Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDA SIFAT VA SAMARADORLIKKA ERISHISH UCHUN INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH VA ULARNING NATIJALARI'

BOSHLANG'ICH TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDA SIFAT VA SAMARADORLIKKA ERISHISH UCHUN INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH VA ULARNING NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sayfutdinova Mexrinoz Zahiddin Qizi

Mazkur maqolada boshlang'ich ta'limni rivojlantirishda sifat va samaradorlikka erishishning innovatsion, inkorporatsion usullari, muammo va yechimlar haqida so'z boradi. Mamlakatimizda ta'lim sohasida qo'llanilayotgan interfaol metodlar va ularning natijalari haqida yozilgan bo'lib asosan boshlang'ich ta'limni o'quvchi uchun tushunarli shaklda olib borishda foydalanilayotgan interfaol o'yinlar haqida yozilgan. Bugungi kunda chet tillarini o'qitishda ham interfaol o'yinlarning natijasiga ham urg'u berib o'tilgan. Ushbu maqolada Interfaollikning ta'limdagi o'rni va u orqali sifat ko'rsatkichini oshirish haqida hamda o'quvchilardagi ayrim muammolarni interfaol o'yinlar yordamida bartaraf etish haqida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDA SIFAT VA SAMARADORLIKKA ERISHISH UCHUN INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH VA ULARNING NATIJALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

BOSHLANG'ICH TA'LIMNI RIVOJLANTIRISHDA SIFAT VA SAMARADORLIKKA ERISHISH UCHUN INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH VA ULARNING

NATIJALARI Sayfutdinova Mexrinoz Zahiddin qizi

Andijon davlat chet tillari instituti Ingiliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11061277

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich ta'limni rivojlantirishda sifat va samaradorlikka erishishning innovatsion, inkorporatsion usullari, muammo va yechimlar haqida so'z boradi. Mamlakatimizda ta'lim sohasida qo'llanilayotgan interfaol metodlar va ularning natijalari haqidayozilgan bo'lib asosan boshlang'ich ta'limni o'quvchi uchun tushunarli shaklda olib borishda foydalanilayotgan interfaol o'yinlar haqida yozilgan. Bugungi kunda chet tillarini o'qitishda ham interfaol o'yinlarning natijasiga ham urg'u berib o'tilgan. Ushbu maqolada Interfaollikning ta'limdagi o'rni va u orqali sifat ko'rsatkichini oshirish haqida hamda o'quvchilardagi ayrim muammolarni interfaol o'yinlar yordamida bartaraf etish haqida yozilgan.

Kalit so'zlar: Interfaollik, interfaol metodlar va o'yinlar, tushunish darajasi, ijodiy qobilyat, o'quvchi, o'qituvchi, sinf,

Abstract. This article talks about innovative, incorporation methods, problems and solutions to achieve quality and efficiency in the development of primary education. It is written about the interactive methods used in the field of education in our country and their results. Today, in teaching foreign languages, emphasis is also placed on the results of interactive games. In this article, it is written about the role of interactivity in education and how to improve the quality index through it, and about solving some problems of students with the help of interactive games.

Keywords: Interactivity, interactive methods and games, level of understanding, creative ability, student, teacher, class.

Аннотация. В данной статье рассказывается об инновационных методах включения, проблемах и решениях для достижения качества и эффективности в развитии начального образования. Написано об интерактивных методах, используемых в сфере образования в нашей стране и их результатах. Сегодня в обучении иностранным языкам также делается упор на результаты интерактивных игр. В этой статье написано о роли интерактивности в образовании и о том, как с ее помощью повысить показатель качества, и о решении некоторых проблем учащихся с помощью интерактивных игр.

Ключевые слова: Интерактивность, интерактивные методы и игры, уровень понимания, творческие способности, ученик, учитель, класс.

