Научная статья на тему 'BOSHQARUV QARORLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH TURLARI VA USULLARI'

BOSHQARUV QARORLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH TURLARI VA USULLARI Текст научной статьи по специальности «Математика»

CC BY
170
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
boshqaruv / boshqaruv subyekti / boshqaruv obyekti / iqtisodiy munosabatlar / tizim / iyerarxiya / to‘g‘ri aloqa / teskari aloqa / qaror / qaror qabul qilash / samaradorlik.

Аннотация научной статьи по математике, автор научной работы — Kusharov Z.K

Ushbu maqolada qaror, qaror qabul qilash tushunchalarini nazariy asoslari, boshqaruv qarorlari qabul qilishning iqtisodiy samaradorligini baholash turlari va usullari, amalga oshirish yo‘llari, unda qatnashayotgan subyektlarni vazifalarini bajarish texnologiyalari haqida bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHQARUV QARORLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH TURLARI VA USULLARI»

BOSHQARUV QARORLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINIBAHOLASH TURLARI VA USULLARI

Kusharov Z.K

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, Axborot texnologiya fakulteti dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.11207870

Annotatsiya. Ushbu maqolada qaror, qaror qabul qilash tushunchalarini nazariy asoslari, boshqaruv qarorlari qabul qilishning iqtisodiy samaradorligini baholash turlari va usullari, amalga oshirish yo'llari, unda qatnashayotgan subyektlarni vazifalarini bajarish texnologiyalari haqida bayon qilingan.

Kalit so'zlar: boshqaruv, boshqaruv subyekti, boshqaruv obyekti, iqtisodiy munosabatlar, tizim, iyerarxiya, to'g'ri aloqa, teskari aloqa, qaror, qaror qabul qilash, samaradorlik.

I. KIRISH

Boshqaruvchi mahsulot sifatini uni ishlab chiqarish texnologiyasi va kasb egasining professionalligi bilan bog'lashadi. Darhaqiqat, talab qilinadigan mahsulot sifatiga erishish uni takomillashtirishning uzluksiz jarayoni bilan bog'liqdir. Boshqaruv faoliyatining sifati uning umumiy qabul qilingan talablar yoki standartlarga muvofiqligi darajasidir. Odatda, boshqaruv faoliyatining sifati boshqaruv qarorlarining sifati bilan baholanadi.

Islohotlarni samarali amalga oshirishda dunyo fanlarining yutuqlari, rivojlangan mamlakatlarning tajribasi bilan bir qatorda milliy boshqaruv an'analaridan keng foydalanish maqsadga muvofiq. Puxta o'ylangan, har tomonlama tahlildan o'tgan qarorlar ko'zlangan natijaga erishishning yarmi, ya'ni to'g'ri qaror qabul qilish maqsadga erishish imkoniyatini kengaytiradi. Bu borada yurtboshimiz ta'kidlab o'tganlaridek, "Har bir fuqaro qabul qilinayotgan qarorlarimizning real foyda berayotganini sezishi kerak" degan fikrlari puxta o'ylangan qarorlar ko'zlangan natijaga erishishga olib kelishi zarurligiga urg'u berib o'tganliklarini ko'rishimiz mumkin1.

Boshqaruv (menejment)ining mohiyati va tizimi. Umumiy ko'rinishda boshqaruv ikkita obyektning maqsadiga qaratilgan o'zaro hamkorligidan iborat bo'lib, bunda ulardan biri boshqaruv subyekti o'rnida, boshqasi esa boshqaruv obyekti o'rnida bo'ladi. Bu o'zaro hamkorlik uchun quyidagilar xosdir:

• boshqaruv subyekti boshqaruv obyektiga ta'sir ko'rsatish impulslari (boshqaruv buyruqlari)ni jo'natadi, ular boshqaruv obyekti qanday faoliyat yuritishi haqidagi axborotga ega bo'ldilar;

• boshqaruv obyekti ushbu impulslar (buyruqlar)ni oladi va ularga muvofiq harakat qiladi.

Boshqaruvning boshqa ta'riflari ham mavjud. Masalan, ko'zga ko'ringan tadqiqotchi

P.Druker (AQSH) hisoblaydiki, boshqaruv bu tashkil qilinmagan to'dani samarali maqsadga yo'naltiruvchi va ishlab chiqarish guruhiga aylantiruvchi faoliyatning asosiy turidir. Amerikali olim K.Killen boshqaruvni "ishni boshqalarning qo'li bilan bajarish" sifatida belgilaydi.

