Научная статья на тему 'MUSIQIY CHOLG‘ULARDA IJROCHILIK MASALASI: CHANG CHOLG‘USINING TADRIJIY RIVOJLANISH JARAYONI'

MUSIQIY CHOLG‘ULARDA IJROCHILIK MASALASI: CHANG CHOLG‘USINING TADRIJIY RIVOJLANISH JARAYONI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
176
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chang / Ayritom / Muhammad al-Farobiy / Xulays ibn Axvas / “Durrat-ut toj” / “Jama al-alxan fi-ilm al-musiqiy” / Arfa / tanbur / chang / nay / qonun / “Rost” / “Navo” / Usta Usmon Zufarov / “Chang maktabi”. / Chang / Ayritom / Muhammad al-Farabi / Khulais ibn Ahwas / "Durrat-ut-Taj" / "Jama al-alkhan fi-ilm al-musiki" / Harp / tanbur / chang / flute / law / "Truth" / "Navo" / Master Usman Zufarov / "Chang School".

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Z. Yusupova

Ushbu maqolada o‘zbek milliy cholg‘ularidan biri bo‘lmish chang cholg‘usining tarixiy va tadrijiy rivojlanish bosqichlari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib, milliy musiqa ijrochiligidagi o‘rni va ijrochilik masalalariga to‘xtalib o‘tiladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUSICAL INSTRUMENT PERFORMANCE: THE PROCESS OF GRADUAL DEVELOPMENT OF THE INSTRUMENT

This article provides information about the historical and gradual stages of development of one of the Uzbek national instruments chang, and also focuses on its role in the performance of national music and performance issues.

Текст научной работы на тему «MUSIQIY CHOLG‘ULARDA IJROCHILIK MASALASI: CHANG CHOLG‘USINING TADRIJIY RIVOJLANISH JARAYONI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MUSIQIY CHOLG'ULARDA IJROCHILIK MASALASI: CHANG CHOLG'USINING TADRIJIY RIVOJLANISH JARAYONI Yusupova Zebixon Husniddinovna

Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI Maqom cholg'u ijrochiligi kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7112513 Annotatsiya. Ushbu maqolada o'zbek milliy cholg'ularidan biri bo'lmish chang cholgUsining tarixiy va tadrijiy rivojlanish bosqichlari to'g'risida ma'lumotlar keltirib, milliy musiqa ijrochiligidagi o'rni va ijrochilik masalalariga to'xtalib o'tiladi

Kalit so'lar: Chang, Ayritom, Muhammad al-Farobiy, Xulays ibn Axvas,"Durrat-ut toj ", "Jama al-alxan fi-ilm al-musiqiy", Arfa, tanbur, chang, nay, qonun, "Rost", "Navo", Usta Usmon Zufarov, "Chang maktabi".

ВОПРОС ИСПОЛНИТЕЛЬСТВА НА МУЗЫКАЛЬНЫХ ИНСТРУМЕНТАХ: ПРОЦЕСС ПОСТЕПЕННОГО РАЗВИТИЯ ИНСТРУМЕНТА ЧАНГ Аннотация. В данной статье представлена информация об исторических и постепенных этапах развития одного из узбекских национальных инструментов чанг, а также акцентируется внимание на его роли в исполнении национальной музыки и исполнительских вопросах.

Ключевые слова: Чанг, Айритом, Мухаммад аль-Фараби, Хулайс ибн Ахвас, «Дуррат-ут Тадж», «Джама ал-алхан фи-илм аль-мусики», Арфа, танбур, чанг, флейта, закон, «Истина», «Наво», Мастер Усман Зуфаров, «Школа Чанг».

MUSICAL INSTRUMENT PERFORMANCE: THE PROCESS OF GRADUAL DEVELOPMENT OF THE INSTRUMENT Abstract. This article provides information about the historical and gradual stages of development of one of the Uzbek national instruments chang, and also focuses on its role in the performance of national music and performance issues.

Keywords: Chang, Ayritom, Muhammad al-Farabi, Khulais ibn Ahwas, "Durrat-ut-Taj", "Jama al-alkhan fi-ilm al-musiki", Harp, tanbur, chang, flute, law, "Truth", "Navo", Master Usman Zufarov, "Chang School".

