Научная статья на тему 'CHANG CHOLG’USINING YILLAR DAVOMIDA TAKOMILLASHTIRISH VA MUSIQIY TIZIMIDA IJROCHILIK TEXNIKALARI'

CHANG CHOLG’USINING YILLAR DAVOMIDA TAKOMILLASHTIRISH VA MUSIQIY TIZIMIDA IJROCHILIK TEXNIKALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
248
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
chang / arfa / tenor / bas / registr / oktava / prima / repertuar / cover / tor / dinamik / texnik. / chang / harp / tenor / bass / register / octave / prima / cover / tor / dynamic / technical

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xurramova Diyora, K.Shermatov

Mazkur maqolada chang cholg’usi tarixi, kelib chiqishi, takomillashishi ijro uslubi hamda ta’lim yo’nalishi, texnikalari, taniqli chang ijrochilari, uning imkoniyatlarini kengaytirishga bog’liq taklif va mulozalar

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides suggestions and comments on the history of the dust instrument,its origin,development,method of performance and direction of training,techniques,well-known dust performers,the expension of its capabilities

Текст научной работы на тему «CHANG CHOLG’USINING YILLAR DAVOMIDA TAKOMILLASHTIRISH VA MUSIQIY TIZIMIDA IJROCHILIK TEXNIKALARI»

CHANG CHOLG'USINING YILLAR DAVOMIDA TAKOMILLASHTIRISH VA MUSIQIY TIZIMIDA IJROCHILIK TEXNIKALARI

Xurramova Diyora

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Professional ta'lim: Xalq ijodiyoti (cholg'u ijrochiligi) ta'lim yo'nalishi

1-kurs talabasi

K.Shermatov

Ilmiy rahbar : "Cholg'u ijrochiligi " kafedrasi dotsenti

ANOTATSIYA

Mazkur maqolada chang cholg'usi tarixi,kelib chiqishi, takomillashishi ijro uslubi hamda ta'lim yo'nalishi, texnikalari, taniqli chang ijrochilari, uning imkoniyatlarini kengaytirishga bog'liq taklif va mulozalar

Kalit so'zlar: chang, arfa, tenor, bas, registr, oktava, prima, repertuar, cover, tor, dinamik, texnik.

ABSTRACT

This article provides suggestions and comments on the history of the dust instrument,its origin,development,method of performance and direction of training,techniques,well-known dust performers,the expension of its capabilities

Keywords: chang, harp, tenor, bass, register, octave, prima, cover, tor, dynamic, technical

АНОТАТЦИЯ

В данной статье рассматриваются история, происхождение, развитие инструментаю, стиль исполнения и направления обучения, приемы.известные дустовые исполнители, замечания по расширению его возможностей

Ключевые слова: чанг арфа ,тенор,бас, регистр, октава ,прима, репертуар, кавер ,тор , динамический , технический

"... bu yorug' olamda eng buyuk jasorat nima , degan savolga, hech ikkilanmasdan, eng buyuk jasorat- bu ma'naviy jasorat , deb javob bersak , o'ylanmangki, yanglishmagan bo'lamiz."

I.Karimov. Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch.

