Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^
BOSHLANG'ICH TA'LIMNING METODOLOGIK, TEXNOLOGIK VA DIAGNOSTIK MUAMMOLARINI TADQIQ ETISH MASALALARI
O. M. Jabborova
Chirchiq davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa
doktori (PhD), O'zbekiston
"0'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga doir Davlat dasturi"da boshlang'ich ta'limning eng zamonaviy va dolzarb muammolarini tadqiq etib, uning yechimlarini topish va amaliyotga joriy etish vazifalari qo'yilib amalga oshirilmoqda[1, 6-7-b]. Shu jihatdan Yangi O'zbekiston taraqqiyoti sharoitida mamlakatimizda boshlang'ich ta'limning metodologik va texnologik muammolarini tadqiq etish muhim va dolzarb bo'lib turibdi. Mazkur o'rinda e'tiboringizni ana shu masalaning taxliliga tortamiz.
Boshlang'ich ta'limning metodologik muammolarini tadqiq etish masalasi. Hozirgi zamon mamlakatimiz boshlang'ich ta'limi jarayonida metodologik yangilanishlar va takomillashtirishlar amalga oshmoqda. Bu tabiiy hol bo'lib, taraqqiyotimizning yangi bosqichi zaruriyati bilan bog' liq ijtimoiy va pedagogik hodisadir. Shu ma'noda boshlang'ich ta'limning quyidagi metodologik muammolarini ilmiy va metodik jihatdan tadqiq etish dolzarb bo'lib turganligini ta'kidlab o'tish lozim:
1) boshlang'ich ta'limning funksiyasida tarkib topgan yangi yo'nalishlarni ilmiy-metodik tadqiq etish masalasi;
2) boshlang'ich ta'limning individual, masofaviy va raqamli o'qitish muammolarini ilmiy-metodik tadqiq etish masalasi;
3) boshlang'ich ta'lim jarayonida xorijiy mamlakatlarning tajribalaridan foydalanish mezonlarini ilmiy-metodik tadqiq etish masalasi;
4) tajribali boshlang'ich sinf o'qituvchilarining individual boshlang'ich ta'lim metodikalarini ilmiy-metodik tadqiq etish masalasi.
Mazkur masalalarni tadqiq etish bugungi kunda zaruriyat bo'lib turganligini eslaitib o'tish joiz. Bugungi kunda mazkur masalalar boshlang'ich ta'lim metodikasini yangilash va takomillashtirish omillari sifatida namoyon bo'lmoqda. Ularni tadqiq etish bilan umumlashma ko'rinishlarda paydo bo'layotgan muammolarni o'z vaqtida hal etib borish imkoniyatiga ega bo'linadi[2, 61-67-b].
Boshlang'ich ta'limning texnologik muammolarini tadqiq etish masalasi. Mamlakatimiz boshlang'ich ta'limi jarayonida turli-tuman o'qitishning texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bu muayyan yutuqlarni bergani holda,
211
Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы
^Tsshksniiatissdiyot^a-Eedagsgika^isiituii^^—^^^imi^aiis^iimi^rSiyaiinnov^isy^^^sonaviyva^iiai^i^ais^^^i^
boshlang'ich ta'lim jarayoniga juda ko'p texnologiyalarni aralash tadbiq etish muammosini keltirib chiqarayotganligini ham eslatib o'tish joiz. Shu ma'noda boshlang'ich ta'limning quyidagi texnologik muammolarini ilmiy-metodik tadqiq etish zaruriyat bo'lib turganligini eslatib o'tish joiz:
1) boshlang'ich ta'lim jarayoniga texnik va nanotexnik vositalarga asoslangan o'qitish texnologiyalaridan foydalanishning asoslari bo'yicha ilmiy-metodik tadqiqotlarni amalga oshirish masalasi;
2) boshlang'ich ta'lim jarayoniga kompyuterli texnik vositalarga tayangan, raqamli va masofaviy ta'lim texnologiyalarini tadbiq etish bo'yicha ilmiy-metodik tadqiqotlarni amalga oshirish masalasi;
3) boshlang'ich ta'lim jarayoniga tajribali boshlang' ich sinf o'qituvchilarining individual texnologiyalaridan foydalanish bo'yicha ilmiy-metodik tadqiqotlarni amalga oshirish masalasi;
4) boshlang'ich ta'limda tarbiya nazariyasi va uning yangicha yondashuvlari bo'yicha ilmiy-metodik tadqiqotlarni amalga oshirish masalasi.