KIRISH

O'zbek mumtoz musiqasi, milliy ohanglarimizning umrboqiyligida milliy cholg'ularimizning o'rni beqiyos. Aslida har bir o'zbek milliy cholg'usining o'z o'rni va ahamiyati bor. Har bir cholg'u borasida izlanishlar olib borish, ilmiy jihatdan o'rganish, bugungi kunda dolzarb vazifalardan sanaladi. Chang cholg'usi ham milliy musiqamizda o'z o'rniga ega bo'lib, uning imkoniyatlarini, tarixini yoshlarimizga o'rgatish juda muhim.

Har bir cholg'ularimizning milliy musiqamizda tutgan o'z o'rni bor. Ba'zan ular birini to'ldirsa, ba'zan binning o'rnini ikkinchisi bosa olmaydi. O'zbek milliy cholg'ulari olami ham ma'naviy, ham moddiy nuqtai nazardan boy hamda rangbarang ekanligini alohida e'tirof etish lozim. Qolaversa, cholg'u ijrochiligi halqimizning boy ma'naviy qadriyatlarini o'zida mujassam etgan san'at turi bo'lib, uning tarixiy negizi uzoq o'tmishga borib taqaladi. Bu sohaning asosi xisoblanmish musiqiy sozlar, xalqning turmushi va mehnat faoliyatiga singib, hayotining ajralmas qismiga aylangan.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Barcha musiqa cholg'ulari kabi qadimgi Chang qachon ixtiro qilingani to'g'risida aniq ma'lumotlar mavjud emas. Lekin arxeologik qazilmalardan topilgan yodgorliklarda tasvirlang an arfa (chang), bu cholg'uning qadimiyligidan dalolat beradi. Ularga ko'ra, bu soz dastlab kichik hajmda tirnab chalinadigan cholg'u bo'lib, u o'zining jarangdorligi va tovush tarovatining boyligi bilan ajralib turgan. Ushbu cholg'u arab musiqasida "Qonun", Yeronda "Santur", o'zbek va tojik an'analarida "chang" deb nomlangan. Uzoq yillar davomida arfa (chang) cholg'usining vatani Misr hisoblangan va u qadimgi yodgorliklarda o'z aksini topgan (eramizdan avv.3000 -2500 yy.). Arfa (Chang) cholg'usining besh xili, ya'ni uchta burchakli va ikkita yoysimon ko'rinishlari mavjud ekanligi mutaxassislar tomonidan isbotlab berilgan. 1940-yili Surxondaryo viloyati, Termiz shahri yaqinidagi Ayritom qo'rg'onida arxeologik qazishmalar chog'ida chang cholg'usining qadimgi shakli bo'lgan arfa chalayotgan ayol frizi topilgan. Bu cholg'u uchburchak ko'rinishda bo'lib, o'n uchta tori bo'lgan. Tarixchi olim K.Trever qayd etganidek, "Ayritom qo'rg'onida topilgan frizlarning barchasi mahalliy xunarmandlar tomonidan yasalgan va ular eramizdan avvalgi XVIII asrga borib taqaladi". Shu ma'noda chang cholg'u ijrochiligi musiqa san'atimizda juda qadimgi tarixga egadir.

TADQIQOT NATIJALARI

Chang cholg'usi haqida O'rta asr allomalarining musiqiy risolalarida ma'lumotlar berilgan. Jumladan, musiqashunoslik fanining asoschisi Abu Nasr Muhammad al-Farobiyning yozishicha bu cholg'u Samarqandlik Xulays ibn Axvas tomonidan So'g'dda ixtiro etilgan bo'lib, so'ngra Bag'dodda va boshqa mamlakatlarda tarqalgan ekan. Umuman "chan" arab, fors va turkiy adabiyotlarda xilma-xil bo'lib, egri, chang, chog'ona, shudurg'u, yaturg'on atamalari ostida berilgan. "Chang" nomini XIII asrda uchratamiz. Qutbiddin Sheroziy (XIII asr) "Durrat-ut toj" (Musiqa haqida dur asar) risolasida qonun, nusxa, navxi kabi qadimgi cholg'ular asarida Chang cholg'usini ham tilga olib, "tovushi ochiq torlardan sadolanuvchi cholg'ular" tarkibiga kiritadi.

