Научная статья на тему 'BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARIDA AXLOQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING RAQAMLI TIZIMI'

BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARIDA AXLOQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING RAQAMLI TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

25
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / o„quvchi / boshlang„ich / axloqiy madaniyat / shakllantirish / raqamlashtirish / tizim / yondashuv.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Aziza Maxamatdjonovna Mamatova

maqolada boshlang„ich sinf o„quvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirishning raqamli tizimi to„g„risida qikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARIDA AXLOQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING RAQAMLI TIZIMI»

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriv etish samaradorligi

g

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA AXLOQIY MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHNING RAQAMLI TIZIMI

Aziza Maxamatdjonovna Mamatova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti mustaqil izlanuvchisi

maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirishning raqamli tizimi to'g'risida qikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, o'quvchi, boshlang'ich, axloqiy madaniyat, shakllantirish, raqamlashtirish, tizim, yondashuv.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi "0'zbekiston-2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"ga Qarorida boshlang'ich ta'lim jarayonini raqamlashtirish bo'yicha muhim vazifalar belgilangan [1]. Shu ma'noda boshlang'ich sinf o'quvchilarida axloqiys madaniyatni shakllantirishning raqamli tizimi bo'yicha ilmiy-metodik tadqiqotlarni amalga oshirish dolzarb bo'lib turibdi. Bu o'rinda e'tiboringizni ana shu masalaning eng muhim jihatlari tahliliga tortamiz.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining axloqiy madaniyati xususiyatlari. Pedagogik adabiyotlarda axloqiy madaniyat - shaxsning jamiyat axloqiy tajribalarini egallashi va bu tajribalardan boshqa odamlar bilan bo'lgan munosabatlarda foydalana olishi sifatida belgilangan [2]. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilariningsh ahloqiy madaniyatida quyidagi xususiyatlar bo'rtib turadi:

1) hozirgi jamiyatimizning ehtiyoji bo'lgan axloqiy jihatdan rivojlanib borish;

2) muomala odoblariga va axloq qoidalariga rioya etish;

3) faoliyatda o'zgalar bilan munosabatda me'yorlarga amal qilish.

Shu ma'noda mazkur axloqiy madaniyat asoslari boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quvchilarda shakllantiriladi va ular o'quvchilarning jismoniy, aqliy, ma'naviy hamda ruhiy imkoniyatlariga mos ravishda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Aynan boshlang'ich sinf o'quvchilari axloqiy madaniyatiga xos bo'lgan xususiyatlarni idrok etish muhim ahamiyatga ega. Bu bilan ularda axloqiys madaniyatni shakllantirishning nazariy, metodik va texnologik omillariga ega bo'linadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining axloqiy madaniyatiga

ANNOTATSIYA

xos bo'lgan xususiyatlardan biri uning rivojlanish jarayonida

October 20, 2023

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriv etish samaradorligi

g

ekanligidadir. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirish jarayoni "tirik organizm" sifatida namoyon bo'ladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining axloqiy madaniyatiga xos bo'lgan bu xususiyatlar uni shakllantirishning zamonaviy va innovasion texnologik imkoniyatlaridan foydalanishni ham taqozo etadi. Bu borada maxsus metodika asosida yondashish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirishning raqamli tizimi. Bugungi boshlang'ich ta'lim jarayoni raqamli texnologiyalar asosida isloh etilmoqda va bundan maqsad boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim hamda ko'nikmalarini jamiyat talablari asosida tarkib toptirishdir[3]. Shu jihatdan boshlang'ich sinf o'quvchilrida axloqiy madaniyatni shakllantirishning raqamli tizimini idrok etish taqozo etiladi. Bizning yondashuvimizga ko'ra, mazkur tizim asoslari quyidagilardan iborat:

1) boshlang'ich ta'lim o'quv fanlari jarayonida raqamli tizim asosida o'quvchilarning ahloqiy madaniyatini shakllantirish;

2) tarbiyaviy tadbirlar vositasida raqamli tizimga asosan o'quvchilarning axloqiy madaniyatini shalklantirish;

3) sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlarda raqamli tizim vositasida o'quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish.

Bugungi kunda mamlakatimiz boshlang'ich ta'lim jarayonida o'quv fanlari kompyuter kabi axborot-kommunikasion texnik vositalarga asoslangan raqamli texnologiyalar asosida o'qitilmoqda. Misol uchun, boshlang'ich ta'limning Informatika va Matematika o'quv fanlari to'liq raqamli texnologiyalarga asoslangan. Shu jihatdan o'quv fanlarini o'qitish jarayonidagi raqamli tizimdan boshlang'ich sinf o'quvchilarining axloqiy madaniyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Masalan, ularda axborot bilan ishlash, o'quv-texnik vositalardan bilim asosida foydalanish kabi ko'nikmalarni shakllantirish axloqiy madaniyat omillaridan hisoblanadi. Shu sababli bunday imkoniyatlardan oqilona foydalanish dolzarb bo'lib turibdi.

