Научная статья на тему 'BOSHQARUV SOHASIDA MULOQOT MADANIYATINING O’RNI'

BOSHQARUV SOHASIDA MULOQOT MADANIYATINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
18
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Muomala / muloqot / uslub / boshqaruv / psixologik maslahat / rahbar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mo’Tabar Maxsudova, Vaxabova Nasiba Abdulxamidovna, Abdullayeva Kibriyo Ravshanbekovna

Ushbu maqolada muloqotning inson hayotidagi ahamiyati, muloqot madaniyatining roli, muloqot uslublari, funksiyalari, boshqaruv uslublarini qo’llashda muloqotning orni to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, boshqaruv sohasidagi rahbarlar uchun psixologik maslahatlar, muloqot uslublari ham berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHQARUV SOHASIDA MULOQOT MADANIYATINING O’RNI»

BOSHQARUV SOHASIDA MULOQOT MADANIYATINING O'RNI 1Mo'tabar Maxsudova, 2Vaxabova Nasiba Abdulxamidovna, 3Abdullayeva Kibriyo

Ravshanbekovna

1Namangan davlat universiteti Psixologiya kafedrasi dotsenti 2NamDU Psixologiya kafedrasi o'qituvchisi 3NamDU Pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10810357

Annotatsiya. Ushbu maqolada muloqotning inson hayotidagi ahamiyati, muloqot madaniyatining roli, muloqot uslublari, funksiyalari, boshqaruv uslublarini qo'llashda muloqotning orni to'g'risida ma'lumotlar keltirilgan. Shuningdek, boshqaruv sohasidagi rahbarlar uchun psixologik maslahatlar, muloqot uslublari ham berilgan.

Kalit so'zlar: Muomala, muloqot, uslub, boshqaruv, psixologik maslahat, rahbar.

Annotatsiya. В данной статье представлена информация о значении общения в жизни человека, роли культуры общения, стилях общения, функциях, а также роли общения в использовании методов управления. Также даются психологические консультации и методы общения для лидеров в сфере менеджмента.

Ключевые слова: Лечение, общение, стиль, менеджмент, психологическое консультирование, лидер.

Abstract. This article provides information on the importance of communication in human life, the role of communication culture, communication styles, functions, and the role of communication in the use of management techniques. Also, psychological advice and communication methods are given for leaders in the field of management.

Keywords: Treatment, communication, style, management, psychological counseling,

leader.

Rivojlanib borayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni, komil insonlami voyaga yetkazish masalasiga katta e'tibor berilmoqda. Komil insonning muhim sifatlaridan biri muloqot madaniyatidir. Yetarlicha shakllanmagan muloqot madaniyatisiz sog'lora ijtimoiy munosabatlami o'matish mushkul. Muloqot bilan bog'liq muammolar psixologiya fanida chuqur o'rganilgan. Unga tayanib insonning ruhiy taraqqiyotini, uning atrofdagilar bilan boladigan aloqasini, individning shaxs bo'lib shakllanishini muloqotsiz tasawur qilib bo'lmaydi, degan xulosaga kelish mumkin. Chunki muloqot ham insonning o'ziga xos ehtiyojlaridan biri. Insonning go'daklik va o'smirlik davrlarida muloqot yetakchi, ya'ni yangi psixologik xususiyatlarning shakllanishiga bevosita ta,'sir ko'rsatuvchi faoliyat sifatida gavdalanadi.

"Muloqot inson hayoti va faoliyatining muhim shartidir. Aynan muloqot yordamida insonlar tabiatni o'zlashtirish va o'z ehtiyojlarini qondirish uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Muloqot jarayonida inson xulq-atvorining muayyan obraz va modellari shakllanib, keyinchalik ular interiorizatsiyalanadi. Muloqot davomida ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar amalga oshadi, uning vositasida hamkorlikdagi faoliyat ro'yobga chiqariladi.

Muloqot psixologiyasi sohasidagi bilimlarni yoshlar, ayniqsa, bo'lajak rahbarlarga yetkazish ularning psixologik savodxonligini oshiradi, ma'naviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltirishga, bo'lg'usi b oshqaruv faoliyatlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga yordam beradi. (1.3.)

Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o'z ifodasini topadi:

1) hamkorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o'zaro ta'sir va muloqot qonuniyatlarini o'rganish;

2) Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish;

3) o'quvchini faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlar mavjudligini ta'kidlab

o'tish;

4) o'quvchilarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni shakllantirish;

5) shaxslararo munosabatlami muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish;

6) o'zaro ta'sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish.

Muloqotning o'ziga xos 3 ta darajalari mavjud. Bular: makro darajada (katta) — insonlar bilan muloqot qilish barcha odob-axloq normalariga suyangan holda amalga oshiriladi. Mezo darajada (o'rta) — muloqot ma'lum mavzu asosida kechadi (masalan, askiyada ma'lum mavzudan chekinmaslik). Mikro daraja (kichik) — muloqotning oddiy shakllari, savol-javob tariqasida yuz beradi. Muloqotning turlari: shaxslararo (inson-inson), shaxsiy-guruhiy (guruh-guruh), ommaviy kommunikatsiya (radio, televideniye, ro'znomalar va oynomalar) kabi turlari mavjud. (1. 62)

Muloqot yoki muomala - shaxslararo munosabatlar jarayonida o'zaro axborot almashish, o'zaro ta'sir ko'rsatish va bir-birini idrok etish, tushunishdan iborat faollikning alohida shaklidir.

U 3 xil ko'rinishda bo'ladi:

1) o'zaro fikr almashish (kommunikativ ko'rinish).

2) o'zaro ta'sir ko'rsatish (interaktiv ko'rinish).

3) o'zaro bir-birini tushunish (perseptiv ko'rinish).