XIV asrning oxiri XV asrning boshlarida Ozarbayjonning Marog' shahrida tug'ilgan bo'lsa-da, hayotining ikkinchi yarmi Temur saroyida-Samarqandda o'tgan va Hirotda vafot etgan Abduqodir G'oyibiy (Marog'iy)ning "Jama al-alxan fi-ilm al-musiqiy" (Musiqa ilmida ohanglar to'plami) risolasida qonun cholg'usini ta'riflab - cholg'u trapetsiya shaklida yasalib sado taraladigan quti, jami yetmish ikkita uchtalik mis simlar tortilib tarang sozlangan, tovushqatori 24 boshqichdan iborat bo'lganligi haqida bayon etadi. XVII asrda yashab ijod qilgan Darv esh Ali Changiyning risolasida nafaqat musiqa nazariyasi, balki turli davr ijrochilari va saroy qoshida keng tarqalgan musiqa cholg'ularidan bo'lgan tanbur, chang, nay va qonun haqida ham to'xtalib o'tadi.

Darvesh Ali Changiy changning qadimiy o'tmishi haqida ma'lumot beradi. Uning aytishicha changda 26 ta tor va 7 ta lad bo'lgan. Bu changning 7 ladida 7 maqomni ijro etishgan:

1-laddan "Rost" maqomi boshlangan.

2-laddan "Navo" maqomi boshlangan.

3-laddan "Xijoz" maqomi boshlangan.

4-laddan "Zangura" maqomi boshlangan.

5-laddan "Xusayni" maqomi boshlangan.

6-laddan "Kuchek" maqomi boshlangan.

7-laddan "Iroq" maqomi boshlangan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Lekin usta changchilar ushbu changda 12 maqomni chalishga muvaffaq bo'lganlar. Darvesh Ali ibn Mirzo Ali ibn Xo'ja Maxmud Marvariz shu cholg'uning mohir ijrochisi bo'lgan. U yoshligidan changga mehr qo'ydi va keyinchalik shuhrat qozondi. Shu davrning yana bir mohir changchisi Mavlono Zaynulobiddin Rumiy edi.

Darvesh Ali ta'kidlashicha, u juda ko'p peshrav va kuylar ijod qilgan. Ulardan eng ko'zga ko'rinarlisi 3 ta peshrav edi:

Birinchisi, Ehson. Husayni maqomining pardalarini o'z ichiga oladi. Ikkinchisi, Soqil. Iroq maqomi pardalari asosida ijod qilingan. Uchinchisi, Peshravi ufor. Husayniy maqomining xonalaridan tarkib topgan. Yana Darvesh Ali Changiy qadimda (changni) kelib chiqishi haqida shunday yozadi: chang qadimiy cholg'u bo'lib, Mesopotamiyadan tortib, to Xitoygacha bo'lgan juda katta masofani egallagan. Buxoroda (XVIasr) Shayboniylardan bo'lgan Abdulla xonning zamondoshi Xo'jayi Kalon (Buyuk Xo'ja, shayx xo'ja Sa'd) og'ir dardga giriftor bo'ladi. Tabib Sulton Muhammad uni davolab, kasalini yengishda chang mashqlarini tinglashni tavsiya etadi. Xo'ja Sa'd Darvesh Alini huzuriga chorlaydi. Darvesh Ali uch oy davomida Sa'd qoshida chang chaladi. Xoja butunlay tuzalib ketadi. Risolada keltirilgan yana bir rivoyatga ko'ra, qadimda buyuk Nushiravon zamonida (531-579) mashhur changchi Piri Changiy yashagan. Eron arablar qo'liga o'tadi, undan keyin Xalifa Umar Eron musiqasini ta'qib ostiga oladi. Piri Changiy o'zini hech kimga keragi yo'qligidan xafa bo'lib, Madinaga Yasrab qabrini ziyorat qilgani boradi. U o'z yoniga changni qo'yib, nola qila boshlaydi:

"Men doimo Sen uchun chaldim, endi meni ta'qib ostiga olishgani uchun Sening oldingga oxirgi marta chalish uchun keldim. Bir narsani sendan so'rayman, ipak torlarimgagina haq berishsa". Yig'lab va qattiq oh urib, o'zining oxirgi mashqini ijro etadi. Changni boshiga qo'yib uxlab qoladi. Shu vaqt xalifa Umarga g'oyibdan ovoz keladi: "Bizning bir do'stimiz bor, u Yasribning qabri (ustida) yonida. Ul kimsaga xazinadan 700 dinor olib borib ber. Yana zoriqsa, bemalol tashrif buyursin". Umar 700 dinorni olib, Yasrib qabriga boradi. U yerda Piri Changiydan boshqa kimsa yo'q edi. U hayron bo'lib tursa, Changiy uyg'onib qoladi. Umar unga 700 dinorni beradi va aytadi: "Alloh seni o'ziga do'st deb bildi. Men ham sening do'stingman. Boshingga mushkul ish tushsa, qoshimga kelgin. Sening soz chertishing egamni o'ziga rom etdi", - deydi. Taniqli fors shoiri Jaloliddin Rumiy (1273-yil) o'zining "Masnaviyi ma'naviy" asarida bu voqeani yoritib bergan.