Subyektning boshqaruv obyekti bilan o'zaro hamkorligi uchun ular o'rtasida majmuaviy xarakterga ega munosabatlar mavjud bo'lishi zarur. Bunda boshqaruvning ayrim darajalaridagi munosabatlarning u yoki bu turlari ustunlik qiladilar. Iqtisodiy munosabatlarga asoslangan

1 Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartibintizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.-T.:O'zbekiston, 2017.

boshqaruv munosabatlari keng tarqalgandir. Munosabatlarning quyidagi ikki turi boshqaruv uchun prinsipial bo'ladi: assotsiatsiyalangan mulk egalarining birgalikdagi faoliyati jarayonida mehnatni taqsimlanishi va kooperatsiyalashuvida vujudga keluvchi munosabatlar va mulk egalari va ishlab chiqarish vositalaridan foydalanuvchilar o'rtasida vujudga kelgan yollash munosabatlari (to'lov munosabatlari).

Agar bir tomondan boshqaruv subyektida boshqarishga ehtiyoj va imkoniyat, boshqa tomondan esa - boshqaruv obyekti boshqaruv buyruqlarini bajarishga ehtiyoji va imkoniyati bo'lsa, boshqaruv haqiqiy bo'ladi. Subyektni boshqaruvchi faoliyati bunda u qanday maqsadlarni ko'zlashiga ko'ra ma'lum yo'nalishni oladi.

Agar boshqaruv maqsadlari subyektning boshqaruv faoliyati jarayonida ko'zlangan maqsadiga mos kelsa, u samarali boshqarishga qaratilgan bo'ladi. Boshqaruv subyektining boshqaruvni amalga oshirish imkoniyati, birinchidan tashkiliy-texnik jihatlar bilan xodimlarda aloqa va axborotlarni uzatishning kerakli kanallari, boshqaruvning talab qilishidagi texnikasi va h.k. mavjudligi bilan, ikkinchidan, boshqaruv subyektida boshqaruv obyektiga ta'sir ko'rsatishning, uning yordamida buyruqlarni bajarishga undovchi dastaklarning mavjudligi bilan, ya'ni boshqaruv obyektining boshqaruv buyruqlarini bajarishga imkoniyati va tayyorligi bilan asoslanadi.

II. ASOSIY QISM

Boshqaruvni faqat tashkilotning tarkibiy qismi bo'lgan haqiqiy harakat qiluvchi tizim mavjud bo'lgandagina amalga oshirish mumkin, u tizimli boshqaruv deb ataladi.

Ta'kidlash kerakki, tizim bu bir-birlari bilan munosabatda va aloqada bo'lgan, ma'lum birlikni tashkil qiladigan elementlarning yig'indisidir. Asosiy tizimli tamoyillar quyidagilardir:

1) tizim xususiyatlarining uni tashkil qiluvchi elementlar xususiyatlari summasiga nisbatan yaxlitligi;

2) tarkibiylik (bo'linishlik);

3) tuzilish va muhitning o'zaro bog'liqligi;

4) iyerarxiyalik;

5) har bir tizim ta'rifining ko'pligi.

Boshqaruv tizimiga qayta turib shuni ta'kidlash kerakki, u o'zining o'zaro bog'langan va o'zaro hamkorlik qiluvchi tashkil etuvchi elementlari ma'lum majmuasidan iborat bo'ladi va tizimning manfaatlari yo'lida boshqaruv faoliyatini amalga oshirishga qaratilgandir. Bunda emerdjmentlar deb ataluvchi yangi yaxlit xususiyatlar vujudga keladi.

Aloqa boshqaruvning har qanday tizimining muqarrar elementi bo'ladi. Aloqalar to'g'ridan to'g'ri, teskari, vertikal, gorizontal va diagonalli va h.k bo'lishi mumkin.

To'g'ridan to'g'ri aloqa - boshqaruv subyektining obyektga boshqaruv buyruqlari, qarorlar, tavsiyalar va h.q ko'rinishidagi ta'siridir.

