Научная статья на тему 'BOSHQARUVDA RAHBAR IMIDJI'

BOSHQARUVDA RAHBAR IMIDJI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
7
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshqaruv / ta’lim / rahbar / pedagog / mexanizm / imidj / bilim / ko‘nikma

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Navro‘zova Nargiza Raximberdi Qizi

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tashkilotlarini eng zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish va rivojlanish jarayoni kechmoqda bu jarayonda maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari va pedagog xodimlarini tayyorlash ham muhim o’rin tutmoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHQARUVDA RAHBAR IMIDJI»

BOSHQARUVDA RAHBAR IMIDJI

Navro'zova Nargiza Raximberdi Qizi

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti "pedagogika va psixologiya" kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11242808

Annotatsiya. Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini eng zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish va rivojlanish jarayoni kechmoqda bu jarayonda maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari vapedagogxodimlarini tayyorlash ham muhim o'rin tutmoqda.

Kalitso'zlar: boshqaruv, ta'lim, rahbar, pedagog, mexanizm, imidj, bilim, ko'nikma.

Mamlakatning psixologlari O'zbekistonda zamon talablariga to'la javob beradigan,chuqur ilmiy tadqiqot namunalarini namoyish qilayotgan, ilg'or g'oyalarni ishlab chiqayotgan rahbar psixologiyasiga zo'r qiziqish bilan qaramoqdalar. Rahbar psixologiyasining predmeti, tadqiqotlar qamrovining kengligi, to'plangan empirik dalillarning boyligi, ularning rang-barangligi, tahsinga sazovorligi, tatbiqiy xususiyatga ega ekanligi, ontogenez asosiy bosqichlarining bir davrning o'zida o'rganilishi har qanday ilmiy izlanuvchini hayratga soladi. Shu sababdan keyingi yillarda O'zbekiston psixologlari ham rahbar psixologiyasi bilan yaqindan tanishish ehtiyojini his qilmoqdalar, chunki boy tajribalar bilan tanishmasdan turib, bugungi kun talabiga mos ilmiy nazariyalar ishlab chiqish mumkin emas.

Boshqaruv tizimining mohiyatiga chuqurroq kirib borsak uning nihoyatda turli-tuman sinoatlarga boyligini ko'ramiz. Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo'lishidan qat'iy nazar, har bir rahbar o'zishiga talab darajasida yondashishi uchun nimalarni bilishi, qanday fazilatlarga ega bo'lishi kerak, degan savol esa hamisha ko'ndalang turadi.

Boshqaruvda tajriba, ko'nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning roli katta. Ammo eng avvalo, boshqaruv, bu san'at, aniqroq aytganda ijoddir. Rahbarga ham xuddi san'atkor uchun zarur bo'lganidek talant va iste'dod lozim. Shuni ko'rishiz mumkinki, har kimdan san'atkor chiqmaganidek, istagan odamdan ham yaxshi rahbar chiqavermaydi.

Rahbar o'z qobilyatini, iste'dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, odamlarni chuqur o'rganadi. Natijada to'plagan bilimlari, tajribalarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib o'zining rahbarlik usulini yaratadi. U o'z boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin shaxsdir, ammo uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak.

Hozirgi paytda respublikamizda bozor munosabatlariga o'tish jarayoni davom etmoqda. Yangi asr boshida ijtimoiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jamiyat ma'naviy yuksalish va yangilanish sari bormoqda. Boshqaruvning chinakam, sharqona, ilmiy nazariyasini ishlab chiqish va uni amalga oshirish uchun ko'plab izlanishlar olib borilmoqda.

