Научная статья на тему 'BYUDJET TASHKILOTLARIDA BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LAR HARAKATI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTLARNING AXBOROT IMKONIYATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI'

BYUDJET TASHKILOTLARIDA BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LAR HARAKATI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTLARNING AXBOROT IMKONIYATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
33
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Мировая наука
Область наук
Ключевые слова
byudjetdan tashqari jamg‘armalar / byudjet tashkilotlari / moliyaviy hisobotlar / daromadlar va xarajatlarni hisobga olish / pul oqimi / axborot texnologiyalari / buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish / hisobot sifatini oshirish. / extra-budgetary funds / budgetary organizations / financial reporting / accounting for income and expenses / cash flow / information technology / accounting automation / improving the quality of reporting.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Tursunova F.Z.

Maqolada byudjetdan tashqari mablag‘lar harakati to‘g‘risidagi hisobotlarning axborot imkoniyatlarini yaxshilash yo‘llari muhokama qilinadi. Boshqaruv va nazoratni yanada samaraliroq ta'minlash uchun moliyaviy hisobotning sifati va qulayligini oshirish usullari taklif etiladi. Hisobotlarning aniqligi va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirish tizimlarini integratsiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO INCREASE THE INFORMATION CAPABILITIES OF REPORTS ON THE MOVEMENT OF EXTRABUDGETARY FUNDS IN BUDGETARY ORGANIZATIONS

The article discusses ways to improve the information capabilities of reports on the movement of extrabudgetary funds. Methods are proposed to improve the quality and accessibility of financial reporting to ensure more effective management and control. Particular attention is paid to the integration of modern information technologies and automation systems to improve the accuracy and timeliness of reporting.

Текст научной работы на тему «BYUDJET TASHKILOTLARIDA BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG‘LAR HARAKATI TO‘G‘RISIDAGI HISOBOTLARNING AXBOROT IMKONIYATLARINI OSHIRISH YO‘LLARI»

Tursunova F.Z. magistrant Bank moliya akademiyasi O'zbekiston

BYUDJET TASHKILOTLARIDA BYUDJETDAN TASHQARI MABLAG'LAR HARAKATI TO'G'RISIDAGI HISOBOTLARNING AXBOROT IMKONIYATLARINI OSHIRISH YO'LLARI

Annotatsiya. Maqolada byudjetdan tashqari mablag'lar harakati to'g'risidagi hisobotlarning axborot imkoniyatlarini yaxshilash yo'llari muhokama qilinadi. Boshqaruv va nazoratni yanada samaraliroq ta'minlash uchun moliyaviy hisobotning sifati va qulayligini oshirish usullari taklif etiladi. Hisobotlarning aniqligi va tezkorligini oshirish maqsadida zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirish tizimlarini integratsiyalashga alohida e 'tibor qaratilmoqda.

Kalit so'zlar: byudjetdan tashqari jamg 'armalar, byudjet tashkilotlari, moliyaviy hisobotlar, daromadlar va xarajatlarni hisobga olish, pul oqimi, axborot texnologiyalari, buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish, hisobot sifatini oshirish.

Tursunova F. master's student Academy of Banking and Finance

Uzbekistan

WAYS TO INCREASE THE INFORMATION CAPABILITIES OF REPORTS ON THE MOVEMENT OF EXTRABUDGETARY FUNDS IN

BUDGETARY ORGANIZATIONS

Abstract. The article discusses ways to improve the information capabilities of reports on the movement of extrabudgetary funds. Methods are proposed to improve the quality and accessibility of financial reporting to ensure more effective management and control. Particular attention is paid to the integration of modern information technologies and automation systems to improve the accuracy and timeliness of reporting.

Keywords: extra-budgetary funds, budgetary organizations, financial reporting, accounting for income and expenses, cash flow, information technology, accounting automation, improving the quality of reporting.

Kirish. Iqtisodiy atamalarga ko'ra byudjet - ma'lum davr uchun daromad va xarajatni hisoblash degan ma'noni anglatadi. Byudjet - davlatning yillik tushumi va xarajatlarini prognoz qiladi va tasdiqlaydi.

