Научная статья на тему 'BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA CHET TILI KO'NIKMALARINI'

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA CHET TILI KO'NIKMALARINI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
271
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xorijiy til / komponent / ko'nikma / english / deutsch / metod. / foreign language / component / skill / English / German / method.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G. Urazova, S. Allayarova, F. Torayeva

Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida chet tili ko'nikmalarini oshirish uchun pedagoglar mahorati, chet tilini o'rgatishda qo'llaniladigan turli xil metodlar va chet tilining o'quvchilar uchun qanchalik muhim ahamiyatga molik ekanligi haqida so'z boradi. Hozirgi kunda har bir yosh avlod xorijiy tillarni bilishi zamon talabidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING FOREIGN LANGUAGE SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

This article talks about the skills of teachers to improve the foreign language skills of elementary school students, the various methods used in teaching a foreign language, and how important a foreign language is for students. Nowadays, every young generation needs to know foreign languages.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA CHET TILI KO'NIKMALARINI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA CHET TILI KO'NIKMALARINI

OSHIRISH Urazova Guli Uringaliyevna

Urganch davlat universiteti talabalasi Allayarova Sohiba Hamidjon qizi

Urganch davlat universiteti talabalasi To'rayeva Fazilat Ikrom qizi

Urganch davlat universiteti talabalasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7069657

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida chet tili ko'nikmalarini oshirish uchun pedagoglar mahorati, chet tilini o'rgatishda qo'llaniladigan turli xil metodlar va chet tilining o'quvchilar uchun qanchalik muhim ahamiyatga molik ekanligi haqida so'z boradi. Hozirgi kunda har bir yosh avlod xorijiy tillarni bilishi zamon talabidir.

Kalit so'zlar: xorijiy til, komponent, ko'nikma, english, deutsch, metod. СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ НАВЫКОВ ВЛАДЕНИЯ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКОМ У

УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация. В данной статье рассказывается о навыках педагогов по совершенствованию навыков иностранного языка у учащихся начальной школы, различных методах, используемых в обучении иностранному языку, и о том, насколько важен иностранный язык для учащихся. В наше время каждому молодому поколению необходимо знать иностранные языки.

Ключевые слова: иностранный язык, компонент, навык, английский язык, немецкий язык, метод.

IMPROVING FOREIGN LANGUAGE SKILLS IN PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Abstract. This article talks about the skills of teachers to improve the foreign language skills of elementary school students, the various methods used in teaching a foreign language, and how important a foreign language is for students. Nowadays, every young generation needs to know foreign languages.

Keywords: foreign language, component, skill, English, German, method.

KIRISH

Hozirgi kunda yurtimizda yosh avlodni bilimli va salohiyatli tarbiyalash uchun turli xil islohotlar amalga oshirilmoqda.Bularning natijasi o'laroq yosh avlod har tomonlama komil bo'lib yetishmoqda.Oxirgi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan muhim islohotlardan biri bu chet tilini rivojlantirish va yosh avlod xorijiy tillarni bilishi darkorligidir.Hozirgi kunda har bir yosh xorijiy tillarni bilishi zamon talabidir.Shu sabab ham maktab ta'limida xorijiy tillarni o'qitishga nisbatan e'tibor oshirilmoqdaJumladan boshlang'ich ta'lim sohasida bu yo'nalishga katta e'tibor berilmoqda.Va bu yuzasidan turli xil islohotlar amalga oshirilmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida chet tili ko'nikmalarini oshirish boshlang'ich ta'lim sohasida katta ahamiyat kasb etadi.Chunki har bir bilim va ko'nikmaning boshlanishi boshlang'ich ta'limdan boshlanadi va hozirgi kunda esa xorijiy tillarni bilish zamon talabi hisoblanadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Xorijiy tillarni o'qitishda o'qituvchi pedagog mahorati muhim ahamiyatga ega.Ya'ni pedagog xodim yosh avlodga xorijiy tillarni bilish qanchalik muhim ahamiyatga molik ekanligi haqida yetarlicha singdira olishi va o'quvchilarda xorijiy tillarga nisbatan qiziqish uyg'ota olishi darkor.

TADQIQOT NATIJALARI

Hozirgi kunda respublimizning barcha hududlarida maktab ta'limida xorijiy tillarni o'qitishda muhim islohotlar amalga oshirilgan.Jumladan boshlang'ich sinflarda birinchi sinfdan boshlab ingliz,nemis yoki fransuz tillarini o'qitish boshlangan.Biz oldingi davr sarhisobini ko'rar ekanmiz, xorijiy tillarni o'qitish maktab ta'limida 5-sinfdan boshlanganligini bilishimiz mumkin.Keyingi islohotlar natijasi o'laroq esa xorijiy tillarni o'qitish 1-sinfdayoq boshlandi va boshlang'ich sinf o'quvchilari yetarli kitob va darsliklar bilan ta'minlandi.

Yurtimizda boshlang'ich ta'limda xorijiy tillarni o'qitishda yetarlicha shart-sharoitlar yaratilgan va chet tili ko'nikmalarini oshirish pedagog xodimlarning vazifasi hisoblanadi.Chet tili o'qituvchilari turli xil metodlar va qiziqarli o'yinlar yordamida o'quvchilarda xorijiy tillarga nisbatan qiziqish uyg'ota olishi va ushbu chet tilining qiziqarli tomonlarini ko'rsata olishi hamda dars mashg'ulotlarini qiziqarli tashkillashtira olishi darkor.

MUHOKAMA

Chet tili darslarini tashkillashtirishda eng qiziqarli va foydali metodlardan biri she'rlar bilan ishlashdir. Quyida bu metod namunasini ko'rib chiqamiz.

Nutq aniq, tushunarli va tushunarli bo'lishi uchun she'rlar bilan ishlash bebaho rol o'ynashi mumkin. Ular nutqning ravshanligiga erishishning eng yaxshi vositasidir.Masalan, tovushni mashq qilish uchun quyidagi she'rni olamiz: Komm aus dem Loch heraus. Komm mening Katzenxausimda! Miau, miau, miau.

Talaffuzni o'rgatishning umumiy strategiyasini (birinchi navbatda, she'rlar bilan ishlash ketma-ketligini anglatadi) quyidagicha ifodalash mumkin:

O'quvchilar tomonidan she'rni tinglash, uni tushunish, o'qituvchi fonetik qayta ishlanishi kerak bo'lgan so'zni ajratib oladi (bizning holatda: Mi-Mausemaus), uni o'quvchilar talaffuz qiladi, o'quvchilar tomonidan tovushni takrorlaydi, so'z va so'zni takrorlaydi. bir butun sifatida iborat.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, boshlang'ich sinf o'quvchilariga til o'rgatishni majburiyat sifatida emas, aksincha, qiziqarli o'yinlar va innovatsion metodlardan foydalangan holda olib borishi , ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Shunday ekan, ta'lim tizimi ham o'z oldiga erkin fikrlovchi, barkamol, yetuk shahsni tarbiyalashni vazifa qilib qo'yar ekan, kelgusida biz bo'lajak o'qituvchilar innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanish yo'llarini yanada mukammalroq ishlab chiqish bilan o'z hissamizni qo'shishimiz mumkin.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'rganish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-sonli qarori.

2. Turdaliyeva G.N "Boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalar"// 2020 .

3. Bekmuratova U.B . " Ingliz tilini o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish" // Toshkent 2012.

4. Toliboboeva, S. J. (2020). TEACHING INTERCULTURAL COMMUNICATION IN ENGLISH. ScienceandEducation, 1(SpecialIssue 2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.