Dunyo kundan kunga rivojlanib bormoqda, fan va texnologiyalar ham har soniya rivojlanib taraqqiy etib bormoqda. Shuningdek, bugungi kunda kurrai zaminning har bir burchagida ilm olish, o'rganish, o'rgatishga katta e'tibor qaratilmoqda. Pedagogik jarayonlarni to'g'ri, qiziqarli va interfaol metodlar bilan birga olib borish o'qituvchining asosiy vazifasi bo'lib hisoblanadi. Ayniqsa kichik maktab yoshidagi bolalarda interfaol metodlardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu yoshdagi bolalar boshlang'ich ta'lim yoshidagi bolalar bo'lib ularda dars mashg'ulotlariga nisbatan befarqlik yoki sinfdoshlari bilan to'liq kirisha olmaslik o'qituvchidan qo'rqish kabi holatlari kuzatilishi mumkin. Aynan shu kabi holatlarda pedagog tomonidan interfaol o'yinli metodlar orqali darsni tashkillashtirish yaxshi natija beradi. Negaki interfaol o'yinli metodlar o'quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o'quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishi va rivojlantirishning amaliy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Interfaollik bu -- o'zaro faollik, harakatdir. U o'quvchi- o'qituvchi, o'quvchi- o'quvchi suhbatlarida sodir bo'ladi. Interfaollik metodlarning bosh maqsadi - o'quv jarayoni uchun eng qulay muhit va vaziyat yaratish orqali o'quvchining faol, erkin, ijodiy fikr yuritish, uni ehtiyoj, qiziqishlari, ichki imkoniyatlarini ishga solishga muhit yaratish. Bunday darslar shunday kechadiki, bu jarayonda bironta ham o'quvchi chetda qolmay eshitgan, o'qigan, ko'rgan, bilgan fikr mulohazalarini ochiq oydin bildirish imkoniyatlariga ega bo'ladilar. Ya'ni o'quvchidagi nuqsonlar o'yinlar davomida sekin- astalik bilan yo'qoladi, o'qishga bo'lgan ishtiyoq, qiziqish ortadi. Bu esa interfaol metodning samarasidir.

Interfaol o'yinlar juda ko'p bo'lib ularni tanlashda quyidagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi. Ishtirokchilarni tarkibi bo'yicha, ya'ni o'g'il bolalar, qiz bolalar yoki aralash guruhlar uchun o'yinlar:

ishtirokchilarning soni bo'yicha yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o'yinlar;

o'yin jarayoni bo'yicha fikrlash, o'ylash, topag'onlik, harakatlarga asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo'naltirilgan;

vaqt me'yori bo'yicha dars mashg'ulot vaqtining reja bo'yicha ajratilgan qismi, o'yin maqsadiga erishguncha, g'oliblar aniqlanguncha davom etadigan o'yinlar. Bularning bari o'quvchilarni faolligini oshirish, ijodiy qobilyatini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib boshlang'ich ta'limning samaradorligi uchun hizmat qiladi. Hozirgi kunda amalda bo'lgan interfaol o'yinlardan biri bu "Qor bo'ron" o'yini bo'lib unda o'quvchilar sinfda ikki guruhga bo'linadi va muhokama uchun o'rtaga mavzu tashlanadi. Bu o'yinda har bir guruh ishtirokchisi faol qatnashishi talab qilinadi, chunki har bir to'g'ri mulohaza va ma'lumot uchun qor parcha ko'rinishidagi ballar taqdim etiladi. Eng ko'p ball olgan guruh a'lo baholanadi. Bu o'yinning maqsadi shundan iboratki, bu o'yin bolani mustaqil fikrlash, o'z fikrini erkin bayon qila olish, jamoa bo'lib ishlash kabi qobilyatlarini rivojlantiradi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda chet tillarini o'qitishga bo'lgan e'tibor kuchayganligi sababli endilikda ingiliz tilini o'qitishda ham interfaol o'yinlardan foydalanilmoqda. Misol uchun: " Dunyo bo'ylab sayohat" o'yinini olsak. Unda o'quvchilardan bir kishi doska oldiga keladi va o'qituvchi ushbu o'quvchiga mashhur joyning suratini ko'rsatadi, o'quvchi shu joyga taaluqli so'zlar yoki o'zi tuzgan kichik gaplar orqali ingiliz tilida tasvirlashga harakat qiladi. O'tirgan o'quvchilar ichida faol qatnashgan, joy nomlarini topgan bolalar o'qituvchi tomonidan a'lo baho bilan taqdirlanadi. Bu o'yinning maqsadi o'quvchida omma oldidagi qo'rquv, hayajonni yengish, ingiliz tilidagi ko'nikma, bilimlarni mustahkamlash, topqirlik qobilyatini oshirishdan iborat. Umaman olganda shu kabi interfaol o'yinlarning asosiy maqsadi bitta bo'lib, o'quvchida faollikni rivojlantirish. Albatta har bir bolada shaxsiy qobilyat mavjud.