IMIJ (ing. image, lot. imago — timsol, ko'rinish) — shaxs, hodisa, narsani ommalashtirish, reklama qilish va h. k. maqsadlarda odamlarga hissiy-ruhiy ta'sir ko'rsatishni ko'zlab shakllantiriladigan qiyofasi; targ'ib qilish vositalaridan biri. Imij so'zi bizning tilga kirib kelganiga uncha ko'p bo'lgani yo'q, va uning ma'nosi, deyarli "obraz" - u yoki bu ob'ekt, xodisa yoki inson to'g'risidagi tasavvur tushunchasi deb qabul qilinadi. U juda murakkab va ko'p qirralidir: unga ko'pchilik omillar ta'sir ko'rsatadi va uning o'zi ham bizning onggimizga ta'sir o'tkazadi. Siz inson bilan muloqot qilishni xohlaysizmi yoki yo'qmi? Ko'rinishidan uning hamma narsasi me'yordagidek, lekin baribir negadir ko'ngil unga talpinmaydi. Odatda, xamma gap imijda, yoki - ma'lum bir insonning obro'sida.

Rahbarning psixologik saviyasini kamol toptirish masalasi mehnat kollektivini samarali boshqarishda asosiy talab va ajralmas shartlardan hisoblanadi. Imij - ushbu saviyaning tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, u ko'p hollarda rejalashtirilgan vazifalarni amalga oshirishda tayanch bo'lib xizmat qilishi mumkin. O'z imijini yanada takomillashtirish ustida ishlar ekan, rahbar amaliy muloqot madaniyatini ko'taradi hamda bo'ysunuvidagilar bilan o'zaro munosabatning optimal, eng qulay sharoitlarini yaratadi. Rahbar imiji uning o'z professional faoliyatida qo'llaydigan bilimlari, ko'nikmalari, vakolatlari, va albatta, qadriyatlarining qay darajada ekanligidan xabar beradi. Shu bilan birga, rahbar imiji tashkilot madaniyati, yutuqlari bilan ham chambarchas bog'liqdir.

Rahbarda o'z mehnat faoliyati davomida uni o'rab turgan sotsiumda o'zi haqidagi ijobiy fikrni shakllantirishga nisbatan zarurat uyg'onadi. Buning sababi turlicha bo'lishi mumkin. Ya'ni, o'z martabasini oshirishga intilish, yangi lavozimni qabul qilish, kollektivda bundan-da yuqoriroq pog'ona - ijtimoiy huquqqa ega bo'lish istagi, ba'zida esa, o'ziga nisbatan mavjud bo'lgan salbiy fikr va tasavvurni o'zgartirish kabi.

Shu bilan birga, rahbar, o'zi xohlaydimi yoki yo'q, bo'ysunuvidagilar orasida fe'l-atvor, o'z faoliyatiga nisbatan munosabati kabi sifatlarda boshqalarga namuna, o'rnak bo'lib xizmat qiladi. Ko'p hollarda, bo'ysunuvdagilar, aynan rahbar sharofati bilan, tashkilotda hamda jamiyatda mavjud bo'lgan me'yorlar, qadriyatlar va an'analarni o'zlashtirib, kezi kelganda, unga taqlid ham qiladilar.

Imijni yaratish kabi muammoga psixologiyaning turli yo'nalishlarida ushbu masala bilan shug'ullanadigan ko'pgina mualliflarning tadqiqotlari bag'ishlangan. Siyosiy psixologiya, reklama, marketing, san'at psixologiyasi - psixologiya fanining turli yo'nalishlarining bir qismigina bo'lib, ular samarali imijni shakllantirish muammosi bilan faol shug'ullanadi.

Boshqaruv imijeologiyasining ahamiyati ortib, u insonlar hayotiy faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. Demak, boshqaruv tizimida faoliyat ko'rsatuvchi shaxslar munosib ravishda imijga ega bo'lishlari shart.

Imijeologiya - shunday ilm va san'atki, unda insonning tashqi ko'rinishiga shaxsiy jozibadorlikni berish sirlari ham o'rgatiladi. Bu fanga ko'ra, imiji baland inson boshqalardan o'z nufuzi va jozibasi bilan ajralib turadi.