Shuningdek, bu cholg'uning takrorlanmas sifatini o'z davrining buyuk shoirlari Navoiy, Umar Hayyom, Dehlaviy va b.lar ham asarlarida bayon etganlar. Chang cholg'usi asrlar davomida takomillashib, avloddan-avlodga, ya'ni bizgacha yetib kelgan, musiqiy hayot taqozosi bilan o'zbek xalq cholg'ularini zamonga xos takomillashtirish zaruriyati tug'ildi. 1940 -yillarda xalq cholg'ularini yasash va takomillashtirish bo'yicha maxsus ustaxonalar ochildi. Namangandagi musiqa ustaxonasiga taniqli xalq sozandasi Usta Ro'zmat Isaboev (1885-1964) boshchilik qildi. U ijrochilar tomonidan keng qo'llanilgan yarim xromatik changning bir necha nusxasini yasab, tayyorladi. Toshkentdagi ustaxonada mashhur cholg'ular ustasi Usta Usmon Zufarov (1899-1981) ham chang cholg'usining yangi nusxalarini yaratdi.

Xorazmda esa mashhur xalq sozandasi, bastakor Matyusuf Xarratov changni takomillashtirish ustida sabot bilan ishladi. Izlanishlar natijasida Matyusuf Xarratov sozandalar Faxriddin Sodiqov, o'z o'g'li Fozil Xarratov va Ahmad Odilovlar bilan hamkorlikda changning yuqori pardalarini qo'shimcha torlar va xarraklar hisobiga kengaytiradi. Ushbu o'zgarishlarni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

sozandalar ma'qullashadi. Shunday qilib u ijrochilik amaliyotiga tadbiq etildi. Cholg'uga kiritilgan yana bir yangilik, cholg'u bir oktava ko'tarib sozlashga moslashtirildi. Bu esa changning birmuncha ixchamlashuviga sabab bo'ldi. Chang cholg'usining yangi nusxalarini yaratish San'atshunostlik instituti tasarrufidagi musiqa ustaxonasining ustalari: U.Zufarov, Z.Zokirov, S.E.Didenkolarning zimmalariga yuklanadi. Yangi nusxadagi chang taniqli ijrochi hamda tadqiqodchi - Ashot Ivanovich Petrosyans tashabbusi bilan Toshkent musiqa bilim yurtida va u rahbarlik qilayotgan O'zbekiston davlat filarmoniyasining o'zbek xalq cholg'ulari orkestrida sinaldi va ma'qullandi (1943-y.). Natijada chang sozi ta'lim tizimiga kiritildi. Shoakbar Shoakramov, Abdusamat Ilyosov, Ashraf Ashrapov, Mahammadjon Rasulov va Ahmad Odilovlar o'quv dargohida ta'lim olgan birinchi ijrochilardan bo'lishdi va bu ijro uslubi tizimi yo'lga qo'yildi, ko'zlangan maqsad o'z tasdig'ini topdi. O'ziga xos yaratilgan chang cholg'usi tez orada ijrochilik amaliyotida qo'llanila boshladi va keng ommalashdi. Musiqa cholg'ularini yasovchi ustalar chang soziga qalb qo'ri, ko'z nuri va erishgan tajribalarini sarflab, naqshinkor bezakli changlar yasay boshladilar. Changning tovush sifati, sadolanishi va jarangdorligi, tarannum jozibasi ko'p sonli tinglovchilar e'tiborini o'ziga jalb etdi. Bu tipdagi chang cholg'ulari O'zbekiston radiosi cholg'u ansamblida, Muqimiy nomidagi respublika musiqali drama teatrining cholg'ular orkestri jamoasida, O'zbekiston davlat filarmoniyasi tasarrufidagi o'zbek xalq cholg'ulari ansambllari tarkibida o'z o'rnini topdi.