Teskari aloqa - boshqaruv obyektidan boshqaruv subyektiga chiquvchi axborotdir. Keltirilgan to'g'ridan to'g'ri va teskari aloqalar vertikalga kiradilar. Ulardan tashqari rasmiy va norasmiy munosabatlarni amalga oshishiga imkon beruvchi, bilimlar va ko'nikmalarni uzatishga ko'maklashuvchi, boshqaruv tizimining o'zining oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish bo'yicha bitta darajadagi subyektlarning harakatlari muvofiqlashuvini ta'minlovchi gorizontal aloqalar ham mavjud. Dioganal aloqa, masalan, bitta bo'limning mutaxassisi va boshqa bo'limning boshlig'i o'rtasida mavjud bo'ladi.

O.S.Vixanskiy va A.I.Naumov boshqaruv tizimida uchta tizimchani belgilaydilar. Birinchi tizim boshqaruv tizimi sifatida avvalroq qabul qilingan. Bu o'zlarining oldilariga qo'yilgan

vazifalarni bajaruvchi boshqaruv idoralari, bo'linmalar va ijrochilar majmuasi, ular yordamida boshqaruv amalga oshiriladigan usullar yig'indisidir. Ushbu tizimchani tashkilot, texnologiya va boshqaruv usullarining birligi deb belgilash mumkin. U tarkibiy-vazifaviy deb ataladi va boshqaruv tizimining "negizi" sifatida bo'ladi.

Ikkinchi tizimcha - axborotli - axloqiy. Quyidagilar uning asosiy bloklaridir:

- boshqaruv g'oyasi va boshqaruv tizimini qiymatga yo'naltirish;

- boshqaruv jarayoni ishtirokchilarining manfaatlari va axloqiy me'yorlari;

- boshqaruv tizimidagi axborot va kommunikatsiyalar.

Qaror - bu bajarilishi lozim bo'lgan ishning aniq bir yo'lini tanlab olishdir, u yoki bu yo'lni tanlab olishda bir to'xtamga yoki muayyan bir fikrga kelishdir. Bunday qarorlarni har birimiz bir kunda o'nlab-yuzlab, bir umr davomida esa ming-minglab qabul qilamiz.

Qaror qabul qilish - bu fan va san'at. Bu jarayon ketma-ket bosqichlardan iborat. Qarorlarni qabul qilish jarayonini tartibga solish muammoni faqat asosli, aniq algoritmlardan foydalanishga asoslangan tahlilning miqdoriy usullari yordamida yuzaga kelgan muammolarni yechadi. Qat'iy mantiqiy ketma-ketlikda yuzaga kelgan muammolarni ko'rib chiqish qarorni tayyorlash va qabul qilish jarayonida rasmiy va evristik usullarni samarali birlashtirish va uning yuqori sifatiga erishish imkonini beradi.

Qaror qabul qilish zaruriyati mavjud holatning bo'lishi lozim bo'lgan holat bilan mos tushmasligi natijasida yuzaga keladi.

Qaror qabul qilish imkoniyatining muqobil yo'llari bo'lganda vujudga keladi va rahbar ulardan birini, eng maqbulini tanlaydi. Qarorning eng samarali variantini topish uchun rahbar "yetti o'lchab bir kes" maqoliga rioya qilishi darkor.

Menejmentning asosiy tamoyillari bir odam boshqaruvi. Bu degani, qaror, hokimiyat, munosabatlar va jarayonlarni boshqarish qobiliyati, tashkilotdagi mas'uliyat doimo ma'lum bir amaldorga beriladi. Ammo u jismonan bularning barchasini to'liq amalga oshira olmaydi, shuning uchun u ba'zi bir vakolatlarini unga bo'ysinuvchilarga topshiradi.

Boshqaruv qarorlar odatda tashkilotdagi turli o'zgarishlar bilan bog'liq va ularning tashabbuskori amalga oshiriladigan va boshqariladigan qarorlarning barcha mumkin bo'lgan oqibatlari uchun to'la javobgar bo'lgan tegishli organ yoki shaxsdir.

Boshqaruv qarori - menejerning muayyan faoliyati natijasidir. Har qanday darajadagi yetakchilarning faoliyatida bu ijodiy jarayon. Maqsadlarni ishlab chiqish va belgilash bilan boshlanadi, so'ngra muammoni turli xil usullarda olingan ma'lumotlar asosida o'rganiladi. Bundan tashqari, samaradorlik mezonlari, ushbu qarorlarning mumkin bo'lgan oqibatlari tanlanadi va oqlanadi.

