Научная статья на тему 'YANGI O’ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSATI MASALALARI'

YANGI O’ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSATI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
149
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O'ZBEKISTON / "YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATI" / "YOSHLAR KUNI" / "HARAKATLAR STRATEGIYASI" / "YOSHLAR- KELAJAGIMIZ" JAMG'ARMASI / " YOSHLAR- KELAJAGIMIZ DAVLAT DASTURI TO'G'RISIDA"GI FARMONI

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Sultonova D.A.

Mazkur maqolada har tomonlama rivojlanayotgan Yangi O’zbekistonning yoshlarga oid siyosati, yoshlar kamolotiga qaratilayotgan alohida e’tibor va ko’mak, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

YOUTH POLICY ISSUES IN NEW UZBEKISTAN

This article discussed the youth policy of the developing New Uzbekistan, the special attention and support paid to the development of young people, the systematic work aimed at creating all the necessary conditions for the harmonious upbringing of the younger generation.

Текст научной работы на тему «YANGI O’ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSATI MASALALARI»

Sultonova D.A. o'qituvchisi

Chirchiq Davlat Pedagogika Instituti YANGI O'ZBEKISTONDA YOSHLAR SIYOSATI MASALALARI

Annotatsiya: Mazkur maqolada har tomonlama rivojlanayotgan Yangi O'zbekistonning yoshlarga oid siyosati, yoshlar kamolotiga qaratilayotgan alohida e 'tibor va ko'mak, yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalashda barcha zarur sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: O'zbekiston, "Yoshlarga oid davlat siyosati", "Yoshlar kuni", "Harakatlar strategiyasi","Yoshlar- kelajagimiz" jamg'armasi, " Yoshlar- kelajagimiz Davlat dasturi to'g'risida"gi farmoni.

Sultonova D.A. teacher

Chirchik State Pedagogical Institute YOUTH POLICY ISSUES IN NEW UZBEKISTAN

Abstract: This article discussed the youth policy of the developing New Uzbekistan, the special attention and support paid to the development of young people, the systematic work aimed at creating all the necessary conditions for the harmonious upbringing of the younger generation.

Keywords: New Uzbekistan, "State Youth Policy", "Youth Day", "Action Strategy", "Youth is Our Future" Fund, Decree "On Youth-Our Future State Program".

O'zbek xalqining ko'p asrlik tarixiga nazar tashlar ekanmiz, unda taraqqiyot cho'qqilarini zabt etishning mashaqqatli bosqichlarini ko'rish mumkin. Bu bosqichlarda davlatchiligimizning shakllanishi, jamiyatda ilm-fan, san'at va madaniyatning yuksalishi, buyuk ajdodlarimizning o'z ijodida erishgan yutuqlari jahon tamaddunining rivojiga hissa qo'shishdek iftixorli jarayonlar gavdalanadi.

Har qanday rivojlangan davlatning tarixiy taraqqiyot yo'lidan ma'lumki, mamlakatning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha mamlakatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga uzviy bog'liq.

Mamlakatimizda yuksak taraqqiy etgan, jahon hamjamiyatida munosib o'rni va nufuziga ega Yangi O'zbekistonni barpo etish yo'lida jadal islohotlar davom etmoqda. Ushbu ko'zlangan maqsadlarga erishishda unib-o'sib, ulg'ayib, hayotga dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan yosh avlodning salohiyati muhim o'rin tutadi.

Shiddat bilan rivojlanib borayotgan xayotimizda ro'y berayotgan yuksalish jarayonlari o'zini barcha sohalarda namoyon etmoqda. Shular orasida

zamonamiz yoshlari haqida to'xtaladigan bo'lsak, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev BMT Bosh Assambleyasining 72- sessiyasidagi nutqida quyidagi fikrlarni bildirgan edi: "Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday bo'lib kamolga yetishi bilan bog'liq. Bizning asosiy vazifamiz-yoshlarning o'z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat ".[1]

Shu borada, O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Yurtimizda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoit yaratish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Xususan bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ortiq qonun hujjatlari qabul qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning BMT minbaridan turib, Yoshlar huquqlari to'g'risidagi BMT konvensiyasini qabul qilish taklifi ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq kutib olindi. Prezidentimiz bunga asos qilib, bugungi kunda dunyo miqyosida yoshlarning soni 2 milliarddan oshib ketgani, xalqaro terrorizm va ekstrimizm shiddat bilan o'sib borayotgan bir paytda, yoshlarga himoya zarurligini muhim omil sifatida asoslab berdi.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 14-sentyabrdagi « Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida »gi imzolagan qonun hujjati ham, aholisining yarmidan ko'prog'i yoshlardan iborat bo'lgan mamlakatimizda yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, o'z pozitsiyasiga ega, intellektual salohiyatli, maqsad sari intiluvchan, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O'zbekistonni eng rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin egallashida eng muhim omil ekanini anglatadi.[2]

Shuni alohida qayd etish joizki, « 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 5 ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi"da ham bir nechta ustuvor vazifalar belgilab berilgan:

birinchidan, jismonan sog'lom, ruhan tetik, mustaqil fikrlaydigan, o'z Vataniga sodiq yoshlarni tarbiyalash;

ikkinchidan, o'rta maxsus, kasb- hunar va oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini ish bilan ta'minlash va xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb qilish;

uchinchidan, yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirish, qo'llab- quvvatlash, bolalar va yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini shakllantirish, ularni sportga keng jalb etish.[2]

