Научная статья на тему 'CHANG CHOLG‘USINING YILLAR DAVOMIDA TAKOMILLASHTIRISH VA MUSIQIY TIZIMDA IJROCHILIK TEXNIKALARI'

CHANG CHOLG‘USINING YILLAR DAVOMIDA TAKOMILLASHTIRISH VA MUSIQIY TIZIMDA IJROCHILIK TEXNIKALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
71
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
chang / tenor / bas / register / musiqachilik / takomillashtirish

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Dilfuza Murodbekova, Axadjon Mamadaliyev

Mazkur maqolada chang cholg‘usi tarixi, kelib chiqishi, takomilashishi, ijro uslubi hamda ta’lim yo‘nalishi texnikalari, taniqli chang ijrochilari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «CHANG CHOLG‘USINING YILLAR DAVOMIDA TAKOMILLASHTIRISH VA MUSIQIY TIZIMDA IJROCHILIK TEXNIKALARI»

CHANG CHOLG'USINING YILLAR DAVOMIDA TAKOMILLASHTIRISH VA MUSIQIY TIZIMDA IJROCHILIK TEXNIKALARI

Dilfuza Murodbekova dilfuzamurodbekova2@gmail .com Ilmiy raxbar: Axadjon Mamadaliyev [email protected]

Annotatsiya: Mazkur maqolada chang cholg'usi tarixi, kelib chiqishi, takomilashishi, ijro uslubi hamda ta'lim yo'nalishi texnikalari, taniqli chang ijrochilari haqida ma'lumot berilgan.

Kalit so'zlari: chang, tenor, bas, register, musiqachilik, takomillashtirish

IMPROVEMENT OVER THE YEARS OF THE WIND INSTRUMENT AND PERFORMANCE TECHNIQUES IN A MUSIC SYSTEM

Dilfuza Murodbekova [email protected] Scientific leader: Akhadjon Mamadaliyev [email protected]

Abstract: This article provides suggestions and comments on the history of the dust instrument' origin, development, metod of performance and direction of training, techniques, well known dust performers

Keywords: chang, tenor, bas, register, musicianship, improvement

Xalq cholg'ulari uzoq o'tmishda paydo bo'lgan. Ma'lumotlarga qaraganda, dastlabki musiqa cholg'ulari eramizdan avvalgi 8 ming yillikda dunyoga kelgan. Musiqachilikda dastlab urma zarbli cholg'ular paydo bo'lgan. Chunki eng qadimgi mehnat qo'shiqlari ishning ritmik tuzilishi bilan bevosita bog'liq bo'lgan. Undan keyin shovqinli cholg'ular paydo bo'ldi. Chang- paxlaviy va forsiy tillarga mansub atama bo'lib, u asrlar davomida bir necha ma'nolarni anglatgan. Ma'ishiy hayotda "chang" so'zi ostida "gard, to'zon" tushunilgan. To'zon deganda tasavvurimizda shamol natijasida hosil bo'lgan aylana, shoxlari egilgan daraxtlar, qaddi bukilgan o't-o'lanlar gavdalanadi ya'ni egik shaklda bo'lgan ko'rinish namoyon bo'ladi. Keyinchalik esa Chang cholg'usi paydo bo'la boshlagan. Chang -o'zining jarangdor va shirali ovozi bilan ajralib turadi. 15-17-asrlardan boshlab "Chang" so'zi musiqa hayotimizda ma'lum o'rin egallay boshlagan. Ungacha ushbu ibora o'zbek hamda tojik musiqa madaniyatida butunlay o'zga soz tirnab chalinadigan zamonaviy yevropacha arfaning

I icclT^^^^H 937 http://oac.dsmi-qf.uz

bizda keng ishlatilgan qadimiy kichik hajmdagi namunasini anglatadi. Chang o'zbek xalq cholg'u asboblaridan bo'lib, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmanistonda keng tarqalgan. O'rta asrlarda Noqus Changiy, Darveshali Changiy, Changiy Buxoriy va boshqa chang ijrochilari tanilgan. Chang burchakli yoki yoysimon shaklda bo'lib, unga 13 va undan ortiq torlar taqilgan. Ko'pchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi. Simbal, santur va boshqa nomlar bilan ataladi. Qadimda changing tovush qatori diatonik bo'lib temperatsiya qilinmagan1.

1930-yillardayoq changning tuzulishiga qator o'zgartirishlar kiritildi: uning hajmi ixchamlashtirilib diapazoni oshirildi. Ayrim xalq sozandalari chang tovushlariga qo'shimcha tovushlar kiritishdi. A.Kevxays, S.Didenko va A.Petrosyanslar to'liq xromatik tovush qatorli, birinchi oktavadagi do dan uchinchin oktavadagi re gacha bo'lgan chang yaratdilar. Ana shu chang asosida keyinchalik dastlabki xromatik changlar tayyorlanib, ulardan o'zbek xalq filarmoniyasining xalq cholg'ulari orkestrida, Hamza nomli musiqa bilim yurtining chang sinflarida foydalanildi. Changni takomillashtirish ishi shu bilan to'xtab qolmadi. O'zbekiston respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi va Toshkent davlat konservatoriyasi tasarrufidagi eksperemental lobaratoriya 1943-yildan buyon o'zbek xalq cholg'u asboblarini takomillashtirish ustida davomli ish olib bormoqda. Changning diapazoni yanada kengaytirilib, kichik oktava sol dan uchinchi oktava fa diyez yoki sol diyezgacha kengaytirildi. Bundan tashqari, torlarning tovushini singdiruvchi tepki mexanizm yaratiladi. Chang bambukdan ishlangan 2ta chop yordamida chalinadi.

