Научная статья на тему 'BUGUNGI KUNDA YOSHLARNI CHET TILLARNI OʻRGANISH DARAJASINI OSHIRISHGA QARATILGAN E’TIBOR VA XORIJIY TILLARNI OʻQITISHDA XIZMAT QILUVCHI SAMARALI METODLAR'

BUGUNGI KUNDA YOSHLARNI CHET TILLARNI OʻRGANISH DARAJASINI OSHIRISHGA QARATILGAN E’TIBOR VA XORIJIY TILLARNI OʻQITISHDA XIZMAT QILUVCHI SAMARALI METODLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
til / soha / metod / Sistema / grammatika / kommunikatsiya / struktura / nutq / uslub.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Baykabilov Kamoliddin Baxtiyorovich, Ollamurodova Feruza Gʻovsiddinovna, Jasurbek Rahmatullayev

Til o'rgatish uchun avvalo, maqsadli auditoriya bilimidan tashqari, o'sha tilni o'rgatish uchun kerak bo'lgan sharoit va muhit kerakdir. Oddiy o'qituvchi dars beradi, yaxshi o'qituvchi bilim olishga ko'maklashadi, zo'r o'qituvchi esa o'zi o'rnak bo'ladi. Zamonaviy O'zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta'sir ko'rsatadigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Davlat tuzumining o'zgarishi va bozor iqtisodiyot munosabatlarining shakllanishi yosh avlodni o'qitish va ta'lim-tarbiya sohasidagi o'zgarishlarni belgilaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUGUNGI KUNDA YOSHLARNI CHET TILLARNI OʻRGANISH DARAJASINI OSHIRISHGA QARATILGAN E’TIBOR VA XORIJIY TILLARNI OʻQITISHDA XIZMAT QILUVCHI SAMARALI METODLAR»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

BUGUNGI KUNDA YOSHLARNI CHET TILLARNI ORGANISH DARAJASINI OSHIRISHGA QARATILGAN E'TIBOR VA XORIJIY TILLARNI OQITISHDA XIZMAT QILUVCHI SAMARALI METODLAR

1Baykabilov Kamoliddin Baxtiyorovich, 2Ollamurodova Feruza G'ovsiddinovna, 3Jasurbek

Rahmatullayev

1"Ipak Yo'li" turizm va madaniy meros xalqaro universiteti. Xitoy tili o'qituvchisi, 2TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-bosqich talabasi, 3Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Dasturiy injiniring fakulteti 2-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11516479

Annotatsiya. Til o'rgatish uchun avvalo, maqsadli auditoriya bilimidan tashqari, o'sha tilni o'rgatish uchun kerak bo'lgan sharoit va muhit kerakdir. Oddiy o'qituvchi dars beradi, yaxshi o'qituvchi bilim olishga ko'maklashadi, zo'r o'qituvchi esa o'zi o'rnak bo'ladi. Zamonaviy O'zbekistonda ijtimoiy hayotning barcha sohalariga ta'sir ko'rsatadigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Davlat tuzumining o'zgarishi va bozor iqtisodiyot munosabatlarining shakllanishiyosh avlodni o'qitish va ta'lim-tarbiya sohasidagi o'zgarishlarni belgilaydi.

Kalit so'zlar: til, soha, metod, Sistema, grammatika, kommunikatsiya, struktura, nutq,

uslub.

