Tursunova F.Z. magistrant Bank moliya akademiyasi O'zbekiston
BYUDJET TASHKILOTLARIDA MOLIYAVIY AKTIVLAR NAZORATINI TAKOMILLASHTIRISH
Annotatsiya. Ushbu maqolada byudjet tashkilotlarida moliyaviy aktivlar nazoratini takomillashtirish usullari muhokama qilinadi. Moliyaviy resurslarni boshqarishning mavjudyondashuvlari va ularning samaradorligi tahlil qilinadi. Moliyaviy operatsiyalarni hisobga olishning shaffofligi, aniqligi va o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirish tizimlarini joriy etishga alohida e 'tibor qaratilmoqda.
Kalit so'zlar: moliyaviy aktivlarni nazorat qilish, byudjet tashkilotlari, moliyaviy resurslarni boshqarish, axborot texnologiyalari, avtomatlashtirish, moliyaviy hisob, shaffoflik, samaradorlik.
Tursunova F. master's student Academy of Banking and Finance
Uzbekistan
IMPROVING CONTROL OF FINANCIAL ASSETS IN BUDGET
ORGANIZATIONS
Annotation. This article discusses methods for improving control of financial assets in budgetary organizations. Existing approaches to managing financial resources and their effectiveness are analyzed. Particular attention is paid to the introduction of modern information technologies and automation systems to increase the transparency, accuracy and timeliness of accounting for financial transactions.
Key words: control of financial assets, budgetary organizations, financial resource management, information technology, automation, financial accounting, transparency, efficiency.
Kirish. Tarixiy taraqqiyot shuni ko'rsatadiki, barcha davrlarda buxgalteriya hisobi sohasida nazariy tushunchalar asosida amaliyotdagi holatlar kuzatib borilgan, shu bilan birga amaliyotdagi o'ziga xosliklar, hal qilinishi lozim bo'lgan holatlardan kelib chiqib nazariy g'oyalar shakllangan. Bu bilan hozirgi kundagi hisob sohasining rivoji ushbu sohalar bo'yicha turli davrlardagi extiyojlar, zaruriyatlar, talablar va sabablar natijasida shakllangan deyish mumkin va bu jarayon doimiy ravishda sodir bo'laveradi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida iqtisodiy rivojlanish Ьо'у^а mamlakatimizning o'ziga xos jihatlaridan кеНЬ chiqib iqtisodiy isloxotlar amalga oshirildi. Iqtisodiy munosabatlami tartibga soluvchi me'yoriy-xuquqiy asoslar ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Byudjet tizimida ham islohotlar amalga oshirilib davlat byudjeti ijrosmmg g'aznachilik tizimi joriy qilindi. Hozirgi kunda davlat byudjeti ijrosi, davlat maqsadli jamg'armalari va byudjetdan tashqari boshqa jamg'armalar byudjeti ijrosi hamda byudjet tashkilotlari smetalarining kassa ijrosi g'aznachilik tomonidan amalga oshirilmoqda. Ви o'z navbatida byudjet mablag'larini maqsadli sarflash va ulardan oqilona foydalanish, ortiqcha mablag'lami band qilib qo'ymaslik, ishonchli va tezkor axborotlami shakllantirishga xizmat qilmoqda. Byudjet tashkilotlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag'lar ijrosi bo'yicha choraklik va уПНк moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim qilish O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o'rnatiladi. Yillik ри1 mablag'lari harakati to'g'risidagi hisobotlar hisobot yilidan keyingi yilning 1 yanvar holatiga va choraklik hisobotlar esa hisobot yilining 1 aprel, 1 iyul va 1 oktyabr holatiga tuziladi. Byudjet tashkilotlari tomonidan topshiriladigan уПНк va choraklik ри1 mablag'lari harakati to'g'risidagi hisobotlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- Xarajatlar smetasining ijrosi haqida hisobot (2-shakl);
- Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasi bo'yicha ри1 mablag'lari harakati to'g'risida hisobot;
- Tibbiyot muassasalarini moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasi bo'yicha ри1 mablag'lari harakati to'g'risida hisobot;
- Ta'lim muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag'lar harakati to'g'risida hisobot;
- Boshqa byudjetdan tashqari mablag'lar harakati bo'yicha hisobot. Byudjet tashkilotlari daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirishda moliyaviy aktivlar, ya'ni ри1 mablag'lari hisobi alohida tashkil etiladi. Moliyaviy aktivlarga hisobvaraqdagi ри1 mablag'lari, kassadagi ри1 mablag'lari, ри1 xujjatlari, yo'ldagi ри1 jo'natmalari va moliyaviy qo'yilmalar kiradi. Byudjet tashkilotlarida ри1 mablag'laridan maqsadli va byudjet intizomiga amalga qilgan holda foydalanishni nazorat qilish alohida axamiyat kasb etadi. Buxgalteriya hisobi iqtisodiy jarayonlami kuzatib borish, ulami tizimlashtirish va baholash hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishda muxim axborot manbai hisoblanadi. Hozirgi kunda mamlakatimizda 25 mingdan ortiq byudjet tashkilotlari faoliyat yuritayotgan bo'lib, ш№и byudjet tashkilotlari o'z faoliyat sohalari bo'yicha (ta'lim muassasalari, tibbiyot muassasalari, madaniyat va sport muassasalari, boshqaruv organlari, o'zini-o'zi boshqarish о^пки, nazorat organlari va boshqalar) bir-biridan farq qiladi.
