Chunki chet tillarini o'rgatishda
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
3(22), Nov., 2023
zamonaviy pedagogik metodlar va innovatsion texnologiyalaming o'rni judayam ahamiyatlidir. Talabalarga chet tillarini o'rgatishda eng samarali usullar sifatida quyidagilarni aytish mumkin: multimedia taqdimoti, loyiha usuli, turli xil o 'yinlar (rebus, tezkor savol javob, matnga sarlavha toping), interfaol dasturlarni onlayn sinovdan o'tkazish, interaktiv doskalar, multimedia dasturlari, keys usuli (vaziyatli o'qitish usullariga asoslangan), kompetensiyani tahlil qilish (o'yin ishtirokchilarini kompetensiyalar bo'yicha baholashni ifodalaydi, mutaxassislik bo'yicha professional profillarni qurish), masofaviy o'qitish va shunga o'xshash boshqalar [2].
Biz aynan fransuz tilini o'qitilishida rebusli o'yinlardan foydalanish metodi haqida to'xtalib o'tmoqchimiz. Rebus - bu bir yoki bir nechta tasvirdan to'liq jumla yoki so'zni taxmin qilishdan iborat bo'lgan o'yindir. Bunda bir nechta chizmalar yig'indisi bo'lishi mumkin, ular talqin qilingandan so'ng, jumla yoki so'zni topish uchun zarur bo'lgan bo'g'inlar beriladi yoki harflarning grafik joylashuviga asoslangan yoki hatto harflarning oddiy ketma-ketligiga asoslangan o'yin hisoblanadi. Quyida ....
1.
2.
3.
4.
Yuqoridagi jumboqli rebuslarimizning javoblari quyidagicha:
1. Le cartable-o''quvchi sumkasi
2. Le tableau- yozuv taxtasi
3. L'acteur- aktyor
4. La femme- ayol
Bu rebusli o'yinlar talabalarimizni fransuz tilida jumboqli leksikani taffakur qilgan holda topishlari va tezkorliklarini oshirishini, diqqatini jamlab fransuz tilida mulohaza yuritishlariga undaydi[3].
Le car +
nn
Le
rrn
+ au
L'acte+ '
p=f,o=e
#
International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz
3(22), Nov., 2023
Bundan tashqari, fransuz tili o'qitishda grammatik mavzularni mustahkamlashda, yangi leksik birliklarni o'rganishda qo'llaniladigan "Jumlani davom ettiring" o'yini ham samarali hisoblanadi. Bu o'yinda talabalar guruhlarga ajralgan holda yoki yakka bo'lib ham o'ynashlari mumkin. O'yinni biz "Kelasi zamon" mavzusini mustahkamlanishini misol qilib oladigan bo 'lsak, dastlab birinchi ishtirokchi yoki birinchi guruh a'zosi o'zini fikrini ifodalasa berilgan mavzuga tayanib, keyin ikkinchi ishtirokchi yoki ikkinchi guruh a'zosi fikrlar izchilligi asosida o'z fïkrini bayon etishi mumkin.
I- Groupe : Demain matin, je me réveillerai à 7 heures. Après, je me laverai et je prendrai le petit déjeuner. Ensuite, le petit déjeuner, j'irai à l'école...
II- Groupe: La semaine prochain, nous partirons en vacances à Rome. Pendant le vacances nous visiterons aux lieux historiques de Rome.. [4].
Til o'rganuvchilar, bu o'yin orqali sekinlik bilan gaplarning sintaktik va grammatik tuzilishlarini o'rganadilar, kichkina hikoyalar tuzishni va shular orqali gapirish ko'nikmasini rivojlantiradilar.
Biroq, o'qitishning innovatsion uslublari - bu nafaqat eng ilg'or texnologiyalarni darsda qo'llash yoki ta'lim sohasidagi eng so'nggi yangiliklardan doimo xabardor bo'lish emas, balki ta'lim-tarbiya usullari hamdir. Bu talabalarga ko'proq e'tibor qaratadigan yangi o'qitish strategiyalaridan foydalanish haqida. Ushbu innovatsion kurslar talabalarni darslarda faol ishtirok etishga va tengdoshlari va o'qituvchi bilan muloqot qilishga undaydi. Talabalar qobiliyatlarini namoyon qila oladigan va bilimlarini tezroq o'sishiga yordam beradigan tarzda ko'proq ishlashlari kerak.
O'rganilgan manbaalarga asosan quyidagi jihatlar talabalarning chet ma'lum bo'ldi.
Berilgan savolni rag'batlantirish- innovatsion yondashuvlar asosida chet tillarini o'rganish o'quvchilarni yangi bilim va ko'nikmalarni oshirishga undaydi.
Muammolarni hal qilish va tanqidiy fikrlash ko'nikmalarini takomillashtirish -ijodiy o'qitish usullari talabalarga o'z tezligida o'rganish imkonini beradi va ularni darsliklarda yozilgan javoblarni topish o'rniga muammoni hal qilishning yangi usullarini o'ylashga chorlaydi.
O'z-o'zini baholashni takomillashtirish - o'qituvchilarning ajoyib usullari tufayli o'quvchilar nimani o'rganganlarini va nima yetishmayotganini tushunishlari mumkin. Hali ham bilishlari kerak bo'lgan narsalarni kashf qilish orqali ular nima uchun ma'lum narsalarni o'rganish kerakligini tushunishlari va shunga intilishlari mumkin.
International scientific-practical conference on the (E)ISSN:2181-1784 topic of "Problems and perspectives of modern www.oriens.uz
technology in teaching foreign languages"
3(22), Nov., 2023
Xulosa qilib aytganda, har bir o'qitilayotgan chet tilini qandaydir o'yinlar, usullar orqali amaliy yondashib o'rganish yoki o'rgatish samarali va oson hisoblanadi. Shu bilan birgalikda talabalarda chet tilni mukammal o'rganishda motivatsiyasini oshiradi. Ya'ni tizim asosida bosqichma -bosqich faoliyat olib boriladi. Bundan tashqari, hozirgi davrda til o'rganishdagi Yevropa ta'lim strandartlariga asoslangan komptensiyalarni mukammal rivojlantiradi.
FOYDALANILAGN ADABIYOTLAR
1. Павлова, Е. В. Инновационные методики обучения иностранным языкам / Е. В. Павлова, Н. А. Кобзева, И. С. Овчинникова. — Текст : непосредственный // Молодой ученый. — 2015. — № 12 (92). — С. 790-792.
2. Khasanova G. Problem-based learning technology //Journal of Pedagogical Inventions and Practices. - 2023. - Т. 19. - С. 137-139.
3. ahaslides.com/fr/
4. fr.wikipedia.
5. rebuskids.ru/create-rebus