Научная статья на тему 'FILOLOGIYA MUTAXASSISLIGI BO’LMAGAN TALABALARGA CHET TILLARINI O’QITISHDA “KLASTER”, “B,B,B” METODLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA DARS O’TISH USLUBI'

FILOLOGIYA MUTAXASSISLIGI BO’LMAGAN TALABALARGA CHET TILLARINI O’QITISHDA “KLASTER”, “B,B,B” METODLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA DARS O’TISH USLUBI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
13
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’qish / o’qitish / tanqid / baho / estetika / pedagogic texnologiya / an’anaviy dars / hamkorlikda o’qitish / bilaman / bilishni xohlayman / bilib oldim / insonning ezgu fazilatlari. / reading / teaching / criticism / assessment / aesthetics / pedagogical technology / traditional lesson / cooperative learning / know / want to know / learned / human virtues.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Komilova, Tursunoy Rustamjon Qizi

Ushbu maqolada nofilologik yo’nalish talabalariga chet tillarini o’qitishda “klaster”, “B,B,B” usullaridan foydalanishi haqida so’z boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TEACHING METHOD USING "CLUSTER", "B,B,B" METHODS IN TEACHING FOREIGN LANGUAGES TO STUDENTS WITH NO PHILOLOGY SPECIALIZATION

This article talks about the use of "cluster", "b, b, b" methods in teaching foreign languages to non-philology students.

Текст научной работы на тему «FILOLOGIYA MUTAXASSISLIGI BO’LMAGAN TALABALARGA CHET TILLARINI O’QITISHDA “KLASTER”, “B,B,B” METODLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA DARS O’TISH USLUBI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

FILOLOGIYA MUTAXASSISLIGI BO'LMAGAN TALABALARGA CHET

TILLARINI O'QITISHDA "KLASTER", "B,B,B" METODLARIDAN FOYDALANGAN HOLDA DARS O'TISH USLUBI

Komilova Tursunoy Rustamjon qizi

Andijon davlat chet tillari instituti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada nofilologik yo'nalish talabalariga chet tillarini o'qitishda "Master", "B,B,B " usullaridan foydalanishi haqida so 'z boradi

Kalit so'zlar: o'qish, o'qitish, tanqid, baho, estetika, pedagogic texnologiya, an 'anaviy dars, hamkorlikda o 'qitish, bilaman, bilishni xohlayman, bilib oldim, insonning ezgu fazilatlari.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассказывается об использовании методов «кластер», «б, б, б» в обучении иностранным языкам студентов-нефилологов.

Ключевые слова: чтение, обучение, критика, оценивание, эстетика, педагогическая технология, традиционный урок, совместное обучение, знать, хотеть знать, узнавать, человеческие добродетели.

ABSTRACT

This article talks about the use of "cluster", "b, b, b" methods in teaching foreign languages to non-philology students.

Key words: reading, teaching, criticism, assessment, aesthetics, pedagogical technology, traditional lesson, cooperative learning, know, want to know, learned, human virtues.

KIRISH

Mamlakatimizda nofilologik yo'nalish talabalariga chet tillami o'qitishda o'qituvchilarda ma'naviy muammolarning amaliy yechimini topishda oliy ta'lim tizimida zamonaviy ta'lim standartlarini kiritish, oilaviy munosabatlarni ilmiy asoslash va muommolarga yechim topishga bo'lgan ehtiyoj yanada kuchaydi. Etnopedagogik va psixologik tajribalarga tayangan holda nofilologik yo'nalish talabalariga chet tillarni o'qitishni innovatsion yondashuvlar asosida takomillashtirish bir qator rivojlangan mamlakatlar tomonidan o'rganilayotgan dolzarb mavzu sifatida qaralib, ta'lim mazmunini mazkur munosabatlarga asoslanib shakllantirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Chet tili darslariga qo'yilgan zamonaviy talablar o'qituvchidan talabalarni o'qishga jalb qilish, badiiy adabiyotni san'atning bir turi sifatida qarashga, asarlarning badiiy mazmunini, estetik ahamiyatini va obrazlar mazmunini

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

tushunishiga e'tibor qaratish talab etiladi. Ta'limning an'anaviy tizimidan farqli ravishda innovatsion texnologiyalar asosida chet tilini o'qitish darslarining har bir etapida talabaning faolligiga asoslangan mustaqil faoliyati, o'zlashtirish qobiliyatini hisobga olgan holda ta'lim jarayoniga to'liq jalb etish yotadi.

Innovatsion pedagogik texnologiyaga asoslangan darslarning an'anaviy darslardan farqi shuki, bu darsda talabaga erkinlik muhitini yaratib berib, unga o'z fikrini erkin bayon etishga imkon yaratib berishdir. Bu imkoniyat qanday yaratiladi? O'quvchiga hech qanday tazyiq o'tkazmasdan, uni shaxsiyatiga tegmasdan savollar berish orqali do'stona munosabatdagi o'quv muhiti yaratiladi.

