Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH TA`LIMGA QO`YILAYOTGAN ZAMONAVIY TALABLAR'

BOSHLANG`ICH TA`LIMGA QO`YILAYOTGAN ZAMONAVIY TALABLAR Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

3431
235
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasi / ta`lim mazmuni / zamonaviy yondashuvlar / bilish / kompetensiya / o`qish va tushunish darajasi / o`qish savodxonligi. / концепция начального образования / содержание образования / современные подходы / знания / компетентность / уровень чтения и понимания / грамотность чтения.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Muhabbat Musayeva

ushbu maqolada “Boshlang`ich ta`lim konsepsiyasining” ahamiyati va ta`lim mazmuniga qo`yilayotgan zamonaviy yondashuvlar hamda o`quvchilarning o`qish va tushunish darajasini oshirish yuzasidan fikrlar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

СОВРЕМЕННЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К НАЧАЛЬНОМУ ОБРАЗОВАНИЮ

В статье обсуждается важность «Концепции начального образования» и современные подходы к содержанию образования, а также идеи по улучшению чтения и понимания учащимися.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH TA`LIMGA QO`YILAYOTGAN ZAMONAVIY TALABLAR»

BOSHLANGICH TA LIMGA QO YILAYOTGAN ZAMONAVIY TALABLAR

Muhabbat Musayeva

pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Toshkent viloyati Xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish

hududiy markazi kafedra mudiri m. musayeva@mail .ru

Annotatsiya: ushbu maqolada "Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasining" ahamiyati va ta'lim mazmuniga qo'yilayotgan zamonaviy yondashuvlar hamda o'quvchilarning o'qish va tushunish darajasini oshirish yuzasidan fikrlar yuritilgan.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi, ta'lim mazmuni, zamonaviy yondashuvlar, bilish, kompetensiya, o'qish va tushunish darajasi, o'qish savodxonligi.

СОВРЕМЕННЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К НАЧАЛЬНОМУ ОБРАЗОВАНИЮ

Аннотация: В статье обсуждается важность «Концепции начального образования» и современные подходы к содержанию образования, а также идеи по улучшению чтения и понимания учащимися.

Ключевые слова: концепция начального образования, содержание образования, современные подходы, знания, компетентность, уровень чтения и понимания, грамотность чтения.

MODERN PRIMARY EDUCATION REQUIREMENTS

Abstract: The article discusses the importance of the "Concept of Primary Education" and modern approaches to the content of education, as well as ideas for improving the reading and understanding of students.

Keywords: the concept of primary education, the content of education, modern approaches, knowledge, competence, the level of reading and understanding, reading literacy.

O'qish savodxonligini oshirish o'qish darslarini tashkil etilishi bilan bo'gliq. Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. №gaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa prеdmеtlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. O'quvchi matnni to'g'ri, tеz, tushunib o'qish,

mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o"qish darslarida yuzlashadi. Oqish darslari orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standartlari (DTS) talablari bo"yicha o'zlashtirishlari kozda tutilgan o"quv-biluv konikmamalakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo"l ochiladi. Aynan o"qish ta'limida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga bo"lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda «O'qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o"rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do" stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo"yicha atroflicha tushunchalar berishga mo"ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.

Respublikamizda "Boshlang'ich ta'lim konsepsiyasi" hamda boshlang'ich ta'lim uchun o'quv dasturlari va o'quv-metodik majmualarda o'quvchilarning tayanch va fanga oid kompetensiyalarini shakllantirish imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, xalqaro baholash dasturlari asosida boshlang'ich sinf o'quvchilarida o'qish savodxonlikni rivojlantirishning didaktik tizimini ishlab chiqish, o'qituvchilarni o'quvchilarda hayotiy ko'nikmalarni tarkib toptirishga tayyorlashning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida "yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo'llab-quvvatlash hamda ro'yobga chiqarish" kabi muhim vazifalar belgilab berildi[1]. Bu esa, o'qish darslarida boshlang'ich sinf o'quvchilarida tayanch va hayotiy kompetensiyalarni shakllantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashtirish, tayanch kompetensiyalarni tarkib toptirishning ijtimoiy-pedagogik tizimini takomillashtirishni taqozo etadi.

O'qish savodxonligi - shaxs o'zining bilim va salohiyatini rivojlantirish, jamiyatda o'z o'rnini topish maqsadiga erishishi yo'lida matnlarni tushunish, ulardan foydalanish, ular ustida mulohaza yuritish hamda ularga munosabat bildirish qobiliyati demakdir[2].

Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma'naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan[3].

Asar tahlili jarayonida o'qituvchi savollariga o'quvchilarning o'z so'zlari bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea - hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to'g'ri baholashga yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo'lmasdan, qat'iy maqsad asosida izchil berilishi o'quvchilarning o'qilgan matn mohiyatini chuqur anglab yetishlariga imkon yaratadi. Negaki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi. Ta'kidlash joizki, o'quvchilarning

o'zlarini ham savol tuzishga o'rgatishlozim. K.D.Ushinskiy qayd etganidek, to'g'ri qo'yilgan masalaning o'zi yarim javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o'quvchining dars mavzusi bilan bog'liq jihatlarga e'tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o'rtasidagi sababiy bog'lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo'l ochadi. Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o'quvchini ongli va tushunib o'qishga yo'llaydi. Uning o'ziga xos xususiyatini o'quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish orqali dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to'g'ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi. O'qish darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va tarbiya berishni ko'zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko'zlangan maqsad o'zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularini uyg'otishdir.

Ta'lim mazmuni va sifatiga qo'yilayotgan xalqaro baholash talablari bo'yicha o'quvchilarning quyidagi bilish darajalari baholanadi:

Erkin va ravon o'qish;

Matn ichidagi ma'lumotlarni olish va foydalanish;

Tegishli matnni qidirish va saralash;

So'zma-so'z ma'nosini tasvirlash;

Shakl va mazmun ustida mulohaza yuritish;

Sifat va ishonchlilikni baholash;

Qarama-qarshiliklarni aniqlash va qayta ishlash;

Xulosalarni umumlashtirish va hosil qilish.

Ushbu bilish darajalari asosida o'quvchilarning mustaqil fikrlay olish, xulosalar chiqarish, taqqoslash, bir yoki bir nechta matnni to'liq va batafsil tushunish, bir nechta matnlardan ma'lumotlarni birlashtirish kabi fikrlash operatsiyalari shakllanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi PF-4947-sonli Farmoni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017. 6-son, 70-modda.

2. Qurbonova Maftuna, Umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv-bilish kompetensiyalarini shakllantirish ahamiyati // Xalq ta'limi, 2020. 3-maxsus son, 29-33 bet.

3. Qurbonova Maftuna, Methods for improvement of training competitions for classifications leading on the organization of independent works // Экономика и социум, 2020. №6(73), с 432-437.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.