BOSHLANG'ICH TA'LIMDA INKLYUZIV TA'LIMNI TASHKIL QILISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
Umorova Dilnoza Odilbekovna
UrDPI Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi (BT) mutaxassisligi 2-bosqich magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.12255137
ARTICLE INFO
Qabul qilindi: 10-June 2024 yil Ma'qullandi: 15- June 2024 yil Nashr qilindi: 22- June 2024 yil
KEYWORDS
inklyuziv ta'lim, integratsiya, ta'lim -tarbiya, imkoniyati cheklangan bolalar, tug'ma nuqsonli bolalar.
ABSTRACT
Ushbu maqolada inklyuziv ta'limning mohiyati, maqsad va vazifalari, alohida ehtiyojga muhtoj bolalarni jamiyatga integratsiya qilish va bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar,ularning yechimi haqida ma'lumot berilgan. Boshlang'ich ta'limda inklyuziv ta'limni tashkil qilishning pedagogik shart-sharoitlari ko'rsatib o'tilgan.
Mamlakatimizda 1996-yildan boshlab maxsus ta'limga muqobil bo'lgan yangi yo'nalish maktablari - inklyuziv maktablar shakllana boshladi. Amalga oshirilgan loyihalarda turli soha vakillari, hamjamiyat ishtirokchilarining yakdil sa'y-harakatlari natijasida erishilgan yutuqlar alohida e'tiborga muhtoj bolalar abilitatsiyasi va reabilitatsiyasi darajasining yuqorilashuviga, ulardagi mavjud muammoning erta korreksiya qilinishi orqali erta ijtimoiy moslashuvlariga samarali ta'sir ko'rsatayotgani kuzatildi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi Farmonida ham mamlakatimizda umumiy o'rta va maktabdan tashqari ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida inklyuziv ta'limni rivojlantirish belgilangani fikrimizning yorqin dalilidir.[4].
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmonida 2017-2021-yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq nogironligi bolgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashga yo'naltirilgan ishlarning samarali yechimlarini nazarda tutayotganini kuzatamiz. [8]
2020-yil 19-may kuni O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi ilk bor inklyuziv (uyg'unlashgan) ta'lim tushunchasi kiritilgan yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunni qabul qildi.[2] O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv ta'lim tamoyillariga muvofiqligi bo'yicha tahlil o'tkazildi.
Hujjat tahlili shuni ko'rsatdiki, inklyuziv ta'lim nogironligi bo'lgan bolalarga nisbatan har qanday tarzdagi kamsitishni istisno qiluvchi ta'lim shakli sifatida kiritilganligiga qaramay, qonun loyihasi inklyuziya tamoyillariga to'g'ri kelmaydi.
Inklyuziv ta'lim dastlab oliy ta'lim negizida I va II guruh nogironlari uchun ikki foizli kvota ajratilib, joriy qilingan.
Umumiy o'rta ta'lim muassasalari yoshidagi jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan va uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, inklyuziv ta'lim uy sharoitlarida yakka individual tartibda yoki statsionar sharoitda tashkil etish tartibi belgilandi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-son Qaroriga muvofiq "O'zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi" tasdiqlandi. [6]
Ushbu Konsepsiya barcha darajadagi nogironligi bor insonlarning ta'lim olish huquqini tan oladigan, hech qanday kamsitishlarsiz va teng imkoniyatlar asosida uzluksiz inklyuziv ta'lim olishini ta'minlash majburiyatini yuklatadi.
Shu munosabat bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860-sonli "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori [6] hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-sonli "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida" Qarorining 1-ilovasi "Umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida inklyuziv ta'limni tashkil etish tartibi to'g'risida"gi hujjatlarga muvofiq umumta'lim muassasalarida tashkil etiladigan inklyuziv hamda boshlang'ich tayanch korreksion sinflarda faoliyat olib boradigan maxsus o'qituvchi o'quvchilarga individual ta'lim dasturlarini o'zlashtirishga yordam ko'rsatish, o'quvchilar bilan individual ta'lim dasturlarini o'zlashtirish, nuqsonlarni tuzatish (korreksiya) va ular bilan bog'liq bola rivojlanishining o'ziga xosliklarini bartaraf etish ishlarida, barcha darslarda, sinfdan tashqari va boshqa tadbirlarni amalga oshirishi ta'kidlab o'tilgan.
