Научная статья на тему 'CHET TILI DARSLARIDA KOMPYUTER VOSITALARI YORDAMIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH'

CHET TILI DARSLARIDA KOMPYUTER VOSITALARI YORDAMIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mustaqil ta’lim / kompyuterli o‘qitish / individual kuzatish / individual yordam / pedagogik innovatsiya

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Qambarova Dilorom Yusupovna

Maqolada kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish, uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida talaba o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, fan sohasida maxsus o‘quv dasturlari yordamida bilim olishi tahlil etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHET TILI DARSLARIDA KOMPYUTER VOSITALARI YORDAMIDA MUSTAQIL TA’LIMNI TASHKIL ETISH»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Central Asian Journal of

Education and Innovation

CHET TILI DARSLARIDA KOMPYUTER VOSITALARI YORDAMIDA MUSTAQIL TA'LIMNI TASHKIL ETISH

Qambarova Dilorom Yusupovna

Farg'ona davlat universiteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10622605

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 01-February 2024 yil Ma'qullandi: 04- February 2023 yil Nashr qilindi: 06- February 2023 yil

KEY WORDS

mustaqil ta'lim, kompyuterli o'qitish, individual kuzatish, individual yordam, pedagogik innovatsiya

ABSTRACT

Maqolada kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta'limni tashkil etish, uning interfaolligini, bevosita muloqotyordamida talaba o'quv rejasida ko'rsatilgan, fan sohasida maxsus o'quv dasturlariyordamida bilim olishi tahlil etilgan.

Kompyuter vositasi, talaba yoxud o'qituvchi murojaatlariga "javob" beradi, ular bilan "muloqot"ga kirishadi. Kompyuterli o'qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati u o'qitish jarayonining barcha bosqichlarida yangi o'quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, talabalarning fan bo'yicha erishgan bilim, malaka va ko'nikmalarini tekshirishda yanada yorqinroq namoyon bo'ladi. Bunday jarayonda o'qituvchi kompyuterning talaba uchun turli vazifalarni, xususan o'qituvchilik, ishchi qurol, ta'lim ob'yekti o'zaro muloqot kabi funksiyalarini bajarishni bilishi kerak. Bunda o'qituvchining vazifasi dars jarayonida talabalarni kompyuterdan to'g'ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat. Kompyuter texnologiyalari asosida o'qituvchi o'zining kasbiy mahoratini oshirish uchun mustaqil faoliyatda quyidagi vazifalarni bajaradi:

1. O'quv jarayonini bir butun guruh sifatida tashkil etish.

2. O'quv jarayonida guruhlarni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish joylarini taqsimlash, ko'rsatmalar berish.

3. Talabalarni individual kuzatish, individual yordam ko'rsatish, har bir talaba bilan individual muloqot olib borish.

4. Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o'quv va namoyish qurilmalarning har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o'quv metodik ko'rsatmalar va h.k.) ma'lum o'quv kursining mazmuni bilan aniqlangan bog'liqlik asosida tashkil etish. Kompyuter texnologiyasi asosida mustaqil ta'limni ta'minlashda o'qituvchilar quyidagi tuzilmalar to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishlari kerak:

- informatika va hisoblash texnikasining asosiy tushunchalarini bilishi;

- kompyuter texnikasining funksional imkoniyatalarini bilishi;

- zamonaviy operatsion tizimlarni bilishi va ularning asosiy buyruqlarini o'zlashtirishi;

- zamonaviy dasturiy vositalar va operatsion tuzilmalarni bilishi va ularning vazifalarini o'zlashtirishi;

- kamida bitta matn muharriri bilan tanish bo'lishi;

- algoritmlar, tillar va dasturlashtirish haqida dastalabki tushunchalarga ega bo'lishi;

- amaliy dasturlashdan foydalanish to'g'risida dastlabki tajribaga ega bo'lishi;

- Ta'limni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o'quv jarayonining samaradorligini oshiradi. Buni quyidagi misollarda ko'rish mumkin:

- O'qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo'ladilar;

- uzoq masofalarda joylashgan yetakchi ta'lim muassasalarining ilmiy labaratoriyalari bilan tanishadilar;

- turli mavzularda videokonferensiyalar tashkil qilish va amalga oshirishga erishadilar;

- oqituvchilarning o'zaro trening va seminarlari o'kaziladi;

- masofaviy ta'lim, axborotlar almashinish va shunga o'xshash juda ko'p imkoniyatlarga ega bo'ladilar;

Innovatsion pedagogikaga oid adabiyotlarda innovatsion jarayon quyidagi bosqichlarni qamrab olishi ko'rsatiladi.

l.Yangi g'oya tug'ilishi yoki yangilik konsepsiyasini paydo qilish bosqichi. U kashfiyot bosqichi ham deb yuritiladi.