Mazkur yo'nalishlarda amalga oshiriladigan pedagogik ilmiy-tadqiqotlarning hulosalari va tavsiyalariga bo'lgan ehtiyoj dolzarb bo'lib turganligini alohida ta'kidlash lozim. Chunki boshlang'ich ta'lim va tarbiya jarayoniga qanchalik zamonaviy yoki yangi bo'lib tuyulmasin, to'g'ri kelgan texnologiyalarni bevosita tadbiq etib bo'lmaydi. Bu hol boshlang'ich ta'lim funksiyasi va boshlang' ich sinf o'quvchilarining rivojlanuvchi xususiyatlariga bog'liq ijtimoiy hamda pedagogik hodisadir[3, 110-115-b].
Boshlang'ich ta'lim diagnostikasi muammolarini tadqiq etish masalasi. Bugungi kunda mamlakatimiz boshlang'ich ta'limi jarayonida bo'layotgan yangilanishlar, o'zgarishlar va takomillashtirishlar mazkur ta'lim bosqichining sifat ko'rsatkichlariga ta'sir ko'rsatuvchi omillar sifatida namoyon bo'lmoqda. Shu jihatdan boshlang'ich ta'lim diagnostikasi muammolarini yangicha nutqai nazarlardan tadqiq etish dolzarb bo'lib turganligini alohida ta'kidlash lozim[4,6-8-b]. Shu ma'noda boshlang'ich ta'lim diagnostikasining quyidagi muammolarni tadqiq etish maqsadga muvofiq bo'ladi:
1) boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajasi va o'zlashtirish ko'rsatkichlarining dinamikasi muammosini tadqiq etish;
2) Yangi O'zbekiston sharoitida boshlang'ich sinf o'quvchilariningn tarbiyalanganlik darajasi va uning yangi zamon talablariga mosligi ko'rsatkichlarini tadqiq etish;
3) boshlang'ich sinf o'quvchilarining tabiiy layoqatining rivojlanib borish asoslarini pedagogik, psixologik va sosiologik nuqtai nazarlardan tadqiq etish;
212
Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^
4) boshlang'ich sinf o'quvchilarining xealqaro ta'lim dasturlari va tajribalari asosida (masalan, 4 K modeli asosida) ko'nikmalarining shakllanganlik darajasini tadqiq etish.
Ushbu yo'nalishlarda boshlang'ich ta'lim diagnostikasi muammolarini tadqiq etish bugungi kundagi eng muhim pedagogik vazifalarimizdan biridir. Chunki mazkur masalalar bo'yicha diagnostik nuqtai nazardan ilmiy-metodik tadqiqotlar majmuini yaratish boshlang'ich ta'lim va tarbiya jarayonining sifat ko'rsatikchilariga erishish imkoniyatlarini beradi. Bunda ayniqsa inte'dodli va yosh mutaxassislarni diagnostik ilmiy-tadqiqotlar yo'nalishiga jalb etish maqsadga muvofiq bo'ladi, chunki bu toifa yoshlar turli ilmiy stereotiplardan holi bo'lishini eslatib o'tish joiz.
Kezi kelganda ta'kidlab o'tish lozimki, bizning xususiy yondashuvimizga ko'ra, boshlang'ich ta'limning metodologik va texnologik muammolarini hamda diagnostika masalalarini tadqiq etish jarayoniga boshlang'ich ta'lim yo'nalishi bo'yicha oliy ma'lumotli pedagoglarni jalb etish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bunda ayniqsa, boshlang'ich ta'lim diagnostikasi muammolari bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari boshlang'ich ta'lim mutaxassislari tomonidan amalga oshirilishi ilmiy va metodik jihatdan to'g'ri hisoblanishini alohida eslatib o'tish lozim.
Shunday qilib boshlang'ich ta'limning metodologik, texnologik va diagnostik muammolarini ilmiy-metodik jihatdan tadqiq etish bugungi kundagi eng muhim pedagogik vazifalarimiz siqfatida namoyon bo'lmoqda. Chunki bu masalalar bo'yicha tahlillarni amalga oshirish va ular asosida metodik tavsiyalarni ishlab chiqish zaruriyat bo'lib turibdi. Yangi avlod ilmiy tadjqiqotschilarining imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq b o'lishini ta'kidlab o'tish lozim.
References / Adabiyotlar
1. "0'zbekiston-2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga doir Davlat dasturi" // www.ziyonet.uz
2. Mardonov Sh., Zokirova U. Pedagogika nazariyasi va tarixi. O'quv qo'llanma. -Toshkent, 2021
3. Jabborova O., Tashpulatova D. ART texnologiya va kreativlik. O'quv qo'llanma. -Chirchiq, 2023
4. Jabborova O., Umarova Z. Boshlang'ich ta'lim diagnostikasi. - Monografiya. -Toshkent, 2023
213