MUHOKAMA.

Pedagogik texnologiyaga asoslangan ta'lim jarayonining eng muhim «yadrosi» deb xisoblangan qismi - darsning maqsadidan kelib chiqqan holda har bir darsni qoidalar ishlab chiqishdan boshlash ta'lim jarayonining sermahsul, tartibli o'tishiga ko'mak beradi. Darsning mazkur bosqichida o'quvchilarni g'oyalar va takliflar bilan chiqishga chorlash va shu vaqtning yzida barcha g'oya hamda takliflarni yozib borish lozim. Iloji boricha qisqa va tushunarli tarzda yozib qo'yilgan qoidalar o'quvchilar tomonidan (o'qituvchi yordamida) izohlanadi. Doskaga, shu bosqich uchun quyidagi qoidalarni yozib qo'yish mumkin:

• Tanqid qilmang va baholamang (hech bir ishtirokchi boshqalar fikrini muhokama qilmasligi, baho berishi yoki tanqid qilishi mumkin emas);

• Noto'g'ri javoblar bo'lmaydi (xato qilishdan qo'rqmang);

• O'zgartiring, yaxshilang, asoslang (boshqalar fikriga o'zgartirishlar kiriting, qo'shimcha qiling. Fikringizni asoslang);

• O'zingizni xotirjam tuting, ishtirok eting va rohatlaning (O'zaro yordam va dystona musobaqa muhiti yaratiladi).

Ta'lim jarayonida agar zururat tug'ilsa, yynaltirish va rag'batlantirish uchun, fasilitator sifatida, qoidalar va fikrlar tyg'risida yquvchilarga eslatib turish lozim.

Innovatsion texnologiya ta'lim tizimining ratsional yo'llarini ishlab chiqaruvchi jarayon bo'lib, unda o'qituvchi asosiy ma'sul shaxs xisoblanadi. Chunki uning asosiy vazifasi axborotni o'quvchilarga tez, aniq va tushunarli tarzda yetkazib berishidan iboratdir. O'quvchilarni yangiliklarni qabo'l qilishlari va bunga moyilliklari hamda fe'l-atvori har-xil bo'lishiga qaramay o'qituvchi o'quvchilarni mustaqil fikrlash, mushohada qilish, xulosa chiqarishga o'rgatishi lozim. Ta'lim tizimida sodir bo'layotgan o'zgarish va yangilanishlar o'quvchilarga yangi bilim, ko'nikma va malakalarini berish bilan bir qatorda, yoshlarimizni o'ziga va boshqa insonlarga, jamiyatga, davlatga, tabiatga nisbatan o'zgarishini, vatanparvarlik g'oyalarini ongiga va qalbiga singdirishini ham

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ko'zda tutadi. Ushbu jarayon xalqimizning boy ma'naviy me'rosi, an'ana va udumlarini o'quvchi qalbiga singdirish orqali amalga oshiriladi. Mumtoz adabiyot vaqillari tomonidan yaratilgan, milliy qadriyatlarimiz aks ettirilgan asarlarni o'rganish va tahlil qilish orqali ham yuqoridagi maqsadni amalga oshirish mumkin. Lekin mazkur asarlar tili hamma o'quvchilar uchun ham birdek tushunarli emasligi sababli, asar matni ustida ishlash jarayoni bir muncha murakkab va zerikarli kechadi. Bu holat ta'lim sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Quyida mumtoz asarlar matni ustida ishlashning ta'lim texnologiyasining metodologik sifatlari(texnologik sxema, ilmiy asos, tizimlilik, boshqaruvchanlik, samaradorlik va keng ko'lamlilik)ga asoslangan bir necha usullari ko'rsatilgan. [2]

Hamkorlikda o'qitish

Hamkorlikda yqitish - bu, turli kichik guruhlardagi instruktaj va interfaol jarayonlarni aniqlovchi ommalashgan iboradir. O'quvchilar hamkorlikda akademik topshiriqlar ustida, kichik guruhlarda ishlashadi va yzlariga hamda yz guruhlaridagi yrtoqlariga birgalikda yordam berishadi. Umuman, hamkorlikda yqitish metodlari quyidagi besh xususiyatga ega:

1. O'quvchilar birgalikda, umumiy topshiriq yoki yqitilayotgan faoliyat ustida ishlashadi, bu, guruhiy ish orqali yaxshi yzlashtiriladi.

2. 2-5 atzo tarkibidan iborat, yquvchilar kichik guruhlarda birgalikda ishlashadi.

3. O'quvchilar umumiy vazifalarni yechimini topishga erishish yoki yrganish faoliyatini ytkazish uchun, kooperativ va ijtimoiy qabo'l qilingan xulq-atvorni ishlatishadi.