R.A.Nigmatullin o'zining "Ekspert baholash asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilishni avtomatlashtirish" kitobida "Qaror qabul qilish texnologiyasi - bu boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishning ilmiy usullari, modellari va shakllari majmuidir" deb ta'kidlaydi2.

Keyinchalik, muammoni yoki vazifani mutaxassislar bilan hal qilishning turli variantlarini muhokama qilish bosqichi keladi. Bu jarayonda maqbul qaror qabul qilinadi va shakllantiriladi, ijrochilar uchun qabul qilinadi va ko'rsatiladi.

Boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari har doim mo'ljallangan maqsadlarga erishishga qaratilgan. Turli xil bo'lishi mumkin.

2 Нигматуллин Р.А. Автоматизация принятия управленческих решений на основе экспертных оценок / Р.А. Нигматуллин // Российское предпринимательство. - 2011. - № 7 Вып. 1 (187). - С. 34-39

1. faqat menejerning sezgisi asosida tuzilgan usul, uning o'zida muayyan, aniq faoliyat sohasidagi tajriba va bilimlar miqdori mavjud.

2. boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari "sog'lom fikr" degan tushunchaga asoslangan uslubsiz tasavvur qilinmaydi. Bu holatda boshqaruvchi qarorlarni qabul qiladi va ularni juda izchil dalillar bilan oqlaydi.

3. ilmiy va amaliy yondoshuvga asoslangan usul. U juda ko'p miqdordagi axborotni qayta ishlash va u asosida optimal yechimni tanlashni taklif qiladi. Ushbu usul zamonaviy texnologiyalardan majburiy foydalanishni talab qiladi.

Rahbariyat oldida, har holda, ertami-kechmi, tegishli yechimni tanlash muammosi paydo bo'ladi. Rahbar o'ziga o'zi ma'lum bir vaziyatni har tomonlama baholashi, boshqaruv qarorlarini qabul qilishning tegishli usullarini tanlashi kerak. U ularning keyingi ijrosi uchun mas'uldir.

Barcha boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarini uch guruhga birlashtirish mumkin:

1. Norasmiy (evristik)

2. Jamoaviy

3. Miqdoriy qaror qabul qilish usuli.

Boshqaruvga oid ilmiy asarlarda shuningdek "Boshqaruv qarori - bu boshqaruv tizimining aniq maqsadiga erishish uchun tahlil qilish, bashorat qilish, optimallashtirish, iqtisodiy asoslash va turli xil variantlardan muqobil tanlash natijasidir" ta'rifi keltirib o'tiladi.

O'zining "Menejment asoslari" darsligida N.I.Kabushkin boshqaruv qaroriga shunday ta'rif keltiradi: "Boshqaruv qarori - bu ixtiyoriy xulosa qilish, asosiy maqsadga erishishdagi qiyinchiliklar va to'siqlarni yengib o'tishga qaratilgan ongli ravishda boshqariladigan ba'zi harakatlarni amalga oshirish yoki aksincha, ulardan voz kechishdir3.

Boshqaruv qarori samarali bo'lishi uchun, bir necha omillarni hisobga olmoq zarur.

1. Qaror qabul qilishdagi iyerarxiya.

2. Maqsadli funksiyalararo guruh ishlatish.

3. Qaror qabul qilishdagi to'g'ri gorizontal aloqalarni ishlatish..

Boshqaruv qarorlarining samaradorlik omillari

1. Qaror qabul qilishda markazlash - qaror qabul qilish jarayoni bitta rahbar qo'lida bo'lmog'i lozim.

1.1. qaror samarali bo'lmog'i kerak, ya'ni tashkilot oldiga qo'ygan maqsadni butunlay bajarishini ta'minlash kerak.

1.2. qaror tejamli bo'lmog'i darkor, ya'ni oldiga qo'ygan maqsadga kam xarajat bilan erishmog'i lozim.

1.3. tezkor qaror.

Boshqaruv qarorlariga qo'yiladigan talablar

1. qarorni asoslanganligi,

2. qaror real amalga oshirilgan bo'lishi, qabul qilingan qaror samarali va uni bajaruvchi jamoa kuchi va mablag'lariga mos bo'lmog'i lozim.