Kirish

Til o'rganish kishilik jamiyatida bag'oyat muhim sohalardan biri hisoblanadi. Muloqot vositasi bo'lmish tilni tabiiy muhitda ya'ni oilada, jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o'rgatiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillarni bilish, ayniqsa ko'p tillilik ulkan ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda tahsil oladigan o'quvchi va talabalar odatda uch tilni o'rganadilar. Ushbu tillar maxsus nomlar bilan yuritiladi. Bular quyidagilar: ona tili, ikkinchi til, va chet til. Ona tili tafakkur shakllanishida alohida xizmat o'taydigan birinchi til hisoblanadi. Ikkinchi til haqida so'z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo'shnilar tili sifatida qaraladi. Bundan bir necha yillar avval yoshlarimiz uchun xorijda o'qish yoki ishlash ushalmas orzu bo'lib tuyulardi. Mamlakatimizda olib borilayotgan izchil islohotlar tufayli chet elda ta'lim olayotgan va mehnat faoliyatini olib borayotgan yigit-qizlarimiz safi yildan-yilga kengaymoqda

Muhokama va natijalar

Birinchi prezidentimiz Islom Karimov aytganlaridek, "Hozirgi paytda xorijiy tillarni o'rgatishga yurtimizda katta ahamiyat berilmoqda.Bugun jahon hamjamiyati o'ziga munosib o'rin egallashga intilayotgan mamlakatlarimiz uchun, chet ellik sheriklarimiz bilan hamjihatlikda, hamkorlikda o'z buyuk kelajagini qurayotgan xalqimiz uchun xorijiy tillarni mukammal bilishning ahamiyatini baholashning hojati yo'qdir". Jumladan shu fikrlarning davomi sifatida 2012 yil 10 dekabrda qabul qilingan "Chet tillarini" o'rgatish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi Prezident Qarori qabul qilindi. Ushbu qaror chet tillarini o'rganish imkoniyatlarini yanada kengaytirdi.Bugungi kunga kelib chet tiliga bo'lgan talab judayam ortib bormoqda.

Hozirgi vatqda nafaqat chet tiliga o'qitish bo'yicha balki barcha fanlarga o'qitishni, o'rgatishni yangi-yangi metodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko'rish to'g'risida ko'p ishlar qilinayapti. Bu hozirgi kundagi ta'lim tarbiya jarayonini yaxshilash, uchun xal qilinishi kerak bo'lgan eng muhim muammolardan biridir. Agar avval chet tili o'qitish shu til sistemasini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

o'rganish deb qaralgan bo'lsa, keyingi yillarda o'qitishdagi muhim ko'zlangan narsa bu o'quvchilarni chet til nutqini o'stirishdan iborat bo'ldi. Shuni aytish kerakki chet til o'rganishdagi bu maqsadlar, o'z-o'zidan yoki boshqa kimsalar yoki shaxs tomonidan qo'yilmaydi, balki lingvistika va psixologiya fanlaridagi o'zgarishlar va jamiyatning ijtimoiy rivojlanib borishi b ilan chambarchas bog'liqdir. Masalan: Audiolingval metodni olib ko'raylik. Bu metodning yuzaga kelishiga lingvistika fanidagi o'zgarishlar, ya'ni struktural oqimni ta'siri bo'ldi. U quyidagi omillarni o'z ichiga oladi:

- Chet til o'rgatish avval og'zaki nutqqa o'rgatishdan boshlanmog'i zarur;

- Til o'rganish turli strukturalar, nutq na'munalari asosida amalga oshiriladi;

- Mashqlar ham tilga asoslangan holda til materialini ko'p marta takrorlashni talab qiluvchi mashqlar bo'lishi kerakligini taqozo etadi;

- Grammanik namunalar va leksikani tanlash chet tili bilan ona tilini qiyoslashning natijalariga bog'liq bo'lishi kerak.

- Talaffuzga katta e'tibor talab etiladi.