"MnpoBaH HayKa" №7(88) 2024 science-j.com

Byudjet hisobi-byudjet tizimi byudjetlarini ijro etishda hisobga olinadigan, pulda ifodalangan aktivlar va majburiyatlaming, shuningdek mazkur aktivlar va majburiyatlarni o'zgartiruvchi operatsiyalarning ^1ай to'g'risidagi axborotni to'plash, ro'yxatdan o'tkazish va umumlashtirishning tartibga solingan tizimidir.

Mamlakatimiz byudjet tizimida islohotlami borishi jarayonida byudjet hisobini tashkil etish va yuritilishi hamda nazoratiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Oxirgi yillarda byudjet hisobi va nazoratini tashkil etishga oid bir necha me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Moliya organlarida shuningdek g'aznachilik va uning hududiy bo'linmalarida byudjet hisobi yuritilib, davlat byudjeti g' azna ijrosi sharoitida Respublika, Qoraqalpog'iston Respublikasi va mahalliy byudjetlar daromadlari shakllanishi xarajatlarini amalga oshirish, byudjet ijrosi natijalari bo'yicha buxgalteriya axborotlarini shakllantirib beradi. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning hududiy boshqarmalari, bo'limlarida shuningdek g'aznachilik va uning hududiy bo'limlarida byudjet ijrosi jarayoni bo'yicha buxgalteriya hisobi kassa usulida - Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi (DMBAT) asosida yuritiladi.

Byudjet tashkilotlarida byudjetdan tashqari mablag'lar hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilami byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar va xarajatlar, ри1 mablag'lari harakati, hisob-kitoblar to'g'risida axborot berishdan iborat. Ushbu axborot foydalanuvchilarga moliyaviy hisobot shaklida tadim etiladi. Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar, xarajatlar va ри1 mablag'lari harakati to'g'risidagi davriy axborotlar O'zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3^опН BHS) "Byudjet hisoboti" (2019 уП 18 yanvar, 3124-son)da belgilangan shakl va muddatlarda tuzib taqdim etiladi. Byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) "Byudjet hisoboti"ga asosan "byudjet tashkilotlarining moliyaviy hisobotlari tarkibi quyidagilardan iborat: Balans (1-son shakl); Moliyaviy faoliyat natijalari to'g'risida hisobot; Xarajatlar smetasining ijrosi haqidagi hisobot (2-son shakl); Debitorlik va kreditorlik qarzlar to'g'risidagi ma'lumot; Byudjet tashkilotini rivojlantirish jamg'armasining ри1 mablag'lari harakati to'g'risidagi hisobot; Tibbiyot tashkilotlarining moddiy rag'batlantirish va rivojlantirish jamg'armasining ри1 mablag'lari harakati to'g'risidagi hisobot; Ta'lim muassasalarida o'qitishning to'lov-kontrakt shaklidan tushgan mablag'lar harakati to'g'risidagi hisobot; Boshqa byudjetdan tashqari mablag'lar harakati to'g'risidagi hisobot; Tovar-moddiy zaxiralar va nomoliyaviy aktivlar harakati to'g'risidagi hisobot; Byudjet tashkilotini chet е1 valyuta mablag'larining harakati to'g'risidagi hisobot" [1]

Yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarga tushuntirish xati ilova qilinadi. Tushuntirish xatida xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi ijrosi jarayoniga ta'sir qilgan asosiy отШэт, jumladan, byudjetdan ajratilgan mablag'lami iqtisod qilinishining sabablari (tahlillari) (agarda iqtisod qilingan bo'lsa), debitorlik va к^^шИк qarzlaming vujudga kelish sabablari va vaqti, уо'1 qo'yilgan muddati o'tgan qarzdorlikni undirish bo'yicha ko'rilgan Лога^,