3. qarori huquqiy bo'lishi kerak.

4. qarorlar ziddiyatlarsiz bo'lishi kerak, boshqa qarorlar bilan mos kelishi, hamda aniq, yaxshi ta'riflangan qisqa va lo'nda bo'lishi kerak.

"Boshqaruv qarori" atamasi ikkita asosiy ma'noda - jarayon va hodisa sifatida

qo'llanilishi lozim:

3 Кабушкин Н. И. Основы менеджмента. Учебник. — МН.: НПЖ «ФУА», ЗАО «Экономпресс».2001.

284 с.

- boshqaruv qarori jarayon sifatida kerakli axborotni izlash, guruhlash va tahlil

qilishdan; va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirishdan iborat;

- hodisa sifatida boshqaruv qarori - bu harakat rejasi, qaror, og'zaki yoki yozma buyruq va boshqalardir.

Boshqaruv qarorini qabul qilish boshqaruv ishining eng muhim turi, shuningdek, boshqaruv vazifalarini amalga oshirishni ta'minlaydigan o'zaro bog'liq, maqsadli va mantiqiy izchil boshqaruv harakatlarining majmuidir. Boshqaruv qarorini qabul qilish jarayoni deganda boshqaruv subyektining tashkilot muammolarini hal qilishga qaratilgan va vaziyatni tahlil qilish, muqobil variantlarni yaratish, qaror qabul qilish va uni amalga oshirishni tashkil etishdan iborat bo'lgan siklik harakatlar ketma-ketligini tushunish lozim.

Boshqaruv qarorlarining sifati - bu boshqaruv qarorlarining korxonaning ichki talablariga (standartlariga) muvofiqligi darajasi hisoblanadi.

Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishdan maqsad ma'lum bir samaradorlikka erishish hisoblanadi. Qarorlarning samaradorligi tushunchasi "samara" tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir.

Samara - biror narsaning natijasi bo'lgan harakat, biror narsaning oqibati, kimgadir taassurot qoldirish vositasi. Jarayonda samaraga erishish uchun jalb qilinadigan aniq faol vositalarni, harakatlarni qo'llash obyektlarini, shuningdek, belgilangan harakatlarni amalga oshirish shartlarini o'ziga xos usulini tanlash va amalga oshirish kerak bo'ladi.

Qarorlarning samaradorligi deganda biz qaror qabul qiluvchi uchun operatsiyada mo'ljallangan (kelajakda) yoki haqiqatda olingan samaraning foydalilik darajasini tushunamiz. Qarorning samaradorligi to'g'risidagi qaror qaror qabul qiluvchi tomonidan qabul qilinishi mumkin va kutilgan yoki olingan samara uchun afzallikning kamida uchta darajasini aks ettiradi:

- ijobiy ta'sir (nafli);

- nol samara;

- salbiy ta'sir (zararli).

O'z navbatida, har bir daraja bo'yicha qarorlarning samaradorligi darajasi miqdoriy o'lchov yordamida aniqlanishi mumkin.

Ya'ni, qarorning samaradorligi - bu qaror qabul qiluvchi uchun jarayondan kutilayotgan foydali ta'sir darajasining kerakli darajadagi foydalilik darajasiga muvofiqligi. Qaror qabul qiluvchi har doim harakat qilishi kerak bo'ladi. Chunki, faqat qarorlar va rejalar ideal, odamlar va sharoitlar har doim haqiqiy ekanligini va shuning uchun har qanday boshqaruv qarori, har qanday reja nafaqat muvaffaqiyat, balki muvaffaqiyatsizlikka uchrash ehtimolini ham esda tutishi kerak.

III. MUHOKAMA

Shunday qilib, qarorlar samaradorligini baholashning ikki turi haqida gapirish to'g'ri

bo'ladi:

1. Qarorlarning nazariy samaradorligi;

2. Qarorlarning haqiqiy samaradorligi.

Qarorlarning samaradorligini belgilovchi asosiy omillarni tavsiflash uchun biz yechimni amalga oshirishning ikkita asosiy namunaviy natijalarini ajratib ko'rsatamiz va ularni "muvaffaqiyat" va "muvaffaqiyatsizlik" deb ataymiz. Asosiy omillarni - obyektiv va subyektiv omillarga ajratib olamiz

Birinchi guruh - "obyektiv omillar" - qaror qabul qiluvchining o'z iqtisodiy va texnik imkoniyatlari, qaror qabul qiluvchi uchun qulay iqtisodiy, siyosiy va mahalliy vaziyat darajasini belgilaydigan holatlar, ishonchli sheriklarning mavjudligi kabi muhim holatlarni o'z ichiga oladi.