4. O'quvchilar ijobiy va mustaqil bylishadi. Umumiy vazifalarni yechimini topishga erishish yoki yrganish faoliyatini ytkazishda, yquvchilarning bir-birlariga, kymak talab etilishi hisobga olinib, ish tuzilgan byladi.

5. O'quvchilar yz ishlari natijasiga yoki boshqacha aytganda, yqishga, tatlim olishga, shaxsan matsuliyatli va javobgardirlar.

Hamkorlikda yqitish nima uchun kerak?

Hamkorlikda o'qitish, o'quvchining o'rganish jarayonini boyitadi:

• O'quvchilar, o'rtasida bylingan, kognitiv axborotlar to'plamini beradi

• O'quvchilarda, materialni o'rganishlarida ishtiyoq uyg'otadi

• O'quvchilarning, o'z shaxsiy bilimlarini shakllantirishda qyllanadi

• Qayta axborotni uzatadi

• Sinfdan tashqari erishiladigan muvaffaqiyatga zaruriy ijtimoiy va guruhiy bilimlar rivojlantiriladi

• Turli xil madaniyat va ijtimoiy-iqtisodiy guruhlar yrtasida ijobiy yzaro harakatni oldinga suradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

Quyida hamkorlikda o'qitishning texnikasi va tizimlari haqida ma'lumot berib o'tishga harakat qildik.

Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim.

Bu usul o'quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi, bilimlarni o'zlashtirishga mas'uliyat va qiziqishni tarbiyalaydi. 4-sinf o'qish darsida bu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin:

XULOSA

Buning uchun o'qituvchi xattaxtani uch qismga bo'ladi. Birinchi qismiga «Bilaman», ikkinchi qismiga «Bilishni xohlayman», uchinchi qismiga «Bilib oldim» deb yozadi. Keyin o'quvchilarga murojaat qilib, kim «Insonning ezgu fazilatlari» (o'quvchilarga xos bo'lgan) haqida nima bilishini so'raydi va o'quvchilar fikrini «Bilaman» ustuniga yozadi. Sinfda fikrlar tugagandan keyin o'quvchilarga yana murojaat qilib, «Insonning ezgu fazilatlari» haqida yana nimalar bilishni xohlashlarini so'raydi. O'quvchilar bergan savollarni xattaxtaning «Bilishni xohlayman» qismiga yozadi. O'quvchilar savollari tugagandan keyin o'qituvchi «Insonning ezgu fazilatlari» haqida ma'lumotlar yozilgan, oldindan tayyorlangan matnlarni o'quvchilarga tarqatib chiqadi. O'quvchilar matnlar bilan tanishib chiqqanlaridan keyin fikrlashga o'tadilar, yangi ma'lumotlarni bir-birlari bilan o'rtoqlashadilar. O'qituvchi o'quvchilardan «Insonning ezgu fazilatlari» haqida yana qanday yangi ma'lumotlarga ega bo'lishganliklarini so'raydi va «Bilib oldim» ustuniga yozadi. Keyin uchala ustunni umumlashtirib, birgalikda xulosa qilinadi.

Bilaman Bilishni hohlayman Bilib oldim

Saxiylik, o'zaro hurmat, xushmuomalalik, hushfe'llik, bilimdonlik, to'g'riso'zlik, do'stlik. Insonlarda yana qanday ezgu fazilatlari bor Yaxshi nom, donolik, yaxshilik qilish, bilimli bo'lish, shirin kalomlilik, hunarli bo'lish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Мирзиёев Ш.М. Буйук келажагимизни мард ва олийжаноб халкимиз билан бирга курамиз. "Узбекистан", 2017.

2. Мавлонова Р.А. Бошлангич таълимда инновация. -Т.: 2007.

3. Беспалько В.П. Педагогика и прогрессивные технологии обучения. М.:ИТПИМИО, 1995. -169 б.

4. Ишмухдмедов Р. Инновацион технологиялар ёрдамида таълим самарадорлигини ошириш йуллари. -Т. ТДПУ. 2004.

5. Таълат Гаффорова "Бошлангич таълимда замонавий педагогик

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

технологиялар" "Тафаккур", нашриёти, Тошкент - 2011 йил

6. Хдсанбоев Ж ва бд. Педагогика фанидан изошли лугат. -Т.:Фан ва технология. 2009.

7. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). THE SPIRITUAL FOUNDATIONS OF A DEMOCRATIC SOCIETY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(12), 130-134.

8. Norliev, R., & Ibragimova, O. (2021). Constitutional And Legal Basis Of The Institute Of Public Control In The Republic Of Uzbekistan (Theoretical Analysis). The American Journal of Political Science Law and Criminology, 3(04),

42-45.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.