Научная статья на тему 'CHET TILINI O’RGANISHDA METODLARNING O’RNI'

CHET TILINI O’RGANISHDA METODLARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chet tillar / metodlar / innovatsion yondashuvlar / “Eslab qol” / grammatika / jadval.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mohirux Olimjonovna Uzakova, Z.A. Shirnazarova

Maqolada chet tillarni o’qitishda innovatsion yondashuvlar va metodlarning foydalo jihatlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek til o’qitish jarayonini tushunarli va qiziqarli o’tqazish va “Eslab qol” metodining qo’llanilishi va afzalliklari haqida ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILINI O’RGANISHDA METODLARNING O’RNI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

CHET TILINI O'RGANISHDA METODLARNING O'RNI

Mohirux Olimjonovna Uzakova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti, talaba Ilmiy rahbar: p.f.f.d.(PhD) Z.A. Shirnazarova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti uzm2022@gmail.com

ANNOTATSIYA:

Maqolada chet tillarni o'qitishda innovatsion yondashuvlar va metodlaming foydalo jihatlari haqida fikr yuritiladi. Shuningdek til o'qitish jarayonini tushunarli va qiziqarli o'tqazish va "Eslab qol" metodining qo'llanilishi va afzalliklari haqida ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: Chet tillar, metodlar, innovatsion yondashuvlar, "Eslab qol", grammatika, jadval.

ABSTRACT:

The article discusses the useful aspects of innovative approaches and methods in teaching foreign languages. Also, information is provided on the use and benefits of the "Remember" method, making the language teaching process understandable and interesting.

Keywords: Foreign languages, methods, innovative approaches, "Remember", grammar, table.

АННОТАЦИЯ:

В статье рассматриваются полезные стороны инновационных подходов и методов обучения иностранным языкам. Также представлена информация об использовании и преимуществах метода «Запомни», делающего процесс обучения языку понятным и интересным.

Ключевые слова: Иностранные языки, методы, инновационные подходы, «Запомни», грамматика, таблица.

KIRISH

Til o'rganish kishilik jamiyatida muhim ahamiyatga ega. Kishilar o'rtasida mu-loqot vositasi bo'lgan tilni atrof-muhitda ya'ni oilada, do'stlar davrasida, jamoatchilik yoki jamoa holatida amaliy egallash mumkin. Tilga oid nazariy bilimlar esa kitoblar o'qish orqali o'rganiladi. Mamlakatimiz jadal rivojlanishda davom etmoqda. Xalqaro munosabatlar rivojlangan zamonimizda, ko'p tillilik muhim ahamiyatga ega. Yur-

April 23-24, 2024

472

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

timizda tahsil olayotgan o'quvchi va talabalar odatda uch tilda gaplashadilar. Bular quyidagilar hisoblanadi: ona tili, ikkinchi til va chet tili. Ona tili ma'naviy shakllan-ishdagi millat tilidir. Ikkinchi til esa qardosh xalqlar tili deb qaraladi.

Chet tili - bu xorijiy ya'ni o'zga mamlakat tilidir. [1,1] Yurtimizdagi ta'lim muassasalarida 'arb tillari va Sharq tillari o'qitilib kelinmoqda. Ushbu tillarni o'rganish maktab darsliklaridan boshlanadi. Xorijiy tillarni o'rganish yurtimiz salo-hiyati va dunyo yuzini ko'rish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Chet tillarni o'qitishda metodlar, yangi innovatsion yondashuvlarning o'rni katta. Turli xil texnologiyalar va zamonaviy o'qitish tizimlaridan foydalanish o'quvchilarda o'zlashtirishni oshiradi. Chet tilini o'rganishda o'quvchilarning bilim salohiyat darajasini bosqichma- bosqich shakllantirib borish yaxshi samara beradi. Shu o'rinda nemis metodisti E. Ottoning so'zlarini keltirishlik o'rinli deb hisobladim: "Agar kimki metodikani san'at deb hisoblar ekan, u fan nazariyasini amalda qo'llash bilan qorishtirib yuboradi". [2,4] O'quvchilarni birinchi boshlang'ich, ikkinchi o'rta va uchinchi yuqori bosqichlarga bo'lgan holatda, har bir guruh uchun maxsus dastur ishlab chiqilsa darsning qiziqarliligini bundan tashqari natijani ham oshirish mumkin. Bunday holatda dars o'tilganda hech bir o'quvchi chetda qolmaydi, amaliyotda qo'llash uchun imkon yaratiladi va motivatsiya bag'ishlaydi. Dars jarayonida qo'llaniluvchi har bir metod ustoz uchun ham o'quvchi uchun ham tushunarli va sod-da tuzilish kerak. Misol uchun "Eslab qol" metodini olaylik. Ushbu metod maktab o'quvchilari orasida juda mashhur metod va o'quvchilarga rasmli kartalar tarqatiladi. O'quvchi suratda ko'rsatilgan narsa nomini topishi va eslab qolishi zarur. O'yinda birinchi karta o'qituvchiga yetib kelgunicha davom etadi. Ushbu metod xotirani kuchaytirishga, gapirish qobiliyatini rivojlantirishga katta yordam beradi. [3,1] Bizga ma'lumki til o'sib boruvchi jarayon va bunda metodlar, innovatsion yondashuvlar, har xil texnologiyalar har bir chet tili o'qituvchisi uchun muhimdir.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, chet tili darslarida turli xil metodlarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qoliyati oshadi, nutqi rivojlanadi, tez va to'g'ri javob berishga o'raganadi. Ko'p metodlardan foydalanish o'quvchilarda tilga bo'lgan qiziqishni oshiradi. Bizga ma'lumki, grammatika chet tilining asosi hisoblanadi. Grammatikani jadval yordamida o'rganish yuqori natija beradi. Masalan: rodlarni jadval shaklida o'zlashtirish ancha qulay va samarali. Chet tilidagi har bir metod ta'lim tizimida keskin burilish yasaydi va ushbu metodlarni o'rgangan holatda har bir

April 23-24, 2024

473

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hirchiq^avlat^edagogika^niVBBiitiH

chet tili o'qituvchisi darslarda qo'llashini so'rab qolgan bo'lardim. Darhaqiqat tilning oxiri yo'q, shu sababli kishilik jamiyatining asosi bo'lmish tilni asrab avaylashimiz lozim.

REFERENSES:

1. Raxmonova M.K. (2019) Talabalarga ijtimoiy faollikni rivojlantirishning nazariy metodologik asoslari.

2. Samarova S.R. (2019) Forming Creativ vision of Person as Universal Metod Enhancing Creativity. Eastern European Journal.

Juraboyev B.B.O (2020) Nemis tilini o'qitishda kommunikativ yondashuv

474

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.