Научная статья на тему 'BOSHLANG'ISH SINF O'QUVCHILARINING INGLIZ TILINI TEZKOR O'RGANISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH'

BOSHLANG'ISH SINF O'QUVCHILARINING INGLIZ TILINI TEZKOR O'RGANISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang'ich sinf o'quvchilari / o’quv qollanmalari / dasturlar / tezkor o’rganish / ko’nikmalar / amaliy / motivatsiya / interaktiv o’qitish. / Primary school students / textbooks / programs / quick learning / skills / practical / motivation / interactive teaching.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Saparbaeva Suliwxan Ken’esbay Qiz

Ushbu maqola boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ingliz tilini o‘rganishning ahamyati. Mamlakatimizda Ingliz tilini o’qitish uchun yaratilayotgan darsliklar, o’quv dasturlari va Ingliz tilini qanday qilib boshlang’ish sinf o’quvchilariga tez va samarali o’rgatish usullari, til o’rganish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING FAST LEARNING SKILLS IN PRIMARY CLASS STUDENTS

This article is about the importance of learning English for elementary school students. Textbooks, curriculums, and methods of teaching English to elementary school students quickly and effectively, and recommendations for developing language learning skills, are given in our country.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ISH SINF O'QUVCHILARINING INGLIZ TILINI TEZKOR O'RGANISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH»

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

DEVELOPING FAST LEARNING SKILLS IN PRIMARY CLASS

STUDENTS Saparbaeva Suliwxan Ken'esbay qizi

NSPI, doctoral student of the Department of Pedagogy https://doi.org/10.5281/zenodo.12606872

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24th June 2024 Accepted: 29th June 2024 Online: 30th June 2024 KEYWORDS

This article is about the importance of learning English for elementary school students. Textbooks, curriculums, and methods of teaching English to elementary school students quickly and effectively, and recommendations for developing language learning skills, are given in our country.

Primary school students, textbooks, programs, quick learning, skills, practical, motivation, interactive teaching.

РАЗВИТИЕ НАВЫКОВ БЫСТРОГО ОБУЧЕНИЯ У УЧАЩИХСЯ

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Сапарбаева Сулыухан Кенесбаевна

НСПИ, докторант кафедры педагогики https://doi.org/10.5281/zenodo.12606872

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 24th June 2024 Accepted: 29th June 2024 Online: 30th June 2024 KEYWORDS

Учащиеся классов, программы, обучение,

начальных учебники, быстрое навыки,

Эта статья о важности изучения английского языка для учащихся начальной школы. В нашей стране даются учебники, учебные программы и методики быстрого и эффективного преподавания английского языка учащимся начальной школы, а также рекомендации по развитию навыков изучения языка.

практические, мотивация, интерактивное обучение.

BOSHLANG'ISH SINF O'QUVCHILARINING INGLIZ TILINI TEZKOR O'RGANISH KO'NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH

Saparbaeva Suliwxan Ken'esbay qizi

NMPI, Pedagogika kafedrasi doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.12606872 ARTICLE INFO ABSTRACT

Received: 24th June 2024 Accepted: 29th June 2024 Online: 30th June 2024

Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilariga ingliz tilini o'rganishning ahamyati. Mamlakatimizda Ingliz tilini o'qitish uchun yaratilayotgan darsliklar, o'quv dasturlari va Ingliz tilini qanday qilib boshlang'ish sinf o'quvchilariga tez va samarali o'rgatish usullari, til o'rganish ko'nikmalarini rivojlantirish uchun tavsiyalar berilgan.

KEYWORDS

Boshlang'ich sinf

o'quvchilari,o'quv

qollanmalari, dasturlar,

tezkor o'rganish,

ko'nikmalar, amaliy,

motivatsiya, interaktiv o'qitish.