Alohida yordamga muhtoj bo'lgan bolalarning ta'lim olish jarayonini isloh qilib borish, rivojlanish darajasidan qat'iy nazar, har bir davlat va jamiyat oldida turgan masaladir.
Alohida yordamga muhtoj bolalar va o'smirlarning ijtimoiy hayotda munosib tarzda o'z o'rnini topishi, shuningdek, ushbu jarayonda bevosita ishtirok etishi uchun ta'limni to'laqonli o'zlashtirishi hamda uning zamirida muayyan kasb-hunarni egallay olishi lozim.
Inklyuziv ta'limda o'qituvchining kasbiy mahorati bosh omil hisoblanadi. Avvalo o'qituvchi inklyuziv tafakkurga ega bo'lish va ta'lim sifati mas'uliyatini o'z zimmasiga olishi shart.
Inklyuziv ta'limning vazifasi bolalarning qobiliyati va holatidan qat'iy nazar, ularga sifatli ta'lim berishdan iboratdir. Shu bilan birgalikda, imkoniyati cheklangan bolalar ijtimoiy rivojlanishga ega bo'lishlari uchun oilada yashashlari va o'z tengdoshlari bilan oddiy maktabda ta'lim-tarbiya olishlarini ta'minlash zarurligini nazarda tutadi.
Inklyuziv ta'lim imkoniyati cheklangan bolalarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:
S o'z imkoniyatlarini o'zlari uchun kashf etadilar;
S o'zlarini barcha bilan bir xil hisoblay boshlaydilar;
S ta'lim olishga bo'lgan qiziqishi ortadi;
S o'zlarida mustaqil harakatlanishga bo'lgan ishonch ortadi;
S dunyoqarashi kengayib, hayotiy tajribasi ortadi.
BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida 2017-yil sentyabr oyida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan taklif: "Yoshlar huquqlari to'g'risidagi Xalqaro Konvensiya loyihasi
ishlab chiqildi. "Yoshlar huquqlari bu eng avvalo birinchi navbatda, ularning tinch va sog'lom yashash hamda ta'lim olishga bo'lgan huquqlari hisoblanadi. Unib-o'sib kelayotgan yosh avlodimizning barkamol bo'lib voyaga yetishi, sifatli va mukammal ta'lim olishini ta'minlash biz uchun hamisha ustuvor vazifa hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi hamda Yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 5-moddasi qoidalariga asosan ta'lim olishda barcha teng huquqlidir. Bu qonun inklyuziv (uyg'unlashgan) ta'lim tushunchasi kiritilganligi bilan ham avvalgi tahriridan farqlanib turadi va bu qonunga muvofiq inklyuziv ta'lim sohasidagivakolatli organ etib Vazirlar Mahkamasi belgilangan. Shu nuqtai nazardan mamlakatimizda ta'limning inklyuziv shaklini ham birdek rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
2020-yil 19-may kuni O'zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi ilk bor inklyuziv (uyg'unlashgan) ta'lim tushunchasi kiritilgan yangi tahrirdagi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunni qabul qildi. O'zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi mutaxassislar bilan birga qonun loyihasining inklyuziv ta'lim tamoyillariga muvofiqligi bo'yicha tahlil o'tkazildi.
Hujjat tahlili shuni ko'rsatdiki, inklyuziv ta'lim nogironligi bo'lgan bolalarga nisbatan har qanday tarzdagi kamsitishni istisno qiluvchi ta'lim shakli sifatida kiritilganligiga qaramay, qonun loyihasi inklyuziya tamoyillariga to'g'ri kelmaydi.
"Inklyuziv ta'lim — barcha o'quvchilar uchun maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta'lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta'minlashdir".
1-rasm
Nogironligi bo'lgan bolalarni o'qitish shakllari
EKSKLYUZIYA SEGREGATSIYA
o TV, fo 0° J. /o> o 1 K>oi ° 0H \°o° - .OU A O n C /a \ ^ / • • ® \ • riT»*
Ta'limdan tashqarida bo'lgan nogironligi bor bolalar Nogironligi bor bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus maktab va maktab-internatlar
INTEGRATSIYA INKLYUZIYA
\r o oW/ \o00 f VJ?