Мировая наука" №7(88) 2024

science-j.com ■ 10

qonunchilikka muvofiq byudjet tashkilotlariga soliq va boshqa majburiy to'lovlar bo'yicha berilgan imtiyozlar va ularning sarflanishi to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi. Moliyaviy hisobotlar hisobni yuritishning bosh maqsadi hisoblangan axborotlarni foydalanuvchilarga taqdim etish uchun shakllantiriladi. Moliyaviy hisobotlarning maqsadi tashkilotning moliyaviy ahvoli, uning faoliyati va pul mablag'lari harakati to'g'risida ma'lumot berishdan iborat bo'lib, u foydalanuvchilarning keng guruhiga iqtisodiy qarorlar qabul qilishi uchun zarur hisoblanadi. Moliyaviy hisobot moliya-xo'jalik muomalalarini xususiyat va mazmun jihatdan guruhlarga tizimli birlashtirish natijasi sanalanadi. Axborotlarni umumlashtirish va guruhlash jarayonining yakuniy bosqichi bu turkumlarga ajratilgan axborotni taqdim etishdir. Chunki, moliyaviy hisobotlar belgilangan shaklda va izohlarda beriladi. Moliyaviy hisobotlar, shuningdek, tashkilotning iqtisodiy va moliyaviy imkoniyatlarini rahbariyat tomonidan boshqarilishini amalga oshirish natijalarini ham ko'rsatadi.

Moliyaviy hisobotlar buxgalteriya hisobi sub'ektining faoliyati to'g'risida tashqi foydalanuvchilarga qat'iy shaklda va umumqabul qilingan prinsip (tamoyil)lar asosida tuzib taqdim etiladi. O'zbekiston Respublikasining "Buxgalteriya hisobi to'g'risida"gi Qonuniga ko'ra, moliyaviy hisobotlar vaqt nuqtai nazaridan uzluksiz buxgalteriya hisobi axborotlari asosida, o'tgan moliyaviy hisobot davrlarining ko'rsatkichlari bilan uzviy bog'liqlikda shakllantirilishi zarur. Shuningdek, moliyaviy hisobotlardagi ko'rsatkichlarning ishonchli bo'lishi, axborotdan foydalnuvchilar uchun juda muhim sanaladi. Moliyaviy hisobotlardagi ko'rsatkichlar o'zaro va boshqa davrlardagi ko'rsatkichlar qiyoslanuvchan, ya'ni taqqoslash imkonini berishi muhim jihat sanaladi.

"Moliyaviy hisobotlarda keltiriladigan axborotlar foydalanuvchilar uchun tushunarli va sodda bo'lishi lozim. Moliyaviy hisobotda axborotning ochib berilmasligi yoki noto'g'ri ko'rsatilishi sababli foydalanuvchilar qabul qiladigan iqtisodiy qarorlarga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan axborot muhim hisoblanadi" [1]. Shulardan kelib chiqib, moliyaviy hisbotlardagi axborotlar va ularni tahlil qilish orqali foydalanuvchilarni moliyaviy axborotlar bilan ta'minlash imkoniyatini o'rganish zaruriyati vujudga keladi. Tadqiqot mavzusi doirasida o'rganiladigan bo'lsa, oliy ta'lim muassasasining har bir byudjetdan tashqari mablag'lari bilan bog'liq alohida moliyaviy hisobot shakli tuzib taqdim etilishi yuqoridagi paragraflarda ko'rib o'tildi. Lekin, ushbu hisobotlardan qanday moliyaviy axborotlarni olish imkoni mavjudligi, shuningdek, ushbu moliyaviy hisobotlardagi ko'rsatkichlarning o'zaro bog'liqligi tahlil qilinmadi.

Moliyaviy hisobotlarning axborot imkoniyatlarini tahlil qiladigan bo'lsa k, albatta, balans markaziy o'rinni egallaydi. Boshqa moliyaviy hisobotlar va ma'lumotlar balansning ko'rsatkichlarini batafsil yoritish hamda asoslash uchun xizmat qiladi. Oliy ta'lim muassasalarida moliyalashtirish manbalari turlari va ularning hajmlaridan qat'iy nazar yagona balans shakllantiriladi. Balansda hisobot yili boshiga tashkilotning mablag'lari va uning manbalari holati keltirilib,

Мировая наука" №7(88) 2024

science-j.com

ularning hisobot davri davomidagi o'zgarishlari natijasida hisobot davri oxiridagi holati to'g'risida axborotlar beriladi. Mazkur axborotlar oliy ta'lim muassasasi aynan hisobot davri boshidagi holati bilan hisobot davri oxiridagi holatni taqqoslash orqali tahlil qilish imkonini beradi. Shuningdek, mablag'lar va uning manbalalari bilan bog'liq o'zgarishlar oliy ta'lim muassasasi miqyosida kompleks tahlil qilish, mol-mulklarning holati, moliyaviy aktivlarning mavjud qoldiqlari, mavjud debitorlik va kreditorlik majburiyatlar, moliyaviy natijalarni holatini uzviy aloqadorlikda tahlil qilish mumkin. Balansda keltirilgan axborotlar mablag'lar va ularning manbalarini hisobot davri davomida yuz bergan tarkibiy o'zgarishlarni ham tahlil qilish imkonini beradi.

