Научная статья на тему 'BUGUNGI KUN YOSHLARI OʻZBEKISTON KELAJAGINING POYDEVORI'

BUGUNGI KUN YOSHLARI OʻZBEKISTON KELAJAGINING POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yoshlar siyosati / imkoniyatkar / tashabbus / foydalanish / muvaffaqiyat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Nurdinov Qamardin Patidinovich

Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida yoshlar siyosatining muhim masalaga aylanganligi, yoshlarga berilgan ulkan imkoniyatlar va ulardan oqilona foydalanish kelajak muvaffaqiyatinig garovi ekanligi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BUGUNGI KUN YOSHLARI OʻZBEKISTON KELAJAGINING POYDEVORI»

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

BUGUNGI KUN YOSHLARI OZBEKISTON KELAJAGINING

POYDEVORI

Nurdinov Qamardin Patidinovich

ADU pedagogika va san'atshunoslik fakulteti yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11215772

Annotatsiya. Maqolada O'zbekiston Respublikasida yoshlar siyosatining muhim masalaga aylanganligi, yoshlarga berilgan ulkan imkoniyatlar va ulardan oqilona foydalanish kelajak muvaffaqiyatinig garovi ekanligi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: yoshlar siyosati, imkoniyatkar, tashabbus, foydalanish, muvaffaqiyat.

Аннотация. В статье рассматривается тот факт, что молодежная политика стала важным вопросом в Республике Узбекистан, большие возможности, предоставляемые молодежи, и их рациональное использование являются залогом будущих успехов.

Ключевые слова: молодежная политика, возможности, инициатива, использование, успех.

Abstract. The article discusses the fact that youth policy has become an important issue in the Republic of Uzbekistan, the great opportunities provided to youth and their rational use are the key to future success.

Key words: youth policy, opportunities, initiative, use, success.

Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz - yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqidan

Yurtning jadal rivojlanishi, dunyo miqyosida yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasi har qanday davlatning tarixiy taraqqiyotini belgilab berishi aniq bo'lgan haqiqatdir. So'nggi yillarda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri yoshlar masalasi bo'lib qolganligi bu borada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan o'zgarishlarning asosi kelajagimiz bo'lgan yoshlarning unib-o'sishi, kelajakda o'z o'rni, o'z ovoziga ega bo'lgan mustaqil,barkamol avlod bo'lib voyaga yetishishlariga zamin bo'lib qolmoqda.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.

Mamlakatimizda 18 milliondan ortiq yosh avlod vakillarining jamiyatimizdagi turli sohalarda faoliyat yuritib kelayotganligi biz yashayotgan globallashuv davrida jahon taraqqiyotida ham, mamlakatimiz rivojida ham yoshlar eng muhim va asosiy kuchga aylanib borayotganligidan dalolat beradi.

Har bir inson kelajagi yoshlik davrida amalga oshirgan sa'y-harakatlariga bog'liqdir.inson aynan yoshligida jamiyatda o'ziga munosib o'rin topishga intiladi: mehnat faoliyatini yo'lga qo'yadi, oila quradi, ilm-fan, san'at yoki sport sohalari bilan jiddiy shug'ullana boshlaydi. Aynan shu davrda unga davlat va jamiyatnig qo'llab-quvvatlovi har qachongidan ham ko'proq zarur

"MANAVIY BARKAMOL YOSHLAR YANGI O'ZBEKISTON BUNYODKORI" XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN 2024-YIL 16-MAY

bo'ladi. Chunki insonning yoshlik davrida amalga oshirgan tanlovlari uning kelajak taqdiriga kuchli ta'sir ko'rsatadi.

Keyingi yillar davomida mamlakatimizda yoshlarga taalluqli yuzdan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, izchil amalga oshirilmoqda. Yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga yoshlar huquqlariga oid qator normalar kiritilganligi ham yoshlar masalasi nechog'lik muhim ekanligidan dalolat beradi.

Bu borada mamlakatimizda yoshlar uchun ulkan imkoniyatlar yaratilganligi hammaga ayon. Birgina besh muhim tashabbus doirasida yoshlarning bo'sh vaqtlarini mazmunli va samarali o'tkazishga qaratilgan chora-tadbirlar yoshlarning kelajakda o'z o'rinlariga ega mutahassislar bo'lib voyaga yetishishlariga zamin bo'lmoqda.

Muborak hadisi sharifda "Hech bir ota o'z farzandiga xulqu-odobdan buyukroq meros bera olmaydi" deyilgan. (Imom buxoriy "Al-adab al-mufrad" asari).

Bugungi kunda mamlakatimizda iste'dodli yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Prezident maktablari, Temurbeklar maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarga berilayotgan zamonaviy ta'lim-tarbiya yangi Rensansning mustahkam poydevori bo'lmoqda.

Berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, tengdoshlargi o'rnak va ularning ham intilishlariga sababchi bo'layotgan yoshlarimiz juda ko'plab topiladi. Birgina misol: Andijon davlat universiteti an'anaviy xonandalik yo'nalishi 4-bosqich talabasi Muhlisa Mashrabovaning shu kungachyaa erishgan muvaffaqiyatlari har qanday yoshning havasini keltiradi. 2022-yili Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori bo'lgan yosh iste'dod egasi xuddi shu yili yosh iste'dodlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Nihol" mukofotini ham qo'lga kiritdi. Erishilgan muvaffaqiyatlardan yanada ilhomlangan Muhlisa bu borada yana ko'plab ijod qilmoqda, turli nufuzli ko'rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda. O'zbek milliy musiqa merosinining asl xazinasi hisoblanmish maqom va an'anaviy ijrochilik yo'nalishida ijrochilik maxoratini oshirib borayotgan M.Mashrabova 2024-yilning 8-mart bayrami arafasida Prezidentimiz farmoni bilan "Kelajak bunyodkori" medali bilan taqdirlandi.

Albatta, bu muvaffaqiyatlar o'z-o'zidan kelmagan, buning zamirida ulkan mehnat, mashaqqat yotibdi. O'z o'rnida shuni ta'kidlash joizki, uzoq tumanlarda yashovchi iste'dodlarning yuzaga chiqishida joylardagi ijodiy to'garaklarning faoliyati katta ahamiyatga ega. Bir paytlar har bir mahalla fuqarolar yig'ini qoshida ana shunday to'garaklar faoliyati yo'lga qo'yilgan edi. Keyingi paytlarda bu jarayonga e'tibordan chetga chiqib qoldi, vaholanki, iste'dodlarni yuzaga chiqishida bunday ijodiy to'garaklarning o'rni kattadir. Ushbu masalaga e'tibor qaratilsa kelajakda albatta o'z samarasini bergan bo'lardi.Hulosa sifatida shuni ta'kidlash joizki, berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish har bir O'zbekistonlik yoshlar uchun buyuk maqsad bo'lishi zarur. Oila, ta'lim muassasasi, mahalla hamkorligida har bir yoshga bo'lgan e'tibor ularning kelajakda o'z o'rniga ega, mamlakat taqdiriga befarq bo'lmaydigan komil insonlarning yetishib chiqishiga omil bo'lishi shubhasiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Sh. Mirziyoyev /Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda/-Toshkent: O'qituvchi MU MCHJ, 2021.

2. Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi, Toshkent shahri 2019-yil 31-dekabr 1059-son Prezident Qarori

3. "Yangi O'zbekiston"gazetasi, №167.21.08.2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.