Ingliz tili bugungi dunyoda global kommunikatsiya uchun muhim tillardan biridir. Dunyoning jadal rivojlanayotgan davlatlari orasida mamlakatimizda ham har yili ilm-fanning bir nechta yo'nalishlari tanlab olinib, ularning samaradorligini oshirishda keng qamrovli ishlar olib borilmoqda. Ingliz tilini dunyoning aksariyat qismlarida so'zlashadigan til sifatida ko'rib, bugungi kunda bu tilni o'rganishga bo'lgan talab va ahamiyatni e'tiborsiz qoldirib bo'lmaydi. Ingliz tilini o'rganishga bo'lgan talab va qiziqish shunchalik kuchaydiki, bog'cha yoshidagi bolalardan boshlab katta yoshdagi mutaxassislargacha ingliz tili o'rganishga harakat qilinmoqda. Ingliz tilini o'rgatishda o'rganuvchining bilim salohiyati va yosh xusuyatlaridan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich o'rgatib borish yaxshi natija beradi. Ko'p yillik pedagogik tajribalardan kelip chiqib aytishimiz mumkin bolalar kattalarga nisbatan tilni tez va oson o'zlashtiradilar.

Hozirgi kunda yurtimizdagi ta'lim sohasini tubdan chet tillariga tadbiq qilish maqsadida yaratilayotgan darsliklar, o'quv dasturlari va qo'llanmalar yoshlarimizning globallashgan til bo'lgan ingliz tilini chuqur egallash maqsadlarning amaldagi isbotidir. Davlat ta'lim standarti asosida maktablarda 1-4-sinflarga haftasiga 2 soatdan chet-tili fani o'qitiladi. 2013-2020-yillarda boshlang'ish sinflar uchun "Kids English" darsligi o'qitilgan bo'lsa, 2020-yildan boshlab ko'plap viloyatlarda tajribadan o'tkazilgan "Guess what" darsligiga almashtirildi. Bu darslikning avzalligi shundaki, 4 ko'nikma va grammatikani o'z ichiga olgan va o'quvchilarning ingliz tilini tez o'rganishiga zamin yaratadi.

Qaysidir chet tilini o'rganish uchun avvalo o'sha tilda muloqat qilish eng samarali usullardan biridir. Bolalar bu tilni bilmasdan ham yodlash orqali bir birlari bilan muloqatga kirisha oladilar, sababi ular kattalarga solishirganda eslab qolish qobiliyati ancha yuqori hisoblanadi. Shu sababdan ham pedagoglar o'quvchilarga bir biri bilan kommunikatsiya imkoniyatlarini yaratishi va o'quvchilarga ingliz tilini amaliy ravishda ishlatish imkoniyatini berish juda muhimdir. Darslarda o'quvchilarni ingliz tilida gaplashish, savollar berish va javoblar olish jarayonida ingliz tilini qo'llanishni o'rgatish samarli usullardandir. O'quvchilar o'zlari hali tanish bo'lmagan tilda gaplashishi qiyin, albatta. Buning uchun bolalarga til o'rganish uchun kuchli so'z boyligini yaratish juda muhimdir. O'quvchilarni nutq va yozishda yangi so'zlardan foydalanishga undash, so'z o'yinlari, kartochkalar va so'zlarni biriktirish mashqlari kabi lug'at boyligini oshirish mashg'ulotlarini muntazam ravishda o'tkazish orqali ularni ingliz

é

Ws,

tilida gaplashishga o'rgatish mumkun. Grammatikani bilmasdan turib bolalar muloqat qila olishmaydi degan fikrlar tug'iladi va buning uchun grammatikani alohida qoidalar orqali emas, balki mazmunli kontekstda organish maqsadga muvofiqdir. Maktab o'quvchilarini 2-sinfida ingliz tilidagi harflarni o'rganadi va ushbu vaqtdan boshlab ularda o'qish va yozish ko'nikmalari rivojlantirish ularning samarali til o'rganishida katta ahamiyat kasb etadi. O'quvchilarning tilni bilish darajasiga mos keladigan yoshga mos o'quv materiallari bilan darsni olib borish, muntazam o'qish odatlarini rag'batlantirish va yozma ifodani rivojlantirish uchun alohida e'tibor qaratish zarur.