Shu bilan birga, chang cholg'usini tizimli tarzda takomillashtirish ishlari to'xtamadi. A.I.Petrosyans rahbarligi ostida bir guruh soz ustalari va sozandalar: Usta Usmon Zufarov, S.E.Didenko, M.Xarratov, A.Odilov, F.Xarratovlar chang cholg'usini yanada takomillashtirishga erishdilar. Ular tovushqator tizimi asosiga xromatik, ya'ni o'n ikki bosqichli ravon oraliqlarga bo'lingan tovushqator qabul qilindi. Pirovardida, kichik oktava "Sol" tovushidan, uchinchi oktava "Mi" tovushigacha diapazon kengaytirildi. Keyinchalik A.Odilov o'z ustozi A.Petrosyans bilan hamkorlikda nafaqat changning yangi namunasi, balki "Chang ijrochiligi maktabi"ni yaratishga muvaffaq bo'lishdi: birinchidan - cholg'uning tovush jarangdorligi sifati yangilandi, tovush kuchi sezilarli darajada oshdi, tovush diapazoni kengaytirildi; ikkinchidan - mustahkam va sifatli changlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish maqsadida chang yasashning butunlay yangi texnologiyasi joriy etildi; uchinchidan - changning tovush chiqarish yo'llarini to'g'ri aniqlab, ularni ilmiy-nazariy yo'sinda isbotlab, chang ijrochiligini yangi "maktab"ida o'qitishni tadbiq etish kabi ishlar amalga oshirildi. Changning diapazoni yanada kengaytirilib, uning tovushqatori 2 tonga ko'paytirildi. Yangi chang cholg'usiga tovush so'ndirgich mexanizmi o'rnatildi. O'ng oyoq yordamida tepki (pedal) vositasida tovush so'ndirish uslubi joriy etildi va bu taklif chang ijrochilari va musiqiy jamoatchilik tomonidan qo'llab-quvvatlandi, amaliyotga tadbiq etildi.

MUHOKAMA

Takomillashtirilgan changning asosiy turi bo'yicha yuqori tovushli, o'rta va past tovushlarga mansub changlar oilasi: chang-prima, chang-pikkalo, changtenor, chang-bas cholg'ulari yaratildi. Mavjud changning ijrochilik imkoniyatlari kengaytirildi, yangi tovush chiqarish yo'llari yaratildi. Chang chog'usida yangi tovush chiqarish yo'llari, ijrochilik uslublari A.Odilov va A.Petrosyanslarning "Chang darsligi"da kengaytirilib, rasmiylashtirildi. Endilikda chang sozida tovush chiqarish yo'llari bittadan to'rtagacha oshirildi. Bular:

I. Urma zarb-asosiy tovush chiqarish yo'li, chang cho'plarini torlarga birin- ketin urib tovush hosil qilish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2. Cho'p chertmak. Pizzicato col legno (pizz.col legno) - cho'plarning orqa yassi qismi bilan tirnab (chertib) ijro yetish;

3. Barmoq chertmak. Pizzicato (pizz.)-qo'l barmoqlari bilan chang torlarini mayin chertib chalish;

4. Cho'p tarak. Col legno (col leg.)-cho'pning orqa yassi qismi bilan chang torlarini chiqillatib urib chalish.

XULOSA

Yangi yo'nalishdagi "Chang maktabi"ning shakllanishi, chang cholg'usining takomillashtirilishi natijasida ijrochilik amaliyotida o'ziga xos chang ansambllarini tuzish imkoniyatini yaratdi. Qadimiy cholg'ularimizdan biri hisoblangan noyob chang cholg'usiga mohir ustalarning ijodiy izlanishlari tufayli qaytadan yangi hayot baxsh etildi.

REFERENCES

1. Karomatov F. "Uzbekskaya instrumentalnaya muzika" Toshkent.; 1972.

2. Petrosyans A.I. "Instrumentovedenie" Toshkent.; 1980.

3. Nosirov R. "Cholg'u ijrochiligi" Toshkent.; 2008.

4. Belyaev V. "Muzikalnie instrumenti Uzbekistana" Moskva.; 1933.

5. Darvesh Ali Changiy. Risolai musiqiy. O'zRFAShI-1, inventar № 468

6. Matyakubov O. Matniyozov A. "XI-XV asrlarda O'zbek musiqasi" Urganch.; 2010.

7. Semyonov A. Sredneaziatskiy traktat po muzike Dervesh-Ali Changi (XVII v.) T., 1946.

8. Trever K. Pamyatniki greko - baktriyskogo iskustva. M.-L., 1940.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.