Chang- o'zining jarangdor va shirali tovushi bilan ajralib turadi o'zbek xalqining sevimli cholg'u asboblaridan biri.Yozma manbalarda 15,17 asrlardan boshlab "chang" so'zi musiqa hayotimizda ma'lum o'rin egallagay boshlagan.Ungacha esa ushbu ibora o'zbek hamda tojik musiqa madaniyatida butunlay o'zga soz,tirnalib chalinadugan zamonaviy yevropacha arfaning bizda keng ishlatilgan qadimiy kichik hajmdagi namunasini anglatadi.Jumladan Alisher Navoiyning buyuk asari "Xamsa"ning "Sabbai sayyor "dostonidagi chang iborasi ham arfa tusidagi cholg'u sozini aniqrog'i qo'l arfasini anglatgan bo'lib, uning mohir ijrochisi sifatida Dilorom kabi ayol obrazlari tasvirlangani ham bejiz bo'lmagan. Ammo 17 asrlardan keyin bu qo'l arfasi ijrochilikdan chiqa boshlagan va o'z o'rnini - maxsus tayoqchalar bilan urib chalinadigan trapetsiya shaklida chang cholg'u asbobi egallagan. Changdan qadimda va o'rta asrt sharq madaniyatida qo'llanilgan hozirgi O'zbekiston va Tojikiston hududida qadimgi changdan taxminan 17 asrgacha qo'llanilgan . O'rta asrlarda Noqus Changiy , Hofiz Changiy , Darveshali Changiy, Mavlono Mirek Changiy Buxoriy va boshqa chang ijrochilari tanilgan . Chang burchakli yoki yoysimon shaklda bo'lib, unga 13 va undan ortiq torlar o'rnatilgan. Ko'pchilik xalqlarda chang turlicha nomlanadi bu changlar orasida muayyan farqlar ham bor. Fors mamlakatlarida tarqalgan turi santur deb nomlanadi. Changning chang- tenor , chang - bas turlari ham mavjud. Turli mamlakatlarda uchraydigan changsimon asboblar quyidagilardir: sinbal, santouriy, santoor, santur , tiompan , salterio , tambal , khim. Hozirda changda o'zbek , tojik , uyg'ur xalqlarida keng foydalaniladi. O'zbekistonda teng ishlatiladigan hozirgi turi trapetsiya shaklidagi tovushxonaga ega . Tovushqator asosini 14 sim tashkil etadi . Sim torlari 2 xarak vositasida 2 guruhga bo'linadi: o'ng xarak ustidan o'tkazilgan simlar past registrda , chap xarak ustida o'tkazilganlari 1 va 1,5 oktava yuqori registrlarda ovoz chiqaradi. Changning diapazoni kattadir : katta oktava A bemoldan ikkinchi oktava E bemolga yetadi. Chang bambukdan ishlangan ikki cho'p yordamida urib chalinadi. 1930-yillarda yangi (xromatik tovushqatorga ega) turlari yaratildi ( prima , tenor, bas ) . Jarangdor tember , keng dinamik va texnik imkoniyatlar tufayli turli ansambl , xalq cholg'ulari orkestri tarkibida ham yakkanavoz cholg'u sifatida ijrochilar orasida keng tarqaldi. O'zbekistonda chang ijrochilaridan Matyusub va Fozil Xarratovlar, Ruzimatxon Isaboyev, Baxtiyor Aliyev, Faxriddin Sodiqov, Maxmudov, Axmad Odilov, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar T.Otaboyev, F.Shukurova, T.Sobirov va boshqalar tanilgan.

Changning texnik va jarangdorligi betakrorligi tufayli O'zbekiston kompozitorlari hamda bastakorlaridan chang uchun maxsus asarlar,qo'llanmalar va konsert repertuarlari yaratishni talab qilmoqda."Chang taronalari"to'plamichang uchun maxsus yozilgan musiqa asarlaridan tuzilib,konsertvatoriya hamda musiqa

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

bilim yurtlari uchun qo'llanma sifatida foydalaniladi.Chang cholg'usida nafaqat texnik balkim o'zbek maqom asarlarining betakror ijro etilishi insonlarni o'ziga jalb qiladi.Hozirgi kunda o'tgan yillarga nisbatan ushbu cholg'u ichrosiga qiziqayotgan yoshlar ko'paymoqda. Ammo ba'zi hollarda san'atga qiziqishi yo'qolgan yoshlarni ham uchratish mumkin.Lelin san'at insonni yaxshi va hayolot olamiga olib kiradi.Shuning uchun ham yosh avlodni bo'sh vaqtini mazmunli va samarali o'tkazish uchun ularni san'atga qiziqtirish kerak.Bu so'zlarga misol qilib Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning "...har bir maktab bitiruvchilari,o'quvchi yoshlar biror bir cholg'u asbobini o'rganishi" to'g'risidagi qabul qilgan qarorini mazmunini keltirishimiz mumkin.Men yoshlarni hozirgi kunda zamon talabiga mos ravishda asarlar tanlab,ular hohishidan kelib chiqqan holda qulog'iga yaqin,sho'x,zamonaviy kuylar,asarlar berib ularni san'atga yanada qiziqtish uslubini qo'lash taklifini bergan bo'lardim.Chet el asarlarini o'zbekcha cover variantlarini ijro etish yosh avlodni san'atga qiziqtiradi bu zamon talabidan kelib chiqan holdagi taklifdir.Shuningdek chang cholg'usida ham chel el kompozitorlari asarlarini texnik imkoniyatlatrini ochish mumkin. Masalan boshqa mamlakatlarda ham keng tarqalgan chang cholg'usi turlarida ijro etilgan asar variantlarini ham ijro etish bu chang imkoniyatlari qanchalik ko'p ekanligini ko'rsatib beradi.Chang cholg'usini o'tirib ham,turib ham ijro qilsa bo'ladi.Bu imkoniyatlarni san'at olamiga targ'ib etish va keng miqyosda qo'lashni ham taklif qilgan bo'lardim.

San'at bu hayot mazmunini rang-barang qilish, tasavvuf olamini yanada yaxshilash uchun yordam beradi.Shuning uchun san'at bilan hamnafas bo'lish inson uchun yaxshi yo'l.

Foydalanilgan adabiyot:

1."Chang taronalari","Chang darsligi"-Ahmad Odilov

2."Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" -I.A.Karimov.159-bet

3."Ko'hna cholg'ular tarixi"-O'.Toshmatov,S.Turatov

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.