Boshlang'ich ta'lim tarbiyaviy tadbirlari vositasida raqamli tizimga asoslangan holda o'quvchilarning axloqiy madaniyatini shakllantirish ham muhim ahamiyatga ega. Bunda ART texnologiyalari, o'quvchilarning kompyuterli jdastur asosida jihozlar tayyorlash kabi ko'nikmalarini shakllantirish imkoniyatlari keng. Aynan bu ko'nikmalar axloqiy madaniyatning raqamli tizimi omillari hisoblanadi. Chunki boshlang'ich sinf o'quvchilari bunday

ko'nikmalarni o'zlashtirishi bilan ularning ongida ijtimoiylashish,

October 20, 2023

TechnoogiaK^Ê^ÊBmmamÎÊamaimÊSamm

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorli

jort^

¿L

ijtimmoiy faollik va mustaqil xatti-xarakat tarkib topishini eslatib o'tish joiz.

Sinfdan va maktabdan tashqari tadbirdar imkoniyatlaridan foydalangan holda raqamli tizim asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarining axloqiy madaniyatini shakllantirish ham kutilgan samarani beradi. Bunda sinfdan va maktabdan tashqari mashg'ulotlarda o'quvchilarda axborotlar bilan ishlash, ularni izlash, topish va tanqidiy tahlil qilish ko'nikmalarini shakllantirish muhimdir. Raqamli tizimning bu omillari boshlang'ich sinf o'quvchilari axloqiy madaniyatida mustaqil fikrlash, ijodiy yondashuv va muammolar yechimini individual hal qilish ko'nikmalarini tarkib toptiradi. Buning natijasida boshlang'ich sinf o'quvchilarida raqamli tizimga asoslangan axloqiy madaniyatni shakllantirishning amaliy mexanizmlariga ega bo'linadi.

E'tibor berilsa, boshlang'ich sinf o'quvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirishning raqamli tizmi tezkorligi, keng imkoniyatlarni berishi va amaliyotga yo'naltirilayotganligi bilan ahamiyatga egadir.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirishning raqamli tizimi imkoniyatlari. Raqamli texnologiyaning muhim ahamiyati shundaki, unda o'ziga xos tizim mavjud bo'ladi. Shu jihatdan bunday imkoniyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat ekanligini ta'kidlab o'tish lozim:

a) o'quvchilarning axloqiy layoqatini o'quv-texnik vositalar asosida tezkor rivojlantirishga erishish;

b) o'quv-texnik vositalar asosida o'quvchilar axloqiy madaniyatida uchraydigan kamchilik va nuqsonlarni tezkor ravishda korreksiya qilib borish;

v) o'quvchilarning axloqiy madaniyati shakllanishida salbiy ta'sir ko'rsatuvchi ijtimoiy omillarni o'quv-texnik vositalar asosida tezkor o'rganib borish va ularni hal etish tadbirlarni amalga oshirish.

Raqamli tizimning bunday amaliy imkoniyatlari o'quvchilar uchun qiziqarliligi, o'qituvchilar uchun samaradorligi va ota-onalar uchun manfaatdorlik xususiyatlarga egaligini belgilaydi. Buning natijasida jamiyatimizning hozirgi talablari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida raqamli tizim vositasida axloqiy madaniyatni shakllantirishga erishish tajribasiga ega bo'linadi.

Kezi kelganda ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda raqamli tizim asosida boshlang'ich ta'limni rivojlantirish ishlari amalga oshirilayotganligi boshlang'ich sinf o'quvchilarida axloqiy madaniyatni raqamli texnologiyalar asosida shakllantirish imkoniyatlarini kengaytiradi.Misol uchun, yuqorida ta'kidlangan Prezident qarorida quyidagi vazifa qo'yilgan: "2024 yil 1 yanvardan boshlab Xorazm viloyatining Qo'shko'pir va Xonqa

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

602

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni joriv etish samaradorligi

g

tumanlarida eksperiment tariqasida barcha boshlang'ich sinf o'quvchilari ta'lim planshetlari bilan ta'minlansin, kelgusida mazkur tajriba respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etilsin". Demak, boshlang'ich sinf o'quvchilari, o'qituvchilari va maktab jamoasining raqamli o'quv-texnik vositalar bilan ta'minlanish imkoniyatlari kengayadi. Bu hol boshlang'ich sinf o'quvchilarida axloqiy madaniyatni shakllantirishda raqamli tizim imkoniyatlaridan foydalanish ko 'lamini kuchaytiradi.

Shunday qilib boshlang'ich sinf o'quvchilarining axloqiy madaniyatini shakllantirishda raqamli tizim imkoniyatlaridan foydalanish innovasion yondashuv ekanligi bilan muhim amaliy ahamiyatga egadir. Bu borada ilmiy va metodik ishlanmalarni yaratish dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish joiz.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi "O'zbekiston -2030" strategiyasini 2023 yilda sifatli va o'z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"ga Qarori.// "Xalq so'zi" gazetasi, 2023 yil 12 sentyabr soni

2. Hasanboyev J. va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug'at. - Toshkent, 2009

3. Jabborova O. Boshlang'ich ta'lim metodikasining yangi nazariy masalalari. -Toshkent, 2022

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.