Shartli ravishda "subyektiv omillar" deb ataladigan ikkinchi guruh - bu qaror qabul qiluvchi shaxsning menejer sifatidagi xususiyatlari bo'lib, unda "Yaxshi menejer" - bu yetakchilikka intiladigan, odamlarni o'ziga jalb qiladigan, ularni harakatga ilhomlantiradigan, energiya va ishonchni tarqatadigan, odamlarda unga ergashish istagini uyg'otadigan odam tushuniladi.

Boshqaruv qarorlarining iqtisodiy samaradorligini baholash turlari va usullari - umumiy samaradorlik tasnifiga o'xshab, boshqaruv qarorlari samaradorligi tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, texnologik, psixologik, huquqiy, ekologik, axloqiy va siyosiy turlarga bo'linadi.

1. tashkiliy samaradorligi; 2. iqtisodiy samaradorligi;

3. ijtimoiy samaradorligini; 4. texnologik samaradorligi;

5. psixologik samaradorligi; 6. huquqiy samaradorligi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7. ekologik samaradorligi; 8. axloqiy samaradorligi;

9. siyosiy samaradorligi.

Boshqaruv qarorlari samaradorligini boshqarish mahsulot va korxona faoliyati samaradorligining real ko'rsatkichlari, me'yorlari va standartlariga asoslangan miqdoriy va sifat jihatidan baholash tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunday ko'rsatkichlar, me'yorlar va standartlarga quyidagilar kiradi:

- yaxlit korxona faoliyati;

-xodimlarning ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish darajasi;

- korxonaning muayyan bozordagi faoliyati;

- korxonaning boshqaruv, texnik xizmat ko'rsatish va ishlab chiqarish faoliyati;

- bevosita ishlab chiqarish;

- mahsulot, xizmatlar, axborot, bilimlarning ayrim turlarini ishlab chiqarish;

- moddiy va intellektual resurslardan foydalanish;

- korxonada qabul qilingan samaradorlikning umumlashtiruvchi ko'rsatkichlari.

Qaror qabul qilish jarayoni samaradorligini oshirish uchun quyidagilarni tavsiya etamiz:

1) Boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda menejmentni barcha qirralarini, mantiqni, psixologiyani, korxonaning ichki va tashqi muhit omillarini chuqur va keng tushunish lozim.

2) Boshqaruv qarori boshqaruv siklining markaziy bo'g'ini bo'lib, qaror qabul qiluvchi tomonidan ma'lumotlarni qayta ishlash asosida amalga oshiriladigan tahlil, prognozlash, asoslash, optimallashtirish va muqobil variantlarni tanlashda qaror qabul qiluvchi yuqori kompetentlikni rivojlantirishi lozim.

3) Qaror qabul qilish jarayonining samaradorligini oshirishda axborot bilan samarali ishlash darajasini oshirish lozim.

4) Samaradorlikni oshirishning asosiy talablari bo'lib - qaror qabul qilishning o'z vaqtidaligi, amalga oshirishni to'g'ri mexanizmini o'rnatish, optimallik, maqsadga muvofiqlik, moslashuvchanlik, ijroni tekshirish va nazorat qilish qobiliyatini yuqoriligini ta'milanishi bo'lishi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. 1. Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartibintizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.-T.:O'zbekiston, 2017.

2. Yusupov E.D., Kusharov Z.K. Menejment nazariyasi. (darslik), «Innovatsion rivojlanish nashriyot-manbaa uyi», 2021., 22,4 b.t.

3. Нигматуллин Р.А. Автоматизация принятия управленческих решений на основе экспертных оценок / Р.А. Нигматуллин // Российское предпринимательство. - 2011. - № 7 Вып. 1 (187). - С. 34-39

4. Зубарев М.Г. Система управления знаниями внутри компании / М.Г. Зубарев // Экономика, управление, финансы: материалы VI междунар. науч. конф. - Краснодар: Новация, 2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.