Научная статья на тему 'MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI TALABLARI ASOSIDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNING HISOBINI TASHKIL ETISH METODOLOGIYASI'

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI TALABLARI ASOSIDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNING HISOBINI TASHKIL ETISH METODOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
333
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
MULKCHILIK / MILLIY STANDART / SUB'EKT / MOLIYAVIY HISOBOT / KAPITAL / DAROMAD / XARAJATLAR / TOVAR-MODDIY ZAXIRALAR / INVESTITSIYA / MODDIY AKTIVLAR

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Бобобеков Б.Қ., Мамирова М.Б.

Ushbu maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, uning talablari va maqsadlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarning hisobini tashkil etishning huquqiy asoslari, asosiy vazifalari va ushbu jarayonni yanada yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlar aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF ORGANIZING THE ACCOUNT OF INVENTORIES ACCORDING TO THE REQUIREMENTS OF INTERNATIONAL STANDARDS OF FINANCIAL REPORTING

This article discusses the international standards of financial reporting, its requirements and objectives. Also, the legal basis, main tasks and measures aimed at further improving this process are reflected.

Текст научной работы на тему «MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI TALABLARI ASOSIDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNING HISOBINI TASHKIL ETISH METODOLOGIYASI»

Eoôoôeuoe E.tf. ynumyeuucu

"Hqmucoàuëm eaMenemMenm" ua$eàpacu Mu33ax wnumexnum uncmumymu

MaMupoea M.E.

Cepeuc fyauynbmemu EX ea A uynmuwu mmaôacu Mu33ax wnumexnum uncmumymu

MOLIYAVIY HISOBOTNING XALQARO STANDARTLARI

TALABLARI ASOSIDA TOVAR-MODDIY ZAXIRALARNING HISOBINI TASHKIL ETISH METODOLOGIYASI

Annotatsiya: Ushbu maqolada moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari, uning talablari va maqsadlari haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, tovar-moddiy zaxiralarning hisobini tashkil etishning huquqiy asoslari, asosiy vazifalari va ushbu jarayonni yanada yaxshilashga qaratilgan chora tadbirlar aks etgan.

Kalit so^zlar: Mulkchilik, milliy standart, investor, sub'ekt, moliyaviy hisobot, kapital, daromad, xarajatlar, tovar-moddiy zaxiralar, investitsiya, moddiy aktivlar.

Bobobekov B.K. teacher

department of "Economics and Management" Jizzakh Polytechnic Institute Mamirova M.B. student

bx and a direction of the faculty of service Jizzakh Polytechnic Institute

METHODOLOGY OF ORGANIZING THE ACCOUNT OF

INVENTORIES ACCORDING TO THE REQUIREMENTS OF INTERNATIONAL STANDARDS OF FINANCIAL REPORTING

Abstract: This article discusses the international standards of financial reporting, its requirements and objectives. Also, the legal basis, main tasks and measures aimed at further improving this process are reflected.

Key words: Ownership, national standard, investor, entity, financial reporting, capital, income, expenses, inventory, investment, tangible assets.

Mulkchilik va tarmoq shaklidan qat'iy nazar, barcha xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda moliyaviy hisobotlarini milliy standartlardan xalqaro standartlar asosida tuzish muhim hisoblanib, xalqaro standartlar asosida tuzilgan moliyaviy

hisobotlarni xorijiy investorlar tomonidan tanishish imkoniyatiga ega bo'lishi va o'zining sarmoyasini kiritish bo'yicha engilliklar tug'diradi. Buxgalteriya hisobi ma'lum bir xo'jalik yurituvchi sub'ekt to'g'risida moliyaviy ma'lumotlarni aniqlash, qayta ishlash va moliyaviy hisobot shaklida faoliyat yurituvchi sub'ektning moliyaviy holatiga qiziquvchi foydalanuvchilarga ma'lumotni yetkazib berishni amalga oshiradigan axborot tizimdir. Buxgalteriyaning maqsadi - turli foydalanuvchilarni ma'lumotga bo'lgan ehtiyojini, ushbu ma'lumotni olish uchun eng kam sarf-xarajatlar bilan qondirishdir. O'z-o'zidan ma'lumki qarorlarni qabul qilish uchun axborot t izimdan foydalanish natijasida olinishi mumkin bo'lgan iqtisodiy naflar ushbu tizimga ketgan xarajatlardan ustun bo'lishi lozim. Demak, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari predmeti bo'lib, xalqaro standartlar asosida pul ifodasida aks ettiriladigan xo'jalik mablag'lari, shu mablag'lar manbalari, ularning xo'jalik faoliyati va moliyaviy natijalari bo'lib hisoblanadi.

Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarda moddiy va nomoddiy aktivlar, majburiyatlar, kapital, daromad va xarajatlar, foyda va zararlar hamda ularning harakati bilan bog'liq bo'lgan xo'jalik, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarining ob'ektlari hisoblanadi. Aktivlar - avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida olingan va korxona tomonidan nazorat qilinadigan, ularni foydalanishdan kelajakda iqtisodiy naf olinishi kutiladigan resurslardir. Majburiyatlar - bu avvalgi davrlarda sodir etilgan hodisalar natijasida paydo bo'lgan korxonaning joriy qarzi, ushbu qarzlar qaytarilishi natijasida korxonaning iqtisodiy nafni o'z ichiga olgan resurslarni kamayishiga olib keladi. Xususiy kapital - bu barcha majburiyatlarni ayrgandan keyin korxonaning aktivlardagi bo'lgan ulushi. Foyda - bu xo'jalik sub'ektiga ta'sir etadigan asosiy va asosiy bo'lmagan faoliyat, hodisalar sharoitlar natijasida kapitalning ko'payishi bo'lib, xususiy kapitalga to'lanadigan kapital bundan mustasnodir. Zararlar - bu asosiy faoliyat va barcha xo'jalik muomalalari, hodisalar, sharoitlar natijasida xususiy kapitalning kamayishi bo'lib, harajatlar yoki xususiy kapitalning taqsimlanishi natijasidagi kamayish bundan mustasnodir. Foyda faoliyat natijalarini o'lchashda yoki boshqa ko'rsatkichlarni, ya'ni investitsiyani olib kelgan foydasi, bir aktsiyaga to'g'ri keladigan foyda kabilarni asosi sifatida foydalanadi. Foydani o'lchash bilan bevosita bog'liq elementlar -bu daromadlar va xarajatlardir.

Daromadlar - bu aktivlarni kelib tushishi yoki ko'payishi yoxud majburiyatlarni kamayishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kapitalni oshiradigan iqtisodiy naflarni ko'payishi, ammo aktsiyador kapitalga ta'sischilar tomonidan to'lanadigan badallar bundan mustasnodir. Xarajatlar - bu aktivlarni sarflanishi yoki yemirilishi yoxud majburiyatlarni ko'payishi shaklida vujudga keladigan va pirovard natijasida xususiy kap italni kamaytiradigan iqtisodiy naflarni kamayishi, ammo aktsiyador kapitalni ta'sischilar orasida taqsimlanishi bundan mustasnodir.

Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo'lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir1.

Tovar-moddiy zahiralarga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo'lmagan yoki bir operatsion tashkil mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, jumladan, qurilish - ta'mirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg'i va yonilg'ilar, ozuqa va em- hashak, tara (idish)lar, qishloq xo'jalik mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari, o'stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, o'quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar hamda laboratoriya sinovida bo'lgan, uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-kurs ishi ishlari uchun maxsus asbob- uskunalar va boshqalar qiradi.

Tovar-moddiy zaxiralar - keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo'lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko'rsatish jarayonida yoxud ma'muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlardir.

Tovar-moddiy zahiralarga xizmat qilish muddati bir yildan ortiq bo'lmagan yoki bir operatsion tashkil mobaynida foydalaniladigan mol-mulklar, jumladan, qurilish - ta'mirlash materiallari, oziq-ovqat mahsulotlari, yoqilg'i va yonilg'ilar, ozuqa va em- hashak, tara (idish)lar, qishloq xo'jalik mahsulotlari va ishlab chiqarish buyumlari, o'stiruvdagi va boquvdagi chorva mollari, o'quv, ilmiy va boshqa maqsadlar uchun materiallar hamda laboratoriya sinovida bo'lgan, uzoq vaqt foydalaniladigan materiallar, shartnoma asosida bajariladigan ilmiy-kurs ishi ishlari uchun maxsus asbob- uskunalar va boshqalar qiradi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash joizki, umuman byudjet tashkilotlari hisob tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqib tovar moddiy zahiralar hisobini yanada yaxshilashda quyidagilarga e'tibor qaratish maqsa dga muvofiq deb hisoblaymiz:

Tovar moddiy zahiralar hisobini qonuniy xujjatlar talablariga qatiy amal qilgan xolda amalga oshirish; byudjet tashkilotlarida tovar moddiy zahiralarini hisobdan chiqarish bo'yicha alohida yo'riqnoma ishlab chiqish va tasdiqlas h; tovar moddiy zahiralarini o'z vaqtida to'g'ri buxgalteriya xujjatlarida hamda hisob registrlarida aks ettirishni ta'minlash uchun ichki hisob siyosatini tasdiqlash; tovar moddiy zahiralarini byudjet mablag'lari va byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan kirim qilinganligini aks ettirish uchun ishchi schyotlar rejasini tuzib olish. Ya'ni Byudjet tashkiloti ishchi schyotlar rejasini tasdiqlayotganda 06 "Boshqa tovar-moddiy zahiralar" schyotining tegishli subschyotlarini tashkilotga kirim qilingan materiallar manbaalari bo'yicha alohidashakllantirib olishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Norbekov D.E., Ochilov I.K. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari.

O'quv qo'llanma T: 2019 yil.

2. Mehmonov S., D.Ubaydullayev. Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi. Darslik. T: Sano-Standart 2013 yil.

3. Mehmonov S.U Byudjet hisobi. O'quv qo'llanma. T: Fan va texnologiya 2012.

4. Ostanaqulov M. Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi. O'quv qo'llanma. T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2009.

5. Ostanaqulov M. Byudjet hisobi. Darslik. T.: "TALQIN", 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.