Hozirgi kunda byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi "Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to'g'risidagi yo'riqnoma"ga asosan tashkil qilinadi va yuritiladi. yo'riqnoma barcha byudjet tashkilotlarida
buxgalteriya hisobini yuritishning me'yoriy asosi hisoblanib, unda keltirilgan
talablar asosida buxgalteriya hisobi yuritiladi. Byudjet tashkilotlarida pul mablag'lari va hisob-kitoblar hisobi ushbu yo'riqnoma asosida yuritiladi.
Byudjet tashkilotlarida pul mablag'lari va hisob-kitoblarni hisobga olishning tizimlari "Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi yo'riqnomada keltirilgan. Ushbu yo'riqnoma nafaqat pul mablag'lari va hisob-kitoblar, tashkilotlardagi barcha mablag'lar va mablag' manbalari hisobi tizimi bo'yicha me'yorlarni o'zida jamlagan. Yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, turli faoliyatlarni amalga oshiruvchi o'n mingdan ortiq byudjet tashkilotlari mavjud bo'lib, ularning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda byudjet tashkilotlari uchun pul mablag'lari hisobi standartini ishlab chiqish zarur deb hisoblaymiz. Pul mablag'lardan oqilona foydalanish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarda byudjet tashkilotlarining pul mablag'lari tarkibi, pul mablag'lari kirimi, pul mablag'lari sarflanishi to'g'risida ishonchli va tezkor axborotlarga extiyoj tug'iladi. Ushbu extiyojni talab darajasida qondirish uchun "Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi yo'riqnoma asosida hisob ishlarini yuritish talab etiladi. Yuqoridagi byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha muomalalarni hisobda aks ettirish "Byudjetdan tashqari mablag'larni hisobga olish" 3-son memorial orderda amalga oshirilishi belgilangan. Tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag'lari soni ko'p bo'lgani holda ularni bitta memorial orderda hisobga olish qiyinchilik keltirib chiqaradi. Byudjet tashkilotlarida pul mablag'lari va hisob-kitoblar hisobini takomillashtirishda pul mablag'lari bo'yicha nazoratni tashkil etishning o'rni muhim hisoblanadi. Negaki, pul mablag'lari tashkilotning joriy aktivlari hisoblanib ularning sarflanishi smetalar doirasida bo'lishi, xukumat tomonidan belgilangan qat'iy normativlarga amalga qilish kerak. Bundan ko'rinib turibdiki, pul mablag'lari va hisob-kitoblarni hisobda aks ettirish bilan bog'liq doimiy nazorat ishlarini tashkil qilishni talab etadi.
Byudjet tashkilotlarida pul mablag'lari va hisob-kitoblar bilan bog'liq iqtisodiy jarayonlarni kuzatib borish, ular to'g'risida tizimlashtirilgan axborotlarni shakllantirishni buxgalteriya hisobi ta'minlab bersa, ularni me'yoriy hujjatlar asosida sarflanganligini o'rganish, taxlil qilish hamda yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf qilishni nazorat va taftish amalga oshiradi.
Xulosa ornida ta'kidlaydigan bolsak, o'z navbatida byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi sohosida isloxotlarni amalga oshirish byudjet tashkilotlarida nazorat va taftish soxasini ham parallel isloh qilib borishni talab etadi. Byudjet tashkilotlari bir vaqtning o'zida smetalar ijrosi (haqiqiy va kassa xarajatlar)ni amalga oshirishni byudjet tasnifi va buxgalteriya schyotlarida parallel hisobga olishlari kerak. Barcha tashkilotlardaham smetalar ijrosi o'z vaqtidalilik tamoyili asosida hisobga olinmaslik hisob ishlarida nomuvofiqliklarni keltirib chiqaradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) "Byudjet hisoboti" 2019 yil 18 yanvar, 3124-son.
2. O'zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. 2013 yil 26 dekabr
3. Bakanov M.I., Melnik M. Byudjet hisobi obyektlarining iqtisodiy mazmuni. Darslik. Toshkent: "O'qituvchi". 2006. -720 b.
4. Эргашев Р. Х., Курбонов А. Б., Файзиева Ш. Ш. Совершенствование государственной поддержки малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане //Феномен рыночного хозяйства: от истоков до наших дней. Бизнес, инновации, информационные технологии, моделирование. - 2019. - С. 544-554.
5. FAYZIEVA S. S. The importance of economic reforms in the modernization and development of the livestock sector //The journal of contemporary issues in business and government. - 2021. - Т. 27. - №. 2. - С. 4051-4054.
6. Fayziyeva S., Samiyiva G., Yuldosheve S. Ensuring food safety in Uzbekistan and its forecasting //BIO Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - Т. 71. -С.01072.
7. Makhmutullayeva S. Increase Export Capacity through Effective Logistics Systems //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 6. - С. 209-214.
8. Махмутуллаева С. Х. AGRICULTURAL BRIDGE: BARRIERS AND PROSPECTS FOR GLOBAL AGRILOGISTICS //Intent Research Scientific Journal. - 2024. - Т. 3. - №. 2. - С. 48-53.
9. Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. - 2022. - С. 119-121.
10. Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va ta'lim. - 2023. - Т. 24. - №. 5. - С. 78-82.