2.Ixtiro qilish bosqichi. Yangilik yaratish bosqichi.

3.Yaratilgan yangilikni amalda qo'llay olish bosqichi.

4.Yangilikni yoyish , uni keng tadbiq etish bosqichi.

5.Muayyan sohada yangilikning hukmronlik qilish bosqichi. Bu bosqichda yangilik o'zining yangiligini yo'qotadi. Uning samara beradigan muqobili paydo bo'ladi.

6.Yangi muqobillik asosida, almashtirish orqali yangilikning qo'llanilish doirasini qisqartirish bosqichi.

Pedagogik innovatsiyada R.N.Yusufbekova innovatsion jarayon tuzilmasining uch blokini farqlaydi.

Birinchi blok - pedagogikadagi yangini ajratish bloki. Bunda pedagogikadagi yangilikning tasnifi, yangini yaratish shart-sharoiti, yangilikning me'yorlari, yangining uni o'zlashtirishga va foydalanishga tayyorligi, an'ana va novatorlik, pedagogikadagi yangini yaratish bosqichlari kiradi.

Ikkinchi blok - yangini idrok etish, o'zlashtirish va baholash bloki, pedagogik hamjamiyatlar, yangini baholash va uni o'zlashtirish jarayoning rang-barangligi, pedagogikadagi konservatorlik va novatorlik innovatsiya muhiti, pedagogik jamiyatlarning yangini idrok etish va baholashga tayyorligi.

Uchinchi blok - yangidan foydalanish va uni joriy etish bloki, ya'ni yangini tadbiq etish, foydalanish va keng joriy etish qonuniyatlari va turlaridir.

V.A.Ananev, N.V.Kuzmina, [2] va boshqalar kasbiy faoliyatning samarasini oshirish bilan yo'g'irilgan inson hayotining eng ijodiydavrlari, yetuklik bosqichlari to'g'risida fikr yuritadilar. Ular yetuk insonlarning professionalizmi, shaxs rivojlanishining gullagan davridagi psixik qonuniyatlari, professionalizmga yetishishdagi cho'qqilardan o'ta olish masalalari bilan shug'ullanadilar. V.A.Slastenin[3] akmeologiyaning yuksak professionalizmga, mutaxassisning uzoq ijodiy umr ko'rishga olib keladigan subyektiv va obyektiv omillarini asoslab beradi. Obyektiv omillarga olingan ta'limning sifatini, subyektiv omillarga esa insonning iste'dodi va qobiliyatini, ishlab chiqarish vazifalarini samarali hal qila olishdagi mas'uliyatini kiritadi.

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281

Yuksak professionalizmga erishishning omillari sifatida quyidagilar ko'rsatiladi: istedod, qobiliyat, uquvlilik, oila tarbiyasi, sharoiti, o'quv yurti, o'z hatti harakatlari. Akmeologiya ilmiy nuqtai nazaridan professionalizm va ijod munosabatlarida olib qaraladi. Bunda quyidagi kategoriyalar farqlanadi: ijodiy individuallik, o'zining o'sish va takomillashish jarayoni, o'z imkoniyatlarini amalga oshirish sifatidagi kreativ tajribasi. Shunday qilib, zamonaviy axborot texnologiyalardan ta'lim muassasalarida amalda tadbiq etish o'quv jarayonida zamonaviy o'qitish metodlarini qo'llashda hamda o'qituvchi pedagogik mahoratini namoyish etishda keng imkoniyatlar yaratadi.

Adabiyotlar:

1. Yusufbekova, N. R. (1991). General principles of pedagogical innovation: Experience in the development of the theory of innovation processes in education. Moscow: Knowledge.

2. Ananev, V. A. (2006). Osnovy psikhologii zdorovia. Kniga 1. Kontseptualnye osnovy psikhologii zdorovya. 2. Kuzmina, N. V., Pautova, L. E., & Zharinova, E. N. (2021). Sustainable Development of the National Education System of Russia on the Basis of Acmeological Laws of Fundamental Education. In Proceedings of the International Scientific and Practical Conference on Sustainable Development of Regional Infrastructure- ISSDRI (pp. 638-643).

3. Slastenin, V. A., and L. S. Podymova. "Pedagogika: innovatsionnaya deyatel'nost'." M.: Magistr 221 (1997): 3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.