Imij - insonning ishbilarmonlik va boshqa ijobiy xususiyatlarini kattalashtirib ko'rsatadigan oynaga o'xshaydi. Uning eng yaxshi jihatlarini namoyon etishga xizmat qiladi.

Har qanday tashkilot ham o'z imijiga ega bo'lishi zarur. Imiji past tashkilot odamlar e'tiboridan qolib ketaveradi. Demak, tashkilot imijini yaratib borish juda muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Bu vazifa avvalo o'sha tashkilot rahbarlari zimmasiga yuklatiladi.

Tashkilot imijini yaratish uchun rahbarlar o'z xodimlari bilan tez-tez suhbatlar, bu borada o'quv-seminarlari o'tkazib turish maqsadga muvofiqdir. O'quv-seminarlarining mavzulari esa turlicha bo'lishi mumkin: kabinetda tashrif buyuruvchilarni kutib olish, ular bilan muloqotda bo'lish, o'z xodimlariga nisbatan munosabat, o'z tashqi qiyofasiga e'tibor va hokazo...

Insonda, asosan ommaviy axborot vositalarining ta'siri sababli, imij tushunchasi haqida o'z shaxsiy tasavvuri hosil bo'ldi. Bu, boshqa insonlarning ko'zi bilan qaralgan odam obrazi, insonlar ongida bizning shaxsimizga birikib ketgan bir qator stereotiplarning (bir xillikning) spektri, shuningdek, bizning, boshqalarga o'tishi mumkin bo'lgan o'z-o'zimiz haqimizdagi tasavvurimiz; ijtimoiy tarmoqdagi profilda "yoqdi" belgilari vositasida hisoblanadigan shaxsning ijtimoiy tarmoqlardagi tashqi rasmi va boshqa insonlar uchun jozibaliligi.

Insonning mimikadan iborat imiji - mimika, yuzning ifodasi, tabassum. Inson qalbining hissiyotlarini, uning mimkasi (yuz xususiyatlari) va qarashidan boshqa hech narsa aks ettira olmaydi. Shuning uchun, siz qay darajada mimikaga ega ekanligingiz, siz namoyish qilmoqchi bo'lgan narsani u qanchalik ifoda etishi haqida bilish zarur.

Ko'pchilik odamlar tabiatan jozibador imijga ega bo'ladilar, lekin, qoidadagidek, insonlarning hurmatlari, o'z-o'zini taqdimotini qila olish san'atiga ko'ra yuzaga keladi, chunki bu san'atsiz, har qanday faoliyatda yirik muvaffaqiyatlarga erishib bo'lmaydigan, inson e'tiborining xursandchiligini sezib bo'lmaydi.

Xulosa qilib aytilganda rahbar imidjiga avvalambor rahbarning jamiyatda, har bir tashkilotda, xodimlar va hamkasblar o'rtasidagi munosabatlar, xulq-odobi, madaniyati, nutqi, ovoz tempi, ma'suliyatliligi, adolatliligi va tashqi ko'rinishi (soch turmagi, pardozi, kiyinish uslubi) va hokazolarni misol tariqasida aytib o'timishimiz kerak. Rahbar tashkilotda xodimlar uchun namuna obraz hisoblanadi.

Ish faoliyatida har bir rahbarning o'zini tizimi bo'lgandek imidjini ham o'zini o'rni bor. Adolatli, ma'suliyatli, talabchan, ishbilarmon rahbarlar har doim ish faoliyatini kuzatib, nazorat etishi lozim. Kamchiliklar anglashmovchilik borasida rahbar imidjidan foydalanib to'g'ri qaror qabul qilishi kerak deb bilaman.

REFERENCES

1. Qoplonova.M., Avlayev.O., "Boshqaruv psixologiyasi" 2004-yil.

2. Boymurodov N. "Rahbar psixologiyasi". -T. "Yangi asr avlodi", 2007yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.