Oliy ta'lim muassasalarining rivojlantirish jamg'aramasi bo'yicha pul mablag'lari harakati to'g'risidagi hisobotda asosan ikkita yo'nalishdagi axborotlar keltiriladi. Ya'ni, rivojlantirish jamg'amasi mablag'lari bo'yicha daromadlar hamda ushbu mablag'lar bilan bog'liq xarajatlar. Foydalanuvchi ushbu hisobot shakli orqali jamg'armaning pul mablag'lari qoldiqlari va ularning harakati, daromadlarning tarkibiy tuzilishi va davriy o'zgarishi, amalga oshirilgan xarajatlarning tarkibi va ularning davriy o'zgarishlarini tahlil qilish imkoniga ega. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Byudjet tashkilotlarini mablag' bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi Qarorida belgilangan talablarning bajarilganligini o'rganish va tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Byudjet tashkilotlarining barcha byudjetdan tashqari mablag'lari harakatiga oid hisobotlarda daromad yoki tushumlarga oid ko'rsatkichlar keltirilgan. Hisobotlarning nomlanishi va ko'rstkichlarning shakllantirilishida ushbu daromad yoki tushumlar faqatgina, tashkilotning hisob raqamiga tushgan pul mablag'lari tushumi nuqtai nazaridan hosil qilinmoqda. Ushbu holat tashkilotning byudjetdan tashqari mablag'lari bo'yicha hisobga olingan yoki hisoblangan daromadlari to'g'risidagi axborotlarni olish imkonini bermaydi. Hisobot davridagi hisobvaraqqa kelib tushgan daromadlar va amalga oshirilgan xarajatlarni taqqoslash tashkilotning haqiqatdagi moliyaviy holatini aniqlashga imkon bermaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi byudjet hisobining standarti (3-sonli BHS) "Byudjet hisoboti" 2019 yil 18 yanvar, 3124-son.

2. O'zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksi. 2013 yil 26 dekabr

3. Bakanov M.I., Melnik M. Byudjet hisobi obyektlarining iqtisodiy mazmuni. Darslik. Toshkent: "O'qituvchi" 2006. -720 b.

4. Эргашев Р. Х., Курбонов А. Б., Файзиева Ш. Ш. Совершенствование государственной поддержки малого бизнеса и частного предпринимательства в Узбекистане //Феномен рыночного хозяйства: от истоков до наших дней. Бизнес, инновации, информационные технологии, моделирование. - 2019. - С. 544-554.

Мировая наука" №7(88) 2024

science-j.com

5. FAYZIEVA S. S. The importance of economic reforms in the modernization and development of the livestock sector //The journal of contemporary issues in business and government. - 2021. - T. 27. - №. 2. - C. 4051-4054.

6. Fayziyeva S., Samiyiva G., Yuldosheve S. Ensuring food safety in Uzbekistan and its forecasting //BIO Web of Conferences. - EDP Sciences, 2023. - T. 71. -C.01072.

7. Makhmutullayeva S. Increase Export Capacity through Effective Logistics Systems //Web of Scholars: Multidimensional Research Journal. - 2023. - T. 2. - №. 6. - C. 209-214.

8. MaxMyry^aeBa C. X. AGRICULTURAL BRIDGE: BARRIERS AND PROSPECTS FOR GLOBAL AGRILOGISTICS //Intent Research Scientific Journal. - 2024. - T. 3. - №. 2. - C. 48-53.

9. Dustova M. X., Shomurotova S. O. TIJORAT BANKLARIDA KREDIT RISKLARINI SAMARALI BOSHQARISH //Conferencea. - 2022. - C. 119-121.

10. Dustova M. COINS TO CRYPTOS: TRACING THE THREADS OF ECONOMIC TRANSFORMATION //Iqtisodiyot va ta'lim. - 2023. - T. 24. - №. 5. - C. 78-82.

"Мировая наука" №7(88) 2024

science-j.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.