Bundan tashqari o'quvchilarni ingliz tilini o'rganishga bo'lgan qiziqishlarini oshirish bolalarni til o'rganishga bo'lgan bor imkonyatlarini kengaytirib beradi. Bolalarni til o'rganishga bo'lgan motivatsiyasini oshirishda faqatgina bir element bilan amalga oshirib bo'lmaydi. Birinchi navbatta dars beradigan xonaning ahamiyati katta. Ingliz tili xonasini turli xil rangba-rang ingliz tilida yozilgan plakat, rasmlar kabi ko'plap ko'rgazma qurollari bor atmosfera bolani o'sha tilga bo'lgan qiziquvchanligini orttiradi. Shu bilan bir qatorda o'qutuvchi darsni interaktiv o'qitish usullaridan foydalanishi boshlang'ish sinflarning darsga bo'lgan katta qiziqishlarini uyg'otadi. Bu usuldan foydalanishda o'quvchilarning o'zaro muloqotlari, rolli o'yinlar, videolar, audio materiallar va internetdagi resurslardan foydalanish orqali motivatsiyasi oshiriladi va tilni o'rganish jarayoni qiziqarli bo'ladi. Yoqorida keltirib o'tilgan interaktiv usul orqali o'quvchilarga o'z fikrlarini ifoda qilish, yangi so'zlarni o'rganish va gaplarni yaratishga imkon berish juda muhimdir. Buning uchun, o'quvchilarga ingliz tilida gaplar yaratish uchun tartib va ko'rsatkichlarni o'rganish va ulardan foydalanishni o'rgatish mumkun. O'quvchilarning o'rganayotgan yangi tilga bo'lgan qiziqishini oshirishning yana bir usuli bu ingliz tilidagi video roliklar, multfilmlar, multimedia resurslari va dialoglarni keltirib o'tishimiz mumkin.

Bolalar bog'chasidan endi maktab partasiga o'tirishni o'rganayotgan o'quvchilar sinfida ingliz tilini tezda o'rganish ko'nikmalarini rivojlantirishda e'tiborga olish kerak bo'lganayrim masalalar ham mavjud. Eng avvalo o'quvchilarning yangi tilda talaffuz qilishdagi qiyinchiliklarni hisobga olgan holda ularning talaffuziga alohida e'tibor qaratish lozim. Muntazam talaffuz mashqlari, tinglash mashqlari va og'zaki mashq qilish imkoniyatlarini taqdim etish orqali o'quvchilar to'g'ri talaffuz odatlarini rivojlantirishadi. O'quvchilarga ingliz tilining haqiqiy talaffuzini ochib berish uchun audio va video materiallardan foydalanish samarali usullaridir.

Xulosa o'rnida aytish kerakki, tilni o'rganish vaqt va izchil harakat talab qiladi. Ijobiy va qo'llab-quvvatlovchi o'quv muhitini rag'batlantirish, o'quvchilarning yutuqlarini nishonlash va ularga ingliz tilidan haqiqiy vaziyatlarda foydalanish imkoniyatini berish orqali ularga ingliz tilini tez va samarali o'rganish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam berish mumkin. Bu tavsiyalar boshlang'ich sinf o'quvchilariga ingliz tilini tezkor o'rganish ko'nikmalarini rivojlantirishda yordam beradi.

References:

1. Пассов Е.И. Коммуникативный метод обучения иноязичному языку М. Просвещение, 1991

2. Xoshimov O'., Yoqubov I. Ingliz tili O'qitish metodikasi. T., -2003

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

3. Вятютнев М.Н. Обучение иностранному языку в начальной школе. Иностранный Язык в школе, 1990.

4. Bernal, CA (2006). Research methodology. Pearson education.

5. https://doi.org/10.10167j.childyouth.2003.11.002

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.