Nogironligi bor bolalar uchun umumta'lim maktablaridagi maxsus sinf Nogironligi bo'lgan bolalar bilan umumta'lim maktabida
Sasseks universiteti Taraqqiyot tadqiqotlari instituti tomonidan "Aqliy va sensor nogironligi bo'lgan bolalarni ajratib qo'yish ,asosan, ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi, kar va eshitish qobiliyati cheklangan bolalar uchun maxsus ixtisoslashtirilgan matablar hamda internatlar faoliyat yuritayotganiga asoslangan bo'lishi mumkin, ammo bu kabi bolalarning inklyuziv ta'lim olish huquqini cheklab qo'yish mumkin emas" degan fikrni ilgari surildi.
20-modda inklyuziv ta'lim olish huquqini cheklaydi va quyidagi shartni qo'yadi: "Ta'lim tashkilotlarida jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalarga inklyuziv ta'lim, buning uchun ushbu tashkilotlarda zarur sharoitlar yaratilgan taqdirda, tashkil etiladi."
Boshqacha aytganda, agar ta'lim muassasasida inklyuziv sharoitlar yaratilgan taqdirda, nogironligi bo'lgan bolalar inklyuziv ta'lim huquqidan foydalanishga da'vo qilishlari mumkin. Modda ta'lim muassasasiga nogironligi bo'lgan bolalar uchun maqbul sharoitlarni yaratib berish majburiyatini yuklamaydi.
Bundan tashqari, 20-modda inklyuziv sharoitda ta'limni individual tartibda uyda yoki statsionar sharoitda tashkil etish tartibini belgilash uchun barcha vakolatlarni "ta'lim sohasidagi tegishli vakolatli davlat boshqaruvi organlari"ga berib, inklyuziv ta'lim olish huquqini cheklaydi.
9-moddada "Jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo'lgan bolalar, shuningdek, uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar davlat ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalarida, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida inklyuziv shaklda yoki uy sharoitlarida yakka tartibda ta'lim oladi" deyilgan. Ushbu moddada keltirilishiga ko'ra, inklyuziv ta'lim ustuvor emas, balki hozirgi kunda mavjud ta'lim shakllaridan birigina xolos.
Huquqlarga ega bo'lish uchun imkoniyatlarni yaratish lozim. 5-moddaga ko'ra, "jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, har kimga ta'lim olish uchun teng huquqlar kafolatlanadi". Mazkur moddaga sog'ligining imkoniyatlariga qaramasdan har kim ilm olish huquqiga ega bo'lishi uchun nogironlikni ham kiritish lozim.
Jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyi, nogironlik holati, yoki aks holdagi holatidan qat'iy nazar, har kimga ta'lim olish uchun teng huquq kafolatlanadi va to'siqsiz ta'lim olish uchun imkoniyatlar va sharoitlar yaratiladi.
2009-yil O'zbekiston imzolagan va bugungi kungacha ratifikatsiya qilmagan Nogironlar huquqlari to'g'risidagi Konvensiyasining 24-moddasi nogironligi bor insonlarning ta'lim olish huquqini tan oladi va ushbu huquqni kamsitishsiz hamda teng imkoniyatlar asosida hayotga tatbiq qilish uchun ishtirokchi davlatlarga barcha darajadagi inklyuziv ta'lim va hayoti davomida uzluksiz o'qishni ta'minlash majburiyatini yuklatadi.
Masalan, 2018-yilda I va II guruh nogironlari uchun ikki foizli kvota joriy qilinganidan so'ng, inklyuziv oliy ta'lim masalasi negizida nogiron talabalar uchun universitetlarning o'quv binolari va yotoqxonalari, eshitish qobiliyati cheklangan talabalar uchun imo-ishora tili tarjimonlari, maxsus Brayl yozuvidagi o'quv qo'llanmalarining yo'qligi, ko'rish qobiliyati cheklangan talabalar uchun maxsus o'quv qo'llanmalar va boshqa oqilona qulayliklar yo'qligi muammosi dolzarblik kasb qildi.
Inklyuziv atamasi - inglizcha "uyg'unlashish", "hamkorlikdagi ta'lim" ma'nolarini anglatib, butun dunyo hamjamiyati tomonidan eng insonparvar va eng samarali ta'lim sifatida tan olingan.