Bundan tashqari, tushunish darajasi ham hammada har xil. Bir soatlik dars mobaynida esa har bir o'quvchiga tushunish saviyasiga mos tarzda alohida vazifa berishni iloji yo'q, bu juda ko'p vaqt talab qiladi. Shuning uchun dars mavzusini noldan ya'ni mavzuning eng kichik bosqichidan murakkablik sari asta-sekin tushuntiriladi. Shundagina o'zlashtirishi past bo'lgan o'quvchilar ham mavzuni yaxshi tushunadilar. Ijodiy qobilyatlarga kelsak, uyga vazifa yoki qo'shimcha mashg'ulotlarni o'quvchining ijodiy qobiliyatiga asosan berish, bolaning qobilyatini to'laroq yuzaga chiqishiga sabab bo'la oladi.

Barchamizga ma'lumki, boshlang'ich ta'lim 4 bosqichdan iborat ( 1-sinf, 2-sinf, 3-sinf, 4-sinf). Shunday ekan muallim interfaol o'yinlarni tanlashda ham o'quvchining yoshi, sinfini inobatga olishi lozim. 1-2- sinflarda ko'proq o'qish fanida qo'llaniladigan interfaol metodlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Negaki bu paytda dastlab o'quvchi mustaqil mutoala qilishni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

o'rganishi kerak. Shundan so'nggina u o'zi bemalol kitob o'qiy oladi, 3-4- sinflarda esa ko'p e'tiborni aniq fanlarga, shuningdek, matematika va chet tillarini o'rganishga qaratishi muhimdir. Mana shu yosh va sinf davrlari mobaynida kerakli barcha bilimlarni yaxshi o'zlashtirish ta'limning keyingi bosqichlari uchun mustahkam poydevor bo'lib hisoblanadi. Xulosa o'rnida shuni takidlab o'tish kerakki, interfaol o'yinlar orqali bolaning aqliy, mustaqil, erkin fikrlashi ortadi. Sinf ichida faolligi, liderligi rivojlanadi. Ta'lim sifatining samaradorligi, sifat ko'rsatkichi yoqoriga ko'tariladi. Aynan hozirgi kundagi taraqqiy etib borayotgan ta'limda ham shunday samaradorlikni ko'rishimiz mumkin. 2020-2030- yillarga mo'ljallangan mamlakatimizda Davlat ta'lim sifatini oshirish yizasidan konseptsiyasini ham interfaol metodlarning muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda boshlang'ich ta'limni sifatini oshirishda interfaol metodlardan foydalanish ommalashdi. Zero bularning barchasi ta'limni yangi rivojlanish bosqichiga olib chiqadi.

REFERENCES

1. Avliyakulov N.X., Pedagogik texnologiyalar. -- T.; "Fan va texnologiyalar nashriyoti, 2018.

2. S.Matjonov va boshqalar. Boshlang'ich sinf o'qish darslarini pedagogik texnologiyalar orqali tashkil etish. T. 2008 y.

3. Begimqulov U. Sh. Pedagogik ta'limda zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari/ Monografiya. --T.: Fan, 2017.

4. Musayeva.N.N. "Zamonaviy ta'lim texnologiyalari" Toshkent.: 2019.

5. https://uz.m.wikipedia.org.

6. Ахунов Мукумжон Мухаммадаминович, & Сайфутдинова Мехриноз (2024). РОЛЬ ИНФОРМАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБУЧЕНИИ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ. Science and innovation, 3 (Special Issue 19), 344-347. doi: 10.5281/zenodo 10816377

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.