Takomillashtirilgan changning asosiy turi bo'yicha quyidagi changlar yaratilgan2.

1. Pikkolo chang - diapazoni birinchi oktava do dan uchinchi oktava lya gacha.

2. Tenor chang - diapazoni katta oktavadagi sol dan ikkinchi oktava mi gacha va kichik oktava do dan birinchi oktava sol gacha.

3. Bas chang- diapazoni katta oktavadagi do dan kichik oktava sol gacha.

Shunday qilib, yangi yaratilgan chang turlarining umumiy diapazoni 5 oktavani

tashkil etadi. Jarangdor tembr, keng dinamik va texnik imkoniyatlari tufayli turli ansambl, xalq cholg'ulari orkestri tarkibida hamda yakkanavoz cholg'u sifatida keng tarqalgan. Hozirda O'zbekiston davlat konservatoriyasida "Changchilar" ansambli mavjud. Badiiy rahbarimiz va ustozimiz dotsent Ahadjon Mamadaliyev bo'ladilar. O'zbekistonda mohir chang ijrochilaridan Matyusuf Xarratov, Fozil Xarratov, Ro'zimatxon Isaboyev, Baxtiyor Aliyev, Fahriddin Sodiqov, Ahmad Odilov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi Fazilat Shukurova, T. Otaboyev, T.Sobirov va boshqalar tanilgan3.

Shu o'rinda Chang cholg'usida tovush chiqarish yo'llariga to'xtalamiz:

1 A. Liviyev "O'zbek milliy cholg'usozlik tarixi" -T.: 2002 y.

2 A.Petrosyans.A. Odilov."Chang darsligi" -T.: 1976 y

3 A.Mamadaliyev-Ansambl sinfi. 2020 y.

I fctlT^^^^H 338 http://oac.dsmi-qf.uz

1. Urma zarb - bu belgi boshqa har xil tovush chiqarish yo'llaridan keyin ishlatiladi.

2. Cho'p chertmak - (pissikato kol legno) - cho'pning orqa yassi qismi bilan torlarni chertish.

3. Taqillatish - (kol legno) - cho'pning orqa yassi qismi bilan torlarni urib taqillatish.

4. Sakratma zarb - chang torlariga cho'plarni zarbona kaltagina uzib, sakratib ijro etish.

5. Bo'g'ma stakkatto - (surdinkali stakkatto) - cho'pni zarbona tashlangandan so'ng jaranglab turgan chang torlarini ikkinchi bo'sh qo'lning o'rta barmog'i bilan tezda bosib so'ndirish.

6. Tebratma - (vibratsiya) - cho'p chertmakdan so'ng jaranglab turgan torlarning xarrak ustidan o'tgan qismini bo'sh qo'lning o'rta barmog'i bilan bosib, nota uzunligiga qarab davomli tebrantirish.

7. Cho'p sirg'antirish (glissando kol legno) - cho'pning past yalang qismi bilan torlardan - torlarga, yuqori yoki pastga chizib sirg'antirish.

8. Dona zarb - (detashe) - torlarga birin - ketin dona - dona tashlash.

9. Rez - (tremolo) - cho'p zarblarini birin - ketin maydalab uzluksiz almashinib tez ijro etish.

10. Bog'lama - (legato) - tovushlarni muloyim holatda torlardan torlarga uzluksiz tekis o'tishi.

11. Cho'p - (tremolo). Cho'plarning pastki yalang qismi bilan birin - ketin tez maydalab uzluksiz ijro etish 4.

Changni tiniq sozlash va unda ijro etish, shuniningdek, o'quvchining absolyut eshitish qobiliyatini kun sayin o'sishiga, barcha intervallarni, ya'ni - tovush oraliqlarini toza aniqlash qobiliyatini o'stirishga alohida ahamiyat bermoq lozim. Ijrochilik uslublari musiqa cholg'ulardagi muhim ijrochilik vositasi bo'lib, ular ikki tomonlama bajariladi. Agar birinchi holda tovush chiqarish uslublari, deb atasak, ikkinchi holda ta'sirchan vosita, deb hisoblaymiz.

Changning texnik va jarangdorligi, betakrorligi tufayli O'zbekiston kompozitorlari hamda bastakorlaridan chang uchun maxsus asarlar chang sinfi repertuarini boyitmoqda. Chang cholg'usida nafaqat texnik balkim, o'zbek maqom asarlarining betakror ijro etilishi insonlarni o'ziga jalb qiladi. Hozirgi kunda o'tgan yillarga nisbatan bu cholg'u ijrosiga qiziqayotgan yoshlar ko'paymoqda. Ammo ba'zi hollarda san'atga qiziqishi yo'qolgan yoshlarni ham uchratish mumkin. lekin san'at insonni yaxshi hayolot olamiga olib kiradi.

' A.Petrosyans.A. Odilov."Chang darsligi" -T.: 1976 y

939

http://oac.dsmi-qf.uz

San'at bu hayot mazmunini rang-barang qilish, tasavvuf olamini yanada yaxshilash uchun yordam beradi. Shuning uchun san'at bilan hamnafas bo'lish inson uchun yaxshi yo'l bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Petrosyans.A. Odilov."Chang darsligi" -T.: 1976 y .B,18,19

2. A. Liviyev "O'zbek milliy cholg'usozlik tarixi" -T.: 2002 y. B 34,35

3. A.Mamadaliyev-Ansambl sinfi. -T.: 2020 y.

940

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.