Inklyuziv ta'lim - barcha o'quvchilar uchun maxsus ta'lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta'lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta'minlashdir.
Ayni damda barcha mamlakatlarda ham inklyuziv ta'limni tan olish faqatgina qonun chiqarish bilangina bog'liq bo'lmaydi. Diskriminatsiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy noto'g'ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya'ni inklyuziv ta'limni e'tirof etgan holda, aholi o'rtasida targ'ibot-tashviqot ishlarini olib borishning birinchi galdagi masaladir.
"O'zbekistonda alohida ehtiyojli bolalar uchun inklyuziv ta'lim" loyihasi 2014- yildan buyon hozirga qadar amalga oshirilib, uning doirasida alohida ehtiyojli 900 dan ortiq o'g'il-qiz maktablar, maktabgacha ta'lim maskanlarida umumiy ta'limga jalb etildi. Tibbiy, psixologik va pedagogik komissiya a'zolari hamda pedagog xodimlar ta'lim sohasida inklyuziv xizmat ko'rsatish bo'yicha o'qitildi. Yurtimizning turli hududlarida beshta pilot resurs markazlari tashkil etilib, ularda alohida ehtiyojli bolalar, ularning ota-onalari, ekspertlar uchun o'quv-uslubiy, huquqiy, maslahat ko'magi ko'rsatildi.
"Inklyuziv ta'lim asoslari" va "Alohida ehtiyoji bo'lgan bolalar umumiy ta'limda" va "Inklyuziv maktabni tashkil etish" nomli o'quv modullarining yaratilgani, bu yo'nalishda ta'lim jarayonini yanada takomillashtirish, pedagog xodimlarning kasb mahoratini oshirish imkonini berdi. Jismoniy imkoniyati cheklanganligi oqibatida inklyuziv ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalarni qo'llab-quvvatlash, ularning ijtimoiylashuvi uchun zarur shart-sharoitlar va mexanizmlarni ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy qilish mamlakatning o'z fuqarolari oldidagi ma'naviy funksiyasi hisoblanadi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktyabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-sonli qarori asosida 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi tasdiqlandi.
Konsepsiya doirasida belgilangan vazifalarni bajarish orqali quyidagi natijalar kutilmoqda:
S alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan shaxslarning rivojlanishi, reabilitatsiyasi, jamiyatga integratsiyalashuvida inklyuziv ta'limning strategik omil sifatidagi roli tasdiqlanadi;
S alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning ta'limiy muhiti yaxlitligi
mustahkamlanadi, ularning jamiyatga integratsiyasi uchun zarur sharoitlar ta'minlanadi; davlat, jamiyat, shaxsning inklyuziv ta'lim sohasidagi manfaatlarini muvofiqlashtirish mexanizmlari yaratiladi;
S inklyuziv ta'lim tizimining umumiy qulayligi, uzluksizligi, ta'lim sifati, shuningdek, o'quvchilarning rivojlanish darajasi, xususiyatlariga moslashuvchanligi va variativligiga erishiladi;
S inklyuziv ta'lim sohasidagi xalqaro munosabatlar doirasida o'zaro hamkorlik aloqalari mustahkamlanadi;
S o'quvchilar ta'limiy ehtiyojlarning o'ziga xosligini inobatga olgan holda sifatli ta'lim olishi uchun ular davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanadi;
S inklyuziv ta'limni bosqichma-bosqich joriy etish orqali alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari optimallashtiriladi, ularda ta'lim olayotgan o'quvchilarning teng huquqli jamiyat a'zosi sifatida umumta'lim muassasalarida bilim olishi ta'minlanadi;
S pedagogik yo'nalishdagi oliy ta'lim muassasalarida inklyuziv ta'lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yiladi;
S inklyuziv ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi yaxshilanadi; inklyuziv ta'lim muassasalarining internet tarmog'iga to'liq ulanishi ta'minlanadi;
S inklyuziv ta'lim muassasalarida o'quvchilarni qabul qilish va boshqa ta'lim muassasalariga o'tkazish uchun davlat xizmatlarini ko'rsatish mexanizmi joriy etiladi.