Prezidentimiz tomonidan 2018 yil 27 iyunda "Yoshlar- kelajagimiz Davlat dasturi to'g'risida"gi farmoni bilan "Yoshlar- kelajagimiz" jamg'armasi tashkil etildi. Ushbu jamg'arma yoshlarning biznes tashabbuslari, g'oya va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kreditlar ajratish yo'lga qo'yildi. Mamlakatimizdagi barcha o'zgarishlarning negizi hisoblangan ta'lim-tarbiya tizimi uchun ajratilgan harajatlar kelajak uchun qo'yilgan eng samarali sarmoya hisoblanadi.

Ma'lumki, 2021 yil mamlakatimizda "Yoshlarni qo'llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili" deb nomlandi.[3] O'zbekistonda 30 iyun -"Yoshlar kuni" deb e'lon qilinib, turli sohalarda yuksak natija va

yutuqlarga erishayotgan fidoyi yoshlarni rag'batlantirish maqsadida "Mard o'g'lon" davlat mukofoti va "Kelajak bunyodkori" medali ta'sis etildi.

Yurtimizdagi islohotlar jarayonida yoshlar kamolotiga alohida e'tibor qaratilmoqda.So'nggi yillarda bu yo'nalishdagi ishlarning huquqiy asoslari zamon talabidan kelib chiqib takomillashib bormoqda. Yoshlarga jahon andozalari darajasida ta'lim berish, jamiyatdan munosib o'rin egallashiga ko'maklashish masalasi davlat siyosatining mihim yo'nalishiga aylandi.

Davlatimiz yoshlarga oid davlat siyosatida aniq maqsadlarni ko'zlab, bosqichma- bosqich shakllanib kelmoqda. Yoshlar o'rtasida kitobxonlikni keng tadbiq etish maqsadida Qoraqalpog'iston Respublikasi va barcha viloyatlarga 1 million nusxadan kam bo'lmagan miqdorda kitoblar yetkazib berildi. Shu bilan birga har bir shahar va tuman markazida namunali kitob do'konlari, ko'chma kitob pavilyonlari tashkil etildi. Xotin-qizlarni ish bilan ta'minlash maqsadida 2019-2020 yillarda 200 ga yaqin tikuv- trikotaj korxonalari barpo etildi. Natijada 24000 dan ortiq ish o'rinlari yaratildi.

Yurtboshimiz g'oyasi asosida "Yoshlar daftari" tashkil etilib, mamlakatimiz bo'yicha 648 ming ishsiz yoshlar ushbu daftarga kiritilgan bo'lsa, yilning birinchi choragida ularning 283 ming nafari ish bilan ta'minlandi. Yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish borasida 36 mingta qo'shimcha to'garaklar tashkil etilib, bu to'garaklarga 874 mingga yaqin yoshlar qamrab olindi.[4]

Yuqoridagilarga qo'shimcha sifatida mamlakatimizda Maktabgacha ta'lim vazirligi tashkil etildi. Maktab ta'limida 11 yillik umumiy o'rta ta'lim qayta joriy etildi. Oliy o'quv yurtlariga qabul kvotalari kengaytirildi. Sirtqi va kechki ta'lim shakllari tiklandi.So'nggi yillarda 15 dan ortiq rivojlangan davlatlarning nufuzli universitetlari filiallari ochildi.[5]

Yangi yoshlar siyosatini qurishda mamlakatimiz Prezidentining shaxsan ishtirokini alohida ta'kidlash zarur. Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodni shakllantirishning dastlabki pallasida tarbiya masalalariga,boshlang'ich, o'rta va oliy ta'lim islohotiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yoshlarni yuksak ahloq va intizomli qilib tarbiyalash, ularning sifatli ta'lim olishi va vatanparvarlik ruhida voyaga yetishi mamlakat siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotining kaliti hisoblanadi.

Xulosa qilib aytganda, yoshlarning ta'lim olishi, kasb-hunar egallashi, yetuk, komil inson bo'lib shakllanishida zamonaviy, qulay shart-sharoitlarni yaratib berish uchun mamlakatimiz bor kuch va imkoniyatlarini ishga solmoqda. Davlatimiz rahbari xam bu borada, mamlakatimizdagi yoshlar qatlamiga "muammo" deb emas, balki yurt ravnaqini ta'minlashdagi katta kuch sifatida qaramoqda. Pirovardida esa, yuksak bilimli, zamonaviy fikrlaydigan, o'z qat'iy pozitsiyasiga ega yoshlar yurtimizning taraqqiyotida tobora hal qiluvchi asosiy kuchga aylanib bormoqda. Yoshlarimiz bunday sharoit va imtiyozlardan oqilona foydalanib, yurtimizning ertasi uchun kamarbasta bo'lishi shart.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqidan

2. www.strategy.uz

3. www.gazeta.uz

4. Янги Узбекистон/2021й.23апрель.81-с.

5. www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.