Muloqot uslublariga quyidagilar kiradi:

1. Hamkorlikdagi ijodiy faoliyatga qiziqish asosidagi muloqot.

2. Do'stona munosabatlar asosidagi muloqot.

3. Masofadan turib muloqotga kirishish.

4. Qo'rqitish (qo'rquv) asosidagi muloqot.

5. Soxta obro'-e'tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot.

Birinchi uslub asosini pedagogning yuqori kasb etikasi (axloqi) tashkil etadi. Bu uslub haqida M.O. Knebel, I.P. Volkov, V.F. Shatalovlar o'z fikrlarini bildirganlar. Ulaming fikricha, bolalar bilan bo'ladigan munosabat va pedagogik hissiyotlar mana shu uslub asosida shakllanadi.

Ikkinchi uslub asosan do'stona munosabatlar, o'quv-tarbiyaviy faoliyatda shakllanadi. Do'stona munosabatlar muloqotning boshqarilishini ta'minlaydi. Maroqlilik bilan do'stona munosabat birgalikda rivojlanadi. Pedagog bir tomondan bolalar uchun yaqin o'rtoq, ikkinchi tomondan birgalikdagi faoliyat qatnashchisi bo'lishi lozim.

Uchinchi uslub, ya'ni masofadan turib muloqotga kirishish muhim ahamiyatga ega. Pedagog bilan o'quvchi o'rtasida muayyan masofa bo'lishi kerak. Masofa juda uzoq bo'lmasligi lozim. Aks holda rasmiyatchilik kuchayib, ijodiylik muhiti shakllanmaydi. Pedagog masofani saqlasa obro'-e'tibori ortadi.

To'rtinchi uslub — qo'rqitish asosidagi muloqot bo'Iib, bu uslub muloqotning negativ shaklidir. Ba'zi pedagoglar o'quvchilarni qo'rqitish orqali muloqotda bo'ladilar. Chunki ularda pedagogik mahorat yaxshi shakllanmagan bo'ladi. Ayniqsa, katta auditoriyada ma'ruza o'qiydigan ma'nizachilar auditoriyani shu uslub asosida boshqaradilar. Juda qattiq turib, tinglovchilarni qo'rqitib pedagogik muloqotni muvaffaqiyatli amalga oshiraman, deb hisoblovchilar yanglishadi. Bu o'zaro tushunishga to'sqinlik qiladi. Beshinchi uslub — soxta obro'-e'tibor qozonish uchun tashkil qilinadigan muloqot bo'lib, yosh o'qituvchilar malakasi yetarli bo'lmagani uchun yolg'on ishlatadilar. Bu bilan o'qituvchi o'quvchi bilan tezroq muloqotda bo'lib olishga harakat qiladi.

Bunday usulni qo'llaydigan pedagogda umumiy pedagogik va kommunikativ madaniyat yetishmaydi. Demak, pedagoglaming fikricha, birinchi va ikkinchi uslub asosida muloqotga kirishishigina yaxshi natijalarga olib keladi (2.63-64)

Konfutsiy ikki yarim yil avval «Yaxshi boshqariladigan davlatda kambag'allikdan uyaladilar, yomon boshqariladigan davlatda boylikdan or qiladilar» deb yozgan edi. Bir so'z bilan aytganda, samarali boshqaruv uchun uning nazariy asoslarini bilish, amaliy tajribaga ega bo'lish va boshqaruv maxoratini egallash lozim.

Rahbar oddiy shaxs bo'lmasligi, ayniqsa muomala madaniyatiga ega bo'lishi, ishontirish, suhbatlashish san'atinig bilimdoni, o'tkir aql sohibi va hayotning barcha sohalarida salmoqli tajribaga ega bo'lishi zarur. Har qanday rahbar birinchi navbatda kishilar bilan ishlaydi va u inson tafakkurining barcha nozik jihatlarini bilishi hamda keng miqyosda inson shaxsini o'rganishga oid bilimlarga ega bo'lishi lozim.

Boshqaruv muloqoti - odamlarga rahbarlik qilish, ularni boshqarish maqsadida ular bilan muloqotga kirishishdir.

Rahbar uch xil maqsadda muloqotga kirishadi:

1) topshiriq berish maqsadida;

2) topshiriqning ijrosini nazorat qilish maqsadida;

3) topshiriq ijrosini baholash maqsadida.

Biz muhimi topshiriqning bajarilishi deb o'ylaymiz. Bu noto'g'ri.

Rahbar nima uchun xodim topshiriqni bajarganligini, bajarayotganda nima haqida o'ylaganligini, bajarishga nima majbur etganini bilishi lozim.

Bu psixologiyada motiv deb ataladi. "Motiv" fransuzchsa so'z bo'lib, "faoliyatga undovchi ichki kuch va sabab" degan ma'noni anglatadi.

Xodimingizni ishni shunchaki bajarishi muhim emas, balki ichki bir intilish,shaxsiy tashabbus, ijodkorona ruh bilan bajarishi muhim.

Buning uchun xodimimgizga inson sifatida yondoshing, uning nafaqat ish joyi, maoshi, Moddiy manfaatdorligi, balki ruxiyatiga ham nazar tashlang.

Bu xodimning ma'lum ishni bajarish istagidir, chunki ichki istak bilan bajarilgan ish rag'batsiz bajarilgan ishdan sifat jihatdan farq qiladi. Rahbar o'z xodimiga topshiriqni shunday berishi kerakki, toki unda o'sha ishni bajarish istagi paydo bo'lsin.

REFERENCES

1. Davletshin M. G. Umumiy psixologiya. T. 2002. 62-bet).

2. Maxsudova M.A. Muloqot psixologiyasi. T. "Turon-iqbol" nashr. 2006.3,

3. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya. T. "Fan va texnologiya" - 2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.