Bu metodning asosiy kamchiligi, mexanik mashqlarning ko'pligi va haqiqiy nutq mashqlarining ozligidir. Bu metod asoschilari metodist olimlar Ch.Friz va R.Ladolardir. Masalan: Ch.Friz: boshlang'ich etapning asosiy mazmuni strukturalarni o'rganishni tashkil qilishi kerak deydi. Grammatikaning ko'nikmalarni hosil qilish xam shunga asoslangan bo'lishi maqsadga muvofiq. Chet til o"rganish ko'p qirrali ta'imot bo'lib, bu jarayonda inson murakkab psixologik o"zgarishlarni boshdan kechiradi. Jumladan ona tili bilan chet tilini taqqoslash jarayoni yuzaga keladi. Bu jarayonda o"rgatishning turli metod va texnologiyalaridan foydalaniladi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar yordamida chet til bilan ona tilini taqqoslab o"rgatish samarali natija beradi. Chet til o"rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo'ishni taqozo etadi. Metodika va texnologiyalar chet til o'rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Darsni tashkil qilishda metodika fanining turli usullari mavjud.

Chet til o'qitish metodikasida keng qo'llaniladigan metodlar: kommunikativ didaktika metodi, madaniyatlararo muloqotni tashkil qilish metodi va mashqni tashkil qilish metodi hisoblanadi. Zamonaviy jamiyatda chet tillari kasbiy ta'limning muhim tarkibiy qismiga aylanmoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko'rsatkichi yuqori bo'lganligi sababli, ularda til o'rganishga bo'lgan talab yuqoridir. Hozirda chet tillari maktab, kollej, litsey,oliy talim muassasalarida orgatilmoqda. Turli darajadagi til bilimiga ega bo'lmoqchi bo'lganlar uchun o'quv materiallarning inavatsion turlari mavjud. Chet t ilini mukammal bilish va malum darajani olish o'qituvchilarning amaliy uslublari va malakasiga ham bog'liq. Axborot texnologiyalari va zamonaviy o'qitish usullaridan foydalanish qobiliyati yangi materiallarni tezkor tushunishga yordam beradi. Turli usulla rni birlashtirib o'qituvchi muayyan ta'lim dasturlarini yechishga qodir bo'ladi. Shu munosabat bilan o'qituvchilar va talabalar xorijiy tillarni o'qitishning zamonaviy usullari bilan tanishishlari kerak. Natijada maqsadlariga erishish uchun eng samarali usullarni tanlay bilish ko'nikmalari shakillanadi. Bunda o'qitish va o'rganishning bir necha metodlaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Zamonilgarilab borganisarihar bir sohada yangilik ko'paymoqda. XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Ingliz tili darslarida innovatsion usullarni qo'llash natijasida o'quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to'g'ri javob berish malakasi shakllanadi. Bunday usullar va o'yinlar o'quvchida bilimga ishtiyoq uyg'otadi. O'quvchi darslarga puxta hozirlik ko'rishga intiladi. Bu esa o'quvchilarni ta'lim jarayonining

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

sub'yektlariga aylantiradi.Chet tilini o'qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir. Ta'lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o'quvchilar ma'lum bir grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so'zlarni joylashtirib chiqishi mumkin. Chet tilini o'rganishga ehtiyoj yuqori bo'lgan bir davrda, ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta'lim texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo'lishiga olib keldi. Innavatsion ta'lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta'lim jarayonida to'g'ri va unumli foydalanilganidadir

REFERENCES

1. Maxmudov, Q. S. O. G. L., Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Jo, B. B. O. G. L. (2020). O'zbek va xorijiy tillarda antonimlar tavsifi, o 'mi va ularnig turli jihatdan tasniflanishi. Science and Education, 1(Special Issue 3).

2. Joraboyev, B. B. O. (2021). Using authentic materials on english lessons. Academic research in educational sciences.

3. Joraboyev, B. (2020). Nemis tilida juft otlar va ularning o' zbek tilida ifodalanishi. Science and Education, 1(Special Issue.

4. Журабоев, Б. (2020). Мотивированные люди для удовлетворения своих собственных потребностей. Academic research in educational sciences.

5. Samarova, S. R. (2019). Methods and technologies for the development of creative thinking of pupils. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7(10), 3743.

6. Samarova, S. R., & Mirzayeva, M. M. (2020). The problem of the formation of creative abilities of students in foreign psychology. An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1937-1943.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.