Научная статья на тему 'BURISH METODI BILAN MASALALAR YECHISH'

BURISH METODI BILAN MASALALAR YECHISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

63
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — O‘G‘Iloy Hikmat Qizi Bozorova, Abdusalom Mo’Minjon O’G’Li Imomov

Yasashga doir masalalarni yechishda ba'zan masalada izlanuvchi figurani taxminan chizib, keyin bu figurani yoki uning bir bo„lagini tanlab olingan biror markaz atrofida biror burchakka buriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BURISH METODI BILAN MASALALAR YECHISH»

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

BURISH METODI BILAN MASALALAR YECHISH

O'g'iloy Hikmat qizi Bozorova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi

Abdusalom Mo'minjon o'g'li Imomov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti talabasi

Yasashga doir masalalarni yechishda ba'zan masalada izlanuvchi figurani taxminan chizib, keyin bu figurani yoki uning bir bo'lagini tanlab olingan biror markaz atrofida biror burchakka buriladi.

Natijada burilgan figura berilganlarga nisbatan shunday qulay vaziyatni oladiki, berilgan va izlanuvchilar orasidagi munosabatlarni aniqlash imkoniyati tug'iladi va shunday bir yordamchi figura hosil bo'ladiki, ug'sh berilganlardan bevosita yasash va bu figuradai izlanuvchi figuraga o'tish mumkin bo'ladi, ya'ni masalani yechish yo'li topiladi.

Yordamchi figuradan izlanuvchi figuraga o'tish, ko'proq teskari almashtirish orqali bajariladi.

1-masala. Bir uchi berilgan A nuqtada, B va C uchlari esa mos ravishda berilgan b va c parallel tug'ri chiziqlarda yotuvchi teng tomonli ABC uchburchak yasang.

Analiz. ABC uchburchak — izlanuvchi teng tomonli uchburchak deb faraz qilaylik.

1-chizma.

ABC uchburchakning AB tomonini, b va b' to'g'ri chiziqni A nuqta atrofida 60° burchak miqdorida shunday buraylikki, AB tomon AC tomon ustiga tushsin. Bu holda uchburchakning b to'g'ri chiziqdagi B uchi uning C uchiga tushib, b to'g'ri chiziq esa C nuqtadan

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

377

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorligi

gi

o'tuvchi b' vaziyatga keladi. Demak, uchburchakning C uchi c va b' to'g'ri chiziq-larning kesishgan nuqtasida bo'lar ekan.

Yasash. Berilgan to'g'ri chiziqlardan birini, masalan, b to'g'ri chiziqni berilgan A nuqta atrofida 60° (yoki -60°) burchakka buramiz . Bundan hosil bo'lgan b' to'g'ri chiziq bilan berilgan c to'g'ri chiziqning kesishgan nuqtasi — izlanuvchi uchburchakning C uchi bo'ladi. Topilgan C nuqtani A nuqta atrofida 60° li burchakka burib, b to'g'ri chiziqda B nuqtani topamiz.

2-masala. Ikki tomoni va uchinchi tomoniga o'tkazilgan medianasi berilgan uchburchak yasang.

Analiz. ABC uchburchak — izlanuvchi uchburchak chizmada tasvirlangan.

AB, BC uning berilgan tomonlari va BD berilgan medianasi bo'lsin, CD

2-chizma.

tomonli BCD uchburchakni D nuqta atrofida 180° ga bursak, AD va DC kesmalarning tengligidan uning CD tomoni AD kesma ustiga tushadi. Bu holda BCD uchburchakning B uchi E nuqtaga va C uchi A nuqtaga tushib, o'zi AED uchburchak vaziyatiga keladi. DE kesma BD ning davomi bo'ladi. Hosil bo'lgan ABE uchburchak yordamchi figura bo'ladi.

Haqiqatan:

A) Masalada berilgan AB va AE = BC hamda BE = BD + DE = 2BD elementlar bo'yicha ABE uchburchakni yasash mumkin.

B) ABE uchburchakdan ABC uchburchakka o'tish mumkin: BE tomonning o'rtasi D ni topib, uni A nuqta bilan tutashtirishdan hosil bo'lgan ADE uchburchakni D nuqta atrofida 180° ga burib, uni BDC uchburchak holiga keltiramiz. ABC uchburchak — izlanuvchi uchburchak bo'ladi.

REFERENCES

1. И.М.Яглом "Геометрические преобразования" Гостехиздат, М., 1955.

2. Я.П.Понарин "Элементарная Геометрия" Москва Издателъство МЦНМО, 2004.

3. R.K.Otajonov "Geometri yasash metodlari" "O'qituvchi"

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

378

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

TechnoogeJnmmmmammmmmmm

nashriyoti Toshkent 1965

4. A.V.Pogorelov "Geometriya", Toshkent, 2011.

5. A.Azamov, B.Haydarov va boshqalar "Geometriya", T.: Yangiyo'l poligraf servis, 2013.

6. A.R.Qutlimurotov. O'.H.Bozorova. Geometrik almashtirishlar-Academic research in educational sciences,2(5),1497-1501,2021.

7. O'.H.Bozorova "SILINDRIK VA SFERIK KOORDINATALAR SISTEMASI" GOLDEN BRAIN ISSN:2181-4120 VOLUME 1/ISSUE14/2023. 217-220.

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

379

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.