Inklyuziv ta'lim tizimida quyidagi maqsad va vazifalarning hal etilishi talab etiladi:
- ta'lim muassasasida imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarning ta'lim olishlari uchun zaruriy psixologik-pedagogik, korreksion sharoitlarni yaratish, ularning imkoniyatiga yo'naltirilgan umumta'lim dasturlari va korreksion ishlarni amalga oshirish orqali ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashtirishni amalga oshirish;
- o'quvchilarning ta'limdagi tenglik huquqini kafolatlash;
- jamiyatning va oilaning faol ishtirokida nogiron va sog'lom bolalarning ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy hayotga erta moslashtirish;
- imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarni oilalardan ajramagan holda yashash huquqini ro'yobga chiqarish;
- jamiyatda imkoniyati cheklangan bolalar va o'smirlarga nisbatan do'stona va mehr-muhabbatli munosabatni shakllantirishdir.
Bolaning tarbiya va o'quv faoliyatida orqada qolishi psixik funksiyalarni o'zlashtirmaganligi natijasidir. Masalan, bolaning kiyim kiyishida ketma-ketlikning buzilishi uning xotirasi zaifligidan emas, balki ushbu jarayonni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan malakalarni egallamaganligi tufayli ro'y beradi. Bunday psixik muammoni psixoreksiyalash usullari bilan birga bolaga kiyimlarni to'g'ri ketma-ketlikda kiyish tasvirlangan rasmlar taqdim etilishi mumkin.
Binobarin, ta'lim-tarbiya tizimini har bir millat va elatning o'ziga xos tomonlari, milliy an'analari, urf-odatlari, davlatning maqsad-vazifalari hamda tarbiyalanuvchilarning ruhiy va jismoniy rivojlanishidagi xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.
Imkoniyati cheklangan bolalarda kattalar bolaning rayiga, mustaqil bo'lishiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagi, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish
jarayonidagi qiyinchiliklar o'z-o'zidan barham topadi. Imkoniyati cheklangan bolada o'jarlik, qaysarlik,itoatsizlik xususiyatlari paydo bo'lishi bu kattalarning haddan tashqari ayaganliklari oqibatida vujudga keladi.
Salbiy munosabat-maxsus ehtiyojli bolalarning umumta'lim muasasalari tizimida ta'lim tarbiya olishlari uchun eng katta to'siq bo'lsa kerak.
Salbiy munosabat muammosining mazmuni shundaki, ota-onalar, hamjamiyat a'zolari, o'qituvchilar, umumta'lim muassasalari xodimlari, boshqaruv organlaridagi hatto maxsus ehtiyojli bolalrning o'zlaridagi umumta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya olishlariga nisbatan qarshiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga sabab nogironlarga nisbatan insonlardagi noto'g'ri fikr, ular to'g'risida ma'lumotlarning yetishmasligi, nogiron bolalarning chegaralangan muhitda o'sganligi va boshqalardir.
Inklyuziv ta'limni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan shu narsa o'z isbotini topdiki, har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni nuqsonini ilk yoshdan o'z vaqtida aniqlab mutaxassislarga murojaat qilinsa va maktabga tayyorgarlik ishi o'z vaqtida olib borilsa abatta ko'zlangan maqsadga erishish mumkin. Ya'ni inklyuziv ta'limning samarasi yuqori darajada bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda inklyuziv ta'limning ahamiyati shundan iboratki, alohida ehtiyojga ega bo'lgan bolalarni kichik maktab yoshidanoq oddiy bolalar qatorida sifatli ta'lim olishlarini ta'minlagan holda bolaning ruhiy va jismoniy hissiyotlari hamda harakatlarini rivojlantirishdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O'zbekiston, 05.01.2023 y. https://lex.uz/docs/-6445145
2. O'zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O'RQ-673-sonli "Ta'lim to'g'risidagi" Qonuni. https://lex.uz/docs/-5013007
3. BMTning "Nogironlar huquqlari to'g'risida"gi Konvensiyasi (UNCPRD) 2006-yil 13-dekabr.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son Farmoni.
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PQ-4312-son Qarori.
6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi "Alohida ta'lim olish ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-son Qarori.
7. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi PQ-4860- son "O'zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Qarori. https://lex.uz/docs/-5044711
8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-fevraldagi PF-74-son "Nogironligi bo'lgan shaxslami hamda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha
chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni. https://lex.uz/uz/docs/-5865484